Мавзу: Илк ўзбек алифбосининг вужудга келиши



Download 3,2 Mb.
bet12/92
Sana02.07.2022
Hajmi3,2 Mb.
#728962
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   92
Bog'liq
TOG\'AYEV

1928-yilning yanvarida Toshkentda Butunittifoq yangi alifbo Markaziy Qo‘mitasining ikkinchi plenumi bo‘lib o‘tadi. Plenumda yangi (lotinlashtirilgan) alifboga o‘tish yo‘lida uchrayotgan to‘siqlarni engib, alifbo islohotini tezlashtirish kerakligi ta’kidlanadi. Butunittifoq yangi alifbo Markaziy qo‘mitasining ikkinchi plenumidan so‘ng yangi o‘zbek (lotin) alifbosi Markaziy Qo‘mitasi ham o‘zining ikkinchi plenumini o‘tkazadi, bu plemumda yangi o‘zbek alifbosini amalga kiritishning besh yillik rejasi tasdiqlanadi.
1928-yilning 7-martida О‘zbekiston Respublikasi 2-chaqiriq Markaziy Ijroiya Qo‘mitasi Oliy Kengashining 3-sessiyasi yangi o‘zbek alifbosi Markaziy Qo‘mitasining hisobotini va 5 yillik rejasi haqidagi axborotini tinglaydi hamda bu ishni amalga oshirishning yangi tadbirlarini ishlab chiqish lozimligini ta’kidlaydi.
Sessiya majlisining bayonnomasi 6-moddasida qayd etilishicha, О‘zbekiston Markaziy Ijroiya qo‘mitasi yangi o‘zbek alifbosini Davlat alifbosi deb tan oladi va uni matbuotda e’lon qilishni Markaziy Ijroiya Qo‘mita Prezidiumiga topshiradi.
1928-yilning 11-avgustida О‘zbekiston Respublikasining Markaziy Ijroiya Qo‘mitasi shu yilning 7-martida bo‘lib o‘tgan sessiya topshirig‘ini amalga oshirish maqsadida 123-sonli maxsus qaror qabul qiladi. Qarorga binoan yangi (lotinlashtirilgan) o‘zbek alifbosi Davlat alifbosi deb e’lon qilinadi hamda bu alifboga bosqichma-bosqich o‘tish tartibining yangi alifbo Markaziy qo‘mitasi rejasiga muvofiq amalga oshiri-lishi lozimligi ko‘rsatiladi (1-ilovaga qarang). Bu qarorda yangi alifboga to‘la o‘tishni 1932-yilning oxirigacha yakunlash nazarda tutiladi.
1928-yilning 1-dekabrida О‘zbekiston Markaziy Ijroiya Qo‘mitasi 123-sonli qaroriga o‘zgartirish kiritadi, bu qarorda yangi (lotinlashtirilgan) alifboga o‘tish muddatini ikki yilga qisqartirish, uni 1930-yilning 1-yanvarigacha tugallash belgilab beriladi.
Xullas, qayd etilgan sanalardan ma’lum bo‘ladiki, o‘zbek yozuvining 1-davri til-imlo masalalari tafsilotlariga boy, o‘zbek ziyolilarining imloni takomillashtirish uchun kurashgan davri ekani bilan ko‘zga tashlanadi.
Tilshunos olim H.Jamolxonov o‘zbek yozuvining 2-davrini 1929-1940-yillar bilan belgilaydi.7 Bu davr lotincha-o‘zbekcha yozuvga to‘la o‘tish bilan boshlanadi va qariyb o‘n yil davom etdi.

Download 3,2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   92




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish