Mavzu: ikkinchi jahon urushi yillarida o’zbek xalqining fashizm ustidan qozonilgan g’alabaga qo’shgan hissasi



Download 0,65 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/9
Sana30.06.2022
Hajmi0,65 Mb.
#721407
1   2   3   4   5   6   7   8   9
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 



 
 
Ikkinchi jahon urushining boshlanishi va O’zbekistonning urushga tortilishi. 
Ikkinchi jahon urushining boshlanishi. 
Ikkinchi jahon urushi jahon tarixida misli ko'rilmagan darajada katta
va dahshatli,butun insoniyat boshiga og'ir kulfatlarni solgan urush bo'ldi. 1939-yil 
1-sentabr kuni fashistlar Germaniyasi qo'shinlarining Polshaga bostirib kirishi 
bilan boshlangan bu urush 61 mamlakatni, Yer shari aholisining 80 foizini, ya'ni 
1,7 milliard kishini o'z girdobiga tortdi. 
Ikkinchi jahon urushini yirik davlatlar o'rtasidagi ixtiloflar, tajovuzkor 
kuchlarning dunyoga hukmron bo'lish uchun intilishlari keltirib chiqardi. Urushni 
asosiy bosqinchi davlatlar — fashistlar Germaniyasi va Italiyasi hamda Yaponiya 
boshladi. Ular orasida Germaniya uyushtiruvchi, yetakchi rol o'ynadi. 
Fashizm o'ta agressiv, o'ta urushqoq siyosiy kuch, siyosiy partiya sifatida 
Birinchi jahon urushi tugashi bilanoq Italiya va Germaniyada vujudga keladi. 
Fashistik kuchlarni Birinchi jahon urushi yakunlaridan norozi bo'lgan, dunyoni 
qaytadan bo'lishga va dunyoda hukmron bo'lishga intiluvchi yirik moliya-sanoat 
korxonalari egalari, harbiylar har tomonlama qo'llab-quvvatladilar. Fashistlar ikki 
jahon urushi o'rtasida o'tgan 20 yil davomida ildiz otib, kuchayib boradi va nihoyat 
Germaniya, Italiya va boshqa mamlakatlarda siyosiy hokimiyatni egallaydilar. 
Germaniya va Italiya fashistlari harbiy siyosiy ittifoq tuzib, boshqa 
mamlakatlarning ichki ishlariga aralasha boshladilar. Shu tariqa G'arbda, Sharqda, 
O'rta yer dengizida xavfli urush o'choqlari vujudga keladi. batlarni o'zgartirish, 
dunyoni qurolli kuch bilan qay-tadan bo'lish maqsadida urushga tayyorlandilar. 
Ularga Angliya, Fransiya va AQSH dan iborat ikkinchi guruh qarama-qarshi 
turardi. Birinchi jahon urushida yutib chiqqan bu mamlakatlar egallagan yer-larni 
saqlab qolishga, hukmron mavqeyini mustahkamlashga va o'z raqobatchilarini 
yangidan zaiflashtirishga intilardilar. 
Ikkinchi jahon urushining 1-davrida — 1939-yil 1-sentabrdan 1941-yil 22-
iyungacha bo'lgan davrda fashistlar Germaniyasi G'arbiy va Markaziy Yevropada 
hukmronlikni qo'lga kiritdi. Germaniya va Italiya Yevropadagi 10 davlatni — 



Polsha, Chexoslovakiya, Yugoslaviya, Belgiya, Gollandiya, Lyuksemburg, 
Daniya, Norvegiya, Avstriya, Fransiyani bosib oldi. Millatlar ligasi harakatdan 
to'xtadi.
1
Fashistlar bloki mamlakatlarining hukmron doiralari o'zlarini “nasibasiz” 
qoldirilgan deb hisoblardilar. Ular Birinchi jahon urushidagi mag'lubiyatdan, uning 
natijalaridan norozi edilar. Ular mavjud xalqaro munosa-Ikkinchi jahon urushi 
1939 yil 1 sentyabrda boshlandi. Xuddi shu kuni german qo’shinlari uch tomondan 
Polsha sarhadlariga bostirib kirdilar. Urush qisqa muddat ichida dunyodagi juda 
ko’pgina davlatlarni o’z domiga tortdi. 1941 yil 22 iyunda fashistlarning 191ta 
diviziyasi (shundan 153 tasi bevosita Germaniyaning o’ziga qarashli) SSSRning 
Boltiq dengizidan tortib to Qora dengiz hududlarigacha chegaralari bo’ylab 
yopirilib hujumga o’tdi. Ana shu tariqa jahon tarixida inson qulog’i eshitmagan va 
ko’zi bilan ko’rmagan dahshatli fojea boshlandi. Jahon ururshining boshlanishi, 
uning sabablari va aybdorlari xaqida ko’p va xo’p yozilgan. Bugungi kunda hech 
kimga sir emaski, ikkinchi jahon urushining asosiy sababchisi va aybdori 
Germaniya va SSSRning hukmron doiralari, avvalo, Adolf Gitler va Iosif
Stalindir. Har ikkala bosqinchi saltanatchi davlat ham o’z oldiga bosh maqsad qilib 
dunyo hukmronligini qo’ygan edi. Har ikkala bosqinchi davlat ham o’zining bosh 
strategiyaviy maqsadini amalga oshirish uchun har xil taktik usullar bilan bordi, 
biri ikkinchisidan ayyorlik qilishga intildi, turli yo’llar bilan o’z chegaralari va 
ta'sir hududi doiralarinin kengaytirishga harakat qildi. Ammo har ikkala tomon 
ham o’zaro ikki o’rtada dahshatli muhoraba bo’lishi muqarrar ekanligini yaxshi 
bilar edi. Shu ma'noda 1939 yil 23 avgustda A.Gitler va I.Stalinning fatvosi bilan 
Germaniya tashqi ishlar vaziri Ribbentrob va SSSR tashqi ishlar Xalq komissari 
V.Molotov o’rtasida 10 yil o’zaro hujum qilmaslik to’g’risidagi shartnomaning 
tuzilishi xarakterlidir. Jahon jamoatchiligi bu shartnomani har ikki davlat 
tomonidan dunyoni o’zaro bo’lib olish maqsadlarini ko’zlab tuzilgan shartnoma 
sifatida qabul qildi. Chunki shartnoma tuzilgandan so’ng Germaniya o’zning 
asosiy raqibi SSSRdan qo’lini bo’shatib oldi va oradan ko’p muddat o’tmasdan 1 
1
Usmonov Q, Sodiqov M.O’zbekiston tarixi.T.: “Sharq”, 2007, 134-bet. 



sentyabrda Polsha hududlariga bostirib kirdi. Ikkinchidan, shartnomadagi mutlaq 
sir va maxfiy tutilgan moddalarga ko’ra SSSR Germaniyani nafaqat ma'naviy 
tomondan balki moddiy jihatdan qo’llab quvvatlagan, amalda o’ziga qarshi oyoqqa 
turayotgan Germaniyani qurollantirgan edi. Buni V.M.Molotov bilan Shulenburg 
o’rtaisda 1939 yil 28 sentyabrda tuzilgan va 1941 yil 10 yanvarda imzolangan 
mutlaqo maxfiy shartnoma isbotlaydi. Shartnomaga ko’ra Germaniya tomoni 
Boltiq bo’yi davlatlari hududlariga (Litva hududining bir qismidan tashqari) 
bo’lgan da'vosidan voz kechishi lozimligi qayd etiladi. Buning evaziga SSSR 
Germaniyaga 7.500.000 oltin dollar, yoki 31 million 500 ming nemis markasi 
miqdorida haq to’lashga rozi bo’ladi. 31.5 million nemis markasi miqdoridagi 
summaning sakkizdan bir qismi yoki 3.937.500 german markasiga SSSR tomoni 
uch oy muddat davomida rangli metallar yetkazib berish, 27.562.500 german 
markasini 1941 yil 11 fevralgacha oltin hisobida to’lashi shart qilib qo’yildi.
2
1939 yil 23 avgustdagi shartnoma SSSRning ham buyuk saltanatchilik 
manfaatlariga javob berar edi, albatta. Birinchidan, SSSR ham sulh evazidan 
o’zining eng asosiy va xavfli raqibi Germaniyadan “ko’ngli to’q” bo’ldi. Shu bois 
u o’zining asosiy diqqat e'tiborini Uzoq Sharqqa qarata olar edi, “Sovet Ittifoqi 
uchun,-deb yozishadi G`arbiy Germaniyalik tadqiqotchilar M.Barch, X.F.Shebesh 
va R.Sheppelman. 1939 yilgi vaziyat og’ir edi. U ochiqdan-ochiq dushman 
qo’shinlari bilan o’ralgan bo’lib, butkul yakkalanib qolgan edi. Buning ustiga u 
Sharqdagi xavfli raqib bo’lgan Yaponiya bilan... urush holatida edi”. 
Ikkinchidan, SSSR Germaniya bilan tuzilgan avgust shartnomasi tufayli 
Shimoliy G`arbiy chegaralarini bemalaol kengaytirib oldi. 
SSSR 1939 yil sentyabr oyining ikkinchi yarmida G`arbiy Belorussiya va 
G`arbiy Ukraina yerlarini egallab olgandi, shu yilning 30 noyabrida u 
Finlyandiyaga qarshi urush e'lon qilib 1940 yil 12 martdagi shartnomaga asosan 
Finlyandiya hisobidan o’zining shimoliy chegaralarini ancha kengaytirgandi va 
nihoyat 1939 yil kuzidan 1940 yil yoziga qadar olib borilgan janglar natijasida 
2
Shamsutdinov R, Karimov Sh. Vatan tarixi. 3-kitob.T.: “Sharq”, 2009, 290-bet. 



Boltiq bo’yi jumhuriyatlarini Qizil Armiya okuppatsiya qilganda ham Germaniya 
SSSRga halaqit bermadi, betaraf turdi.
Uchinchidan, SSSR 1939 yildagi avgust shartnomasini tuzish orqali vaqtdan 
yutdi. SSSRni 1939 yildayoq Germaniya bilan urushga tortishga qaratilgan 
imperialistik davlatlarning, birinchi navbatda Germaiyaning ittifoqchisi bo’lgan 
Yaponiyaning rejalarini buzib yubordi. 
Ana shu nuqtai-nazardan qaraganda SSSRning Prezidenti M.S.Garbachyov 
aytganidek, “...23 avgustdagi hujum qilmaslik to’g’risidagi SSSR-Germaniya 
bitimi agar realistik pozitsiyalarda qat'iy turilsa, shak-shubhasiz edi”. Ammo 1939 
yil 29 sentyabrda SSSR bilan Germaniya o’rtasida do’stlik va chegara to’g’risidagi 
shartnomaning imzolanishi mutlaqo mantiqsiz va tushunarsiz bo’lib, SSSRning 
jahon hukmronligini da'vo qiluvchi maqsadlarini yanada ochiqroq oshkor qilib 
qo’ygan edi. Shu boisdan ham bu shartnoma kommunistik harakat birligini buzdi 
va Kominternning halokatiga sabab bo’ldi. Balkim navbatdagi shartnoma ham 
strategik maqsad yo’lida o’ziga xos taktik uslub rolini o’ynashi kerak bo’lgandir, 
nima bo’lganda ham Gitler bosh bo’lgan Germaniyaning fashistik davlat mashinasi 
bu taktik uslubga endi e'tibor qilmadi, nazarga ham ilmadi. SSSRga qarshi urush 
harakatlarini boshlab yubordi. 1941 yil 22 iyunda Germaniya Sovet Ittifoqiga 
bostirib kirdi. 
Urushning dastlab uch haftasi davomida nemis-fashist qo’shinlari, Shimoliy-
G`arbiy yo’nalishda-400 km dan 450 km gacha, g’arbiy yo’nalishda 450 km dan 
600 km gacha, janubiy-g’arbiy yo’nalishda 300-350 km mamlakat ichkarisiga kirib 
bordi. Gitlerchilar Latviyani, Litvani, Belorussiyaning bir qismini va Ukrainaning 
o’ng sohil qismini bosib olib, RSFSRning g’arbiy oblastlari chegaralariga 
yaqinlashib qolgan edilar. Leningrad, Smolensk, Kievga xavf sola boshladilar
3

Sovet mamlakati uzra ajal xavfi paydo bo’ldi. Kommunistik firqa bu urushni Ulug’ 
Vatan urushi deb e'lon qildi. Bu firqaning dohiysi I.Stalin Oliy Bosh Qo’mondon 
lavozimi bilan bir qatorda SSSR Mudofa Xalq Komissari, firqa Markaziy 
3
Shamsutdinov R, Karimov Sh. Vatan tarixi. 3-kitob.T.: “Sharq”, 2009, 291-bet. 



Qo’mitasining bosh kotibi, Xalq Komissarlari Sovetining raisi, Davlat Mudofaa 
Qo’mitasining raisi lavozimlarini o’zida markazlashtirib oldi. Hamma kuch-
vositalar mamlakat mudofaasiga safarbar qilindi. Butun mamlakatda bo’lgani 
singari O’zbekistonda ham yalpi safarbarlik e'lon qilindi. Toshkent, Andijon, 
Samarqand, Farg’ona, Buxoro, Qarshi, Qo’qon va boshqa shahar va qishloqlarda 
Kompartiya va Sovetlar rahbariyati tomonidan mitinglar va safarbarlik majlislari 
bo’lib o’tkazildi. Ularda qabul qilingan qarorlarning mazmuni asosan bitta narsaga 
qaratilgan edi, u ham bo’lsa dushmanga qarshi shafqatsiz kurashish edi. Xorazm 
viloyati bo’yicha 1156 kishi, Samarqand viloyati bo’yicha 1941 yil 8 iyulga qadar-
1316, 4 avgustga qadar, 2933, Toshkent viloyati bo’yicha 1941 yil 26 iyun kuni 
932 kishi, Farg’ona viloyati bo’yicha 1735, Andijon viloyati bo’yicha 798, 
Namangan viloyati bo’yicha 267 kishi frontga yuborildi.
4
O’zbek xalqi o’z farzandlariga ko’zda yosh, qalbda armon va dard bilan 
nasihat qilib faqat g’alaba bilan qayt, qahramon bo’lib qayt, avlod-ajdodlarining 
jasoratlariga munosib bo’l, deb frontga jo’natar edi. Sodda dil, qalbi ochiq, dili 
pok, o’zi pok xalqimiz Kompartiya va Sovetlarning yolg’on tashviqoti 
targ’ibotlariga ko’r-ko’rona ishongan edi. “SSSRni Vatan” deb bilardim, 
“Kommunistik” kelajakka, “bog’i Eram”ga ishonardi. Lenin-Stalinni “Xalqlar 
dohiysi” deb bilardi, uning so’qir ko’zlari 30-yillardagi qatag’onlik qurbonlarini 
ko’pchilik sodda xalqimiz “xalq dushmanlari” deb ishonar edi.
Mehnatga yaroqli erkaklarning armiyaga safarbar qilinganligi tufayli ishlab 
chchiqarish tarmoqlarida ishchilar va injener texnik kadrlar tanqisligi paydo bo’ldi. 
Shul bois kadrlar tayyorlash muammosi avvalo fabrika-zavod ta'limi maktablarida, 
hunar-bilim yurtlari, qiqa muddatli turli kurslarda, oliy va o’rta maxsus o’quv 
yurtlarida hal qilindi.So’ngra respublikada yakka tartibda va brigada tariqasida 
hunar o’rganish va ikkinchi ixtisoslikni egallash yo’lga qo’yildi.
O’zbekiston mehnatkashlari, avvalo xotin-qizlar mamlakat boshiga tushgan 
kulfat-fojeani o’z kulfatlari va fojealari deb bildilar. 
4
Shamsutdinov R, Karimov Sh. Vatan tarixi. 3-kitob.T.: “Sharq”, 2009, 292-bet. 


10 
1941 yil iyul oyining o’zida Ursatevsk stantsiyasida 300 dan ortiq, 
Smarqandda 250 dan ko’proq, “Tashselmash” zavodida 220, Andijon parovoz 
deposida 120 dan ortiq xotin-qizlar frontga ketgan o’z otalari, aklari va yerlarining 
o’rniga ishga kirib mardonavor mehnat qildilar. Bunday “Vatanparvarlik’ harakati 
butun O’zbekistonda, shu jumladan qishloqlarimizda ham keng quloch yoydi. 
O’zbek xalqi Ukraina, Belorussiya, Boltqbo’yi va Rusiya Federatsiyasi yerlariga 
qilingan hujumni jonajon o’z yurti- O’zbekistonga qilingan hujum hisoblab har 
jabhada qahramonlik mo’jizalarini ko’rsatdilar. 
VKP(b) Markaziy Qo’mitasi va Davlat mudofaa Qo’mitasining topshirig’iga 
binoan SSSR Gosplani 1941 yilning IV kvartali va 1942 yil uchun harbiy xo’jalik 
rejasini ishlab chiqdi va uni 1941 yil 16 avgustda Siyosiy byuroda tasdiqladi. Ana 
shu rejaga asosan mamlakatning G`arbiy mintaqalaridagi sanoat korxonalarini 
O’rta Osiyo, Ural va Sibir hududlariga ko’chirib joylashtirishga qaror qilindi. 
Qisqa muddat davomida 1941 yilning iyul-noyabr oylarida Ukraina, Belorussiya, 
Moskva va Leningraddan 1563 sanoat korxonasi (shundan 1360 tasi harbiy 
sanoatga oid) Ittifoqning sharqiy mintaqalariga, bulardan 250 dan ortig’i O’rta 
Osiyo respublikalarida joylashtirildi. Sovetlar hukumati bu sanoat korxonalarini 
urush tufayli chorasizlikdan, noilojlikdan turkiy respublikalar hududlarida 
joylashtirishga majbur bo’lgan edi. Holbuki urushga qadar O’rta Osiyo hududida 
sovetlar birorta og’ir sanoat mahsuloti korxonasini qurib ishga tushirmagan edi. 
O’rta osiyoda joylashtirilgan 250 dan ortiq sanoat korxonasining 100 dan ortig’i 
O’zbekiston hissasiga to’g’ri keldi. V.P.Chkalov nomidagi Moskva aviatsiya 
ishlab chiqarish birlashmasi, Sumsk ximiya (hozirgi Chirchiqximmash), 
Elektrokabel “Krasno’y dvigatel”, “Rostselmash”, “Krasno’y Aksay”, Sumsk 
kompressor va Dnepropetrovsk Karborund zavodlari, Moskva, “Podemnik’ va 
“Elektrostanok” zavodlari, Stalingrad Kimyo kombinati va boshqalar shular 
jumlasidandir. O’zbekistonga bunday yirik sanoat korxonalarining ko’chirib 
keltirilishi respublikamizni SSSRning Sovet Armiyasining qudratli harbiy mudofaa 
arsenaliga aylantiribgina qolmay, mamlakat iqtisodiy potentsialini yoppasiga 
kuchaytirishga, sanoat mahsulotlarining o’sishiga ham olib keldi. Yirik sanoat 


11 
korxonalari bilan bir qatorda O’zbekistonga Ittifoqning G`arbiy huddudlaridan fan, 
maorif va madaniyat muassasalari, ming-minglab boshpanasiz qolgan oilalar, ota-
onasiz yetim qolgan yosh go’dak bolalar ham evakuatsiya qilindi. O’rta Osiyoga 
jami bo’lib, 3 million kishi ko’chirildi. Shundan 2 million 300 minggi 
Qozog’istonga, 716 ming kishi O’zbekistonda joylashtirildi. Bu ish 1941 yil 3 
dekabrda O’zbekiston Kompartiyasi Markaziy Komiteti evakuatsiya qilingan sovet 
fuqarolarini qabul qilish va joylashtirish bo’yicha qabul qilgan maxsus qarori 
asosida amalga oshirildi. Qarorda ota-onasiz qolgan bolalarga g’amxo’rlik qilishga 
alohida e'tibor berilib, Toshkent shahrida maxsus qabul shaxobchasi tashkil qilindi. 
O’zbekistonga ko’chirib keltirilgan aholini o’zbek xalqi o’zining issiq bag’riga 
oldi, ularga mehr-oqibat ko’rsatdi, uy-joy bilan ta'minladi, oziq-ovqat berdi. Ota-
onasiz, 
yetim-yesir 
qolgan bolalarning ko’pchiligi ham O’rta Osiyo 
respublikalariga, xususan O’zbekiston yuborildi. Faqat 1941 yilning o’zida 200 
ming bola bolalar uylariga joylashtirildi. Minglab-minglab bolalarni o’zbek oilalari 
o’z issiq qalblariga oldilar. 1943 yilga qadar 4672 yetim-esir o’zbek xalqining 
mehr qalbi haroratidan va adolatlik diyonatidan bahramanda bo’ldilar
5
.
“Toshkentga kelib bolalar uylarining oldida bola olish uchun navbatda turgan 
odamlarni ko’rib xayratga tushdim”, deb yozgandi mashhur bolalar shoiri Korney 
Chukovskiy. 
Darhaqiqat, shoir asarlarida respublikamiz bolajon yurt sifatida o’rin oldi. 
Uning “Leningradning do’stlari”, “Bolalar-bolajonlarimiz” kabi o’nga yaqin 
maqolalarida xalqimizningana shu insonparvarlik tuyg’ulari ulug’lanadi. 
Toshkentlik mashhur oddiy temirchi Shoahmad Shomahmudov va uning umr 
yo’ldoshi Bahri xolaning urush yillaridagi jasoratlarini kim bilmaydi deysiz. Bahri 
opa va Shoahmad aka Ulug’ Vatan urushi yillarida ota-onasiz qolgan 16 bolani 
tarbiyalab 
voyaga 
yetkazdilar: 
o’zbek, rus, tatar, yahudiy, chuvash, 
moldavan...Ularning birortasini ham Bahri xola tuqqan bo’lmasada, barchasi uni 
o’z onasi, o’zbek tilini esa ona tili deb hurmatlab o’sib voyaga yetdilar. 
5
Karimov Sh. G`alabaga qo`shilgan hissa,-T.: O`zbеkiston, 1990, 20-bеt. 


12 
Respublikada umumxalq mudofaa fondi tashkil qilindi. Urushning birinchi 
kunlaridayoq 1941 yil 21 avgustgacha mudofaa fondiga hammasi bo’lib 5 million 
293 ming so’m pul, zayom obligatsiyalari va qimmatbaho buyumlarni topshirilgan 
bo’lsa, bir oydan so’ng mudofaa fondi 70 million so’mga ko’paydi. Bundan 
tashqari respublika mehnatkashlari mudofaa fondiga 2389 sentner don, 1808 
sentner go’sht, 200 sentner jun, 1495 sentner pichan, 325 sentner quruq meva, 430 
sentner sabzavot, qovun-tarvuz va shu kabilarni jo’natdilar. 
Mudofaa fondlarini ko’paytirishda shanbaliklar va yakshanbaliklar ham katta 
rol o’ynadi. Jumladan, 1941 yil 28 iyunda o’tkazilgan respublikadagi birinchi 
shanbalikda, 1,2 million kishi qatnashdi va shanbalikdan tushgan 3 million so’m 
pul mudofaa fondiga o’tkazildi. Hammasi bo’lib O’zbekiston mehnatkashlarining 
mudofaa fondiga qo’shgan hissasi 650 million so’m pul va 56 kilogramm tilla va 
kumushni tashkil etadi. Bundan tashqari 4.266 milliard so’m miqdorida davlat 
zayomi va pul-buyum lotareyasi to’plandi.
Urushning birinchi oyidayoq harbiy komissarliklarga 32 mingdan ko'p 
ishchilar, xizmatchilar, kolxozchilar, yoshlar o'zlarini frontga jo'natishni so'rab 
ariza berdilar. Barcha viloyat, shahar va tuman harbiy komissarlari harbiy xizmat 
majburiyatida bo'lganlarni safarbar etish bilan shug'ullandilar. Urushning dastlabki 
oyidayoq yuz minglab vatandoshlarimiz qo'lga qurol olib frontga jo'nab ketdilar. 
O'rta Osiyo harbiy okrugi front uchun jangchilar va zobitlar tayyorlaydigan 
o'choqqa aylantirildi. Bu okrug 1941-yil iyunidan 1942-yil oxirigacha bo'lgan 
muddatda harbiy safarbarlik asosida 109 ta harbiy qo'shilma tuzdi, harakatdagi 
armiyaga va Oliy Bosh Qo'mondonlik qarorgohi zaxirasiga 86 diviziya va brigada 
jo'natdi.
6
O'zbekiston hukumati va vatanparvar kuchlar milliy harbiy qo'shilmalar 
tuzish tashabbusi bilan chiqdilar. 1941-yil 13-noyabrdan 1942-yil martigacha 
bo'lgan davrda 14 ta milliy harbiy qo'shilmalar, jumladan, 9 ta o'qchi brigada, 

ta 
otliq askarlar diviziyasi tuzilib frontga jo'natildi. Milliy qo'shilma askarlari va 
6
Usmonov Q, Sodiqov M.O’zbekiston tarixi.T.: “Sharq”, 2007, 136-bet. 


13 
zobitlariga yaxshi harbiy ta'lim berishda, ular bilan frontni mus-tahkamlashda 
O'zbekistonda tuzilgan zaxiradagi 24-o'q-chi diviziya katta rol o'ynadi. 
Diviziyaning boshliqlari va zobitlari tarkibida 178 o'zbek o'g'loni faol xizmat qildi. 
Bu diviziya urush yillarida 390 ming kishidan ziyod jangovar kuchlar tayyorladi va 
frontga jo'natdi.1941-yilda O'zbekiston ahplisi jami 6,5 million kishini tashkil 
etgan, ularning yarmini bolalar va keksalar tashkil etgan bo'lsa, yarpqli 
odamlarimizning 50—60 foizi, aniqrog'i 1433230 kishi urushga safarbar bo'lgan.
7
O'zbekiston partiya va sovet tashkilotlan front orqasini mustahkamlash, xo'jalikni 
harbiy izga tushirish, ko'plab jangovar texnika, qurol-aslaha, o'q-dorilar ishlab 
chiqishni yo'lga qo'yish bo'yicha shoshilinch tadbirlarni amalga oshirdilar. Bu 
sohadagi ishlarga VKP(b) MQ va Davlat Mudofaa Qo'mitasi topshirig'iga binoan 
ishlab chiqilgan va 16-avgustda tasdiqlangan 1941-yil 4-kvartali va, 1942-yil 
uchun harbiy xo'jalik ishlar rejasi asos bo'lib xizmat qildi. Bu rejada mamlakatning 
sharqiy mintaqalarida, jumladan, O-'zbekistonda yangi zavodlar, shaxtalar, konlar 
qurish hamda qurol-aslaha, o'q-dori, ayniqsa ko'plab tank, samolyot, to'p va 
zambaraklar ishlab chiqarishning keng dasturi belgilab berilgan edi. Dasturda 
transport ishini qayta qurish, dushman ishg'ol qilishi xavfi ostida qolgan joylardagi 
sanoat korxonalari-ni, kolxoz va sovxozlarning mol-mulklarini, ilmiy muas-
sasalarni sharqqa ko'chirish va ularni joylashtirish, yangidan ishga tushirish 
tartiblari ham belgilangan edi. Bu tadbirlarni amalga oshirishga 1941-yil 25-
avgustda tashkil etilgan U. Yusupov boshliq maxsus respublika hukumat 
komissiyasi rahbarlik qildi. O'zbekistonning iqtisodiy va mehnat resurslari frontga 
safarbar etildi. Butun SSSR hududida, jumladan, O'zbekistonda yangi mehnat 
rejimi joriy qilindi, ya'ni ish kuni uzaytirildi, dam; olish kunlari va mehnat ta'tillari 
bekor qilindi. 
O'zbekiston sanoatchilari 1941-yil oxirigacha 300 ga yaqin korxonani 
jangovar texnika, qurollar, o'q-dori ishlab chiqarishga moslashtirib qayta qurdilar.
8
Ularda frontga ketgan erkaklar o'rnini keksalar, xotin-qizlar egalladilar.Urushning 
7
Karimov I. A. Vatan sajdagoh kabi muqaddasdir. T. 3. Asarlar. T.: “O'zbekiston”, 1996, 80-bet. 
8
Usmonov Q, Sodiqov M.O’zbekiston tarixi.T.: “Sharq”, 2007, 137-bet. 


14 
dastlabki paytlaridayoq 20 mingga yaqin toshkentlik xotin-qizlar sanoat 
korxonalari va qurilishlarda, 1700 ga yaqin respublika xotin-qizlari ko'mir koni 
shaxta-larida ishlashga yo'l oldilar. Jumladan, 1941-yil iyul oyidan «Tashselmash» 
zavodida 220 xotin-qizlar frontga ketgan otalari, akalari va erlarining o'rniga ishga 
kirib fidokorona mehnat qildilar. 
Xullas, O’zbekistonning zahmatkash mehnatkashlari o’z vijdon va da'vati 
bilan respublikani fashizmga qarshi kurashda Ittifoqning bastionlaridan biriga 
aylantirdi. Bu hol esa so’zsiz suratda SSSRning Germaniya ustidan g’alaba 
qozonishini ta'minlagan eng muhim omillardan biri bo’ldi. 

Download 0,65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish