partizanlarning xizmatlari ham beqiyosdir.
Xalq qasoskorlari dushmanning ming-minglab omborlariga o’t qo’yar, qurol-
yarog’larini o’lja qilib olar, ularning eshelon va relslarini, ko’priklari va
mashinalarini portlatar, kutilmaganda qo’qqisdan zarba urar, xullas dushmanning
tinkasini quritib Qizil armiyaning g’alabasini tezlashtirar edilar.
Umumxalq qasoskorlari harakatida o’zbek o’g’lonlari ham faol qatnashdilar
va qaxramonlik namunalarini ko’rsatdilar. Belorussiyaning partizan otryadlari
saflarida jang qilgan farg’onalik yigit Sovet Ittifoqi Qaxramoni Mamadali
Topiboldiev dushmanning to’rtta mashinasini yakson qildi, harbiy yuk ortib
ketayotgan temir yo’l sostavini ishdan chiqardi, yuzlab fashistlarni qirib tashladi.
180 nemis soldat va ofitserini asir oldi. Bugungi kunda Belorussiyadagi Pisarev
40
qishlog’i Topiboldievka deb ataladi, u yerda o’zbek jasur o’g’loni nomiga
ko’chalar, maktablar qo’yilgan. Minskda tashkil etilgan 1941-1945 yillar urush
muzeyida Mamadali Topiboldiev surati, hayoti, jangovar faoliyati haqida keng
ma'lumotlar bor.
O’zbekistonlik xalq qasoskorlaridan hukumatning orden va medallari bilan
taqdirlanganlar orasida G`ofur Hakimov, Dehqonboy Qosimov, Vali Bashirov,
Karim Yusupov va Muxtor Galievlarning ham nomlari bor. Bundan tashqari
O’zbekistonlik partizan jangchilardan 15 kishi “I darajali Vatan urushi partizani”,
50 kishi “II darajali Vatan urushi partizani” medallari bilan taqdirlangan.
O’zbekistonlik partizanlardan D.Abduraimov, T.Ismoilov, S.Fayziev,
M.Ahmedov,
T.Qo’chqorov,
K.Usmonov,
I.Soliev,
A.Mamajonov,
G`.Toshniyozov, M.Xoliqov va boshqalar Belorussiya, Ukraina, Bolgariya,
Chexoslovakiya, Yugoslaviya va Italiyada mislsiz qahramonliklar qilganlar.
Xullas O’zbekiston mehnatkashlari ikkinchi jahon urushi yillarida
qahramonlik va jasorat namunalarini ko’rsatdi, ular kechani kecha, kunduzni
kunduz demasdan och-yalong’och holda juda og’ir va qiyin sharoitlarda xalq
xo’jaligining barcha tarmoqlarida sidqidildan va astoydil mehnat qilib urushni
g’alaba bilan yakunlash maqsadida front manfaatlari uchun turli-turli mahsulotlar
ishlab chiqardilar. O’zbekistonlik jangchilar front chiziqlarining oldingi saflarida
mardlik va qahramonlik mo’'jizalarini namoyish qildilar, dushman o’qiga o’z
ko’kraklarini qalqon qilib rus, ukrain, belorus, Boltqbo’yi yerlarini fashistlar
Germaniyasidan ozod qilishda faol qatnashdilar va umumiy dushman ustidan
qozonilgan g’alabaga o’zlarining munosib hissalarini qo’shdilar.
O’zbekistonlik jangchilardan 1939-1945 yillardagi ikkinchi jahon urushida
fashistlar Germaniyasi va Yaponiya millitarizmi kuchlariga qarshi kurashdagi
jasorati, mardligi va qahramonligi uchun 120 ming kishi SSSRning orden va
medallari bilan taqdirlandi, 300 dan ortiq kishiga esa Sovet Ittifoqi Qahramoni
unvoni berildi. Ammo urushda qo’lga kiritilgan g’alaba O’rta Osiyo xalqlariga
juda qimmatga tushdi. Mazkur mintaqa aholisining umumiy miqdori 1940 yildagi
10.906 ming kishidan 1945 yilga kelib 8.982 ming kishiga tushib qoldi, yoki 1.924
41
ming nafarga qisqardi. Agar 1940-1945 yillarda tug’ilgan yosh go’daklarni ham
qo’shib hisoblansa yo’qotish raqami bundan ham ko’proq bo’ladi. Ayniqsa bu
urushdan O’zbekiston va o’zbek xalqi ko’p narsa yo’qotdi. Respublika aholisi 1,4
million kishiga qisqardi.
Frontga safarbar qilingan 1 million 433.230 kishidan 263.005 kishi halok
bo’ldi, 132,670 kishi bedarak yo’qoldi va 60452 kishi o’z o’lkasiga nogiron bo’lib
qaytdi
27
. Bu hisobga urush yillarida ochlik-yalong’ochlikdan qirilib ketgan ming-
minglab vatandoshlar ham qo’shiladigan bo’lsa, xalqimizning boshiga tushga
dahshat va fojeaning nechog’lik og’ir bo’lganligini ko’z oldimizga keltira olamiz.
Shuningdek bu hisobga O’zbekistonda “quloq” qilngan Sobiq Ittifoqning
Ukraina, Shimoliy Kavkaz, Qozog’istonga, Sibirga badarg’a etilgan, bu joylardagi
“mehnat
posyolka”larida,
“Quloqlar
qishloq”larida
surgun
azobini
tortayotganlarida urushga chaqirilgan yurtdoshlar kiritilmagan.
Urushning butun zahridan o’zbek “quloq” lari ham azob-uqubatlar tortganlar,
ularning aksariyati o’sha mash'um urush qurboni bo’lganlar. Ammo bular haqida
na ko’p jildlik Xotira kitoblarida, na O’zbekistonning Ikkinchi jahon urushidagi
ishtiroki haqidagi asar va dissertatsiyalarda, na badiiy adabiyotlarida hech narsa
aytilmagan.
Masalan Xerson viloyatidagi o’zbek “quloq”lari ham shoshilinch ravishda
Qizil armiyaga safarbar qilina boshlagan. Safarbar qilinishga ulgurmagan 16
yoshdan 60 yoshgacha bo’lgan erkaklarning bir qismi mehnat batalonlariga olinib,
Qarag’anda ko’mir sanoati markaziga ko’chirilgan. Ularning ko’pchiligi shu
yerdan, ya'ni Qozog’istondan urushga safarbar qilingan.
Xerson viloyati Skadovskiyda yashab, shu joydan frontga chaqirilgan va
jangohlarda halok bo’lgan o’zbekdan 87 tasi aniqlandi.
Ularning aksariyati 1943 yilda frontga olingan.Kaxovskiy rayonidan urushga
olinib jangohlarda halok bo’lganlardan 46 nafarini, Golopristan rayonidan esa
bundaylardan 29 nafari aniqlangan. Xullas, Xerson viloyati Skadovskiy,
27
Karimov I. A. Vatan sajdagoh kabi muqaddasdir. T. 3. Asarlar. T.: “O'zbekiston”, 1996, 80-bet.
42
Kaxovskiy, Golopristan rayoni bo’yicha Ikkinchi jahon urushida ishtirok etgan
vatandoshlarimizdan 162 nafarining nomi aniqlandi. Ulardan 144 nafari halok
bo’lganligi va 18 nafari bedarak yo’qolganligi ma'lum bo’ldi.
Ikkinchi jahon urushi yillari xalqimiz tarixining eng og’ir va qora dog’li
davridir. Bu urushni har qanday sharoitda ham xalqimiz chetlab o’taolmas edi.
Chunki O’zbekiston ikkinchi jahon urushining asosiy aybdorlaridan biri
hisoblangan qizil saltanatning mustamlaka asoratida edi. Bas, shunday ekan
xalqimiz cheki va peshonasida bo’lgan va bosib o’tilgan bu tarixiy davrni chetlab
ham o’taolmaymiz, uni inkor ham etaolmaymiz, tarixiy haqiqat bilan istaymizmi
uni yo’qmi bundan qat'iy nazar hisoblashishga majburmiz. Shu ma'noda Islom
Karimovning quyidagi so’zlari diqqatga loyiqdir: “Takrorlab aytaman: Ikkinchi
jahon urushiga qanday qaralmasin, bu urush qaysi g’oya ostida va kimning izmi
bilan olib borilgan bo’lmasin, o’z vatani, el-yurtining yorug’ kelajagi, beg’ubor
osmoni uchun jang maydonlarida xalok bo’lganlarni o’z umrlarini bevaqt hazon
qilgan insonlarni doimo yodda saqlaymiz.
Bu achchiq, lekin oliy haqiqatni unitishga hech kimning haqi yo’q va bunga
yo’l ham bermaymiz.
Urush yillari-O’zbekiston tarixining uzviy bir qismi. Biz tariximizdan biror
sahifani ham olib tashlamaymiz. Bu tarix-bizniki uni unitishga hech kimni haqqi
yo’q”
28
.
Ha, tarixiy haqiqat, tarixiy adolat tarix qanday sodir yetilgan bo’lsa xuddi
shunday ilmiy yoritishni va undan kelajak uchun to’g’ri xulosa chiqarishni talab
qiladi.
Sovetlar davrida yozilgan O’zbekiston tarixi darsliklari, qo’llanmalari va
xatto tor doiradagi ziyolilar uchun mo’ljallab chop etilgan monografik ilmiy asarlar
va risolalarda ham “Turkiston legion” haqida hech narsa yozilmagan. Chunki u
haqda yozish kommunistik firqa mafkurasi va sovetlar siyosatiga to’g’ri kelmas
edi. Holbuki, “Turkiston legion” ham Vatanimiz tarixi ikkinchi jahon urush
28
Karimov Islom. Vatan sajdagoh kabi muqaddasdir. T. 3-T.: “O’zbеkiston”. 1996 y. 246,247-bеtlаr.
43
davrining ajralmas tarikibiy
bir qismidir. Shunday ekan O’zbekiston fuqarolari,
xususan kelajagi buyuk O’zbekistonni barpo etadigan yosh avlod Vatanimiz
tarixining ikkinchi jahon urushi davridagi to’la qonli tafsilotini, shu jumladan
“Turkiston legion” haqida ham bor haqiqatni bilmog’i va unga o’zining shaxsiy
munosabatini bildirmog’i kerak.
“Turkiston legion” 1941 yilning oxiri 1942 yilning boshlarida shakllandi.
Uning asosini urushda asir olingan Turkistonliklar tashkil qildilar. Yozma
manbalarning guvohlik berishicha Sovet Ittifoqi bilan Germaniya o’rtasidagi
urushning ilk yillari (1941-1942)da sovetlarning G`arbiy jabhasida taxminan 2
millionga yaqin turkistonlik askar bo’lgan. Urush davrida to’plangan
ma'lumotlarga qaraganda, 1943 yilda Qizil Armiyaning faqat 6 harbiy qismida,
ya'ni Minsk, Kiev, Moskva, Leningrad, Uzoq Sharq va Shimoliy Kavkazda
1.179.802 turkistonlik askar bo’lgan. Faqat Kiev va Minsk qismlarida 997.892
nafar edi. Ana shu turkistonlik Qizil Armiya askarlarining kattagina qismi nemislar
tomonidan asir olindi. To’rg’ay shahrida joylashgan Germaniya harbiy asirlari
Boshqarmasining 1943 yilda bergan ma'lumotlariga qaraganda urushning dastlabki
yillaridayoq (1941-1942) sovetlar armiyasidan 1.700.00 ga yaqin turkistonlik asir
olindi. 1942 yilning yoziga qadar bulardan faqat 400 ming kishi eson qoldi,
qolganlari ochlik, kasallik, sovuq tufayli qirilib ketdi, bir qismi otib tashlandi.
“Turkiston legion”ning asosini ana shu asirlar tashkil etdi.
Urushning boshidayoq bunchalik ko’p sonlik turkistonlikning nemislarga asir
tushganligining boisi, sababi nimada? Albatta sabablar ko’p. Ana shu sabablardan
eng birinchisi, turkistonliklar sovetlar hokimiyati yillarida muntazam armiyada
xizmat qilish malakasidan mahrum etilgan edilar, aniqrog’i urush boshlangan
davrda O’rta Osiyo respublikalarining birontasida muntazam milliy armiya
bo’lmagan. Chunki sovetlar turkiy xalqlarga ishonmas, ularni ikkinchi toifa xalq
hisoblar, eng muhimi ulardan qo’rqar edi. Shu bois turkiy xalqlarning milliy
armiyasini yo’q qildi. 1935 yil oxirlariga qadar Turkiston turklari sovetlar
armiyasiga safarbar qilinmas edi. 1935 yilda qabul qilingan “Sovetlar armiyasiga
safarbarlik” qonuniga asosan 1935-1938 yillar ichida turkistonliklar Qizil Armiya
44
xizmatlariga bir oz bo’lsa olingan edi. 1939 yilning oxirlariga kelganda
turkistonliklardan armiyaga olish ancha ortdi. Chunki Sovet Ittifoqi bilan
Finlyandiya o’rtasida urush boshlangan edi. 1941 yil iyunda Germaniya bilan
Sovet Ittifoqi o’rtasida urush boshlangandan so’ng esa, Turkiston turklarini 18
yoshdan 65 yoshgacha hammasini yoppasiga urushga safarbar qilindi.
Ma'lumotlarga qaraganda 1941-1943 yillar davomida taxminan 4.847.775
turkistonlik sovetlar armiyasiga safarbar qilingan edi. Ularning aksariyati hech
qanday tayyorgarliksiz front jabhasining oldingi chizig’iga tashlangan edilar.
Toshkent, Samarqand, Qarshi, Termiz, va boshqa shaharlarida milliy gvardiya va
diviziyalar tashkil qilinib, ularga hech qanday harb ilmidan saboq bermasdan va
maxsus tayyorgarlikdan o’tkazmasdan armiyaga jo’natildi. Bu ishda ham «buyuk
rus» mustamlakachiligining o’ziga xos shovinistik va jirkanch maqsadlari o’z
ifodasini topdi. Bu avvalo urush vositasi bilan turkiy musulmonlarni qirib tashlash
va jismonan yo’q qilish bo’lsa, ikkinchidan, turkiylarni urush olib borishga
“yaroqsiz xalq”, “ikkinchi sort millat” ekanligini amalda isbotlash va shu asosda
turkiy millatlar davlatchiligining asoslaridan biri bo’lgan muntazam o’z armiyasiga
ega bo’lishini abadul-abad barbod qilish edi. Sovetlar Qizil saltanati ma'lum
ma'noda o’z maqsadlariga erishdilar ham, Konstitutsiyada teng huquqli «suveren
respublika» hisoblangan O’zbekiston sovetlar davrida o’zining milliy armiyasidan
mahrum bo’ldi. Buning uchun turkiy xalqlarning Germaniya qo’shinlariga qarshi
mustaqil “jang qilishga qodir emasliklari” eng “ishonchli” asos bo’ldi. Chunki tish-
tirnog’iga qadar zamonaviy qurollar bilan qurollangan nemis qo’shinlariga qarshi
turgan turkistonlik qizil qo’shinlar urushning dastlabki bosqichlarida dushmanga
deyarlik qarshilik ko’rsata olmadilar. Nega deganda ular maxsus tayyorgarlikdan
o’tmaganliklaridan tashqari umuman, qurolsiz bir holatda jangga tashlangan edilar.
General Sobir Rahimov qo’mondonligidagi mashhur 37-diviziyada xizmat qilgan,
generalning tutingan o’g’li, urush yillarida afsonaviy qahramonliklar va mardliklar
ko’rsatgan, jasur razvedkachi, vatandoshimiz, urush va mehnat faxriysi, Toshkent
shahar Sergeli tumani urush va mehnat faxriylari kengashining raisi polkovnik
Xurram Ashurov bergan ma'lumotlarga qaraganda urushning dastlabki
45
bosqichlarida Turkistondan borgan jangchilarning har uchtasidan bittasiga haqiqiy
jangovar miltiq, qolgan ikkitasiga esa yog’ochdan tayyorlangan «miltiq» va 15
donadan patron berilgan ekan. Natijada ular dushmanning yopirilib qilgan
hujumiga bardosh berolmay gangib qoldilar va yoppasiga asir tusha boshladilar.
Ikkinchisi, urushning dastlabki bosqichlarida turkistonlik Qizil askarlarning
ma'naviy ruhiy holatlari ham tushkun holatda bo’lgan. Chunki kompartiya Markziy
Qo’mitasi qabul qilgan qaror bo’yicha 1937-1939 yillarda O’rta Osiyo
respublikalaridan taxminan 2 millionga yaqin kishi qamoqqa olingan edi. Albatta
bu hol armiya safiga chaqirilgan askarlarning ruhiy holatiga salbiy ta'sir qilgan edi.
Uchinchisi, fashistlar Germaniyasining tashviqot-targ’ibot mashinasi ham
barcha rus bo’lmagan millatlar vakillariga, jumladan turkistonliklarga qarata ham
faol ish olib bordi. Mahkamasi Minsk shahrida bo’lgan general Mirshakar
boshchiligidagi turkistonliklarning ma'lum bir qismi ko’r-ko’rona shu targ’ibotga
ishonib o’z ixtiyori bilan nemislarga asir tushgan vatandoshlar ham bo’ldi.
Fashistlar qo’mondonligi asirga olingan turkistonliklarni yoppasiga qirib tashlay
boshladi. Mana shunday bir jumboqli va tang vaziyatda o’sha davrda Germaniyada
yashab istiqomat qilayotgan vatandoshimiz Vali Qayumxon “Turkiston legion”ni
tuzish g’oyasini ko’tarib chiqdi va uning Prezidenti bo’ldi.
Vali Qayumxon Olmoniya hukumatiga murojaat qilib, turkistonlik asirlar
Sovet Armiyasining haqiqiy jangchilari emasligini, ularni zambarak uchun yem-
holida tutilganligini, Sovet Ittifoqi bilan Olmoniya orasidagi janglarda qo’llarida
qurol o’rniga tayoqlar bilan tutilganligini, anglatgan edi.
Olmon hukumati ham Sovet davlatining nohaq harakat qilganligini va
turkistonliklar kabi g’ayri rus xalqlardan urushda strategik maqsadda
foydalanganligini to’la ravishda anglagan edi. 1942 yilning boshidan e'tiboran
Qayumxon bir necha yuz ming turkistonlik asirni lagerdan chiqarib ularni
ommaviy ishlarga joylashtirishga muvaffaq bo’ldi. Ochlik, kasallik hukm surgan
sovuq oylarida kiyimsiz qolganimiz sharoitlarida biz, turkistonlik asirlar
Qayumxonning himmatini ko’rib, uni “Ota” ataydigan bo’ldik. U biz uchun
chindan ham otalik qildi”.
46
Ayni shu paytda g’ayri rus millati vakillaridan Armani, Gurji, Shimoliy
Qofqoz, Ozorbayjon, Idil-Urol legionlari ham tashkil etilgan edi. 1942 yil
avgustida Vali Qayumxon raisligidagi “Turkiston Milliy Birlik Qo’mitasi” tuzildi
1942-1945 yillarda Berlinda faoliyat ko’rsatgan «Turkiston Milliy Birlik
Qo’mitasi»da 112 turkistonlik ishladi. Ayni zamonda “Milliy Turkiston”, “Milliy
adabiyoti” jurnallari va “Yangi Turkiston” gazetasi nashr etila boshlandi. “Milliy
Turkiston” jurnalining birinchi soni 1942 yil 15 avgustda chiqdi. Jurnal “Bizning
yo’l” bosh maqolasi bilan e'lon qilindi va unga “Bizning yo’l otalar yo’lidir,
mustaqillik yo’lidir”, deb bayonot berilgan edi. Germaniya hukumati milliy
qo’mitaning bu siyosiy yo’lini o’rganib chiqdi, ammo uning siyosiy niyatiga qarshi
chiqmadi. Bu tabiiy edi, albatta. Chunki ayni davrda milliy Qo’mitaning faoliyati
Germaniya foydasiga va Sovet Ittifoqiga qarshi qaratilgan edi. Milliy qo’mitaning
bayonoti biron bir darajada bo’lsada Germaniyaning mavqeiga hech qanday xavf
tug’dirmas edi. “Turkiston legion” tarkibida askar va zobitlarning miqdori 1944 yil
oxirlarida 267 ming kishi atrofida bo’lgan. Legion qo’mondonini tayinlash
Germaniya armiyasi qo’mondonligi ixtiyorida edi. Batalon, polk qo’mondonligi va
rota komandirlari tarkibida turkistonliklardan ko’p bo’lgan. Legionning siyosiy va
milliy ishlari Milliy Turkiston Birlik Qo’mitasi tomonidan idora etilardi. Har bir
askar va zobitning so’l qo’lida “Turkiston, Olloh biz bilan” tamg’asi bor edi.
Askariy ont, Qur'oni Karim, qarshisida ikki qilich birlashtirilib, Turkiston bayrog’i
ostida qabul qilingan. “Turkiston legion”ning o’z madhiyasi bor edi. Bu madhiya
“Go’zal Turkiston” nomi bilan atalardi. Madhiyaga Cho’lponning “Go’zal
Farg’ona” she'ri va uning kuyi asos qilib olingan edi.
“Turkiston legion” rus sovetlari qo’shinlariga qarshi jiddiy janglar olib borgan
va unga katta talofotlar bergan. “Turkiston legion”ning birinchi partiyasi 1942 yil 2
mayda Bryansk o’rmonlarida jangga tashlangan edi. Ruslar, Turkiston milliy
askarlaridan asir olmas edilar, ularni “qora fashistlar” deb atashardi. Olingan
asirlarni ayab o’tirishmas, ularni joyida o’ldirishardi. Hatto yarador askarlarga
nisbatan ham shafqat yo’q edi. “Turkiston legion” 1944 yilning oxirlariga kelib
taxminan 65 ming askarini yo’qotdi, 900 ga yaqin legionchilar sovetlar partizan
47
birliklariga qochgan edilar. “Turkiston legion” o’zbek, qozoq, qirg’iz, turkman va
tojik qavmlaridan iborat edi. Ular yillar davomida sovetlarning olib borgan bo’lib
tashlash va parchalash siyosatlariga qaramasdan turkistonliklarning “turklik
birligini” ko’rsatib qo’yish qobiliyatlarini ham isbot qilgan edilar. Sovetlar
targ’iboti “Turkiston legion”ni ichidan buzish uchun ko’p harakat qildi. Ammo
Turkiston Milliy Birligini buzaolmadi.
“Turkiston legion” tuzishda Germaniya hukumati o’z manfaatini birinchi
o’ringa qo’yganligi isbot talab qilmaydigan haqiqatdir. Ammo shu narsaga tan
bermaslik mumkin emaski, Germaniya davlati 1945 yil 24 martda bu davrda
Germaniya front jabhasida mag’lubiyat ketidan mag’lubiyat alamini tortayotgan
bo’lsa, «Turkiston legioni»ni Turkiston Milliy Hukumati sifatida rasmiy bir vasiqa
bilan tanidi. Holbuki, yuqorida ta'kid etilganidek sovetlar faqat turkistonliklarning
milliy armiyasini tugatish bilan kifoyalanmadi, balki amalda mustaqil diplomatik
munosabatlarda bo’lish huquqini bergan edi. Bu tadbir tarixiy nuqtai-nazardan
biroz kechikib amalga oshirilgan ularning milliy davlatchilik an'analarini ham
barbod qilgan edilar. Germaniya hukumati Turkiston Milliy hukumatiga barcha
do’st davlatlar bilan, shu jumladan Germaniyaning o’zi bilan ham bo’lsada,
Germaniya hukumatining tutgan yo’li, o’sha davrda Turkistonning milliy masalaga
bildirilgan munosabat tariqasida g’oyatda katta siyosiy ahamiyatga ega bo’lgan
voqea edi.
“Turkiston legion”ni tuzishda kim qanday maqsadni o’z oldiga
qo’yganligidan qat'iy nazar, hayot bu qo’yilgan qadamning o’z vaqtida va to’g’ri
qo’yilgan qadam bo’lganligini isbotladi. “Turkiston legion” minglab
turkistonliklarning hayotini saqlab qoldi.
“Turkiston legion”ning urushdan keyingi taqdiri albatta har bir kimsani
qiziqtiradi. Ikkinchi jahon urushidan so’ng Turkiston Milliy Armiyasining
hayyotida achchiq bir davr boshlandi. Amerika Qo’shma Shtatlari prezidenti
Ruzvelt va Angliya Bosh Ministri Cherchil 1945 yil 4 fevralda Qrim yarim
orolining Yalta shahrida I.Stalin bilan uchrashdilar. Bu yerda bo’lib o’tgan
konferentsiyada ittifoqchilar asir tushgan o’z vatandoshlarini qaytarib olishga
48
o’zaro kelishdilar. Bu shartnoma ozod va mustaqil vatanga ega bo’lgan davlat
uchun g’oyat tabiiy va ahamiyatli bir hol edi. Ammo dunyodagi eng yirik
mustamlakachi Qizil saltanat bo’lgan Sovet Ittifoqi uchun bu shartnoma ming-
minglab kishilarning taqdiri nuqtai nazaridan fojeali yakunga ega bo’ldi. Sababi,
tuzilgan bitimga asosan 1945 yildan 1947 yilga qadar Sovet Ittifoqi tashqari qochib
o’tgan yoki Germaniyaga asir tushgan yuz minglarcha turkistonliklarni ozarbayjon,
qrim, qolmiq va boshqa millat kishilarni G`arbiy Ittifoqchilar majburan sovetlarga
topshirdilar. Holbuki ozodlik kurashchilari Amerika, Angliya va Frantsiya
davlatlariga ishonib o’zlarini taslim etgan, ularga ishonar edilar. Chunki, 1941 yil
14 avgustda “Atlantik Xartiya” e'lon etilgan edi. Unda “Ozodlik, inson huquqi,
xalqlarning o’z taqdirini o’zi belgilashi, har bir xalqning mustaqillikka bo’lgan
huquqini ta'minlash, mustamlakachi likni bitirish, “Yangi bir dunyo” tashkil etish
masalasi bahs etilgan va qarorlashtirilgan edi”. “Atlantik Xartiya”ga Amerika,
Angliya, Sovet Ittifoqining boshliqlari imzo chekkan edilar. Bu hujjat 1941 yil 14
avgustda Atlantikadan Amerika kemasida Ruzvelt va Cherchil ishtirokida tuzildi
va ular urush tamom bo’lgandan keyin yangi, ozod va erkin dunyo ko’rilajagini
tashqaridan arlashuvsiz o’zi belgilayajagini e'lon qildilar.
“Atlantik Xartiya”da ezilgan xalqlar, millatlarning haq-huqulari, istak-
orzulari, milliy maqsadlari muxofaza qilinishi kerak edi. Ammo afsus va
nadomatlar bo’lsinki, G`arbiy ittifoqchilar 1945 yil Yaltada to’planib, “Yangi
dunyo” qurish to’g’risidagi o’z bayonotlariga o’zlari hiyonat qildilar, I.Stalin bilan
kelishilgan holda “Yalta bitimi”ni tuzdilar, oxir-oqibatda o’z ozodliklari uchun
kurashgan g’ayrirus millat kishilarini majburan qizil saltanat o’lim tegirmoniga
topshirdilar. Jami bo’lib AQSh va Angliya hukumatlari yordamida 2.272.000 kishi
chet eldan SSSRga qaytarilgan edi. Bitimga ko’ra Milliy Turkiston Birlik-
Qo’mitasiga qarashli 200 ming askar va 300 ming ehtiyotda turgan
turkistonliklarni, bir qanchasi qo’llariga zanjirlar solib zo’rlab oilalari bilan yuk,
hayvonlar tashiladigan vagonlarga tiqib Rossiyaga tomon jo’nata boshladilar.
Turkistonliklarning ko’pchiligi o’z-o’zlarini o’ldirdilar. Ular “ruslarning qo’liga
tushgandan ko’ra, o’lim yaxshiroq”, deb qo’llarining tomirlarini kesdilar, beajal
49
halok bo’ldilar. Turkistonliklar arosatda qolgan mana shunday og’ir fojeali bir
sharoitda o’z vatandoshlarini qutqarish uchun jon kuydirib ishlagan Amerikadagi
armanilar singari turklarga ham yordam qo’lini cho’zadigan bir davlat topilmadi.
Turkistonlik asirlarni Turkiya davlati panohiga olish tashabbusini Germaniyada
o’qib turgan ikki turk talabasi ko’tarib chiqdi. Ularning himmati bilan 1945 yilda
Turkiya Arkon-i Harbiya-i Umumiyasining Bavariyadagi Amerika armiyasi
naznidagi tamsilchisi yuzboshi Ehson Unasonning bevosita sa'y-harakatlari tufayli
Turkiyaga jo’natilishi ko’zda tutilgan turkistonliklarning anketalari ikki nusxada
tayyorlandi. Bu ishlarda vatandoshimiz Boymirza Hayit jonbozlik ko’rsatdi.
Ehsonbey tayyor bo’lgan anketalarning bir nushasini o’zi oldi, boshqa bir
nusxasini esa maxfiy yo’llar bilan Anqaraga jo’natdi. Ehsonboy o’tirgan samolyot
Yugoslaviya o’rmonida o’qqa tutildi va samolyot urib tushirildi, uning
jomadonidagi anketalar yo’qoldi. Anketalarning mahfiy jo’natilgan boshqa nusxasi
Anqaraga yetib kelgan. Anqarada mas'uliyatli xizmatchilar mazkur anketalar
asosida Germaniyadan 100 ming turkning Turkiyaga kelishi masalasini muhokama
qilganlarida: “Agar bularning orasida 10 ming sovet josusi bo’lsa nima qilamiz?”,
degan masala ko’tarilgan. Oqibatda Turkistonlik asirlarni Turkiyaga keltirilishi hal
bo’lmay qolgan va yordamsiz qolgan vatandoshlarimiz 1945 yil noyabrga qadar
qurol kuchi bilan Rossiyaga yuborib turilgan. Faqat 1945 yil noyabrida Duayt
Deyvid Eyzexauerning “Rossiyaga biron odam zo’rlik bilan jo’natilmasin!” deb
bergan amridan so’ng, 6-7 ming turk, shu jumladan taxminan 800 turkistonlik
jonlarini saqlab qolaoldilar. Bular orasida Maqsud Bek, Ergash Shermat, Boymirza
Hayit (Kyoln shahrida), Qodir Egamqul, Mo’min Bo’ri, Nayim To’ra, Yo’lchi
Oxun, Otaxon, M.Mannon (Myunxen shahrida)lar bor edi. Sovet Ittifoqiga zo’rlik
bilan jo’natilgan turkistonliklar it azobiga solingan. Sovet jazo qonunlari asosida
ularning aksariyati otib tashlangan, qolganlariga 20-25 yil muddat bilan qamoq
jazosi berilib, Sibir va boshqa yerlarga surgun qilinganlar.
Sovetlar hukumati rahbarlari, Davlat xavfsizlik Qo’mitasi ikkinchi jahon
urushi tugagandan keyin to qizil saltanat parchalangunga qadar ham odam ovlashni
davom ettirdilar, yevropa va Sharq mamlakatlarida tinch va osoyishta yashayotgan
50
muhojirlarni, ularning yosh avlodlarini o’z ta'sirlari ostiga olish, sobiq
legionerlarni qo’lga kiritish maqsadida tinmay harakat qildilar. Bunga erishish
maqsadida turli-tuman uydirma tashkilotlar tuzdilar, yolg’on-yashiq va'dalar
berdilar, soxta avf e'lon qildilar. Bu uydirma va soxtakorliklar qarmog’igi ilinib
aldanib yurtga qaytganlarning sho’ri quridi, ularning aksariyatini yo’ldayoq otib
tashladilar yoki jazo lagerlarida qatl qildilar. Sovetlar tashviqot organlari esa
Davlat Xavfsizlik Qo’mitasining buyurtmasi asosida “yo’lda yuragi yorildi”,
“jigari chirigan ekan”, “o’z ajali bilan o’ldi” degan yolg’on axborotlarni tarqatdi.
Ana shu tariqa AQSh, Angliya hukmron doiralari va “Atlantik Jxorta” qaroriga
ishonib ming-minglab turkistonliklar boshqa xalqlar qatorida qirilib ketdilar.
Keyinchalik faqat inglizlar o’z qilgan xatolarini tushunib, undan pushaymon
bo’ldilar. Chunki ularni vijdon azobi qiynagan edi. Ingliz ma'murlari sovetlarga
topshirilgan legionerlar xotirasi uchun London shahrining Kensington qismida
haykal o’rnatdilar. Haykalning tantanli ochilish marosimida 200 dan ortiq rasmiy
davlat arboblari ishtirok etdilar. Xullas, “Turkiston legion” tarixi zahmatkash
xalqimizning ikkinchi jahon urushi yillaridagi qismatli hayotidan saboq beruvchi
alam va hasratlar bilan to’la faoliyatining ajralmas bir bo’lagi, uning tarkibiy
qismidir. “Turkiston legion” va “Milliy Turkiston Birlik Qo’mitasi” faoliyatiga
Kompartiya, sovetlar mafkurasi, mustamlakachilik siyosati mafkurasi andozasi va
o’lchovlari asosida emas, balki mustaqil O’zbekiston, Turkiston xalqlarining milliy
birligi g’oyalaridan kelib chiqqan holda baho berilishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |