Mavzu: ikkinchi jahon urushi yillarida o’zbek xalqining fashizm ustidan qozonilgan g’alabaga qo’shgan hissasi



Download 0,65 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/9
Sana30.06.2022
Hajmi0,65 Mb.
#721407
1   2   3   4   5   6   7   8   9
 
 
 
 
 
 
 
 
 


51 
Xulosa 
Olti йил davom etgan, butun insoniyat boshiga og'ir kulfatlar solgan Ikkinchi 
jahon urushi tamom bo'ldi. Urush insoniyatga qimmatga tushdi, 50 milliondan 
ortiqroq kishi halok bo'ldi, 90 milliondan ortiq kishi yarador va mayib bo'lib qoldi, 
moddiy talofatlar qimmati 4 trillion dollardan oshib ketdi. Urush Yevropa, Afrika, 
Osiyo va Okeaniyada turli frontlarda bo'ldi. Fashizmni tor-mor etishda ko'p 
mamlakatlar qatnashdi. Biroq urushning asosiy og'irlik markazi SSSR xalqlari 
zimmasiga tushdi. 27 millionga yaqin kishi urush alangasida halok bo'ldi, 18 
milliondan ortiqroq jangchilar yarador va nogiron bo'lib qoldilar. 
O'zbekistondan urushga safarbar etilganlardan 263005 kishi halok bo'ldi, 
132670 kishi bedarak yo'qoldi, 60452 kishi nogiron bo'lib qaytdi. Bu mash'um 
urush tufayli eng kamida to'rt yuz ming oila bevosita ayriliq azobiga duchor 
bo'lgan. Agar qarindosh-urug'larni hisoblasak, butun mamlakat aholisi motam 
libosini kiygan. Ikkinchi jaxon urushida o’zbek xalqi fashizm ustidan qozonilgan 
g’alabaga o’zining munosib hissasini qo’shdi.120 ming o'zbekistonlik jangchilar, 
jumladan, 70 ming o'zbek yigit va qizlari orden va medallar bilan mukofotlandi. 
300 ga yaqin askar va komandirlar Qahramon unvoniga sazovor bo'lishdi, ularning 
75 nafari o'zbeklardir. 32 nafar o'zbekistonlik jangchi uchala darajadagi Shuhrat 
ordeni bilan mukofotlandi. 
Urushga bormaganlarga ham oson bo'lmadi. Yuz minglab vatandoshlarimiz
mehnat frontida zahmat chekdilar, o'zi yemasdan, o'zi kiymasdan topgan 
nasibasini frontga jo'natib azob-uqubatlar tortdi. 
Ikkinchi jahon urushiga qanday qaralmasin, bu urush qaysi g'oya ostida va 
kimning izmi bilan olib borilgan bo'lmasin, o'z vatani, el-yurtining yorug' kelajagi, 
beg'ubor osmoni uchun jang maydonlarida halok bo'lganlarni, o'z umrlarini bevaqt 
xazon qilgan insonlarni doimo yodda saqlaymiz. 
Fashizm ustidan qozonilgan g'alabaning olamshumul tarixiy ahamiyati 
shundaki, u dunyodagi ko'plab xalqlarni zo'ravonlikdan,-qullikdan, zulmdan ozod 
etdi, erkin, demokratik rivojlanish uchun, iqtisodiy va ma'naviy taraqqiyot uchun 
yo'l ochib berdi. O'zbek xalqi fashizmni tor-mor etishga, olamshumul ahamiyatga 


52 
molik g'alabaga ulkan hissa qo'shdi. Ikkinchi jahon urushi butun insoniyatga katta 
saboq bo'ldi. Eng muhim saboq shundan iborat bo'ldiki, urush boshlanmasdan 
oldin unga qarshi kurashmoq, uning oldini olish tadbirlarini ko'rmoq zarur. Shu 
maqsadda jahondagi ko'pchilik mamlakatlar Birlashgan Millatlar Tashkilotini 
tuzdilar. Bu xalqaro tashkilot urushdan keyingi yarim asrdan ortiqroq davr 
davomida tinchlikni mustahkamlash, xalqaro va mintaqaviy xavfsizlikni ta'min-
lash masalalari bilan shug'ullanib kelmoqda. 
Urush davri O'zbekiston tarixining uzviy bir qismi, biz uni unutolmaymiz. 
O'zbekistonda urush faxriylariga, ularning oilalariga yordam berilmoqda, ularga 
imtiyozlar yaratilgan. Respublika faxriylar uyushmasining tashab-busi bilan 
fashizm ustidan qozonilgan g'alabaning 50 yilligi munosabati bilan janglarda halok 
bo'lgan 400 mingga yaqin vatandoshlarimiz haqida arxiv materiallari to'planib, bu 
ma'lumotlar asosida “Xotira” turkumida 33 kitob nashr etildi. 
Fashizm ustidan' g'alaba qozonilgan 9-may kuni O'zbekistonda “Xotira va 
Qadrlash kuni” sifatida nishonlanmoqda. Urushda qurbon bo'lganlarni xotirlash, 
biz bilan hozirgi kunlarda yonma-yon yashayotgan urush faxriylarini qadrlash, 
e'zozlash, hurmat-izzatini Gitlerchilar Germaniyasi va ittifoqchilariga qarshi olib 
borilgan urush nihoyasiga yetdi. Fashist bosqinchilari tomonidan bosib olingan 
hududlarni va Yevropa davlatlarini dushmandan ozod qilishda urush maydonlarida 
o'zbek o'g'lonlari misli ko'rilmagan mardlik va jasurlik namunalarini ko'rsatdilar, 
ming-minglab jangchilar urush maydonlarida halok bo'ldilar, ko'pchilik nogiron 
bo'lib qaytdi. Qurbonlar bejiz berilmadi. Ular jahonni fashizm vabosidan asrab 
qoldilar. Bu ishga o'zbekistonliklar ham munosib hissa qo'shdilar. Hozir ham 
oramizda front alangasidan omon qaytgan, mamlakat ichkarisida mehnat qilgan 
vatanparvarlar yashab turibdilar. Urushning butun og'irliklarini o'z yelkalarida 
ko'tarib o'tgan bu insonlar yangi avlodlarning mangu minnatdorchiligiga sazovor 
bo'ldilar. Prezidentimiz I. A. Karimov xalqimizning fashizmga qarshi ozodlik uchun 
kurash frontlarida ko'rsatgan jasorati, diyorimizda matonatli mehnat qilgani va 
berilgan yuz minglab qurbonlar abadul-abad yodda tutilishini ta'kidlab, 9-may 
kunini “Xotira va qadrlash kuni” deb e'lon qildi. 


53 

Download 0,65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish