Mavzu: ikkinchi jahon urushi yillarida o’zbek xalqining fashizm ustidan qozonilgan g’alabaga qo’shgan hissasi



Download 0,65 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/9
Sana30.06.2022
Hajmi0,65 Mb.
#721407
1   2   3   4   5   6   7   8   9
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 


28 
Ikkinchi jahon urushi yillarida fan, maorif va madaniyat. 
1941-1945 yillaridagi urushda fashistlar Germaniyasi ustidan tarixiy g’alabani 
qo’lga kiritishda O’zbekistonda fan, adabiyot, maorif va san'at xodimlarining ham 
hissasi beqiyos darajada katta bo’ldi. 
Urush bilan bog’liq bo’lgan barcha milliy topshiriqlarini olimlar o’z vaqtida 
bajarib bordilar, snaryadlar, reaktivlar tayyorlash, o’simliklardan foydalanish 
muammolarini hal etish, qishloq xo’jalik erkinlarining hosildorligini oshirish, yosh 
mutaxassislarning ilmiy ishlariga rahbarlik qilish kabi masalalar bilan 
shug’ullandilar. 
O’zbekistonga SSRning g’arbiy mintaqalaridan Ittifoq akademiyasi institutlari 
va ilm-fan arboblari evakuatsiya qilindi. Faqat Toshkent shahrining o’ziga 1941 
yilning kuzida SSSR Fanlar akademiyasining Sharqshunoslik, tarix, jahon 
adabiyoti, moddiy madaniyat tarixi va boshqa ilmiy tadqiqot institutlari, ko’plab 
olimlar: akademiklar B.V.Struve, V.D.Grekov, SSSR Fanlar akademiyasining 
muxbir a'zolari ye.E.Bertels, B.F.Shigmarov, A.Yu.Yakubovskiy, A.A.Mixaylov 
va boshqalar ko’chib keldilar.
20
1943 yilning sentyabrida O’zbekiston SSR Fanlar Akademiyasi tashkil etilishi 
ham respublika hayotida albatta katta voqea bo’ldi. 
O’zbekiston Fanlar akademiyasining tantanali ochilishi marosimi 1943 yil 4 
noyabrda bo’ldi. Fanlar akademiyasining birinchi prezidenti qilib taniqli olim 
T.N.Qori-Niyozov saylandi. Akademiya bevosita Moskvaning buyurtma 
topshirig’ini bajardi.
21
O’zbekiston Fanlar akademiyasi 1943-1945 yillarda jiddiy ilmiy 
muvaffaqiyatlarga erishdi, u ittifoqda tanilgan ilmiy markazga aylandi. 1944 
yildayoq akademiya tarkibida 23 ilmiy muassasa, shu jumladan 11 ilmiy-tadqiqot 
instituti, 2 laboratoriya, seysmik stantsiya, tajriba stantsiyalari, botanika bog’i va 2 
muzey faol ishladi. Akademiya institutlarida 3 kishi akademiyaning faxriy a'zosi, 
15 kishi haqiqiy a'zosi, 20 kishi muxbir a'zosi, 54 fan doktori, 172 fan nomzodi, 
20
Shamsutdinov R, Karimov Sh. Vatan tarixi. 3-kitob.T.: “Sharq”, 2009, 300-bet. 
21
Usmonov Q, Sodiqov M.O’zbekiston tarixi.T.: “Sharq”, 2007, 158-bet. 


29 
jami 1265 ilmiy xodim fan olamining turli jabhalarida tadqiqot ishlarini olib 
bordilar, tabiiy resurslarini o’rganishga va jumhuriyat xalq xo’jaligining eng 
muhim tarmoqlarini rivojlantirishga qaratilgan murakkab muammolarini hal qilish 
bilan shug’ullandilar. 
Albatta O’zbekistondagi fan taraqqiyotida, xususan Fanlar Akademiyasi 
faoliyatida mustamlakachilik siyosati o’z asoratini qoldirdi. Ilmiy buyurtmalar 
Moskvadan berilar va tasdiqlanar, ilmiy tadqiqot ishlari faqat rus tilida olib borilar 
edi. 
G`oyatda og’ir urush yillarida bo’lsa ham xalq maorifi ham o’z faoliyatini 
davom ettirdi. Maktab o’qituvchilarining frontga safarbar qilinganliklari tufayli 
albatta katta qiyinchiliklar kelib chiqdi. Bu qiyinchiliklarni qisqa kurslar katta rol 
o’ynadilar. 1943 yilga qadar bu kurslarni 16 ming o’qituvchi kadrlar tayyorlab 
berdilar.
Oliy ta'lim tizimida ham tadqiqotchi olimlarning yirik otryadi ishlardi. Ular 
o’quv-tarbiyaviy ishlar bilan bir qatorda samarali, barakali ilmiy-tadqiqot ishlari 
olib bordilar. Oliy o’quv yurtlarida ham evakuatsiya tufayli kelib qolgan ko’plab 
olimlar faoliyat ko’rsatdilar. 
Erkaklarning frontga safarbar qilinganliklarini hisobga olib xotin-qizlardan 
o’qituvchi kadrlar tayyorlashga alohida e'tibor berildi, ko’pgina oliy va o’rta 
maxsus pedagogika bilim yurtlari xotin-qizlar o’quv yurtlariga aylantirildi. 
O’qituvchilar ta'lim-tarbiya ishlaridan tashqari mehnatkashlar o’rtasida ommaviy-
siyosiy va tarbiyaviy ishlar olib bordilar. Ular o’z o’qituvchilari bilan qishloq 
xo’jalik ishlarida, mudofaa fondlariga mablag’ to’plashda, mehnat shanbalik va 
yakshanbaliklarini uyushtirishda, jangchilar va Leningrad blokadasi himoyachilari 
uchun mablag’lar, sovg’a-salomlar tayyorlash, metall va temir-tersaklar to’plashda, 
gospitallarni otaliqqa olish va boshqa ishlarda faollik ko’rsatdilar. 
O’zbekiston oliy o’quv yurtlarining professor-o’qituvchilari va studentlar 
jamoalari ham urush yillarida katta g’ayrat bilan mehnat qildilar. Ko’pgina oliy 
o’quv yurtlarining binolari gospitallarga aylantirildi, O’zbekiston 29 oliy 52 o’rta 
maxsus o’quv yurti ishlab turdi. 1941 yilning kuzi va 1942 yilning boshida g’arbiy 


30 
rayonlaridan O’zbekistonga 31 ta oliy o’quv yurti va 7 ta harbiy akademiya 
evakuatsiya qilindi.
22
1944 yilda respublikada yana bir qator yangi oliy o’quv yurti tarmoqlari qad 
ko’tardi. 1941 yilda vaqtincha yopib qo’yilgan, Samarqanddagi O’zbekiston davlat 
univesiteti yana o’z faoliyatini boshladi. Chimboy va Urgench shaharlarida 
pedogogika, Namangan va Marg’ilonda o’qituvchilar institutlari, Toshkentda teatr 
instituti ish boshladi, O’rta Osiyo davlat universiteti (SAGU)da bir qancha yangi 
fakultetlar (filologiya, sharqshunoslik fakultetlari), Toshkent davlat xotin-qizlar 
pedogogika institutlarida tabiiy-geografiya fakulteti, Toshkent to’qimachilik 
institutida, paxtani dastlabki ishlash fakulteti ochildi. Bunday yangi fakultetlar 
O’rta Osiyo (hozir Toshkent texnika dorilfununi) politexnika instituti, Toshkent 
qishloq xo’jaligini irrigatsiya va mexanizatsiyalash muxandislari instituti va 
boshqa oliy o’quv yurtlarida ham tashkil qilindi. 14 oliy o’quv yurtida sirtqi 
bo’limlar ish boshladi. 
Respublika oliy o’quv yurtlari 1941-1945 yillarda evakuatsiya qilingan oliy 
ta'lim dargohlari bilan birga hisoblaganda fuqarolar va harbiy mutaxassisliklar 
bo’yicha jami 20 mingga yaqin malakali kadrlar tayyorlab berdilar. Oliy o’quv 
yurtlari urush davri mobaynida 11.750 nafar yuqori malakali mutaxassis, o’rta 
maxsus o’quv yurtlari esa 6673 nafar kadr tayyorladi. 
Oliy o’quv yurtlari o’qituvchilari ilmiy-tadqiqot ishlarida ham faol 
qatnashdilar. Albatta xalq ta'limi, O’rta Osiyo ta'lim tarmoqlaridagi o’quv-
tarbiyaviy va ilmiy jarayonning buyuk rus millatchiligi va Kompartiya mafkurasiga 
batamom bo’ysundirilgan ligi va unga xizmat qilganligini alohida ta'kidlamoq 
zarur.
Ayniqsa tibbiyot fani va xodimlari oldiga g’oyat katta ma'sulyatli vazifalar 
qo’yildi. Bu sharafli va og’ir vazifalarni bajarishda O’zbekiston tibbiyot 
muassasalari va oliy o’quv yurtlarining xodimlari bevosita ishtirok etdila. 
22
Shamsutdinov R, Karimov Sh. Vatan tarixi. 3-kitob.T.: “Sharq”, 2009, 301-bet. 


31 
Respublikamizda 1943 yili 22 ming 217 o’ringa ega bo’lgan 400 dan ortiq 
kasalxona, 128 dan ziyod epidemiya stantsiyalari, 36 ta bakteriologiya, 53 ta 
dizenteriya 162 ta bezgak kasalligi bo’yicha davolash muassasalari ishlab turdi. Bu 
davolash muassasalarida 500 dan ziyod vrachlar, 900 dan ortiq feldsherlar va 
shuning singari boshqa tibbiyot xodimlari jon kuydirib ishladilar. Bundan tashqari 
respublikamizda 113 harbiy gospital joylashtirilgan edi. 750 korxona, tashkilot, 
jamoa va davlat xo’jaliklari bu gospitallari ustidan otaliq, yordamini olib bordilar. 
1945 yilda urush oxirlab qolgan davrda respublikada 68,6 ming nogironlar hisobda 
turardi. Ana shu jarayonlarning hammasi birga qo’shilib meditsina xodimlariga 
nisbatan bo’lgan talabni haddan tashqari oshirib yubordi. 
O’zbekiston Kompartiya Markaziy Qo’mitasi Byurosining 1941 yil 2 
avgustda “Vrachlar va o’rta meditsina xodimlarining harbiy dala xirurgiyasi 
bo’yicha qaytadan tayyorlash haqida”gi qarorining ijrosi sifatida 1945 yilning 
oxirigacha 1,5 ming vrach 4 ming feldsher qayta tayyorlandi va 5 ming zapasdagi 
meditsina hamshiralar o’qitildi.
23
Urush yillarida O’zbekiston adabiyoti va san'ati vakillari ayniqsa fidoyilik 
ko’rsatdilar. Shoir va yozuvchilar, darmaturg va publitsistlar xalqni fashistlarga 
qarshi chuqur nafrat va g’alabaga so’zsiz ishonch ruhida tarbiyalaydigan yangi-
yangi asarlar ustida ish olib bordilar. Oybekning “Qutlug’ qon” romani, 
H.Olimjonning “O’lim bosqinchilarga” kabi asarlari jamoatchilikning yuksak 
bahosiga sazovor bo’lgan. G`.G`ulom, Uyg’un, Islom shoir, Fozil Yo’ldosh, 
Abdulla Qahhor, Zulfiya va boshqalar ham kompartiya mafkurasiga xizmat 
qiluvchi bir qancha “vatanparvarlik” his-tuyg’usi bilan to’lib-toshgan poemalar, 
she'rlar va hikoyalar yozganlar. 
Yozuvchi va shoirlar o’z asarlari qahramonlarining obrazlarini bevosita 
frontlarda bo’lib, jang maydonlaridan jon berib jon olayotgan jangchilar bilan 
uchrashib, birga yashab ularning qahramonliklarini ba'zan hayotlarini xavf ostida 
qoldirib bo’lsada o’z ko’zlari bilan ko’rib undan g’oyaviy ta'sirlanib yaratdilar. 
23
Shamsutdinov R, Karimov Sh. Vatan tarixi. 3-kitob.T.: “Sharq”, 2009, 302-bet. 


32 
Taniqli adib Oybek Ikkinchi jahon urushining ko’pgina xalqlar taqdirida 
ulkan rol o’ynashini sezib, u haqda roman yozish ishtiyoqida bo’ldi. U shu 
maqsadda Moskva ostonalarida jang qilayotgan o’zbek qismlarga berib, bo’lajak 
qahramonlarining harbiy hayotini yaqindan o’rgandi, 1942 yil dekabridan 1943 yil 
martining so’nggi kunlariga qadar frontda bo’ldi, ana shu safar chog’ida urushning 
achchiq haqiqati bilan to’yingan turkum she'rlarini yozdi. 
Afsuski, o’sha yillarda urush haqidagi bor haqiqatni aytishning, yozishning 
iloji yo’q edi. Shu bois Oybek “Quyosh qoraymas” romanini tugatmay, Navoiy 
romani ustidagi ishini davom ettirdi. Roman 1944 yili nashr etildi. Asar tez orada 
urush davri o’zbek adabiyotining yuksak namunasi sifatida e'tirof etildi.
24
Rus, ukrain, belorus yozuvchi va shoirlari bilan hamkorlikda urush yillarida 
juda ko’plab kapital asarlar, almanax va antologiyalar yaratildi: “Biz yengamiz” 
(almanax), “O’zbekiston shoirlari-frontga” (antologiya) ana shular jumlasidandir. 
Alisher Navoiyning “Layli va Majnun”, “Farhod va Shirin” dostonlari, Boburning 
lirik she'rlari, Muqimiy, Furqat, g’azallari, “Alpomish”, “Go’ro’g’l”, singari xalq 
dostonlari, o’zbek baxshilarining asarlari, «o’zbek shoirlari va yozuvchilarining 
almanaxi» rus tiliga tarjima qilinib choplandi. Temir Fattoh bilan Volkenshteyn 
“Alpomish” pesasini yaratdilar. “O’zbekiston qilichi» nomli lirikali drama 
N.Pogodin, Uyg’un, H.Olimjon, S.Abdulla tomonidan yaratildi. Asar muzikasini 
T.Sodiqov, T.Jalilov, M.Burxonov, N.Hasanov, A.Klumov, S.Vaynberg yozdilar. 
Urush yillarida o’zbek teatr san'ati ham katta hajmdagi vazifalarni bajardi. Bu 
davrda O’zbekistonda 36 mahalliy va 14 evakuatsiya qilingan: Moskva Davlat 
yahudiy teatri, Shevchenko nomidagi Xarkov Davlat teatri, Moskva revolyutsion 
teatri, Mayakovskiy nomidagi va boshqa teatrlar faoliyat ko’rsatdi. Toshkent, 
Yangiyo’l va Andijonda yangi teatrlar ish boshladi.
O’zbekiston kompozitorlari 1943 yilning o’zidayoq 400 ga yaqin mudofaa 
«vatanparvarlik» qo’shiqlarini, kompozitorlar xalqqa manzur bo’lgan mavzuidagi 
muzikali drama, opera va balet asarlarini ham yaratdilar. 
24
O’zbekiston yangi tarix. Ikkinchi kitob. O’zbekiston sovet mustamlakachiligi davrida.T.: “Sharq” 
200,.493-bеt. 


33 
O’zbekiston san'atkorlarining og’ir urush yillaridagi mehnatlarini baholash 
nihoyatda qiyin. Faqat 1942-1944 yillar davomida teatrlar jamoalari 203 yangi 
asarni sahnalashtirdilar. 187568 spektakl va kontsert ko’rsatildi. 65 million kishi 
san'atkorlarning chiqishlarini tomosha qildi. 
Turli janrlar bo’yicha ixtisoslashtirilgan 30 kontsert brigadalarining kuchi 
bilan harakatdagi jangchilar uchun 15 ming marta, jumhuriyat shaharlaridagi 
harbiy kasalxonalarda davolanayotgan jangchilar uchun 15 ming marta kontsert 
qo’yib berildi. 
Urushdagi tarixiy g’alabada o’zbek xotin-qizlari front-kontsert brigadasining 
ham munosib ulushi bor. Brigada ahli 1942 yilning avgustdagi 1945 yil may oyiga 
qadar urushning o’n ikki frontida 1200 marta kontsert qo’yib berdi. 
Xalqning katta olqishi va hurmatiga sazovor bo’lgan ulug’ san'at 
yulduzlarimiz Xalima Nosirova, Olim Xo’jaev, Razzoq Hamroev, Abror 
Hidoyatov, Sora Eshonto’raeva, Mukarrama Turg’unboev, Tamaraxonim, Abbos 
Bakirov, Lutfixonim Sarimsoqova, Muhiddin Qori Yoqubov, Karim Zokirov, 
Shukur Burxonov, Gavhar Rahimova, Kommuna Ismoilova, Shahodat Rahimova, 
Farog’at Rahmatova, Soyib Xo’jaev, Isoxor Oqilov, Roziya Karimova va 
boshqalarning chiqishlarini urush va mehnat veteranlari hali-hali zo’r mamnuniyat 
bilan eslaydilar.
Urushdagi g’alabaga o’zbek kino san'ati ham o’z hissasini qo’shdi. Bu sohada 
K.Yormatov, N.G`aniev, Y.A'zamov hamda markaziy shaharlar Moskva, 
Leningrad, Kiev, Oddessadan Toshkentga evakuatsiya qilingan 200 ga yaqin kino 
ustalarining hamkorligi katta rol o’ynadi. Bu davrda yaratilgan “Nasriddin 
Buxoroda”, “Tohir va Zuhra” “Ikki jangchi”, “Suxe Bator” va boshqa badiiy 
filmlar haqli suratda “O’zbekfilm” oltin fondidan joy oldi.
Bu yillarda O’zbekiston sirk san'ati ustalarining ham xizmatlari beqiyosdir. 
Faqat 1941 yilning 10 oktyabridan 1942 yilning 3 martigacha bo’lgan qisqa 
muddatli davridagina respublika sirk artistlari 171 tomosha ko’rsatib, 130 ming 
tomoshabinga o’z san'atlarini namoyish qildilar. Jangchilardan 28 ming kishi 
O’zbekiston sirk san'ati ustalarining 71 marta chiqishlarini olqishladilar. 


34 
Urush yillarida yuksak baho olgan L.Abdullaev, Shamsiruy, Hasanova
Kartsinskaya kabi rassomlar ko’tarinki ruh bilan ishlab bir qator ajoyib xaykallar, 
portretlar yaratdilar, urush yillarning to’lqinlantiruvchi qahramonliklarning asos 
qilib olib, suratkashlik formalarini ham, kompozitsiya vazifalarini ham yangicha 
hal qildilar... Ushbu nuqtai nazardan qaraganda “Qo’qqisdan berilgan zarb”, 
“Partizanlar” deb nomlangan va boshqa nomlarda diqqatga sazovordir. 
Matbuot urush yillarida ommani g’oyaviy-siyosiy jihatdan tarbiyalashda eng 
o’tkir qurol bo’ldi. O’sha damlarda O’zbekistonda jami bo’lib 200 gazeta 
chiqarildi, shundan 124 tasi o’zbek tilida chiqarilgan edi. Bundan tashqari 
jumhuriyatda 52 ta jurnal, shundan 19 tasi o’zbek tilida chop qilinardi. 
O’zbekistonda chiqarilgan gazetalarning bir gallik tiraji 900 ming, o’zbek tilidagisi 
esa 600 ming nusxa edi. Gazeta va jurnallar sahifalarida frontlardagi vaziyatni 
muntazam yoritib borish bilan bir qatorda mamlakat ichkarisidagi sanoat va 
qishloq xo’jaligida, maorif va madaniyat tarmoqlarida mislsiz qiyinchilik va azob-
uqubatlarga bardosh berib shonli g’alaba yo’lida qahramonlarcha mehnat 
qilayotgan kishilar hayoti jurnalistlik mahorat bilan yoritilardi. 
Front gazetalarida ishlash uchun O’zbekistondan bir guruh yozuvchi va 
jurnalistlar turli frontlardagi siyosiy boshqarmalar ixtiyoriga yuborildi. Bulardan 
To’lqin Rustamov va Rasul Muhammadiy sovet Armiyasi bosh boshqarmasida 
instruktor, Jalolxon Azizxonov, Rustam Abdurahmonov, Adham Rahmat, Sharif 
Bo’latov, Muhammadjon Murodov, Yo’lchi Bilolov va boshqalar front 
gazetalarida muharrir o’rinbosarlari, Nazir Safarov, Mirzakalon Ismoiliy, Zinnat 
Fatxullin, Meli Jo’ra, To’lagan Soatov, Abdulla Sharofutdinov, Adham Hamdam, 
To’g’on Ernazarov va boshqalar harbiy muxbirlar sifatida va jurnalistikaning 
boshqa jangovar sohalarda ishladilar. 
Urush yillarida o’zbek tilida 14 ta front va 12 ta diviziya gazetasi nashr 
etilgan. “Front haqiqati”, “Qizil askar haqiqati”, “Qizil armiya”, “Vatan sharafi 
uchun”, “Dushmanga qarshi olg’a”, “Sovet jangchisi”, gazetasi 1942 yil 25 
dekabrda Janubiy-G`arbiy Frontda tashkil topdi va urushning so’nggi kunlarigacha 
nashr etildi. Gazeta o’zbek tilidagi boshqa front gazetalari singari “Nemis 


35 
bosqinchilariga o’lim!” so’zlarini o’ziga epigraf qilib olgandi. Jangchilarning 
harbiy-siyosiy tarbiyasi, yovuz dushmanga qarshi mohirona jang qilishning sir 
asrorlari kabi mavzular gazeta sahifalaridan keng o’rin egallardi. Frontdagi o’zbek 
jangchilarining kurashi, mardligi va jasorati haqida hikoya qiluvchi materiallar, 
jangchilarni dushmanga qarshi g’azab-nafrat ruhida tarbiyalovchi, makkor 
dushmandan shafqatsiz o’ch olishga, qasos olishga da'vat etuvchi shiorlar tez-tez 
yoritilardi: “Fashistlarni izma-iz quv, botqoqqa botir va qirib tashla!”, 
‘‘Fashistlarni temir halqada bo’g’ib o’ldir!”, “Fashistni o’ldirish ulug’ savob!” kabi 
da'vatkor chaqiriqlar shular jumlasidandir. 
Gazetaning “Shafqatsiz o’ch ol jangchi!” sarlavhasi bosh maqolasida (1943 
yil 11 avgust, №54) bu g’oya yanada chuqurroq va kengroq ochildi, “Olg’a qarab 
borar ekansan,-deyiladi bosh maqolada,-ko’z oldingda qabih nemis-fashist 
turganini unutma!” Uni behato ot, nayza bilan sanch, to’p-zambaraklardan ajal 
urug’ini yog’dir. Sening sevgan xotining, jajji bolang, oppoq soqolli otang, 
yo’lingga ko’z tikkan onang sendan xuddi shunday mardlik kutib turibdi. 
Redaktsiya o’zbek xalqining jangchilariga ularning el-yurtlaridan yo’langan 
va 2 million 412 ming kishi imzo chekkan, maktubini keng tashviqot va targ’ibot 
qildi. 
Urush yillarida radio xodimlari, madaniy-oqartuv muassasalarining ham 
xizmatlari katta bo’ldi. Shu davrda 754 kino ustanovka, 11 muzey, 360 qiroatxona, 
1044 klub, 433 kutubxona, 2888 qizil choyxonalar omma orasida ommaviy-siyosiy
madaniy-tarbiyaviy ishlarni olib borish markaziga aylandilar. 
Xullas, fashistlar Germaniyasi ustidan qozonilgan g’alabada O’zbekiston fani, 
maorif va madaniyati xodimlari ham o’zlarining salmoqli ulushlarini qo’shdilar. 

Download 0,65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish