Mavzu: ibtidoiy jamoa davri sanʼatiga umumiy tasnif



Download 0,77 Mb.
bet9/10
Sana11.01.2023
Hajmi0,77 Mb.
#898819
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Ibtidoiy jamoa davri sanʼatiga umumiy tasnif

Temir asri.
Ibtidoiy jamoa tuzumining so‘nggi bosqichi bo'lgan temir asri insoniyat ma’naviy dunyosining murakkablashishi, ijtimoiy hayotda urush, talon-torojlikning kuchayishi vajam oada harbiy rahbarlaming roli ortishi bilan xarakterlanadi. Ijtimoiy hayotga kirib kelgan temir tosh va qisman bronza buyumlarini siqib chiqardi. 0‘z xususiyati jihatidan mustahkam bo’lgan bu metall ishlab chiqarish kuchlarining ortishi va mehnat unumdorligining kuchayishiga samarali ta'sir qildi, ayniqsa dehqonchilik madaniyatini kengaytirdi. Qo‘shimcha mahsulotning to'planishi esa sinfiy tengsizlikni yanada kuchaytirdi. Patriarxal qulchilik paydo bo‘ldi, qabilalar orasidagi munosabatlar murakkablashdi. Bular mudofaa masalalarigae'tiboming kuchayishiga, u bilan bog’liq qurilish va texnikaning rivojlanishiga ta’sir qildi, rahbarlik xarakterini o‘zgartirdi. Dinning mavqei ortdi, ommaga psixologik ta'sir etish formalariga e'tibor kuchaydi. Ibtidoiy jam oa tuzumi so ‘nggi bosqichining xarakteri shu davrda yaratilgan mudofaa xarakteriga ega bo’lgan mustahkam qal’a va qo’rg‘onlarda, bezakka boy uy-anjomlari, jang qurollarida, ko‘mish marosimi bilan bog’liq bo'lgan urf odat buyumlarida ko'rinadi. Temir asrida ham amaliy dekorativ san'at yetakchi o‘rinni egalladi. Kulolchilik texnikasining murakkablashishi, kulolchilik uchun dastgohlarning keng ko’lamda ishlatilishi uning sifatini o‘zgartirdi, yangi tur va formalami yuzaga keltirdi. Bezash ishlarida geometrik naqshlardan tashqari syujetli kompozitsiyalardan foydalanish tamoyillari rivojlandi. Mayda plastikada metalldan ishlangan haykalchalarjanrlari. kompozitsiyalar paydo bo‘ldi. Ibtidoiy jam oa tuzumining so'nggi bosqichi — temir asri san'ati va madaniyati haqida Yevropada Galshtat, Sharqiy Yevropa va Osiyo yerlarida esa skif madaniyati tasavvur beradi. Bu yodgorliklarning ko‘p qismida hayvonlar tasviri alohida yoki olishuv paytida tasvirlangan. Oltindan ishlangan kiyik tasviri skif san’atining nodir yodgorliklaridan biridir



Kiyik. Qalqon bezagi. Oltin. Er. av. VI asr. Sankt-Peterburg. Ermitaj

Go‘yo oldinga uchib borayotgandek qilib tasvirlangan bu asarda aniqlik noaniqlik bilan uyg'unlashib kctgan. San'atkor kiyikni shartli shakllarda tasvirlaydi (masalan, oyoq ikkita, shox va yoli bo‘rttirib ishlangan, bosh, shox, tana ishlanishi shartli). Bu oldinga o’qdek uchib borayotgan kiyikni tasavvur qilishga undaydi.


Ibtidoiy jam oa tuzumi insoniyat taraqqiyotining uzoq davom etgan bosqichidir. Bu davr ichida inson tafakkuri kamol topdi, his-tuyg‘ulari rivojlandi. U mehnat jarayonida san’atni yaratdi. San'at esa voqelikni obrazli bilishga yordam berish bilan birga, insonning o’z kuchiga ishonch xosil qilish, tevarak-atrof qoidalarini o'zlashtirib, uni go'zallik qonunlari asosida qayta qurishga imkon berdi. Ibtidoiy jamoa davri san'ati qadimgi sharq, antik dunyo va o‘rta asr yevropa san'ati hamda ilk sinfiy jamiyat san'ati asosini tashkil etdi.
XULOSA
San’atning ildizlari azaldan qadim - qadimlarga borib taqaladi. Arxeologik qazilmalar, ilmiy izlanishlar natijalari shundan dalolat beradiki, tog’larning toshlarida, g’orlarning devorlarida, shiftlarida bajarilgan suratlar qadim - qadimda ham san'atning kurtaklari bo’lganligini ko’rsatadi. Dastlabki san'at asarlari takrorlanmas hayotiyligi bilan hanuzgacha o’zining badiiy qiymatini saqlab qolyapti. Insonning hayotida asosiy rolni mehnat egallagan va ongli qilib tarbiyalashda muhim ahamiyat kasb etgan. Aynan mehnatgina insonda tabiatga va undagi go’zallikka nisbatan muhabbat uyg’ota olgan. Inson mehnat qurollari ustida ishlab turib, tosh va yog’och kabi materiallariga duch keladi, ularning qattiq va yumshoq, hajmli yoki silliqligini his eta boradi. Ov kabi mashg’ulotlar esa tabiatda boshqa jonzotlar borligini va ularni kuzatishni talab etadi. Mehnat jarayonida tabiatni jismlardan tashkil topganini, jismlar esa o’z navbatida shakl va mazmundan iborat ekanligi insonga ayon bo’la boradi. Soat sayin, kunlar, yillar sayin mehnat qurollari mukammallashib, turmush tarzi o’zgarib boradi. Bu o’z navbatida san’at doirasiga ham yangiliklar bo’lishiga olib keldi, chunki endilikda inson simmetriya, garmoniya yoki muvozanat kabilarni his eta boshladi va tasvirdagi shakllar yanada boy mazmunga ega bo’la borgan. Bunday tasvirlarni Fransiyaning La-ferrasi tog’ g’orlaridagi toshlarda bajarilgan tasvirlarda ko’rish mumkin. Tasvirlar dastlabki tosh asriga (paleolit) to’g’ri kelib, estetik xususiyatga ega bo’lgan, qolaversa ular ritmik ravishda takrorlanadi. Uy - ro’zg’or buyumlari idishlarda rangli suratlar yuzaga kelib, ko’ngilni ko’taruvchi hissiyotlar tug’diradi. Demak, inson mehnat qila turib, ish jarayonida o’z ehtiyojlarini qoniqtira oladigan darajada natijalarga erisha olgan ekan.

Download 0,77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish