Mavzu: ibtidoiy jamoa davri sanʼatiga umumiy tasnif


Kurs ishi ob’yekti va predmeti



Download 0,77 Mb.
bet2/10
Sana11.01.2023
Hajmi0,77 Mb.
#898819
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Ibtidoiy jamoa davri sanʼatiga umumiy tasnif

Kurs ishi ob’yekti va predmeti: Ibtidoiy jamoa tuzumi davri san`ati. San’atning kelib chiqishi, mazmuni va mohiyati. Ibtidoiy jamoa tuzumi san'atini o‘rganish manbalari. Ibtidoiy jamoa tuzumi taraqqiyoti bosqichlari.
Kurs ishning tadqiqot uslubi va uslubiyoti: Ilmiy ommabop manbalardan to’plangan ma’lumotlar tahlil qilib,xulosa va takliflar qilish.
Kurs ishi tuzilishi: Bajarilgan kurs ishi kirish qismi, ikkita bobdan va qilingan xulosalardan iborat. Ishda o’rganilishi e’tiborga olingan ma’lumotlar tushunarli ravishda ifodalash uchun chizma jadvallar va rasmlar berildi.Ishga qo’yilgan maqsadga erishishi uchun to’plangan adabiyotlar manbalarning nomlari va elektron manzillari keltirildi.

IBTIDOIY JAMOA TUZUMI DAVRI
1.1. Sanatning kelib chiqishi, mazmuni va mohiyati.
1.2. Ibtidoiy jamoa tuzumi sanati.
1.3 Ibtidoiy jamoa tuzumi san'atini o‘rganish manbalari.

1.1. Sanatning kelib chiqishi, mazmuni va mohiyati.
San’at juda qadim zamonlarda, mehnat jarayonining taraqqiyoti natijasida paydo bo‘ldi. Mehnat jarayonida inson tafakkuri kamol topdi, go‘zallik hissi ortdi, voqelikdagi go‘zallik, qulaylik va foydalilik tushunchalari kengaydi. Quldorlik jamiyati vujudga kelishi bilan esa ijtimoiy taraqqiyotda katta o‘zgarishlar sodir bo‘ldi; aqliy mehnat jismoniy mehnatdan ajralib chiqa boshladi. Bu esa fan va san’at rivojida muhim ahamiyat kasb etdi. Professional san’at va san’atkorlar shu davrda paydo bo‘ldi. San’at esa o‘zining o‘ziga xos xususiyatini, quldorligini namoyon etib, quldorlikning ideologiyasi targ‘ib etuvchi kuchli g‘oyaviy qurolga aylandi. Lekin shunga qaramay, omma orasidan yetishib chiqqan iste’dodli ijodkorlar mehnatkash xalq ommasining orzu-istaklarini, ularning go‘zallik va xudbinlik, oliyjanoblik va insonparvarlik haqidagi tushunchalarini ifoda etuvchi asarlar yaratdilar. Xalqning turmushi, hulq va odatlari, yutuq va mag‘lubiyatlari ularning asarlarida o‘z ifodasini topdi. Shu bilan bir davrda mavjud bo‘lgan ana shunday san’at hayot go‘zalliklarini tasvirlab, odamlarda yuksak xislat va fazilatlarni kamol toptirdi, ularni tenglik, ozodlik, birodarlik, yorqin kelajakka intilishga da’vat etdi.
Haqiqatdan ham insoniyat yaratib qoldirgan madaniy qadriyatlar oddiy boyliklar bo‘lib qolmay, balki o‘zida inson aql-zakovati, hayot to‘g‘risidagi fikr-o‘ylarini aks ettiruvchi ko‘zgu hamdir. Jahon san’ati tarixini o‘rgatish, uning taraqqiyot qonunlarini tushunish, nodir yodgorliklar bilan tanishish, o‘tmish odamlarning his-tuyg‘u, hayotiy tajribalarini o‘rganish G‘oyaviy-istetik qarashlarning shakllanishini bilish demakdir. Bu so‘zsiz, kishilarda hayotiy tajribalarning boyishiga, hayotga yanada keng va atroflicha yondoshishga yordam beradi. Tasviriy san’at turlariga rangtasvir, arxitektura, grafika, haykaltaroshlik kiradi.
Rangtasvir tasviriy san’atning eng muhim turlaridan bo‘lib, maxsus polotnolarga, devorlarga ishlanadi. Tasviriy san’at asarlarida ifodalangan maqsad va mazmunni ochib berishda rang muhim o‘rin egallaydi.
Rangtasvir asarlari xarakteriga ko‘ra monumental, dekorativ, mo‘’jaz, dastgohli turlarga bo‘linadi.
Monumental rangtasvir me’morchilik bilan bog‘liq bo‘lib, ular uylarning devorlarini, shiftlarini bezashda qo‘llaniladi. Katta hajmda uzoqdan ko‘rishga mo‘ljallanganligi uchun bular yaxlitlashtirilgan holda ishlanadi, ranglar ham shartli ravishda olinadi.
Mo‘’jaz san’at asarlari turli mamlakatlarda shu jumladan O‘zbekiston hududida juda ham qadim zamondan taraqqiy etib, qadimiy qo‘lyozmalarga ishlangan. Chunonchi, Alisher Navoiyning “Hamsa” asarlariga ishlangan rasmlar bunga misol bo‘la oladi.

Download 0,77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish