2.2. MEZOLIT (e.a. 10-6 minginchi yillar)
Ibtidoiy jamoa san’ati rivojining yangi va muhim bosqichi o’rta tosh asriga to’g’ri keladi. Chunki bu davrda ishlab chiqarish kuchlari paydo bo’lganini, ezuvchi va eziluvchi sinflar yuzaga kelganini, yangi aristokratik jamiyat paydo bo’lganidan xabar beradi. Geologik dalillar shuni tasdiqlaydiki, bunday tarixiy voqealar aynan muzliklarning shimolga chekinuvidan so’ng yuz bergan. Endilikda uncha katta bo’lmagan guruhlardan tuzilgan jamoalar katta - katta yerlarni egallay boshladilar. Ular dengiz qirg’oqlarida, daryo va ko’l bo’ylarida makonlar qo’ra boshladilar. Ov mashg’ulotlari faqat yer bilan chegaralanib qolmay, balki suvda baliq, osmonda qush ovlash kabi mashg’ulotlarga aylana bordi. Toshni qayta ishlab, nayzalar, bolta, pichoq kabi qurollar tayyorladilar, itlarni va boshqa hayvonlarni o’zlariga o’rgatib ov va ro’zg’or ishlarida foydalana oldilar. Aynan shu davrda insonning hayotiy tajribasi oshib, atrof tabiatda uning ongi rivojlanib bordi. Inson endilikda o’zini juda erkin his eta boshladi.
Mezolit davriga kelib insonning hayotida badiiy obrazlar yangicha xususiyatlarga ega bo’la bordi. Insonning dunyoqarashida o’zaro aloqador, hayotning umumqonunlari o’z ifodasini topa bordi. Aynan bu qonunlarning rivojini san’atning yuksalib borishida kuzatish mumkin. Qo’lga kiritilgan har bir yangilik o’tgan davr zoya ketmaganidan dalolat beradi. Tasviriy san’atda yangi elementlar, ya'ni sxematizm kirib kelib, rang tasvirda (ko’p bo’yoqlilik) rang - baranglilik yo’qoladi. Bu davrda chizilgan qoyalardagi tasvirlar qora va qizil ranglardan iborat bo’lib, hajm deyarli sezilmaydi. Garchi shunday bo’lsada, jismlararo aloqa bog’lanib hayotga yaxlit nigoh tashlash seziladi. Lekin san’atda asosiy mavzu ovligicha qoladi, shuning bilan birga ov manzaralariga birinchi bor inson tasviri kirib kelib, u gohida insonning tabiat ofatlari ustidagi g’alabasi yoki harbiy to’qnashuvlar tarzida namoyon bo’ladi. Tekislikda yozilgan ko’p qomatli kompozitsiyalarda dramatik mazmun ochib berilishi uchun ham ko’p mehnat sarf qilinganligi ko’zga tashlanadi. Aynan shu davrda xalq og’zaki ijodining afsona, ertak, hikoya qilish namunalari kabilar yuzaga kelgan. Tasvirdagi shu xususiyatlar Sharqiy Ispaniya tog’larida, Shimoliy Afrika tumanlarida ham ko’zga tashlanadi. Tasvirlarni kuzatarkansiz, o’z maqsadi uchun intilgan kishilarga, dahshatli jangchilarga ko’zingiz tushadi. San’atda yangi mavzular ko’zga tashlanib, natijada hamma yengil ishlar meva terish, podalarni ko’chirish kabilardan iborat bo’lib, natijada barcha yengil harakatlar yagona maqsadga qaratilgan va shu bilan bir qatorda o’zaro bog’liq hamdir. Bunday amaliy mashg’ulotlar o’ziga xos xususiyatga ega bo’lib, kishiga ma'naviy ozuqa tarzida, tasvirlarda o’z ifodasini topgan.
Mezolit yoki o ‘rta tosh asrida odamlaming kichik to‘dalarga bo‘linib yashay boshlashi ularga bir joydan ikkinchi joyga erkin ko‘chib o‘tish, katta yer maydonlaridan foydalanish imkoniyatini berdi. Qurollaming (mehnat va ov qurollari) ixcham, qulay bolishiga e'tibor kuchaydi. O'q, kamon-yoy, qayiqlaming ixtiro qilinishi bilan ibtidoiy jamoa kishisining hayoti yanada yaxshilanib bordi. Odamlar yog‘och. qamishdan foydalanib o‘zlariga kerakli buyumlami yasay boshladilar. Shu davrda «Narigi dunyo» tushunchasi paydo bo’ldi, ko'mish marosimi bilan bog’liq bolgan turli urf-odatlar yuzaga keldi. San'at mavzusi kengaydi, janrlari ortdi. Jang voqealari, ovchilikni aks ettimvchi murakkab kompozitsiyalar yaratildi. Suratlarda voqealarni keng, atroflicha bayon etishga intilish ortdi. Rassom o ‘z fikrini bayon etish uchun obrazlami sxematik va shartli belgilarda voqea mohiyatini ochishga harakat qildi. Sharqiy Ispaniya, Kavkaz, 0‘rta Osiyodan topilgan suratlar bu fikrimizga isbot bo‘ladi.
«Kiyiklar ovi». Ispaniya.
Obrazlar shartli (kamon otayotgan ovchilarda bu shartlilik yaqqol seziladi), sxematik, o‘ta soddalashtirilgan holda tasvirlangan. Lekin bu shartlilik rassom aytmoqchi bo'lgan fikmi tushunishga xalaqit bermaydi. Ov manzarasidagi holat — kiyiklaming qochishi, ovchilaming ov paytidagi shijoati, hayajoni ibtidoiy jamoa rassomi tomonidan ifodali talqin etilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |