Mavzu: ibtidoiy jamoa davri sanʼatiga umumiy tasnif



Download 0,77 Mb.
bet6/10
Sana11.01.2023
Hajmi0,77 Mb.
#898819
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Ibtidoiy jamoa davri sanʼatiga umumiy tasnif

Ibtidoiy haykaltaroshlik.
Yuqori paleolit davrida odamlar tosh, suyak, shox. loydan har xil haykalchalar ishlay boshladilar. Bu davrdagi haykaltaroshlikning relyef (ko'proq uning barelyefi va o‘yma relyef) uslubidagi namunalarida tabiiy tosh yuzasi yoki devor sathidagi notekisliklarga ishlov berish hisobiga haykal yaratish harakatini ko‘ramiz. Shu 0‘rinda Fransiyaning Lasko, Afrika manzillaridan topilgan bo‘rtma va o‘yma tasvirlar e'tiborga loyiq.
Jumladan, Lasko g‘oridari topilgan ot boshi bo‘rtma tasviri, Afrikadan topilgan sigiming bo‘rtma tasviri ham ibtidoiy haykaltaroshning yuksak mahoratidan dalolat beradi. Dumaloq haykaltaroshlikda bu davrda, ayniqsa ayollar haykali Yevropa, Osiyo yerlarida ko‘plab ishlandi. Paleolit davrida buyumlami naqsh bilan bezashga, turli taqinchoqlarga tumorlarga ehtiyoj paydo bo‘lganligi arxeologlar topgan va topayotgan ashyoviy buyumlarda namoyon bolmoqda.

Afrikadan topilgan sigiming bo‘rtma tasviri

IBTIDOIY JAMOA TUZUMI TARAQQIYOTI BOSQICHLARI.

2.1 PALEOLIT (eramizdan avvalgi 35 - 10 minginchi yillar)

2.2. MEZOLIT (e.a. 10-6 minginchi yillar)


2.3.Neolit yoki yangi tosh asri (mil. av. 6-2 minginchi yillar).

2.1 PALEOLIT (eramizdan avvalgi 35 - 10 minginchi yillar)


Darhaqiqat, ibtidoiy jamoa tuzumi davri madaniyatining dastlabki rivoji paleolit davriga to’g’ri kelib, buni biz qadimgi tosh asri deb yuritamiz. Bu davrda yuzaga kelgan san'at namunalari Fransiya, Ispaniya, Shimoliy Afrika va Janubiy Osiyo mamlakatlari mavzelariga to’g’ri kelib, ular katta - kichik hajmli haykalchalar, rangtasvir va xalq amaliy san'at namunalaridan iborat. Bu tasvirlar insonning kundalik hayot voqealarini ochib berib, g’orlarda, toshlarda va yer osti uylarda o’z aksini topgan. Endilikda insonning yashash makonlari bo’lib, ular hayvonlarning terilariga yopinib yurishgan.
Qadimgi ovchilarning mardligiga qoyil qolging keladi, chunki ular tabiiy ofatlarga duch kelishgan, lekin hech qachon taslim bo’lishni tasavvur qilishmagan. Zilzila, suv toshqini, yong’in kabilar bilan mardlarcha kurashishgan. Olov bilan ham muomala qila olishgan, katta - kichik yirtqich hayvonlarni ov qilib, kundalik ehtiyojlarini qondirishgan. Aynan mana shunday hayot tarzi esa ov manzaralari, hayvonlarni kuzatish va ular ustidan g’olib kelish kabi g’oyalar tarzida o’z vaqtida, san'at asarlarini yuzaga keltirgan. Albatta, bu tasvirlar o’ta oddiy, tarqoq chiziqlardan iborat bo’lib, qadimgi tosh asri davri, ya'ni paleolit davriga to’g’ri keladi. Bunday tasvirlarni birinchi bor Fransiyaning La - ferrasi tog’ g’orlaridagi ohaktoshda bajarilganligini ko’rish mumkin. Tasvirlar ko’k parallel to’lqinsimon bo’yoqlar orqali ko’rsatilib, chiziqlar o’ta tartibsiz ravishda bajarilgan bo’lib, harakat nima uchun qilinganligi, albatta, sezilib turibdi. Keyingi bajarilgan tasvirlarni kuzatar ekanmiz, uning devoriy suratligi, albatta ko’zga tashlanadi. Navbatdagi bajarilgan tasvirlarni kuzatar ekanmiz, devoriy suratlarda, g’orlarning shiftlaridagi san'at namunalarida o’sha davr hayvonot olamiga qilingan murojaatdan iborat ekanligi yaqqol ko’rinadi. Bular shoxdor bug’ular galasi, yovvoyi otlar, bahaybat yovvoyi ho’kizlar, mamontlar kabilardan iborat bo’lib, tasvirlar ko’pincha naturadagi (asl) o’lchamga ega.
Hayvonlarning monumental tasvirlari tosh devorlarga o’yib ishlanib, ularga yer bo’yoqlaridan rang berishib, sariq, qizg’ish - sariq, qora, ko’mir rangli va ohaktoshlardan foydalanishgan. Ayrim paytlarda rassomlar rel’ef texnikasida ham ish bajarishgan.
Paleolit davrining eng gullab yashnagan davri e.a. 20 - 10 minginchi yillarga to’gri keladi. Bu davrda bajarilgan tasvirlar aniq shakllarga ega bo’lib, bora - bora tasvirlar ichidagi bosh tasvir ajaralib turadigan va tasvir bajarilishdagi to’g’ri chiziqlar aniqligi sezilib turadigan holga keladi. Hayvonlar tasvirlari har xil harakatlar bilan yugurayotgan, sakrayotgan holatlarda o’z aksini topgan. Bu yerda musavvir simmetriya qoidalariga bo’ysuna borgan. Endilikda rangtasvirda oddiylikdan murakkab holatlarga ko’chib, tasvirdagi bo’yoqlar o’z tus darajasini goh past, goh kuchaytirib, shakllar esa o’zining asl hajmiga ega bo’la borgan. Mana shunday san’at namunalari Fransiyaning Fon de Gom g’orlarida, Ispaniyaning Altamir tog’ining shiftlarida uchraydi. Bu yerda ibtidoiy insonni hayvonlarning faqat tashqi qiyofasigina emas, balki uni harakatlari ham qiziqtirganligini guvohi bo’lamiz. Turli xil yechimdagi bir xil mavzular mahorat bilan bajarilgan. Masalan: qo’rquvdagi, yugurayotgan, dam olayotgan, yaralangan va hujumga tayyorlanayotgan bizonlar suratini yoki ehtiyotkor bug’ular tasvirini ko’rish mumkin. Masalan: "Yaralangan bizon" Altamir tog’laridagi suratdan. Oldingi tosh asri "Bug’ular podasi". Limeyli tog’laridagi toshlardagi surat oldingi tosh asri.
Umuman, oldingi tosh asrida ko’pgina tasvirlar yakka hollarda uchraydi. Misol tarzida Fransiyaning Lyaska g’orini ko’rish mumkin. E.a. 18 minginchi yillar. Garchi shunday bo’lsada ayrim tasvirlar murakkablashgan syujetli kompozitsiyalarni tashkil etgan, bular ho’kizlar, yovvoyi otlar, sigir buzog’i bilan, qo’ylar va bizonlardan iborat. Hatto bir tasvirda qayg’uli kompozitsiyani kuzatib halokatga uchragan ovchi, yaralangan dahshatli bizon va nosorogning qochayotgan holatini ham ko’rish mumkin. Bu tasvirlar bilan bir qatorda paleolit davrida tosh yo’nish, yog’och va suyak o’ymakorligi, hatto hajmli haykaltaroshlik ham yuzaga kelganligidan xabar beradi. Qadimgi paleolit davri haykaltaroshlik namunalarida ayiqlar, sherlar, ot kabilar to’liq o’z hajmiga ega bo’lgan. Hatto yalang’och ayol haykalchalari shu davrda yuzaga kelgan (M.Villendorf, Avstriya, Vengriyada). Matriarxat davriga (matriarxat - oilaga ona boshchilik qilgan) kelib, xo’jalik onalar qo’lida bo’lib, ular oilani yurgizish bilan bir qatorda jamoa ishida ham bosh rolni o’ynashgan. Shuning uchun bo’lsa kerak bu davrda yaratilgan ayol statuetkalarida yuz plastikasi ko’z, quloq kabi shakllarda alohida xususiyatlar o’zgacha holat kasb etadi. Ibtidoiy odam hali o’zini to’liq anglagan bo’lmasada, baribir inson va uning gavdasi, gavda nisbatlari ustida bosh qotirgan. Lekin u hali yorug’ dunyoda hamma narsani his etsada, to’liq tasvirlash imkoniyatini yuzaga chiqara olmagan.

Download 0,77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish