Qo‘llarni prujinasimon harakatlantirish
— barcha bo'g'inlarni baravariga bukib,
prujinasimon yaxlit harakat qilish turli yo'nalishlarda bajariladi.
To'lqinsimon — do'ngsimon yarimcho‘qqayishdan boshlana- digan, bo‘g‘inlarning ketma-
ket biri yoziladigan, ikkinchisi bukilishidan iborat murakkab yaxlit harakat. Toiqinsimon
harakatning quyidagi turlari bor: oldinga qarab to'lqinsimon, o'ng va chap tomonga to'lqinsimon
harakatlar.
Mashqlarni yozish qoidalari va shakllari
Gimnastika mashqlarining qisqa va aniq yozilishi ularni tushunishda katta ahamiyatga ega.
Belgilangan maqsadga qarab, u yoki bu yozish shakllari qo'llaniladi, umumlashtiriladi, aniq
(atamalogik), qisqartirish yoki chizma shakllari yoziladi.
Gimnastika mashqlari mavjud qoidalar (yuqorida qayd qiiingan va belgilangan shakllar)
asosida yozib boriladi.
Yozish qoidalariga quyidagilar kiradi: gimnastika mashqlarining ayrim guruhlari ucluin
belgilangan yozish tartibi, yozishda qo'llaniladigan grammatik tartib va belgilarga rioya qilish.
Quyida mazkur qoidalarni ко'rib chiqamiz.
Umumrivojlantiruvchi mashqlarni yozish. Alohida harakatni yozishda quyidagilar
ko'rsatiladi:
1. Harakat boshlanadigan dastlabki holat.
2. Harakat nomi (engashish, burilish, tebranish, cho'qqayish, yurish va boshq.).
3. Harakat yo'nalishi (o'ngga, orqaga va h.k.).
4. Agar zarur bo'lsa, oxirgi holati.
Bir vaqtda bajariladigan bir necha harakatni yozayotganda alohida harakatlarni yozishda
ko'rinadiganlarini yozish qabul qiiingan, lekin oldin, odatda, gavda yoki oyoqlar bilan
bajariladigan asosiy harakatni, keyin esa boshqalarni yozish kerak bo'ladi. Masalan, d.h. (dastlabki
holat) oyoqlarni kerib tik turib, qo'llar yelkada, o'ng oyoqni bukib chapga engashish, qo'llarni
yuqori ko'tarish.
Turli vaqtda bajariladigan bir necha bir xil harakat (bir marta bajarilsa ham) ularning
bajarilish navbatiga qarab yoziladi. Masalan, d.h. oyoqlarni kerib tik turish, qo'llarni yonga
cho'zish.
O'ng qo'lni yoy shaklida pastga yo'naltirib, chap tomonga burilish, o'ng oyoq orqada, oyoq
uchida, qo'llar oldinga, o'ng tizzaga tayanib turib, qo'llarni yuqoriga ko'tarish, boshm orqaga
engashtirish.
Agar harakat boshqa harakatlar bilan qo'shilib kelsa (mashqning boshidan oxirigacha emas),
uni birgalikda bajarilgan harakat bilan birlashtirib yozish kerak. Masalan, d.h. oyoqlarni kerib tik
turish, qo'llar belda, oldinga engashib qo'llarni yonga uzatib chapga burilish (burilish
engashishning oxirida bajariladi).
Engashish va burilish bir vaqtda bajarilsa, «bilan» bog‘lovchisini qo'llash lozim. Agar
harakat odatdagi usulda bajarilmasa, uni yozayotganda tasvirlab berish zarur. Masalan, qo'llarni
oldinga yengil uzatish, panjalar bo'shashtirilgan.
Arg'amchi bilan bajariladigan mashqlardagi asosiy atamalar
Hakkalash
— turgan joyida yoki harakatda salgina sakrab qo'yish;
qo'shhakkalash —
ikki
marta prujinasimon hakkalash, birinchisi asosiy, ikkinchisi qo'shimcha.
Sirtmoqli hakkalash
— o'ng oyoqdan chap oyoqqa hakkalash, ikki aylantirib hakkalash,
oyoq almashlab hakkalash, arg'amchini sherigiga berib hakkalash va boshq.
Jihozlarda bajariladigan mashqlar atamalari
Tutish — jihozni ushlash usuli. Tutishning quyidagi turlari bor: ustidan tutish, ostidan tutish,
turlicha tutish, teskari tutish, chalishtirma tutish, keng tutish, tor tutish, jips tutish, chuqur tutish,
tutish so‘zi qisqartirish qoidasiga binoan tushirib qoldiriladi.
Osilish — jihozda shug‘ullanuvchining yelkasi tutish nuqtasidan past bo'lgan holat.
Osilishning quyidagi turlari bor: oddiy osilish, bunda jihoz tananing bir muayyan qismi ko'pincha
qo‘1 bilan tuti- ladi, aralash osilish — bunda gavdaning yana biron qismidan qo'shimcha tayanish
uchun foydalaniladi.
Oddiy osilish: osilish, qo'llarni bukib osilish, bukilib osilish, kerishib osilish va shu kabilar.
Aralash osilish: cho'qqayib osilish, turgan holatdan osilish, yotib osilish, turib osilish.
Tayanish — shug‘ullanuvchining yelkalari tayanch nuqtasidan yuqori bo'lgan holat.
Tayanishlar oddiy va aralash bo'ladi. Oddiy tayanishlar: tayanish, bilaklarga tayanish, qo'llarga
tayanish, bukilib qo'ltiqlarga tayanish, orqadan tayanish, burchakli tayanish.
Aralash tayanish: o'ng oyoqqa cho'qqayib tayanib chap oyoqni orqaga uzatish yoki orqaga
uzatib oyoq uchini qo'yish, gavdani bukib qo'llarga tayanib yotib, chap oyoqni orqaga uzatish va
shu kabilar.
O'tirish
— jihozda o'tirgan holat. O'tirishning quyidagi turlari bor: qo'shpoyalarda oyoqlarni
kerib o'tirish sonda o'tirish va boshq.
Vositalar bilan bajariladigan mashqiarning boshlanishini quyidagi atamalar bilan ta’riflash
mumkin: sakrab, yugurib kelib, osilib turib, tayanib turib, qo'llarda tayanib o'tirish va shu kabilar.
Ко ‘tarilish —
osilib turishdan tayanishga yoki pastroq tayanishdan yuqoriroq tayanishga
o'tish. Ko'tarilishning quyidagi turlari bor: galma-gal kuch bilan ko'tarilish, kuchlanib ko'tarilish, bir
oyoqni siltab to'ntarilib ko'tarilish, oyoqda ko'tarilish, har ikki oyoqda ko'tarilish, gavdani rostlab
ko'tarilish va boshq.
Pastga tashlanish —
ko'tarilishga teskari harakat. Asta-sekin tashlanishni pastga tushishi.
Aylanish —
gimnastikada tayanishdan boshlab, jihoz o‘qi atrofida aylanma harakatianish.
Aylanishning quyidagi turlari bor: oyoqlarni kerib tayanishdan oldinga aylanish, tayanishdan
oldinga yoki orqaga aylanish, katta aylanish
.
Do'stlaringiz bilan baham: |