gektarni, g‘allachilik va sabzavotchilik uchun
kamida 10
gektarni, bog‘dorchilik, uzumchilik, sabzavotchilik va boshqa ekinlarni etishtirish
uchun kamida 1 gektarni hamda ko‘pi bilan 5 gektarni tashkil etadi.
•
Fermer xo‘jaliklari yuritish uchun er uchastkalari ochiq tanlov asosida ijaraga 50
yilgacha bo‘lgan, lekin 30 yildan kam bo‘lmagan muddatga beriladi.
•
Fermer xo‘jaligi davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganidan keyin tashkil etilgan deb
hisoblanadi. Uning muassisi er uchastkasini uzoq muddatli ijaraga olish to‘g‘risida
shartnoma tuzadi.
•
Fermer
xo‘jaligi
bank
muassasasida hisob-kitob
varag‘i va
boshqa
xil hisobvaraqlar ochishga, o‘z nomi yozilgan muhrga ega bo‘lishga haqli.
Ko’p tarmoqli fermer xo’jaligi
•
Ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaligi - qishloq xo‘jaligi mahsulotini etishtirish bilan birga
qishloq
xo‘jaligi
mahsulotlarini qayta
ishlash, saqlash va realizatsiya
qilish, sanoat ishlab chiqarishi, ishlarni bajarish,
xizmatlar ko‘rsatish va
qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa faoliyat turlari bila
n shug‘ullanuvchi
fermer xo‘jaligidir.
•
Ko‘p
tarmoqli
fermer
xo‘jaliklari reestri
O‘zbekiston
fermer, dehqon
xo‘jaliklari va tomorqa er egalari kengashi tomonidan yuritiladi.
•
Ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaligining er uchastkalari zaxira erlarga olib qo‘yilganda,
ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaligi o‘z rahbari tomonidan uning tashkiliy-huquqiy
shaklini
o‘zgartirish orqali qayta tashkil etilishi mumkin.
•
Fermer
xo‘jaligiga
berilgan er uchastkalaridan qat’iy
belgilangan
maqsadda foydalaniladi.
•
Ular xususiylashtirilishi,
shuningdek oldi-
sotdi, garov, hadya, ayirboshlash
ob’ekti
bo‘lishi
va ikkilamchi
ijaraga berilishi mumkin emas.
Fermer xo’jaligida soliq va to’lovlar
•
Fermer xo‘jaligi aylanma va er solig‘i to‘lovchisi hisoblanadi.
•
Fermer
xo‘jaligi ( ish beruvchi) va uning xodimlari o‘rtasidagi mehnatga oid
munosabatlar mehnat shartnomasi (kontrakti) bilan tartibga solinadi.
•
Fermer xo‘jaligidagi ish tartibi xo‘jalik boshlig‘i tomonidan belgilanadi. Fermer
xo‘jaligi xodimlarining mehnat faoliyati hisobini olib borish xo‘jalik boshlig‘i
tomonidan tashkil etiladi.
•
Fermer xo‘jaligi xodimlarining mehnatiga haq to‘lash taraflarning kelishuviga
ko‘ra pul hamda natura tarzida, mehnatga haq to‘lashning eng kam
miqdoridan
kam bo‘lmagan miqdorda belgilanadi.
Fermer xo’jaligida ijara huquqi merosi
•
Fermer xo‘jaligi boshlig‘i vafot etgan taqdirda, er uchastkasini ijaraga olish huquqi
ijara shartnomasining amal qilish muddatiga
meros bo‘yicha o‘tadi.
•
Fermer
xo‘jaligi
boshlig‘i pensiya
yoshiga
to‘lganda yoki
mehnat
qobiliyatini
yo‘qotganda, shuningdek muddatli harbiy xizmatga chaqirilgan, oliy
ta’lim muassasalariga kunduzgi o‘qishga qabul qilingan, saylab qo‘yiladigan
lavozimlarga saylangan taqdirda, er uchastkasini ijaraga olish
huquqini o‘zining
tuman hokimi nomiga berilgan arizasiga
ko‘ra belgilangan tartibda o‘z oila
a’zolaridan biriga ijara shartnomasi bilan ma’lum muddatga ijaraga berishi
mumkin.
Infratuzilma va uning fermer xo‘jaligida tutgan o‘rni
Infratuzilma (lotincha infra - quyi, struktura-joylashuv, tuzilish) – turli-
tuman xizmat ko‘rsatuvchi tarmoqlar transport, aloqa, savdo, moddiy-texnika
ta’minoti, suv bilan ta’minlash, fan, maorif, sog‘liqni saqlash, atrof-muhitni
muhofaza qilish va boshqalarni o‘zi ichiga oladi.
Ishlab chiqarishning hajmi o‘sishi bilan qishloq xo‘jaligida moddiy-texnika
resurslari, elektroenergiya, transport, aloqa vositalariga, mahsulotni saqlash
joylariga bo‘lgan talab oshadi. Qishloq xo‘jaligining ta’mirlash – texnik xizmati,
moddiy –texnika ta’minoti, zooveterinariya, agrokimyo servis xizmati kabi
xizmatlar darajasi o‘sadi. Bu jarayondan samarali foydalanish tarmoqlari va
xizmatlari iqtisodiyotda infratuzilma deb yuritiladi.
Infratuzilma bu – iqtisodiy va ijtimoiy ishlab chiqarish uchun me’yoriy
shart-sharoitlarni ta’minlovchi majmuadir. Bu ishlab chiqarish uchun
texnologik, iqtisodiy va tashkiliy aloqalarning samarali ishlashini ta’minlaydi.
Infratuzilma fermer xo‘jaliklari mablag‘lari, mehnat resurslari, xizmat qiluvchi
tuzilmalarning rivojlanishiga hissa qo‘shadi. Bunda agrokimyo,
zooveterinariya, axborot konsalting xizmatlariga katta e’tibor beriladi.
Infratuzilma fermer xo‘jalik ishlab chiqarishini intensivlashtirish va
samaradorligi o‘sishining eng muhim omili hisoblanadi.
Fermer xo‘jaliklarini sanoatlashtirish va kimyolashtirishga melioratsiya va
ishlab chiqarishning boshqa asosiy omillarini tez sur’atda o‘sishiga mablag‘
resurslaridan samarali foydalanish tizimi tashkil etilishi hisobiga erishiladi.
Bozor munosabatlari rivojlangan shart-sharoitda infratuzilmaning ahamiyati
katta. Fermer xo‘jaligi uchun material, resurslar, texnika bilan ta’minlovchi
davlat tuzilmasi yo‘q. Shuning uchun moddiy ishlab chiqarish infratuzilmaning
fermer xo‘jaligi ishlab chiqarishiga xizmat qilish faoliyati kamayib bormoqda.
Infratuzilma ishlab chiqarish hajmini oshirish uchun shart-sharoitlar yaratadi.
Lekin,
mahsulot
ishlab
chiqarmaydigan
tarmoqlarda
samaradorlikni
kamaytiradi. Infratuzilma fermer xo‘jaliklari uchun kadrlar tayyorlashga ham
yordam beradi.
Infratuzilmaga kiradigan tarmoqlar ishlab chiqarish jarayoniga bir xilda ta’sir
ko‘rsatmaydi, lekin ishlab chiqarishda o‘ziga xos o‘rin egallaydi. Fermer xo‘jaligi
ishlab chiqarishini industrlashtirish va ixtisoslash- tirishning rivojlanib borishi
natijasida qishloq xo‘jalik korxonalarida moddiy resurslar bilan ta’minlanish,
texnikani ta’mirlash va unga xizmat ko‘rsatish, o‘g‘it solish, melioratsiya ishlarini
bajarish, qishloq xo‘jalik mahsulotlarini tashish, saqlash va qayta ishlash bo‘yicha
tarmoqlar vujudga keldi. Fermer xo‘jaligining barcha tarmoqlarini to‘liq
industrlashtirish, kompleks mexanizatsiyalash, elektrlashtirish va kimyolashtirish,
fan-texnika
taraqqiyotini
jadallashtirish,
melioratsiyalash
ishlari
amalga
oshirilmoqda.
Fermer xo‘jaligi tarmoqlarida ko‘p qirrali xizmat ko‘rsatuvchi infratuzilmalar
rivojlantirilib, bozor iqtisodiyotiga mos quyidagi muammolar hal etilmoqda:
1. Tuproq unumdorligini oshirish. 2. Seleksiya ishlarini tashkil etishni tubdan
yaxshilash. 3. Har bir ekin o‘z tabiatiga mos ravishda tegishli agrotexnologiyaga
amal qilishni talab etadi. 4. Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muammolarini
ko‘rib chiqish.
Fermer xo‘jaliklariga agrotexnika xizmati ko‘rsatishni yaxshilash, texnikalardan
samarali foydalanish maqsadida, MTP, muqobil mashina traktor parklari tuzildi. Bu
parklarda barcha haydov traktorlarining 43%i, don va sholi o‘rish kombaynlarining
48% bugungi kunda yer haydash bo‘yicha 60%, g‘alla yig‘ib olish bo‘yicha 55%
ishlarni bajarmoqda. Hozircha, parklar qudratli kuchga aylangani yo‘q. Shuning
uchun mashina-traktor parklari tizimining faoliyatini yanada takomillashtirish,
raqobat muhitini vujudga keltirishda servis xizmati ko‘rsatish shoxobchalarini tuzish
maqsadga muvofiqdir.
Fermer
xo‘jaliklarida mahsulot yetishtirishning samaradorligini
oshirishda, infratuzilmalarni qayta bo‘lib, fermer xo‘jaligida xizmat
ko‘rsatuvchi infratuzilmalar faoliyatini yanada takomillashtirish zarur.
Xizmatlar bozoridagi infratuzilmalar quyidagilardan iborat: agrorximiya
xizmati, seleksiya xizmatlari, urug‘chilik, MTP xizmatlari, yonilg‘i-moylash va
ehtiyot qismlar bilan ta’minlash, transport xizmatlari, uskunalar lizingi, ulgurji
birjalar, birjalar bozori, moliya-kredit tizimi va boshqalar.
Fermer xo‘jaliklarini rivojlantirish davlat dasturi infratuzilma tarmoqlarini yanada
takomillashtirish, ular o‘rtasidagi iqtisodiy munosabatlarni chuqurlashtirish va
kelgusida servis xizmatlarini yaxshilash orqali mahsulot hajmini oshirishga
qaratilgan. Respublikamizda faoliyat ko‘rsatayotgan fermerlar soni va uning ekin
maydonlari hajmi tez sur’atlarda o‘sib bormoqda. Bunday vaziyatda davlat mulki
bo‘lgan yerdan oqilona va samarali foydalanishning yanada ixcham, samarali va
fermer xo‘jaliklari uchun qulay bo‘lgan usullarini topish va amaliyotga joriy etish
talab etilmoqda. Buning uchun birinchi navbatda fermer xo‘jaliklariga xizmat
ko‘rsatuvchi infratuzilmalar faoliyatini rivojlantirish lozim bo‘ladi.
Fermer xo‘jaliklarini rivojlantirish konsepsiyasida har bir fermer faoliyatidagi
infratuzilmani rivojlantirish ustuvor vazifa bo‘lib, uni rivojlantirish to‘g‘risida
katta ijobiy ishlar olib borilmoqda. Fermerlarga xizmat ko‘rsatuvchi infratuzilma
faoliyatida ham o‘zgarishlar yuz bermoqda.
1979-yildan boshlab mamlakatda yagona agrokimyo xizmatini tashkil qilish
maqsadida «Qishloqxo‘jaliktexnika» davlat komiteti tarkibidan barcha korxona
va tashkilotlar, shuningdek, qishloq xo‘jalik vazirligiga qarashli qishloq
xo‘jaligiga agrokimyo xizmati ko‘rsatuvchi tarmoq agroximbirlashma,
agroximtrest, maxsus bo‘lim, qishloq xo‘jaligini kimyolashtirish loyiha tadqiqot
bo‘limi,
agroximiya
laboratoriyalari,
tuman
agroximiya
markazi,
mexanizatsiyalashgan otryad, ishlab chiqarish korxonalari, shuningdek, ishlab
chiqarish texnika bazasi obyektlari, «Soyuzqishloqxo‘jalikkimyo» birlashmasi
tarkibiga berildi.
«Soyuzqishloqxo‘jalikkimyo» birlashmasi tarkibiga kiruvchi «Qishloq-
xo‘jalikkimyo» birlashmalari har bir viloyat, tuman va tumanlararo tashkil etilishi
qishloq xo‘jaligini kimyolashtirishda tub burilish yasadi.
2004-yilga kelib kimyo sanoati korxonalarini boshqarish tuzilmasini
takomillashtirish va qishloq xo‘jaligiga agrokimyo xizmati ko‘rsatishni
yaxshilash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qaror
qabul qildi. Bu Qarorga ko‘ra, «Qishloqxo‘jalikkimyo» hududiy aksiyadorlik
birlashmalari «O‘zkimyosanoat» DAK tarkibiga qo‘shib berildi.
«O‘zkimyosanoat» DAKning moddiy resurslar va jihozlar bilan ta’minlanishining
bugungi
kundagi
faoliyati
quyidagicha
bo‘lib,
unda
12
viloyat
«Qishloqxo‘jalikkimyo» XAJ va uning 172 ta filiali, shundan 154 tasi tumanlarda va
18 tasi tumanlararo filiallari bo‘lib, 172 ta filialning 129 tasida omborxonalar
mavjud. Ularning soni 519 ta bo‘lib, quvvati 1108,6 ming tonna, 115 ta filialdagi 237
ta omborxona to‘liq zarur texnik jihozlar bilan ta’minlangan bo‘lib, ularda ammiakli
selitra saqlanmoqda. 43 ta tuman filiallarida ixtisoslashgan agrokimyo servis xizmati
tashkil etilgan. Fermerlarga samarali xizmat ko‘rsatish uchun 2005-yilgacha 513 ta
shoxobchalar tashkil etilgan bo‘lib, uning quvvati 478,3 ming tonnadir.
Shoxobchalar sonini 2006- yilda 741 taga yetkazish va mineral o‘g‘it sotishni 136923
mln. so‘mga, 2007-yilda 891 ta va 176959 mln. so‘mga yetkazish hamda quvvatini
827,8 ming tonnaga yetkazish ko‘zda tutilgan. Hududiy markaziy omborxonalardan
sof holda 23056 tonna azotli, 22288 tonna fosforli va 4359 tonna kaliyli o‘g‘itlarni
tashish rejalashtirilgan bo‘lib, ularni tashish uchun 3207 ta traktor tirkamalari bilan,
1402 ta yuk avtomobili, shoxobchalardan 17860 tonna azotli, 20290 tonna fosforli
va 2608 tonna kaliyli, o‘g‘itlarni tashib berish uchun esa 1918 ta traktor tirkamasi
bilan 853 ta yuk avtomobili zarur ekanligini ko‘rsatmoqda. Shuning uchun
kompaniya oldida turgan asosiy vazifa xo‘jaliklarga sifatli va samarali xizmat
ko‘rsatish uchun moddiy-texnika bazasini mustahkamlashni yo‘lga qo‘yishdan
iboratdir. Agrokimyo servis xizmatini tashkil etish va uning iqtisodiy
samaradorligini oshirish uchun ilmiy- tadqiqot ishlari olib borilishi va faoliyatidagi
xizmatlarning samarali istiqbolli yo‘nalishlariini amaliyotga tatbiq etish zarur.
Shuning uchun agrokimyo servis xizmati ko‘rsatishni jadal sur’atlarda olib borish
bo‘yicha qilinayotgan tadqiqotlar va amaliy tajribalarni umumlashtirgan holatda bir
butun rivojlantirish istiqbollarini belgilash zarur. Bozor munosabatlarida shakllangan
respublika iqtisodiyotida qishloq xo‘jaligiga agrokimyo servis xizmat ko‘rsatishning
istiqbolli yo‘nalishlarini belgilab olish davri boshlandi.
Qishloq xo‘jalik ekinlariga mineral, organik o‘g‘it berish va zaharli
ximikatlardan foydalanish hamda agrokimyoservis xizmat ko‘rsatish
to‘g‘risida bir qator olimlar ilmiy tadqiqotlar olib borib, ko‘pgina masalalarni ijobiy
hal etgan. Rossiyalik olimlardan L.M. Derjavin, V.A. Zaxarenko, V.V. Tokarev, N.N.
Baronov, A.M. Artyushin, A.S. Mishelova, M.M. Alibekov, N.A. Dorofeyeva;
O‘zbekistonlik olimlardan K.A. Xasanjonov, K.A. Choriyev, X.J. Xo‘jaqulov, A.J.
Toshboyev, A.Mamadaliyev, A.Boymuhammedov, M.A. Sagatova, B.O.
Mo‘minovlar shu borada tadqiqotlar olib borishgan.
Respublika qishloq xo‘jaligini kimyolashtirishning iqtisodiy, tashkiliy va
huquqiy asoslari bo‘yicha olib borilgan ilmiy tadqiqot ishlari natijasi bugungi
kunda ham o‘zining ijobiy natijalarini bermoqda.
Bizning fikrimiz bo‘yicha respublikada mulkchilik munosabatlari
shakllanib, xo‘jaliklar soni bir necha barobarga ortib borishi, azotli o‘g‘itlardan
qat’iy nazorat orqali foydalanish sababli mineral o‘g‘itlar va ximikatlardan
foydalanishning ustivor yo‘nalishlarini izlab topib, amaliyotga tatbiq etishni
taqozo etmoqda. Ayniqsa, fermer xo‘jaliklari ustivor yo‘nalish bo‘lib, uning soni
yildan yilga ko‘payib, mineral o‘g‘it va kimyoviy vositalarning xarid bahosining
keskin ortib borishi hamda me’yor bo‘yicha yetishmasligi sababli xo‘jaliklarda
va hududlarda raqobatbardosh agrokimyo servis xizmatlarini shakllantirish
zarur. Unda kimyoviy ishlov berish, mineral va organik o‘g‘itlarni tashish,
ishlatish, ilmiy asoslangan me’yorlar bo‘yicha agroximkartogramma asosida
ishlov berish, monitoring olib borish, dilerlik konsalting xizmatlarini tashkil
etish, kimyoviy vositalarni saqlash va ishlatish orqali hosilni oshirish bo‘yicha
servis xizmatlari tashkil etilmoqda.
Qishloq xo‘jalik korxonalarida agrokimyo servis xizmat ko‘rsatishning
zaruriyati agrokimyo servis xizmat ko‘rsatish korxonasi qishloq xo‘jalik
subyektlariga shartnoma asosida xizmat ko‘rsatishdan iborat. Qishloq xo‘jalik
mahsuloti ishlab chiqarishning natijasi unga juda bog‘liq.
Qishloq xo‘jaligining bozor iqtisodiyotiga o‘tishida agrokimyoviy xizmat
ko‘rsatish darajasiga e’tibor beriladi. Yangi shakldagi qishloq xo‘jaligini
kimyolashtirish bevosita yerlarni rejali unumdorligini oshirish bilan bog‘liq.
Mineral o‘g‘itlarning iste’molchisi bo‘lgan o‘simlikchilik tarmog‘ining asosiy
turi – paxtachilikdir. Paxta ko‘p mineral o‘g‘it talab etuvchi o‘simlikdir.
O‘zbekiston Respublikasida bu ko‘rsatkich 1965-yilda paxta bo‘yicha–2072,5
ming tonna fizik og‘irlikda bo‘lgan bo‘lsa, 2000-yilga kelib azotli o‘g‘itlar–
303,0, fosforli o‘g‘itlar–88,0, kaliyli o‘g‘itlar–37,0 ni tashkil etadi.
Yerga ishlov berish va pestitsidlarni ishlatish xususiyati qishloq xo‘jaligiga
agrokimyoviy xizmat ko‘rsatish yo‘nalish tartibini asoslab beradi. Bu jarayon
barcha ko‘riladigan choralarga bog‘liq. Rivojlangan davlatlarning ilmiy
agrokimyoviy ta’minoti ilmiy-tekshirish tashkilotlari, xususiy tashkilotlar, davlat
budjeti va fermerlar tomonidan moliyalashtiriladi. Agrokimyoviy ishlab
chiqarish xizmatiga ixtisoslashgan kimyoviy kompaniya va tashkilotlar qishloq
xo‘jalik korxonalari va bevosita fermerlarga xizmat ko‘rsatadi.
MDH davlatlarida agrokimyoviy xizmat ko‘rsatish davlat va kooperativ
agrokimyoviy markaz rivojlanishiga bog‘liq. Davlatimizning katta e’tibori
asosida kimyolashtirish, kimyoviy o‘g‘itlar ishlab chiqarish oxirgi ikki o‘n
yillikda yetarli darajada rivojlandi.
AQSHda o‘g‘it ishlab chiqarish darajasi MDH davlatlariga nisbatan 15 yil
ko‘proq tajribaga ega. 1972-yilda MDH davlatlari jahonda o‘g‘it ishlab
chiqarish bo‘yicha mutlaq birinchi o‘ringa chiqib oldi. MDH davlatlaridagi
kimyolashtirishning katta qismi qishloq xo‘jaligiga agrokimyoviy xizmat
ko‘rsatishni ixtisoslashtirish va biriktirishni talab qildi. Bu davlat chiqargan
qishloq xo‘jalik texnika tizimining birinchi bosqichi qishloq xo‘jalik
korxonalarini kimyolashtirish vositalari va ta’minot funksiyasi bilan
shug‘ullanuvchi uncha katta bo‘lmagan agrokimyoviy ishlarni ta’minlaydi.
Davlat qishloq xo‘jalik texnika ishlari tizimida agrokimyoviy xizmat xodimlari
qishloq xo‘jalik ishlab chiqarish natijasidan manfaatdor. Kimyolashtirish
ishlari sifati, muddatlarning buzilishi, kuchi, o‘g‘itlarni tashish imkoniyati, uni
saqlash va joylashtirish muammolari hal etilmasa o‘g‘itni ishlatish
samaradorligi (qaytimi)ga ta’sir etadi.
Yana bir katta yetishmovchilik bor va bu o‘g‘itning yo‘qolishiga olib
kela-digan ombor hajmining yetishmovchiligidir.
Davlat qishloq xo‘jalik texnika tizimi faoliyatida agrokimyoviy xizmat
ko‘rsatuvchi ishchilarda qishloq xo‘jalik ishlab chiqarish natijasiga bo‘lgan
qiziqishni shakllantira olmadi. Bular agrokimyoviy xizmatlarni past daraja- ga
olib keldi. Muddatlarning buzilishi, kuchining pastligi, o‘g‘itlarni yetka- zib
berish, ularni saqlash va yetkazish sharoitlari davomida vositalarni qabul
qilingandan keyingi qaytimining unchalik katta emasligi, bundan tashqari,
kimyoviy vositalarni yetkazib berish hajmi va ulardan foydalanish uchun ba-
zaga yetkazib berish o‘zaro mos kelmadi. Kimyoviy o‘g‘itlarni solish ishlari- ni
mexanizatsiyalash muammosi sekin hal qilinmoqda. O‘g‘itning aralash- masini
to‘liq yetkazib berish yaxshi yo‘lga qo‘yilmagan.
Kimyolashtirishning material texnikaviy bazasini shakllantirishdagi
yetishmovchilikdan
tashqari,
uning
samarasiz
ishlatilishi
ko‘proq
o‘simlikchilikda agrokimyoviy xizmat ko‘rsatishni tashkil etishning kuchsi-
zligiga bog‘liq.
Agrokimyoviy xizmat ko‘rsatuvchi tizimdagi uzoq bo‘lmagan vaqtga amal
qiluvchi o‘zaro idoralararo aloqa boshqarishda qiyinchilik tug‘diradi, vosi-
talarni sotish vazifasini bajarish va qishloq xo‘jaligini kimyolashtirishning
barcha jarayonida oxirgi natija samarasini pasaytirishga olib keladi.
O‘zbekiston qishloq xo‘jaligidagi islohotlar sharoitida agrokimyoviy xiz-
matning roli pasaymadi. Regional kimyoviy vositalardan foydalanish javob-
garligining barchasi agrokimyoviy ta’minotga yuklandi. Qishloq xo‘jaligi tovar
ishlab chiqaruvchilarini mineral o‘g‘itlar va boshqa kimyoviy vositalar bilan
ta’minlash qishloq xo‘jaligiga agrokimyoviy xizmat ko‘rsatishning ilmiy-
uslubiy ta’minoti bilan birikishi asosida amalga oshirila- di, ishning sezilarli
qismi qishloq xo‘jalik korxonalariga agrokimyoviy ishlab chiqarish xizmatini
amalga oshiruvchilar hissasiga to‘g‘ri keladi. Ko‘p shakl- dagi funksiyani
bajaruvchi o‘simlikchilik o‘sishida bevosita ishtirok etuvchi texnologik
operatsiyalarni bajarishda «Agrokimyota’minot» bilan qishloq xo‘jalik
korxonalari o‘rtasidagi alohida ishlab chiqarish iqtisodiy munosabat- lar orqali
amalga oshiriladi. «Agrokimyota’minot» birlashmasi qishloq xo‘jalik
korxonasiga ilmiy ishlab chiqarish va ishlab chiqarish agrokimyoviy xizmatini
ko‘rsatadi.
Ishlab chiqarish, yetishtirish operatsiyalari ichidagi eng muhimlari qu-
yidagilar:
✓
organik va mineral o‘g‘itlarni, o‘simliklarni himoyalash vositalarini
tashish va yetkazib berish;
✓
yem ishlab chiqarishni kimyolashtirish;
✓
omborxona, fermalarni dezinfeksiyalash;
✓
zavod yetkazib beruvchidan kimyoviy vositalarni qabul qilib olish,
nazorat qilash va saqlashni ta’minlash;
✓
yetkazib beruvchi xo‘jaliklardan shartnoma bo‘yicha franko shartli
asosida kimyoviy vositalarni temir yo‘l vagonlaridan o‘zining
transportigacha yetkazib berish.
Haydaladigan yer va boshqa qishloq xo‘jaligiga foydali bo‘lgan tuproqni
ekishning loyiha-smeta hujjatlarini, me’yor va mineral hamda organik ishlar-
ning qabul qilingan me’yorlari «Agrokimyota’minot»ning kimyolashtirish va
agrokimyo laboratoriyasidagi loyiha qidiruv stansiyasida amalga oshiriladi.
O‘zbekiston Respublikasida kimyoviy loyiha qidiruv stansiyalari va laboro-
toriyalarida amalga oshiriladigan agrokimyoviy ilmiy- ishlab chiqarish xiz-
matlari davlat budjeti hisobidan shakllanadi.
Shuning uchun Agrokimyo ta’minot xo‘jaliklari bilan maydonning tarki-
biy kafolatining yaxshilanishi, berilgan tuproq unumdorligi ko‘rsatkichiga
erishish bo‘yicha shartnoma tuzadi. Agrokimyo ta’minot birlashmasi shart-
nomaga asosan, tuproq unumdorligini oshirish bo‘yicha kompleks choralar
amalga oshiriluvchi aniq maydonga xizmat qilishga biriktiriladi. Mutaxas-
sislar o‘simliklarni yuqori aniqlikdagi programmalashtirish imkonini bera-
digan o‘g‘itli aralashmaning ratsionalroq bo‘lgan me’yorini har bir may- don
bo‘yicha agrokimyoviy kartaga va maydon pasportiga tayanib asoslab beradi.
Agrokimyoviy ta’minot birlashmasi qishloq xo‘jalik korxonalariga
agrokimyoviy xizmat ko‘rsatuvchi tuman (tumanlararo) ishlab chiqarish
birlashmasini va xo‘jalik xizmat bazasidagi kimyolashtirish punktlarini tu-
zishga javobgarlikni oladi.
Agrokimyoviy xizmat ko‘rsatuvchi pastki (quyi) ishlab chiqarish bo‘g‘ini bu
– xo‘jalik kimyolashtirish punkitidir. Ular o‘zlarida qishloq xo‘jalik kor-
xonalarida kimyoviy vositalarni ishlatishda kerak bo‘lgan asosiy va aylanma
vositalar, ishchi kuchi bilan ta’minlangan ixtisoslashtirilgan ajratilgan bo‘limni
ifodalaydi. Kimyolashtirish punkti ishlab chiqarish punkti yoki sexlari kabi
yaratiladi. U hozirgi vaqtda davlatning agrokimyoviy xizmat takliflarini asosiy
ishlab chiqaruvchi bo‘g‘inidir. Shuningdek, hozirgi vaqtda yirik xo‘jaliklarda
kimyolashtirish bo‘limi mavjud, boshqalari faqat hosildorlikka ajratish uchun
tashkil qilinadi, asosan uchastka va bo‘linmalar soniga bog‘liq bir bo‘linmaning
o‘zi har doim barcha ishlab chiqarish brigadalarida xizmatni sifatli tashkil etishga
qodir.
O‘zbekistondagi qishloq xo‘jalik korxonalarida tuzilgan kimyolashtirish
punkti ishlab chiqarishga kimyolashtirish vositalarini qo‘llash xarajatlarini
qisqartirish imkonini beradi. Mamlakatimizning bir qancha tumanlarida
xo‘jaliklararo kimyolashtirish punktlariga va o‘z faoliyatini to‘liq xo‘jalik
hisobi asosida tashkil qilgan «Agrokimyota’minot» aksiyadorlik jamiyatining
tuman (tumanlararo) filiallarining rivojlanishiga ega bo‘ldi. Kimyolashtirish
punktlariga asosiy vositalar, omborxonalar, o‘lchash qurilmalari, shiyponlar,
texnika, qishloq xo‘jalik aviatsiyasi uchun uchish-qo‘nish yo‘lakchalari,
jihozlar, texnik xizmat ko‘rsatish uchun yuvish joyi va boshqalar biriktiriladi.
Xo‘jaliklararo kimyolashtirish punkti tarkibida bir yoki bir necha
mexanizatsiyalashgan bo‘linmalar tashkil qilinadi, ulardan har biri
komplekslashgan va ixtisoslashgan bo‘limlardir:
✓
kimyoviy vositalar omborlarida tayyorlash va ortish-tushirish ishlari
bo‘yicha bo‘lim;
✓
organik o‘g‘itlarni qo‘llash bo‘limi;
✓
mineral o‘g‘itlarni qo‘llash bo‘limi;
✓
o‘simliklarni himoya qilish vositalarini qo‘llash bo‘limi;
✓
traktorlarga, avtomobil va qishloq xo‘jalik mashinalariga texnik xizmat
ko‘rsatish punktlari.
Agrokimyota’minot aksiyadorlik jamiyati ishlab chiqarishga xizmat
ko‘rsatish yo‘nalishini yaratadi, ya’ni viloyat va tuman darajasida kimyoviy
vositalardan samarali foydalanishga muhim zamin yaratadi.
Yagona ixtisoslashgan agrokimyoviy xizmat ko‘rsatish maqsadida bozor
munosabatlariga o‘tish sharoitida qishloq xo‘jaligiga agrokimyoviy xizmat
ko‘rsatishning xo‘jalik hisobiga o‘tishi hamda samara va sifatni oshirishga
yo‘naltirilishi, yuqori yakuniy natijaga erishishdan iqtisodiy manfaatdorlikni
oshirish, kimyoviy vositalarni yo‘qolishini kamaytirishni tashkil qilish. Buning
barchasi qishloq xo‘jalik ekinlari hosilining keyinchalik ham o‘sishini va qishloq
xo‘jalik ishlab chiqarish mahsulotlari hajmini oshirishni ta’minlashi shart.
Agrokimyoviy xizmat ko‘rsatish turli shakllarining rivojlanishi uning
xo‘jalik bilan o‘zaro aloqasining o‘ziga xos xususiyatini, ya’ni yer usti va
aviatsiya agrokimyoviy ishlar va ularni agrokimyoviy vositalar bilan
ta’minlovchi tomonlar bilan tuzilgan shartnomalarni boshqarishni yaratdi.
Shartnomada birgalikda bajariladigan barcha turdagi ishlab chiqarish va qidiruv
ishlari, ularning hajmi va qiymati, moliyalashtirish manbalari ko‘rsatiladi (ohak
bilan o‘g‘itlash, fosforlash va texnikaviy ishlar budjet mablag‘lari hisobidan
bajariladi).
U yoki bu xo‘jalikdagi ishlarning bajarilish muddati grafik bo‘yicha amalga
oshiriladi. Odatda, har bir xo‘jalikda bo‘limning ish muddati 2-3 haftadan
oshmaydi. Agrokimyota’minotni saqlab turgan vositalar manbayi, uning
shartnoma bo‘yicha bajargan ish va xizmatlaridan olingan daromad hisoblanadi.
Ish natijasi shartnoma bo‘yicha olingan pul vositalari va agrokimyoviy xizmat
va faoliyatni ta’minlash xarajatlari farqi sifatida aks ettiriladi. Agrokimyoviy
ishlardan olingan daromad va foydani tuman birlashmalarining asosiy fondlarini
shakllantirishning yagona manbayi bo‘lib xizmat qiladi, shuning uchun o‘z
vaqtidagi o‘zaro hisob-kitob hamda birlashma oladigan bajarilgan ish va foyda
hajmiga bahoni asoslash tizimini boshqarish asosida shartnomalarning sifatli
yakunlanishi mumkin.
Rejali iqtisodiyot davrida qishloq xo‘jaligini kimyolashtirish bo‘limlari yirik
qishloq xo‘jalik tarkibida tuzilgan va kimyolashtirish xizmatlari ichki xo‘jalik
tizimi asosida amalga oshirilgan. Agroximservis korxonalari esa
«ta’minotchi» sifatida faoliyat ko‘rsatgan. Endilikda agroximservis xizmatlari
turli mulkchilikka asoslangan xo‘jalik shakllari talabidan kelib chiqqan holda
quyidagicha ta’riflanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |