Mavzu: Fermer xo’jaliklari yer uchastkalarining kadastr pasportini


Fermerlar  –  agrar  islohot  tizimining  birinchi



Download 1,33 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/72
Sana01.01.2022
Hajmi1,33 Mb.
#289361
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   72
Bog'liq
Kurs ishi Yer Kadastri G‘aybullayev Jasurbek 6v 19gkk

Fermerlar  –  agrar  islohot  tizimining  birinchi 

qaldirg‘ochlari.  Ularning  qanotini  sindirmaylik. 

Ularni  asrash,  avaylash,  parvarish  qilish  kerak. 

Fermerlarimizga ko‘rsatilgan bir yaxshilikka ming 

yaxshilik bilan javob qaytishiga imonim komil. 

 

I.Karimov 

Mustaqillik sharofati bilan O‘zbekiston Respublikasi xalq xo‘jaligining asosiy 

tarmog‘i bo‘lgan agrar sohani rivojlantirishda qator iqtisodiy islohotlar  olib 

borildi.  Qishloq  xo‘jaligida mulkchilikka  asoslangan 

erkin tovar ishlab chiqaruvchi subyektlar shakllandi. Agrar sohadagi xo‘jalik 

yuritishning bu turli shakllari kooperativ(shirkat), fermer, dehqon xo‘jaliklari 

bo‘lib, respublika qonunchilik organlari tomonidan ularning huquqiy asoslari 

yaratilib, xalq muhokamasidan so‘ng qonuniy asos sifatida amaliyotda o‘z ijobiy 

natijalarini bermoqda. 

Muhtaram O’zbekiston Respublikasi 1-chi Prezidenti I. Karimov tomonidan ishlab 

chiqilgan davlatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi dasturlarining asosi bo‘lgan 

bozor va bozor munosabatlari asosida har bir tarmoqni rivojlantirish orqali yuqori 

samarali natijalarga erishish ko‘zda tutilgan. Ayniqsa, agrar tarmoqni rivojlantirishda 

bu dasturning bajarilishi o‘z samarasini berib kelmoqda. Avvalo, dehqonning ishlab 

chiqarishga va mulkka egalik hissining ortishi, erkin iqtisodiy faoliyat yuritishi, 

daromad olishi, uni o‘z imkoniyatlarida erkin taqsimlashi hamda tasarruf etish 

imkoniyati yaratildi. Respublika agrar sohasida faoliyat yuritayotgan fermer 

xo‘jaliklari boshqa subyektlarga nisbatan, amaliyotda o‘zining bir qancha ijobiy 

hamda iqtisodiy ustunliklarini ko‘rsatdi. Bu esa bozor munosabatlarida qishloq 

xo‘jalik mahsulotlari yetishtirishni ko‘paytirish va uning samaradorligini oshirishdagi 

afzalliklari bilan bugungi istiqbolli xalq xo‘jalik yo‘nalishiga mos kelishini inobatga olib, 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2003-yil 24-martdagi «Qishloq xo‘jaligida 

islohotlarni chuqurlashtirishning asosiy yo‘nalishlari to‘g‘risida»gi PF- 3226-sonli 

Farmoni qabul qilinib, unda fermer xo‘jaliklarini rivojlantirish ustuvor yo‘nalish qilib 

belgilandi. Farmonni amaliyotga tatbiq qilish bo‘yicha fermer xo‘jaliklarini 

rivojlantirish konsepsiyasini ishlab chiqish ko‘zda tutildi. O‘zbekiston Respublikasi 

Prezidentining 2003-yil 27-oktabrdagi PF-3342-sonli 

«2004-2006- yillarda fermer xo‘jaliklarini rivojlantirish konsepsiyasi to‘g‘risida»gi 

Farmoniga  asosan, Vazirlar  Mahkamasining 2003-yil  30-oktabrdagi 476-sonli 

«2004-2006- yillarda fermer xo‘jaliklarini rivojlantirish konsepsiyasinini amalga 

oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi va 2004-yil 24-dekabrdagi 607-sonli «2005- 

2007- yillarda fermer xo‘jaliklarini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi 

Qarorlari qabul qilindi. Ushbu qarorlar bilan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari 

yetishtiruvchilarning asosiy shakli sifatida fermer xo‘jaliklarini tashkil etish va 




ularning faoliyati uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, shuningdek, qishloqda bozor 

infratuzilmasini kompleks rivojlantirish asosiy masala qilib belgilandi. 

Fermer xo‘jaliklarini rivojlantirishning aniq chora-tadbirlari ishlab chiqilib, uni 

bosqichma-bosqich amalga oshirish to‘g‘risida istiqbolli yo‘nalishlar ishlab chiqildi. 

Mamlakatimizni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishda fermer xo‘jaliklarining mahsulot 

ishlab chiqarish faoliyatini tashkil etish, unga huquqiy asos yaratish, tayyorlov, 

ta’minot va servis xizmati ko‘rsatuvchi korxonalar o‘rtasidagi iqtisodiy 

munosabatlarni yaxshilash ishlari amalga oshirilmoqda. Sir emaski, ayrim tayyorlov, 

ta’minot va servis xizmatlari korxonalari oldiga qo‘ygan vazifalarni yetarli darajada 

bajara olmay kelmoqda. Endilikda ushbu infratuzilmalarni rivojlantirish orqali fermer 

xo‘jaliklari faoliyatini yaxshilash asosiy vazifamiz bo‘lib qoldi. O‘zbekiston 

Respublikasi agrar sohasida 2005-yilda 3646 ming gektar ekin maydoniga 

dehqonchilik qilingan bo‘lsa, unda fermerlar hissasi 2139,7 ming gektarni yoki 58,7 

% ni tashkil etdi. Fermer xo‘jaliklarining salmog‘i ortib borayotganligi bois, ularning 

iqtisodchi kadrlarini o‘qitish va malakasini muntazam oshirib borishda ushbu o‘quv 

qo‘llanma samarali xizmat qiladi. Ma’lumki, fermer xo‘jaliklari tashkil etishning 

huquqiy-iqtisodiy asoslari, ishlab chiqarish infratuzilmalari bilan shartnoma 

munosabatlari, yerdan foydalanish va ekinlarni joylashtirish, suv va melioratsiya 

ishlari, mol-mulk, mehnat resurslaridan foydalanish, xo‘jalikni boshqarishda 

marketing va menejment, xo‘jalikning iqtisodiy faoliyatini tashkil etish, 

investitsiyalash, ta’minot va servis xizmatlari, infratuzilma, investitsiya, mahsulot 

yetishtirish va uni sotish mexanizmlari, kooperatsiyalashuv jarayonlarini tashkil etish, 

fermer daromadini ko‘paytirish hisobiga ish o‘rinlarini ochish, yangi zamonaviy 

texnologiyalar kiritish hamda dehqonchilikda ilg‘or agrotexnologiyalardan 

foydalanishda yetarli bilimga ega bo‘lish orqali xo‘jalikni barqaror rivojlantirish 

mumkin. 


      Ushbu o‘quv qo‘llanma orqali aynan fermer xo‘jaligini tashkil etish bilan bog‘liq 

masalalar iqtisodiyotini hamda istiqbolli ishlab chiqarish faoliyatini tashkil etishning 

ustuvor yo‘nalishlarini o‘rganish mumkin. 


Download 1,33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   72




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish