berish, tuproq unumdorligini oshirishga qaratilgan turli tadbirlarni o‘z ichiga
ular faoliyatining iqtisodiy samaradorligini oshirish tarmoq korxonalarini
aksiyalashtirish jarayonlarini chuqurlashtirish; mineral o‘g‘itlarni ishlab
chiqarishni rivojlantirish; texnika bilan qayta jihozlash va zamonaviylashtirish
uchun xorijiy investitsiyalarni keng jalb etish maqsadida 2001-yil 13-martda
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasini «Kimyo sanoatini boshqarish
tuzilmasini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Qarorini qabul
qildi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2000-yil 27-dekabrdagi F-1313
– son Farmoyishi bilan tuzilgan kimyo tarmog‘ini boshqarish tizimini va
qishloq xo‘jaligini kimyoviy preparatlar bilan ta’minlashni takomillashtirib,
ochiq aksiyadorlik jamiyati shaklidagi «O‘zkimyosanoat» davlat aksiyadorlik
kompaniyasi tashkil etildi.
O‘zbekiston kimyo sanoati korxonalari uyushmasi o‘rniga «O‘zkimyo- sanoat»
davlat aksiyadorlik kompaniyasi faoliyat yuritadi. «O‘zkimyosanoat» DAKning
asosiy vazifasi:
• kimyo sanoati korxonalarini chuqur isloh qilish va xususiylashtirish,
ushbu maqsadlar uchun chet el va mamlakatimiz investorlarini keng jalb etish;
• tarmoqni rivojlantirishning kimyo sanoatini barqaror rivojlantirishga,
respublikaning mineral o‘g‘itlariga hamda kimyo mahsulotlarining boshqa
turlariga bo‘lgan ehtiyojini ta’minlashga yo‘naltirilgan o‘rtacha va uzoq
muddatli dasturlarni ishlab chiqish va amalga oshirish;
• kimyo mahsulotlari tashqi bozorining marketing tadqiqotlarini amalga
oshirish hamda shu asosda eksport salohiyatini kengaytirishni ta’minlash,
jahon bozorlarida raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarishni ko‘paytirish va
ularni eksportga yetkazib berish;
• kimyo sanoatini zamonaviylashtirish, rekonstruksiya qilish va texnika
bilan qayta jihozlashga yo‘naltirilgan yagona texnika siyosatini o‘tkazish,
resurslarni tejaydigan samarali texnologiyalarni joriy etish, ishlab chiqarishni va
butlovchi buyumlar tayyorlashni mahalliylashtirishni rivojlantirish;
• menejmentning zamonaviy usullarini egallagan va bozor sharoitlarida
samarali ishlashga qodir bo‘lgan muhandis-texnik va boshqaruv kadrlari
malakasini oshirish hamda ularni qayta tayyorlash kabi vazifalar yuqoridagi
Qarorda belgilab berildi.
Kompaniya korxonalarini xorijiy investorlarni jalb qilgan holda
bosqichma-bosqich ochiq aksiyadorlik jamiyatlariga aylantirish tadbirlarini
belgilangan tartibda amalga oshirmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulk
qo‘mitasi va «O‘zkimyosanoat» DAKga kimyo sanoati korxonalarini
xususiylashtirish uchun xorijiy konsalting va baholash kompaniyalari,
moliyaviy agentliklarni jalb etishib, buning uchun zarur mablag‘lar ajratildi.
«O‘zkimyosanoat» DAKga maqsadli Kimyo sanoati tashkilotlarini rivojlantirish
va qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasini tashkil etish huquqi berildi.
Do'stlaringiz bilan baham: