Marketingning asosiy vazifasi – funksiyasiga sotib olish, sotish, mahsulot
tashish va uni saqlash, saralash, moliya mablag‘i bilan ta’minlash, mahsulotni
ko‘rgazmaga qo‘yish va bozor ma’lumotlarini yig‘ishdan iborat.
Marketing bozor holati to‘g‘risida doimiy ma’lumotga ega bo‘lib, qishloq
xo‘jalik mahsulotlariga bo‘lgan talab dinamikasi va bahosiga oid ma’lumotlar
o‘rganish, dasturni ishlab chiqish uchun jahon bozori holati va dinamikasi
to‘g‘risida yetarli ma’lumotga ega bo‘lish kerak.
Bunday ma’lumotlarni olish har xil yo‘l bilan amalga oshirilishi mumkin.
Birinchidan, mamlakat miqyosida dehqonchilik mahsuloti bahosi va unga
bo‘lgan talab tegishli axborot organlari tomonidan ta’minlanadi. Ikkinchidan,
amaldagi marketing bo‘linmalari xizmatiga murojaat qilish yoki bir necha
tovar ishlab chiqaruvchilar kooperativini tashkil etish maqsadga muvofiq
bo‘ladi. Tashqi bozor holati bilan tanishish uchun dehqonchilik bozori holatini
o‘rganish bilan shug‘ullanuvchi eksport tashkilotlariga murojaat qilish lozim.
Tovar ishlab chiqaruvchilar faoliyatida ko‘rgazma muhim o‘rin tutadi.
Ko‘rgazma tor ma’noda mahsulotga bo‘lgan talabni yanada oshirish uchun
xizmat qiladi.
Mahsulot ko‘rgazmasini tashkil etish yo‘llari har xil. Axborot organlari orqali
ko‘rgazmalar tashkil etish, katologlar, shiorlar, bukletlar ishlab chiqish va
hokazo. Mahsulot turlari (sabzavot, meva, zotli mollar va qo‘ylar) bo‘yicha
umumiy va ixtisoslashgan ko‘rgazmalar va mahsulotni sotish bo‘yicha
yarmarkalar tashkil etish. Yarmarka va ko‘rgazmalar savdo bitimlari tuzish joyi
bo‘lib ham xizmat qiladi.
Marketing vazifalari orasida bozorni har tomonlama o‘rganish muhim
ahamiyatga ega. Turli guruhdagi iste’molchilar talabi va ehtiyojini qondirish
uchun ishlab chiqarishga va mahsulotlarni realizatsiya qilishga bog‘liq
tadbirlarni ishlab chiqishga to‘g‘ri keladi. Bu esa o‘z navbatida bozor
iqtisodiyotini o‘rganuvchi mutaxassislar va marketinglar tomonidan tovar
mahsulotlari ishlab chiqaruvchilarning ilmiy va amaliy faoliyatiga tegishli
axborotlarni yig‘ish, tahlil qilish bilan bog‘liq bo‘lgan kompleks ishlarni
bajarishdir.
Tovarning raqobat qobiliyatini aniqlash muhim ahamiyatga ega. Bu bir xil
tovar ishlab chiqaruvchilar tovarlarini taqqoslash yo‘li bilan, ya’ni tovarning
sifati, bahosi va unga sarf qilingan xarajatlar bilan aniqlanadi. Aniqlangan
kamchiliklarni bartaraf etish tovarning raqobat qobiliyatini oshiradi.
Mahsulot sifati muhim iqtisodiy kategoriya bo‘lib, mahsulot sifatini
yaxshilash aholini oziq-ovqatga bo‘lgan ehtiyojini to‘la-to‘kis qondirishga
xizmat qiladi, qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishi samaradorligini oshirish
imkonini beradi. Mahsulot sifatiga talab, iste’molchilar va davlat organlari
tomonidan shakllanadi. Mahsulot sifatini aniqlovchi omil-iste’molchining talabi,
bozor va raqobatdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |