Monopollashgan bozor — bu ozchilik sotuvchilar va xaridorlar xukmron bo’lgan, raqobat cheklangan yoki raqobat umuman yo’q bozor.
Monopollashgan bozorning o’zi uch xil bo’ladi: monopol raqobatli bozor, oligopolistik bozor, sof monopoliya bozori.
Monopol raqobatli bozor — unda nisbatan ko’p bo’lmagan firmalar ishtirok etadi, ularning bozordagi hissasi katta bo’lmaydi, ular bozorda har xil, lekin bir-birining o’rnini bosa oladigan tovarlar (masalan, qurtka, plash, palto) bilan ishtirok etadilar, ulardan har biri boshqasi bilan raqobatlashadi.
Oligopolistik bozor — unda sanoqli, ozchilik firmalar va kompaniyalar hukmron bo’ladi, lekin ular ham o’zaro raqobatlashadilar bu erga bir xil yoki farqlanuvchi tovarlar chiqariladi. Raqobat ko’p hollarda ishlab chiqaruvchilar bilan xaridorlar o’rtasida yuz beradi.
Sof monopoliya bozorida — unda sotuvchi sifatida bir firma tanho hukmron bo’ladi, butun bir tarmoq shu firmadan iborat bo’lib, undan boshqa tovar beruvchi bo’lmaydi, uning tovarini o’rnini bosadigan boshqa tovar ham topilmaydi. Bu erda raqobat bo’lmaydi.
Bozorda talab va taklif uchrashadi. Agar talab xaridor tomonidan bo’lsa, taklif ishlab chiqaruvchi qo’lida bo’ladi.
Bozor sub’ektlari o’z manfaatlarini ko’zlaydi. Bozor ular xatti-harakatlarini muvofiqlashtiradi, shu orqali ular manfaati amalga oshadi.
Bozordagi aloqalar narx vositasida o’rnatiladi. Oldi-sotdi ma’lum narxga binoan amalga oshadi va rasmiylashtiriladi. Bozorda tijorat faoliyati bilan birjalar, savdo uylari, tijorat firmalari, auktsionlar, yakka savdogarlar, tovar ishlab chiqaruvchilarning o’zlari shug’ullanadi. Bevosita bozor aloqasi yuz berganda tovar ishlab chiqaruvchi yoki uning vakili iste’molchi, ya’ni xaridorning o’zi bilan to’g’ridan-to’g’ri oldi-sotdi ishlarini olib boradi. Bilvosita munosabat paydo bo’lganda ishlab chiqaruvchi bilan xaridor o’rtasida aloqalarni o’rnatishda vositachi tijorat ahli ishtirok etadi.
II. 2. Ilm-fan va innovatsiyalar mamlakat taraqqiyotining zaminidir
Davlatimiz rahbari Oliy Majlisga Murojaatnomasida 2020-yilning murakkab shart-sharoitida xalqimiz salomatligi yoʻlida bajarilgan ishlar, shuningdek, davlat va xoʻjalik boshqaruvida davr talab qilgan yangi usullarga oʻtilgani, xalq xoʻjaligining barcha sohalarida tezkor moslashuv va yangi yechimlar natijasida oʻsish va rivojlanish taʼminlanganini taʼkidladi. Mamlakatdagi tub yangilanish va islohotlarning bir zum ham toʻxtab qolmaganiga eʼtibor qaratib, ushbu hayotbaxsh jarayonda oʻzining fidokorligi, sadoqati, vatanparvarligi bilan xalq xizmatida boʻlgan yurtdoshlarimizga samimiy minnatdorlik bildirdi.
Prezidentimiz Murojaatnomada ilm-fan va innovatsiyalarga alohida toʻxtalib, “Mamlakat taraqqiyotining zamini, hech shubhasiz, ilm-fan va innovatsiyalardir”, degani barchamizda gʻurur va faxr-iftixor tuygʻularini uygʻotish bilan birga, zimmamizga ulkan masʼuliyat ham yukladi.
Kirib kelayotgan yangi yilimizning “Yoshlarni qoʻllab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili” deb atalishi boshqa sohalar bilan bir qatorda mazkur yoʻnalishlarda innovatsiyalarni yana-da kengroq joriy etishni taqozo etadi.
Mamlakatimiz rahbari yoshlarga sifatli taʼlim berish, ularni ilm-fanga qiziqtirish va tadbirkorlikka yoʻnaltirishni eng muhim omil sifatida qayd etdi. Kelgusi yilda oliy taʼlim muassasalari va ilmiy tadqiqot institutlaridagi doktorantlar sonini 4,5 ming nafarga yetkazish topshirigʻini berdi. Bu 2017-yildagi koʻrsatkichdan uch barobar koʻp va yoshlarning ilm-fan bilan shugʻullanishiga katta imkoniyatlar ochadi. Bu maqsadga erishish uchun byudjetdan qoʻshimcha 240 milliard soʻm ajratilayotgani boʻlgʻusi olimlarimizning sifatli bilim olishi, oʻz qobiliyat va salohiyatini toʻlaligicha ilmiy tadqiqot ishlariga yoʻnaltirishi uchun zamin yaratadi13.
Joriy yilda Oʻzbekiston Global innovatsion indeksda 29 pogʻona yuqoriladi. Aynan mazkur indeks davlatlardan ilmga asoslangan iqtisodiyotni rivojlantirish koʻlamini belgilaydi. Indeks indikatorlari chuqur tahlil qilinsa, ularning har biri ortida inson kapitali, yaʼni ilm-fan yutuqlari natijalari yotganini koʻrish mumkin. Oʻz navbatida, Global innovatsion indeks bevosita mamlakatlarning iqtisodiy jihatdan qay darajada rivojlanganini ham koʻrsatadi. Undagi mavqei ham mamlakatning yalpi ichki mahsulot boʻyicha dunyo mamlakatlari orasidagi nufuzini koʻrsatadi. Bu taʼlim sifati yuqori, ilm-fan taraqqiy etgan davlatlarning iqtisodiy koʻrsatkichlari ham yuqori boʻlishini isbotlaydi.
Murojaatnomadan koʻtarilgan masalalar ijrosi, ayniqsa, doktorantlar sonini koʻpaytirish, taʼlimning uzluksizligini taʼminlash Global innovatsion indeksdagi mavqeimizning yana-da yuqorilashiga xizmat qiladi. Demak, iqtisodiy koʻrsatkichlarimiz oʻsib, aholi turmush tarzi yaxshilanadi. Prezidentimiz “Iqtisodiy erkinlik” reytingida mamlakatimiz 26 pogʻona yuqorilagani islohotlarimizning xalqaro maydondagi yana bir eʼtirofi boʻlganini qayd etdi. Bir-biriga bogʻliq boʻlgan mana shu reytinglarda Oʻzbekistonning yuqori pogʻonalarga koʻtarilishi yurtimizdagi keng koʻlamli, teran islohotlarning natijasidir.
Innovatsion rivojlanishda taʼlim eng muhim jihat sanaladi. Aynan taʼlim sohasi innovatsiyaning dastlabki qadamlaridandir. Oʻtgan davr mobaynida yoshlarni oliy taʼlimga qamrab olish darajasi 9 foizdan 25 foizga yetgani quvonarli natija, albatta. 2020-yilda mamlakatimiz tarixida ilk bor matematika, kimyo, biologiya va geologiya fanlari ilmning ustuvor yoʻnalishlari sifatida belgilanib, ularni kompleks rivojlantirish choralari koʻrilgan boʻlsa, 2021-yilda fizika fani va xorijiy tillarni oʻrganish birinchi oʻringa qoʻyildi.
Darhaqiqat, dunyodagi barcha kashfiyotlarning yaratilishida fizika fani fundamental asosdir. Ushbu fan qonuniyatlari yuqori texnologiyalar bilan bogʻliq sohalarni rivojlantirishga hissa qoʻshsa, xorijiy tillarni mukammal bilish yoshlarga zamonaviy bilimlarni yana-da kengroq egallashga yordam beradi. Bu, ayniqsa, Innovatsion rivojlanish vazirligi masʼul boʻlgan soha — ilm-fan rivojlanishining muhim jihatidir.
Bu yil olimlarning ingliz tilini puxta egallashiga yordam beruvchi “English for science” loyihasi yoʻlga qoʻyilgani tadqiqotchilarimizning ilmiy izlanishlari uchun zarur boʻlgan akademik ingliz tilini oʻrganishiga xizmat qilyapti. Shu bois, vazirlikda ingliz tili kunlarini joriy etish vaqti ham keldi, deb oʻylayman. Xodimlar, vazirlikka keluvchilarning oʻzaro ingliz tilida, deylik, haftaning bir kunida gaplashishi oʻz ustida tinimsiz mehnat qilishiga, oʻrgangan koʻnikmalarini amalda ishlatishiga koʻmaklashadi.
Hozir xorijiy tillardagi ilmiy va badiiy adabiyotlarni oʻzbek tiliga oʻgirish boʻyicha ham qator loyihalar amalga oshirilmoqda. Masalan, Andijon davlat universitetida Lugʻatshunoslik va tarjimashunoslik innovatsion markazi tashkil etilgan. Bu dunyo ilmidagi qaynoq maʼlumotlarning oʻzbek tilida muntazam taqdim etilishi, yosh avlodni yangiliklardan xabardor etishning eng samarali yoʻlidir.
Innovatsion rivojlanish vazirligi huzuridagi Yoshlar akademiyasi aʼzolari soni hozir 1800 nafarga yetdi. Respublikamiz viloyatlarida 15 nafar yetakchi tanlab olindi. Bu yil yoshlar oʻrtasida eng yaxshi ilmiy ishlanmalar uchun umumiy qiymati 30 milliard soʻmdan ortiq boʻlgan “Yosh olimlar” innovatsion loyihalar tanlovi eʼlon qilingan edi. Mazkur tanlov oʻzining ijobiy tomonlarini namoyon qilgani bois, 2021-yilda vazirligimiz va boshqa davlat organlari bilan birgalikda maktab oʻquvchilari va oliy oʻquv yurtlari talabalari oʻrtasida “Boʻlajak olim” tanlovi tashkil qilinadi. Yoshlarning eng yaxshi innovatsion hamda startap loyihalarini roʻyobga chiqarish uchun 50 milliard soʻm mablagʻ yoʻnaltiriladi. Prezidentimiz tomonidan berilgan mazkur taklif maktab va oliy taʼlim tizimidagi iqtidorli yoshlarni qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan. Ushbu tanlov doirasida ilmiy ctartaplarni 50 million soʻmlikkacha moliyalashtirishning soddalashtirilgan tizimi loyihasi ishlab chiqildi14.
Prezidentimiz pandemiya sharoitida tibbiyot sohasini raqamlashtirish naqadar muhim ekanini eslatdi. Tibbiyot muassasalarida masofaviy xizmatlarni koʻpaytirish, poliklinika va shifoxonalarni elektron ish yuritishga oʻtkazish choralari koʻrilishi pandemiyadan keyingi hayotimizga ham qulayliklar kiritadi. Teletibbiyot imkoniyatlaridan yana-da kengroq foydalanish esa uzoq hududlardagi bemorlarga oʻz vaqtida tibbiy yordam koʻrsatish, ularni yoʻl azobidan qutqarishga xizmat qiladi. Mamlakatimizning eng chekka va ekologik jihatdan koʻp aziyat chekkan hududlaridan biri — Moʻynoq tumanida faoliyat yuritayotgan Innovatsion teletibbiyot klinikasida Oʻzbekistonda ilk bor chekka hududlardagi aholini respublika markazidagi malakali shifokorlar va dunyoning istalgan nuqtasidagi tibbiyot muassasalari mutaxassislari bilan real vaqt oraligʻida bogʻlanib, (onlayn) tibbiy koʻrikdan oʻtkazish va sifatli tibbiy xizmat bilan taʼminlash, terapevtik davo maslahatlarini olishiga koʻmaklashish imkoniyati yaratildi. Shifokor real vaqtda masofadan bemorning videotasvirini koʻribgina qolmay, uning ichki organlaridagi oʻzgarishlarni ultratovush apparati, teri qoplamini dermaskop, quloq, burun va tomoq kasalliklarini otoskop, yurak-qon tomir kasalliklarini stetoskop, tanometr, pulsoksimetr va EKG, koʻz kasalliklarini oftalmoskop va boshqa jihozlar
yordamida tekshiradi. Xuddi bemor yonida oʻtkazilgan koʻrik sifatiga teng sifatli tekshiruv usullaridan foydalanib, tashxislash va terapevtik davo oʻtkazish imkoniyati mavjud. Bunda bemorning chekka hududdan markazga kelishiga zarurat qolmasligi muhim.
Birgina mana shu misol mamlakatimizda ulkan iqtisodiy va ilm-fan taraqqiyoti yoʻlidagi yangiliklar innovatsion gʻoyalarga asoslangan holda amalga oshirilayotganining dalilidir. Shunday muassasalardan biri Qoraqalpogʻiston Respublikasining Beruniy tumanida ham tashkil etilgan. Mazkur DMC innovatsion klinikasi birinchilardan boʻlib ochilayotgan koʻp tarmoqli innovatsion klinika hisoblanadi. Bugungi kunda ushbu klinika Qoraqalpogʻiston sogʻliqni saqlash tizimiga yangi texnologiyalar va innovatsiyalarni olib kirdi. Klinikada eng soʻnggi turdagi zamonaviy tibbiyot uskunalari oʻrnatilgan. Binosi esa boshqa klinikalarni takrorlamagan holda, oʻziga xos uslubda qurilgan.
Beruniy DMC innovatsion klinikasi sogʻliqni saqlashning bir necha yoʻnalishlari, jumladan, kardiologiya, oftalmologiya, quloq-burun kasalliklari, ortopediya, stomatologiya, klinik laboratoriya va instrumental tekshiruvlar boʻyicha jahon standartlariga mos, yuqori darajali tibbiy xizmatlar koʻrsata oladi. Shuningdek, klinikada jarrohlik boʻlimi mavjudligi fuqarolarga shu joyning oʻzida malakali tibbiy yordam olish imkoniyatini beradi. Aynan DMC innovatsion klinikasida hozir eng murakkab jarrohlik amaliyotlaridan biri — koʻz shohpardasini koʻchirib oʻtkazish yoʻlga qoʻyilgan. Buning uchun koʻz shohpardalari banki ham tashkil etilgan.
2020-yilda kimyo-biologiya fanlarini rivojlantirishga qaratilgan alohida eʼtibor tufayli biofarmatsevtika, biotibbiyot, fudomiks kabi yangi yoʻnalishlar boʻyicha qator loyihalar amalga oshirilishiga start berildi. Biotexnologiyalar nafaqat tibbiyot, balki qishloq xoʻjaligining ham rivojlanishiga turtki boʻlmoqda. Prezidentimiz Murojaatnomasida har gektar yerdan olinadigan daromadni hozirgi oʻrtacha 2 ming AQSH dollaridan kamida 5 ming dollargacha yetkazish ustuvor vazifa qilib qoʻyildi. Buning uchun qishloq xoʻjaligiga eng ilgʻor texnologiyalar, suv tejaydigan biotexnologiyalar, urugʻchilik, ilm-fan va innovatsiyalar sohasidagi yutuqlarni keng joriy etishimiz lozimligini qayd etdi. Aynan biotexnologiyalar tabiiy resurslardan samarali foydalanish, insoniyat uchun xavfsiz oziq-ovqat mahsulotlari yetkazib berishini inobatga olgan holda, vazirlik huzuridagi Ilgʻor texnologiyalar markazining fudomiks laboratoriyasi tashkil etilmoqda.
Umuman, bu yil Ilgʻor texnologiyalar markazi tomonidan amalga oshirilayotgan qator ilmiy tadqiqot ishlari oʻz samarasini koʻrsatdi. Markaz olimlari tomonidan yaratilgan koronavirusni aniqlovchi test pandemiya davrida xorijdan eksport qilib olib kelinayotgan testlar miqdorini keskin kamaytirishga xizmat qildi. Pandemiya avjiga chiqqan davrda olimlar kunu tun mehnat qilib, haftasiga 50 mingtadan test ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻydi. Endi esa xuddi shu markaz yana bir muhim tadqiqot — Xitoyning ZF 2001 rekombinant vaksinasining uchinchi bosqichi sinovlarini oʻtkazishda yetakchilik qilmoqda.
Kelgusi yili barcha viloyatlarda Qishloq xoʻjaligida bilim va innovatsiyalar markazlari tashkil etilib, ularda “yagona darcha” tamoyili asosida yuzdan ortiq agroxizmat koʻrsatish yoʻlga qoʻyilishi koʻzda tutilgan. Bu esa qishloq xoʻjaligi sohasidagi ilmiy ishlanmalarni amaliyotga tatbiq etishga xizmat qiladi.
Qashqadaryo viloyatida quyonning mahalliy sharoitga mos keladigan zotlarini yaratish, Navoiy viloyatida yomgʻirlatib sugʻorish tizimlarini sinovdan oʻtkazish, hindistonlik hamkorlar bilan urugʻchilik kompaniyalari tashkil etilishi natijasida olingan bilimlar mana shu markazlarni ishga tushirishda plasdarm boʻladi.
Innovatsiyaning katta boʻgʻimi tadbirkorlardir. Aynan ular ilmiy ishlanmalarni hayotga tatbiq etadi. Prezidentimiz tadbirkorlarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash, ularga preferensiyalar berilishiga eʼtibor qaratdi. Innovatsion rivojlanish vazirligi ham kelgusi yilda innovatsion tadbirkorlar va startapchilarni qoʻllab-quvvatlash bilan bogʻliq faoliyatini kengaytirishni rejalashtirgan. Vazirlik tomonidan tashkil etilayotgan akseleratorlar startaplar va ilmiy ishlanmalarni takomillashtirish, ularni ichki va tashqi bozorlarga olib chiqishga koʻmaklashish imkonini beradi.
Davlatimiz rahbari oʻz Murojaatnomasida kelgusi yilda tavalludining 580-yilligi nishonlanadigan ulugʻ mutafakkir bobomiz Alisher Navoiyning “Quyoshlik istasang, kasbi kamol et”, degan misrasini bejiz misol qilib keltirmadi. Bu yerda soʻz oʻz sohasining, oʻz kasbining yetuk namoyandasi darajasiga erishish, vatanparvarlik, fidoyilik, burch va sadoqat kabi yuksak fazilatlar haqida bormoqda. Mehnatsevar va fidoyi yurtdoshlarimizni, ayniqsa, yoshlarimizni ilhomlantiruvchi ushbu hikmatli soʻzlar davlatimiz rahbari 2021-yilda belgilab bergan vazifalarni toʻlaligicha ado etishda, xalqqa xizmat qilishdek sharafli va masʼuliyatli burchni bajarishda barchamizga qanot baxsh etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |