Kurs ishining maqsadi va vazifalari. Fan va texnika tarqqiyoti sanoat iqtisodiyotining rivojlanishiga ta’sir ko’rsatadigan tarmoqlarini aniqlash. fan va texnika taraqqiyotining asosiy yo’nalishlari haqida ma’lumotlar to’plash, fan va texnika taraqqiyiotining iqtisodiy samardorligini aniqlash.
Ushbu maqsadni amalga oshirishda quydagi vazifalar belgilab olinadi:
ilmiy-texnik taraqqiyoti va uning mohiyatini aniqlash;
fan-texnika taraqqiyotining iqtisodiy tizim tomondan takror ishlab chiqarish muammolarini ko’rib chiqish;
ilmiy-texnik taraqqiyotning zamonaviy xususiyatlarini taxlil qilish;
fan va texnika taraqqiyotining asosiy yo’nalishlari haqida ma’lumotlar to’plash;
fan va texnika taraqqiyiotining iqtisodiy samardorligini aniqlash;
yurtimizdagi siyosatning fan-texnika va sanoat ishlab chiqarish korxonalariga ta’sirini ko’rib chiqish.
I.1.Fan tushunchasi, strukturasi va rivojlanish qonuniyatlari, hozirgi zamon fanining o‘ziga xos xususiyatlari
Fan insoniyat taraqqiyotining mahsuli bo‘lib, bilim, faoliyat va ijtimoiy hodisa sifatida namoyon bo‘ladi. Fan insoniyat kundalik ehtiyojidan kelib chiqqan, aniq, izchil, tadrijiy bilimga qaratilgan. Fanning negizini ilmiy omillar va empirik xulosalar tashkil etadi. Ijtimoiy madaniy hodisa sifatida fan ikki yo‘nalishda: davlat boshqaruv tizimi va jamoa sifatidagi fanda namoyon bo‘ladi. Fanning etukligi aniqlik bilan birga teran nazariy, konseptual daraja bilan ham belgilanadi. Fan jamiyat taraqqiyotiga ta’sir ko‘rsatish bilan birga madaniyatni birdan bir barqaror poydevori hisoblanadi.
Ijtimoiy madaniy hodisa sifatida fan sivilizatsion rivojlanish bilan taqqoslanadi. A.Toynbi o‘zining “Tarix maxv etadi” nomli fundamental tadqiqotida sivilizatsiyaning 21 tipi haqida fikr yuritib, birlamchi, ikkilamchi, uchlamchi sivilizatsiyalar davrida fan taraqqiyoti masalalarini tahlil qilgan. Sivilizatsiyalar an’anaviy va texnogen sivilizatsiyalarga bo‘linadi. Texnogen sivilizatsiyalar XV – XVIII asrlarda Evropada vujudga kelib ular uch bosqich: oldindustrial, industrial, postindustrial bosqichlarga bo‘linadi va 300 yillik tarixga ega. Fan tarixining empirik bazasini ilmiy matnlar, kitoblar, jurnal maqolalari, olimlarning o‘zaro yozgan maqolalari, nashr qilinmagan qo‘lyozmalar tashkil etadi. Ingliz fizik va fanshunos olimi J.Bernal (1901–1971) “Fanning ijtimoiy funksiyalari”, “Fan va jamiyat”, “Jamiyat tarixida fan” kabi maqolalar chop ettirdi4.
Fanda internalizm va eksternalizm – ikki tarixiy metodologik yondoshuv fanda muhum ahamiyatga ega.
Internalizm – fanning rivojlanishi tashqi, ijtimoiy-tarixiy omillar ta’siri bilan belgilanishi
Eksternalizm – fanning rivojlanishida ichki determenatsiya bilan tavsiflanadi, ya’ni bilib bilishga ichdan xos xos bo‘lgan qonuniyatlar bilan belgilanadi.
Fan iqtisodiy, ijtimoiy-psixologik, mafkuraviy, ijtimoiy-tashkiliy munosabatlarni o‘z ichiga olganligi tufayli ko‘plab funksiyalarga egadir. Fanning haqiqiy bilimlarni yaratish funksiyasi, loyiha-konstruksiyalash funksiyasi, madaniy-texnologik funksiyasi, madaniy funksiyasi, jamiyatdagi jarayonlarni ijtimoiy tartibga solish funksiyasi kabilar mavjud.
Fanda ilmiy daraja va ilmiy unvonlar olish, Nobel mukofoti eng nufuzli mukofot hisoblanadi. Fanning siyosat sohasidagi funksiyasi jamiyat mafkuraviy ehtiyojlariga javob berishida amal qiladi.
Fanning rivojlanish davri uch bosqichga bo‘linadi.
Miloddan avvalgi I minginchi yillikdan XVI asrgacha bo‘lgan davr. Bu davrda natur falsafa negizida rivojlandi. Barcha fanlar falsafa tarkibida bo‘lb, asta-sekin ayrim fanlar: matematika, astronomiya, tibbiyot ajralib chiqdi.
XVI – XVII asrlarda klassik fan davri bo‘lib, XIX asrgacha davom etdi. Kopernik va Galileydan boshlanib, Nyuton bilan davom etdi. Fan faoliyatning alohida mustaqil sohasiga aylandi. XVII asrda dastlabki akademiyalar: London qirollik jamiyati (1660), Parij fanlar akademiyasi (1666), Berlin (1770), Sankt-Peterburg (1724), Stokgolm akademiyasi (1739) kabilar vujudga keldi.
XIX asr oxiri – XX asrning 70-yillari Noklassik fan davri.
Bu davrda o‘nlab yangi fanlar vujudga keldi, fan sohalarida fundamental nazariyalar yaratildi. Texnika fanlari ishlab chiqarishda muhim rol o‘ynay boshladi, fandagi ijtimoiy rol kuchaydi. XVIII asrda 10 ming, XIX asrda 100 ming kishi fan bilan shug‘ullandi. Holbuki XVI asrda fan bilan shug‘ullanganlarning yarmidan ortig‘i ruhoniylar edi. 1850 yilda 1000 ta, 1950 yilda 10 mingta ilmiy jurnallar bosildi. Laboratoriyalar vujudga kelib, fan tijoratchi, tadbirkorlar diqqatini o‘ziga tortdi5.
“Fanda inqilob” atamasi keng qo‘llanilib, XX asrning so‘ngi o‘n yilligida fan-texnika taraqqiyoti (axborot-kompyuter) bosqichiga qadam qo‘ydi. Axborot jamiyat rivojlanishining muhim bosqichi bo‘ldi. Fan yutuqlaridan amalda foydalanish 2-3 yilda o‘z natijasini bera boshladi. Hozirgi zamon fani “Katta fan” deb nom oldi, er yuzidagi olimlar soni 5-6 mlnga etdi. XXI asr dastlabki o‘n yilligida 6 mln olimlar 15 ming fan yo‘nalishi, 100 ming ilmiy jurnallar yuzga keldi. YAngi energiya manbalari va axborot texnologiyalari hozirgi zamon fani istiqbollari bo‘lib qoldi.
Fanning internatsionallashuv jarayoni kuchaymoqda, “Tutash fanlar” paydo bo‘lish jarayoni kuchaymoqda.
Fan obrazi ijtimoiy ongda namoyon bo‘lishi murakkab bo‘lib, u madaniyatning muhum hodisalaridan biri sifatida ijtimoiy taraqqiyotni ta’minlaydigan, qo‘llab quvvatlash kuchi hisoblanadi.
Qadim zamonlarda fan donishmandlarning aqliy mashg‘uloti bo‘lsa, o‘rta asrlarda fanga yuqori nazar bilan qaralmagan, XVIII – XIX asrlarda Evropada jamiyat taraqqiyotini ta’minlovchi kuch sifatida qaralgan, ilmiylik o‘ziga xos sifat belgisiga aylangan. Keyinchalik keng jamoatchilikda fan olimlari faoliyat turi degan fikr shakllangan. Fanlar tasnifida xotiraga – tarix, tasavvurga – geodeziya, tafakkurga – falsafa mos keladi. Xullas, fan tushunchasi hozirda ham uzul-kesil to‘la ta’rifiga ega bo‘lmagan, tuzilmasi murakkab, rivojlanish qonuniyatlari ziddiyatli atama hisoblanadi. Hozirgi zamon fanida esa “sof fan” tushunchasi o‘rnida fanlarning differensiatsiyasi (tarmoqlarga bo‘linishi) va integratsiyasi (fanlar birikishi, yaxlit majmua) jarayoni kuzatilmoqda. Hozirgi zamon fani hayotning barcha jabhalarida qudratli kuchga aylandiki, ayni paytda uning yutuqlari inson uchun xavfli bo‘layotganligini ham unutmaslik kerak.
Fan va texnika doimo taraqqiy etib keldi. Biroq bu taraqqiyot XX asrdan boshlab misli ko‘rilmagan darajada o‘sib ketdi. SHu tufayli adabiyotlarda ilmiy-texnika inqilobi (ITI) iborasi ishlatila boshlandi. Ilmiy texnika inqilobi XX asrning 60-yillarida ilk bor AQSHda boshlandi.
Ilmiy-texnika inqilobi - bu XX asrda fan va texnikada ro‘y bergan olamshumul, buyuk kashfiyotlar tufayli fanning bevosita jamiyat ishlab chiqaruvchi kuchiga aylanganligidir. Bu tarixiy hodisa ITIning asl moxiyatini tashkil etadi. ITI fan bilan texnikaning, fan bilan ishlab chiqarishning uyg‘unlashuviga, fan yutuqlarining ishlab chiqarish kuchiga aylanishiga olib keldi. Bu qo‘shiluv, integratsiya o‘z navbatida, kashfiyotlarning ishlab chiqarishga joriy etilishi muddatining qisqarishini ta’minladi. Oxir-oqibatda ilmiy yutuqlarni ishlab chiqarishga jalb etish muddati 20-30 yildan, 10-5, 5-3 yilga qadar qisqardi.
ITI ishlab chiqaruvchi kuchlarning hamma komponentlarini (energiya, lazerlar, robotlar, texnika, mexnat materiallari, texnologiya) va, xatto, odamlarning o‘zini ham o‘zgartirib yubordi. CHunonchi, energiya manbaiga oshib borgan extiyoj mutlaqo yangi manba - atom elektr stansiyalari barpo etilishiga olib keldi. SHuningdek, quyosh, okean, chuqur er osti energiyasidan foydalanishning ham kashf etilishini ta’minladi.
Ishlab chiqarish kompleks avtomatlashtirildi. 1946 yilda amerikalik olimlar J. Mashli va J. Ekkert birinchi kompyuterni yaratdilar. Tez orada kompyuter tizimlari bilan boshqariladigan texnologiya joriy etildi. Bu, aslida, odamsiz (robot) boshqariladigan texnologiya edi. Biroq ITI qanchalik qudratli bo‘lmasin, u inson omilini ishlab chiqarish jarayonidan siqib chiqara olmadi. Aksincha, u insonni o‘ta mukammal va murakkab texnika hamda texnologiyani o‘zlashtirib olishiga sabab bo‘ldi.
Ilmiy-texnika inqilobi insonning o‘z bilimi, malakasini zamon talabi darajasida o‘stirib borishini zaruratga aylantirib qo‘ydi. Binobarin, insonning intellektual qobiliyati, ongi, dunyoqarashi jadal o‘zgarib bormoqda. Bugungi ishchi, muxandis XX asr boshlaridagi ishchi yoki muxandis emas. Bugungi ishchi (xodim) mashina elementi emas, balki mashinani nazorat etuvchisidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |