Mavzu: fan-texnika taqaqqiyoti iqtisodiy rivojlanish omili sifatida



Download 91,76 Kb.
bet1/11
Sana20.07.2022
Hajmi91,76 Kb.
#830428
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
KURS ISHI


O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O`RTA MAXSUS TA`LIM VAZIRLIGI
…………………………………………………………………………………………………..
…………………………………………………………………………………………………….
«IQTISODIYOT» fanidan
K U R S I S H I

MAVZU: FAN–TEXNIKA TAQAQQIYOTI – IQTISODIY RIVOJLANISH OMILI SIFATIDA

Bajardi: ………………………………. guruhi talabasi ……………………….
(imzo) (ismi sharifi)

Kurs ishi himoya qilingan sana “____” __________2022 y.
Baho “_____” ___________

Ilmiy rahbar: ………………………….
(imzo) (ismi sharifi)
Komissiya a`zolari: __________ ____________________
(imzo) (ismi sharifi)
__________ ____________________
(imzo) (ismi sharifi)

………………… – 2022 yilI


Fan – texnika taqaqqiyoti – iqtisodiy rivojlanish omili sifatida.
Reja:
KIRISH
I. BOB. SANOATDA FAN VA TEXNIKA TARAQQIYOTI YUTUQLARIDAN FOYDALANISH AHAMIYAT
I.1.Fan tushunchasi, strukturasi va rivojlanish qonuniyatlari, hozirgi zamon fanining o‘ziga xos xususiyatlari
II. 2. Sanoatda fan va texnika taraqqiyotining asosiy yo’nalishlari
II. BOB. FAN VA TEXNIKA TARAQQIYOTINING IQTISODIY SAMARDORLIGINI ANIQLASH
II. 1. Bozorning vazifalari va iqtisodiy ahamiyati
II. 2. Ilm-fan va innovatsiyalar mamlakat taraqqiyotining zaminidir
II. 3. Ta’lim mazmunida “Fan, ta’lim va amaliyot” integrasiyasining zarurligi

Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar



Kirish
Mavzuning dolzarbligi: Mamlakatimizda keyingi yillarda taraqqiyotning yangi bosqichiga qadam qo‘yildi. Iqtisodiyotda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar, modernizatsiya, tarkibiy o‘zgarish va diversifikatsiya natijasida yangidan-yangi zamonaviy tarmoqlar va ishlab chiqarish quvvatlari, yangi energiya manbalari, turli xil infratuzilmalar, yo‘llar, transport vositalari ishga tushirilmoqda. Milliy valyutamizni erkin konvertatsiya qilishga kirishildi. Bu o‘zgarishlar va xalqimizning fidokorona mehnati natijasida yaratilayotgan mahsulot va ko‘rsatilayotgan xizmat turlari hajmi ko‘payib, sifati tubdan yaxshilanib borishiga, aholi daromadlari va turmush darajasining keskin o‘sishi, ularning ijtimoiy-iqtisodiy faolligi ertangi kunga bo‘lgan ishonchining tobora oshib borishiga olib kelmoqda.
Ayni paytda, mamlakatimiz Prezidenti Sh.Mirziyoyevning Oliy Majlis palatalarining qo‘shma majlisida va boshqa qator majlislarda so‘zlagan nutqlari va qilgan ma’ruzalaridan, qabul qilingan yangi farmonlar va qarorlardan hamda Oliy Majlisga murojaatnomasidan, O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha qabul qilingan strategik vazifalardan bizga shu narsa ma’lum bo‘lib turibdiki, mamlakatimizda erishilgan ulkan yutuqlar bilan bir qatorda o‘z echimini topmagan murakkab muammolar, hal qilinishi lozim bo‘lgan o‘ta dolzarb va qiyin vazifalar juda ko‘p ekan.
Mamlakatimiz prezidenti takidlaganidek, “oldimizda uzoq va mashaqqatli yo‘l turibdi. Barchamiz jipslashib, tinimsiz o‘qib-o‘rgansak, ishimizni mukammal va unumli bajarsak, zamonaviy bilimlarni egallab, o‘zimizni ayamasdan oldinga intilsak, albatta, hayotimiz va jamiyatimiz o‘zgaradi”1.
Bugungi kunda dunyoning turli mintaqalarida sodir bo‘layotgan qarama-qarshiliklarning kuchayib borishi, jahon bozorida vaziyatning tez o‘zgarayotgani dunyoning ko‘plab mamlakatlarida investitsion faollikning susayishi real iqtisodiyotda ishlab chiqarishning o‘sish sur’ati susayishi ro‘y berib, jahon bozorida xarid talabining kamayishi davom etmoqda, ishsizlik darajasi yuqoriligicha qolmoqda, ijtimoiy keskinlik kuchaymoqda. Bundan tashqari mamlakatimizdagi ayrim sohalar, tarmoqlar va kompaniyalarda eksport hajmi kamayib, import hajmi oshib ketishi, ko‘plab kapital mablag‘lar sarflanishiga qaramay ishlab chiqarish hajmi va mehnat unumdorligining sust o‘sishi fan-texnika taraqqiyoti yuz berib, yangi texnika va texnologiyalarning kirib kelishiga qaramay ketgan xarajatlar va mahsulot tannarxi pasayish o‘rniga aksincha, oshishi holati yuz berishi kabi noxush holatlar sodir bo‘lib turibdi. Bu holatlar mamlakatimiz oldida turgan keng ko‘lamli dasturiy maqsad va vazifalar – islohotlarimizni yanada chuqurlashtirish iqtisodiyotni modernizatsiyalash, diversifikatsiyalash, tarkibiy o‘zgartirish, xususiy mulk, xususiy tadbirkorlikni kuchaytirish, iqtisodiy rivojlanish yo‘lida g‘ov bo‘lib turgan barcha to‘siq va cheklovlarni bartaraf etish, O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha qisqa va uzoq muddatga belgilangan strategik vazifalar va muammolarni hal etish uchun bor kuch va imkoniyatlarimizni safarbar etishni talab qiladi.
Mamlakatimiz Prezidenti Sh.Mirziyoyev ta’kidlaganidek, hayotning o‘zi va xalqning talablari bizning oldimizga amaliy echimini topish lozim bo‘lgan yangi va yanada murakkab vazifalarni qo‘ymoqda. “O‘zbekistonni rivojlangan mamlakatga aylantirishni maqsad qilib qo‘ygan ekanmiz, bunga faqat jadal islohotlar, ilm-ma’rifat va innovatsiya bilan erisha olamiz”2.
Bizning davrimizda ilmiy va texnik taraqqiyot global ahamiyatga ega bo’lgan omilga aylandi. Ilmiy texnik taraqqiyot ko’p jixatdan mamlakatlar va mintaqalar iqtisodiyoti o’rtasidagi munosabatlarni belgilaydi. Ilmiy kashfiyotlar va ixtirolar insoniyat hayotini doimiy ravishda o’zgartiradigan ishlab chiqarish aparatlarida, ishlab chiqarishda, aholininig iste’molida keng miqiyosda axamyatlidir. Ilmiy-texnik taraqqiyot, har qanday mamlakatning ilmiy-texnikaviy salohiyati mamlakatlar iqtisodiyotining asosiy harakatlantiruvchi kuchidir. Ilmiy-texnik tadqiqotlar yangi bosqichi sharoitida, mamlakatlar iqtisodiyotini tarkibiy jihatdan moslashtirish sharoitida ilmiy va texnalogik potensial, to’plangan sanoat va ilmiy salohiyatga asoslangan rivojlanish, o’zini o’zi rivojlantirish tendensiyasi masalasi hal qiluvchi ahamiyatga ega. Sanoatda fan-texnik taraqqiyotning bevosita natijasi yangiliklardir. Bu ilmiy bilimlar, amalga oshiriladigan muhandistlik va texnalogiyadagi o’zgarishlar, murakkab jarayonlarni puxtaligini ta’minlash va yuqori texnalogiyali mahsulotni yaratish, sotish bozorini yaratish, marketing, ishlab chiqarishni kengaytirish kabi muammolarni hal qilishga qodir. Bugungi kunda dunyodagi hech bir mamlakat ilmiy va texnalogik taraqqiyotning yutuqlarini iqtisodiy jixatdan samarali amalga oshirmasdan turib, aholi daromadlari va iste’mol muammolarini hal eta olmaydi. Mamlakatning ilmiy-texnik salohiyati tabiiy va mehnat resurslari bilan bir qatorda har qanday zamonaviy mamlakat milliy iqtisodiyoti samaradorligining asosini tashkil etadi.
Yurtimiz bugungi kunda rivojlanishning tez su’ratli yo’lida bormoqda, bunda O’zbekiston Respublikasi Prizidentining 2017-yil 7- fevraldagi PF-4947- sonli farmoni bilan tasdiqlangan 2017-2021- yillarda O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustivor yo’nalishi “Harakatlar strotegiyasi”3 Respublikaning oldiga qo’ygan maqsadini ifodalovchi yo’l xaritasi xisoblanadi va unda belgilab berilgan milliy iqtisodiyotning mutanosibligi va barqarorligini ta’minlash, uning tarkibida sanoat, xizmat ko’rsatish sohasi, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik ulushini ko’paytirish, ishlab chiqarishni modernizasiya qilish, texnik va texnologik jihatdan yangilash, ishlab chiqarish, transport-kommunikasiya va ijtimoiy infratuzilma loyihalarini amalga oshirishga qaratilgan faol investisiya siyosatini olib borish kabi yo’nalishlar belgilangan.
Ayniqsa ishlab chiqarish korxonalarini modernizatsiya qilish masalasiga aloxida yondoshilgan. Shu kabi masalalarni ijobiy xal qilish xamda mamlakat iqtisodiyotining raqobatbardoshligini oshirish maqsadida innavatsion siyosatni izchillik bilan davom ettirishga qaratilgan davlat siyosatini ishlab chiqildi. Ushbu maqsadlarda 2020-yil “Ilm ma’rifat varaqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili” deb nomlandi. Albatta innovatsiyani joriy qilish fan-texnika taraqqiyoti bilan chambarchas bog’langan. Zamonaviy sharoitlarda jahon fani va innovatsiya faoliyatining yutuqlaridan keng foydalanish jamiyat va davlat hayotining barcha sohalarini izchil va barqaror rivojlantirishning, mamlakatning munosib kelajagini barpo etishning muhim omili bo‘lib bormoqda. O‘tgan davrda fan va texnologiyalarni rivojlantirish sohasida zarur infratuzilma yaratildi, muayyan intellektual va texnologik salohiyat shakllantirildi. Shu jumladan, O‘zbekistonda mustaqillikning dastlabki yillaridan mamlakatimiz ilm-fani, yetakchi ilmiy maktablar, birinchi navbatda, eng yirik va muhim ahamiyatga ega tashkilot – O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasini yanada rivojlantirish uchun mustahkam poydevor yaratishga alohida e’tibor qaratildi. Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov tomonidan ham qabul qilingan farmon va qarorlar yangi tarixiy voqeliklarga mos keladigan fan-texnika va innovatsiya sohasida davlat siyosatini izchil amalga oshirish uchun o‘ziga xos rag‘bat bo‘ldi.
Ilm-fan va ishlab chiqarishni integratsiyalashtirish, xususiy tadbirkorlar va davlat o‘rtasidagi hamkorlik, kichik va o‘rta innovatsion biznesning xalqaro aloqalarini qo‘llab-quvvatlash innovatsion faoliyatni keng rivojlantirishning muhim shartlaridir. Shuni ta’kidlash kerakki, dunyoning rivojlangan davlatlarida yangiliklarning qariyb yarmi tashkilotlar, kichik va o‘rta biznes firmalari tomonidan amalga oshirilmoqda. Chunonchi, AQSh Milliy ilm-fan fondi ma’lumotlariga ko‘ra, kichik firmalarda hayotga tatbiq etilayotgan yangiliklar soni sarf-xarajatlar birligi bo‘yicha o‘rta va yirik firmalarga qaraganda ancha ko‘pdir. Bundan tashqari, kichik firmalar yangiliklarni jadal o‘zlashtirish va iste’molchilarga yetkazib berishda ham yirik firmalarga qaraganda taxminan uchdan bir barobar ilgarilab ketgan.
Bugungi kunda fan va texnika taraqiyoti natijasida 2019-yil Sanoat mahsuloti ishlab chiqarishning o`sish sur`ati, o`tgan yilga nisbatan 108%ni,qazib oluvchi sanoat 115,8%, qayta ishlovchi sanoat 108,3%ni shu jumladan sanoat maxsuloti xajmi 148816,0 mlrd. so’mni tashkil etmoqda.

Download 91,76 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish