Mavzu: Elektromontaj ustaxonasi bilan tanishuv. Texnika xavfsizligi qoidalariga rioya etish



Download 0,8 Mb.
bet16/36
Sana10.09.2022
Hajmi0,8 Mb.
#848541
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   36
Bog'liq
Maruza el st

_

l3n birikma va detallarni kavshar­




Tozalangan suv

-

lashda qo'llaniladi



Simlarni markirovkalash vositalari va birkalar. Elektr liniyalarini tekshirishda, xatoliklarni topishda va elektr apparaturalarni ta’mirlashda yengillik tug‘dirish maqsadida montaj ishlarini olib borishda simlarni va kabel simlarini markirovka qilinadi. Ko‘ndalang kesim yuzasi 6 mm2 gacha bo‘lgan sim va kabel simlari A671 rusumli birka yordamida markirovkalanadi.
Ko‘ndalang kesim yuzasi 1 mm2 gacha bo‘lgan simlarni markirovkalashda diametriga mos keluvchi rangli polivinilxloridli naychalar qo‘llaniladi. Har qaysi nazorat kabeli yoki simlar to‘plami kuchlanishi, liniyaning ko‘ndalang kesim yuzasi va tartib raqami ko‘rsatilgan birkaga ega bo‘lishi kerak. Birkalar ruxlangan po‘lat simlar yoki kapron iplar vositasida mahkamlanadi.
Elektr zanjirlarni elektr tarmog‘iga mexanik ulash va o‘chirish maqsadida elektr ulagichlar qo‘llaniladi. Elektr ulagichlar kontaktli ulanish hosil qiluvchi sanchiqli va rozetkali qismlardan iborat bo‘ladi. Ulagichning sanchiqli qismi shtirli kontaktdan iborat bo‘ladi, rozetkali qismi esa shu shtir siqilib joylashadigan chuqurchadan iborat bo‘ladi.
Ulagichning korpusi to‘g‘ri yoki burchakli ko‘rinishda, ulanadigan kabellarning turiga qarab ekranli yoki ekransiz va ishlab chiqarishi bo‘yicha germetik yoki nogermetik bo‘lishi mumkin.
ELEKTROMONTAJ ISHLARINI BAJARISHDA
QO‘LLANILADIGANSIMLAR VA KABELLARNING
ASOSIY TAVSIFLARI
Elektr zanjirlarni montaj qilishda turli rusumdagi simlar va kabellar qo‘llaniladi. O‘zgartkich texnikasi, radioelektronika, avtomatika va telemexanika jihozlari, vositalarini ishlab chiqarish va qo‘llanish doiralarining kengayib borayotganligi sababli, montaj kabellariga bo‘lgan ehtiyojlar tinmay oshib bormoqda.
Simlar va kabel simlarining ko‘ndalang kesim yuzalari ulardan o‘tayotgan tok miqdoriga qarab tanlansa, izolatsiya turlari esa elektr jihozlarning ekspluatatsiya shartlari va kuchlanishning qiymatiga qarab tanlanadi.
Elektr zanjirlarni tashqi elektrostatik maydonlar ta’siridan himoya qilinishi zarur bo‘lgan hollarda ustki qismi ingichka ruxlangan po‘lat va mis simlardan to‘qilgan to‘qimali-ekranli sim va kabel simlari qo‘llaniladi. Sim to‘plamlarini tashqi elektrostatik maydonlardan himoyalashda simlardan to‘qilgan to‘qimalardan va metall shlanglardan foydalaniladi.
Elektr qurilmalar va avtomatika vositalari elementlarining tashqi elektrik ulanishlari nazorat, boshqaruv va signal-blokirovka kabellari bilan amalga oshiriladi.
Nazorat kabellari, asosan, statsionar o‘zgaruvchan va o‘zgarmas tok tarmoqlaridagi elektr taqsimlovchi qurilmalarga elektr asbob va apparatlarni ulashda ishlatiladi. Nazorat kabellari o‘zaro izolatsiyalangan 4; 5; 7; 10; 14;
19; 27; 37; 52; 61 tomirli qilib ishlab chiqariladi. Mis tomirlarining ko‘ndalang
kesim yuzasi 0,75; 1,0; 1,5; 2,5; 4; 6 mm2ga va aluminiy tomirlarining ko‘ndalang kesim yuzasi esa 2,5; 4; 10 mm2 ga teng qilib tayyorlanadi.
Boshqaruv kabellarining asosiy ko‘rsatkichlaridan biri ularning tashqi elektromagnit to‘lqinlarining zararli ta’siridan qanchalik muhofaza qilinganligidir. Shu ko‘rsatkich bo‘yicha boshqaruv kabellari ekranli va ekransiz turlarga bo‘linadi. Ekransiz kabellarning tomirlarining bir qismi yoki hammasi ekranli izolatsiyali tomirlardan iborat bo‘lishi mumkin. Ekranli kabellarda umumiy yoki ikki qatlamli umumiy ekran tashqi elektromagnit to‘lqinlarning zararli ta’siridan saqlaydi.
Boshqaruv kabellari o‘zaro izolatsiyalangan 3; 4; 7; 14; 19; 27; 30; 37; 52; 61; 91; 108 tomirli qilib ishlab chiqariladi. Tomirlarining ko‘ndalang kesim yuzasi 0,03; 0,05; 0,08; 0,12; 0,20; 0,35; 0,50; 0,75; 1,0; 1,5; 2,5 mm2 ga teng qilib tayyorlanadi.
Signalizatsiya va blokirovka kabellari temir yo‘l signalizatsiya va blokirovka zanjirlarini, yong‘in signalizatsiyasi, telegraf va avtomatik tizimlarni nominal o‘zgaruvchan tok kuchlanishi 380 V va o‘zgarmas tok kuchlanishi 700 V tarmoqlarga ulashda va ularni ishlatishda qo‘llaniladi.
Signalizatsiya va blokirovka kabellarining tok o‘tkazuvchi tomirlari diametri 1,0 mm bo‘lgan mis simdan 2, 3, 4, 5, 7, 9, 12, 16, 19, 21, 24, 27,30, 32, 37, 42, 48, 61 tomirli va 1, 3, 4, 7, 10, 12, 14, 19, 24, 27, 30 tomirlar juftligi tarzda ishlab chiqariladi.


Download 0,8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   36




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish