Mavzu: Elektromontaj ustaxonasi bilan tanishuv. Texnika xavfsizligi qoidalariga rioya etish


Mavzu: Kommutatsion apparatlarni ta’mirlash va montaj qilish ishlarini bajarish



Download 0,8 Mb.
bet36/36
Sana10.09.2022
Hajmi0,8 Mb.
#848541
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   36
Bog'liq
Maruza el st

Mavzu: Kommutatsion apparatlarni ta’mirlash va montaj qilish ishlarini bajarish.

Reja:
1. Hommutatxion apparatlarda amallarni bajarish texnikaxi

  1. Asosiy amallarning bajarilish ketma-ketligi

Ta'mir va sozlash ishlarida havoli uzgichlar bilan amallar masofadan — laboratoriya va ustaxonalardan turib amalga oshiriladi. Uzgich bilan bog‘liq bo‘lgan u yoki bu amallar yakunlangach, uning haqiqiy holati tekshiriladi, chunki uzish yoki ulash koman- dasi bajarilmagan bo‘lishi mumkin. Agar uzgich uzilganidan so‘ng ajratgich yoki bo‘lgich bilan amallar o‘tkazilishi kerak bo‘lsa, unda uzgichning holatini tekshirish o ‘ rnatilgan j oyida mexanik ko ‘ rsatkich, qo‘zg‘ aluvchan kontakt va tirsaklarning holati, gaz toTdirilgan bo‘lgichli uzgichlardagi havoli manometrlar bo‘yicha amalga oshiriladi. Uzgichning holatini signalli lampalar va o‘lchov asboblarining ko‘rsatishi bo‘yicha tekshirish faqat transformator, liniyalar, shi- nalarni uzgichlar yordamida uzishda (ajratkichlar bilan amallar bajarmasdan) ruxsat etiladi.
Bir qator holatlarda personalning ajratkichlar bilan amallar bajarishni boshlashidan avval uzgichni ma'lum holatda qayd qilish zarurati tug‘iladi. Masalan, shinalar tizimini biridan ikkinchisiga o‘tkazishda shinalarni birlashtiruvchi uzgich yoqilgan va har qa- naqa tasodifli harakatlar uning holatini o‘zgartirmasligiga perso- nalning ishonchi komil bo‘lishi shart. Bunga uzgich bilan boshqaruv zanjirdagi har ikkala qutbda uning joydagi haqiqiy holati tekshiril- guncha saqlagich olinishi (yoki avtomat uzilishi) bilan erishiladi. Ajratkich a bo‘lgichlar bilan amallar. Uzish va
ulashdan oldin ajratkich va bo‘lgich ko‘zdan kechiriladi. Ularda ko‘rinuvchi de- fekt va shikastlanishlar bo‘lmasligi shart. O‘lchanganda defektli izo- latorlar aniqlansa, ulardan kuchlanish olingach,ajratkichlar bilan bog‘liq amallar bajariladi.
Ajratkich qo‘lda ulanganda, kontaktlar orasida yoy paydo bo‘l- ganda pichoqlarni yana qaytadan yurgizish mumkin emas, chunki yoy uzayishi va fazalar o‘rtasida qoplanish bo‘lishi mumkin. Hamma holatlarda ham boshlangan amal oxirigacha davom ettiriladi.
Ajratkichni qo‘lda uzishda avval tortmalarning sozligi, izo- latorlarning silkinishi va defektining yo‘qligiga ishonch hosil qilish uchun yuritmaning richagi bilan sinov harakati bajariladi. Agar kontaktlar ajralayotgan paytda ular orasida yoy paydo bo‘lsa, ular zudlik bilan ulanadi va yoyning paydo bo‘lish sabablari aniqlanma- guncha, u bilan bog‘liq amallar bajarilmaydi.
Havo va kabel liniyalarining zaryad toklari va kuch transforma- torlarining magnitlovchi toklarini uzish yoki ulash uchun ajrat- kich va bo‘lgichni ishlatilish imkoniyati ekspluatatsiya amaliyoti bilan tasdiqlanadi. 1hu munosabat bilan amallarni bajaruvchi per­sonal tomonidan saqlanuvchi ayrim umumiy qoidalar ishlab chiqilgan. Ajratkich va bo‘lgichlari mavjud bo‘lgan 35—220 kV kuchlanishli zanjirlarda magnitlovchi va zaryad toklarini uzish va ulash jihozning elementini uzishga ishlovchi prujina bo‘lgan bo‘l- gichlar yordamida bajariladi.
Transformatorning magnitlovchi tokining kattaligi
unga beril- gan kuchlanish kattaligiga bog‘liq. Kuchlanish oshishi bilan mag- nitlovchi tok keskin o‘sadi. Yuklanmagan transformatorni ajrat- kich yoki bo‘lgich bilan uzishda magnitlovchi tokning qiymati kamayishiga harakat qiladi. Buning uchun YOR li transformator- lar kam qo‘zg‘algan holatiga o‘tkaziladi.
ll0—220 kV li yuklanmagan transformatorni ajratkich va bo‘lgich bilan uzishda o‘ta kuchlanishga olib keluvchi alohida qutb kontaktlarini har xil vaqtda qo‘zg‘alishi ta'sirida qisqa muddatli noto‘liq fazali holat bo‘lishi mumkin. Neytrali zaminlangan transformatorlarda o‘ta kuchlanish xavfliligi pastroqdir. 1huning uchun ham, agar transforma- tor normal holatda zaminlangan va razryadnik bilan himoyalangan bo‘lsa, uni uzishdan oldin uning neytralini zaminlash samaralidir. 1huningdek, yoy so‘ndiruvchi g‘altaklarni ham zaminlash tavsiya etiladi. Ajratkich yoki bo‘lgichlar bilan uzish yoki ulash amallari baja- rilganidan so‘ng, ularning haqiqiy holati ko‘rikdan o‘tkazish orqali tekshiriladi, chunki ishlatish davrida pichoqlarning oxirigacha ulanmasligi, ularning lablarga to‘g‘ri tushmasligi, tortmalarini uzi- lishi va yuritmalar rostlanmasining buzilish holatlari
kuzatilgan.
Asosiy amallarning bajarilish ketma-ketligi
Bitta elektr zanjirida o‘rnatilgan kommutatsiya qurilmalari bilan amallar ushbu apparatlarning vazifalari va uzib-ulash ishlarini ba- jarishda xavfsizlikni ta'minlovchi ketma-ketlikda bajariladi. Uzib- ulashning o‘rnatilgan tartiblarining har qanday buzilishi, «mayda-
chuyda» deb hisoblanishi va e'tibor bermaslik amallarni bajarishda avariyalarni keltirib chiqaradi va kishilarning hayotiga xavf soladi.
Quyida uzgich va ajratkichlar bilan amallar bajarish tartibini ko‘- rib chiqamiz. Qo‘shni obyektlar personalining roziligini talab qi- luvchi amallar o‘z vaqtida dispetcherning qo‘li ostida amalga oshiriladi. Tipik amal bo‘lib har ikkala tomonidan uzgich, liniya va shina ajratkichlariga ega bo‘lgan liniyani uzish hisoblanadi. Birinchi amal sifatida yuklamali zanjirni uzish va liniyadan kuchlanishni oluvchi uzgich uziladi. Uzgichning uzganligi tekshirilganidan so‘ng liniyava so‘ngra shina ajratkichlari uziladi. Bu ketma-
ketlikdagi amallar orqali personalning xato harakati natijasida bo‘ladigan shikast- lanishlarni kamaytirishga erishiladi. Liniyani ishga tushirishda amallar teskari ketma- ketlikda bajariladi: birinchi navbatda shina, keyin liniya ajratkichlari va so‘ngra uzgich ulanadi.
shuni nazarda tutish lozimki, liniyani uzishda faqat shu li- niyadagi ish uchun uni uzgich va liniya ajratkichlari bilan uzish yetarli hisoblanadi. Zanjirda va shina ajratkichlarida qo‘shimcha ko‘rinuvchi uzilishni hosil qilish ortiqcha hisoblanadi.
Transformatorni ulashda chulg‘amdagi nominal qiymatdan katta bo‘lgan miqdorda magnitlovchi tokning qiymati tezda o‘sishi natijasida qisqa muddatli o‘tkinchi jarayon paydo bo‘ladi. Pasay- tiruvchi podstansiyalarda ikkita va undan ortiq parallel ishlovchi transformatordan birini ulash yuqori kuchlanish chulg‘ami to- monidan bajariladi. Bu holatni hisobga olgan holda himoyalar sozlanadi. Bunday holatda transformatorni ikkilamchi chulg‘am tomonidan kuchlanish ostida ulash magnitlovchi tokning yuklama tokiga qo‘shilishi natijasida ishlayotgan transformatorning hi- moyasi uni uzish xavfini hosil qiladi. Amaliyotda uch chulg‘amli transformatorni ishga ulash, odatda, quyidagi ketma- ketlikda ba- jariladi: yuqori, o‘rta va pastki kuchlanish tomonidan shina va transformator ajratkichlari ulanadi, keyin esa yuqori, o‘rta va pastki kuchlanish tomonidan uzgichlar ulanadi. Uzishda esa ushbu ketma-ketlik teskarisiga bajariladi: pastki, o‘rta va yuqori kuch- lanish uzgichlari uziladi; shundan so‘ng uning har uchala tomo­nidan transformator va shina ajratkichlari uziladi.
Oddiy sxemada bajarilgan pasaytiruvchi podstansiyalarda kuch transformatorlari yuqori kuchlanish tomondan uzgichiga ega bo‘lmaydi, lekin ikkilamchi chulg‘am tomonidan uzgich bilan ta'minlanadi. Bunday sxemalarda amallar ketma-ketligi shunday nazarda tutiladiki, yuklama toki ajratkich va bo‘lgichlar bilan uzil- masin va ulanmasin. Buning uchun yuklama tokini uzish va trans- formatorni yuklamaga ulash ikkilamchi tomondagi uzgich, trans- formatorning magnitlovchi tokini uzish va ulash esa bo‘lgichlar yoki ajratkichlar yordamida amalga oshiriladi.
Elektr stansiyalarida transformatorlarni ishga ulash va tizim bog‘lovchi transformatorlarni ta'mir yoki zaxiraga chiqarish uchun uzishda bajariluvchi amallar ketma-ketligi mahalliy sharoitlarga bog‘liq (jihozlarning hududiy joylashuvi, sinxronizatsiya uskuna- larini ulash imkoniyatlari va h.k.) va tez-tez mahalliy yo‘riqno- malar bilan belgilanuvchi boshqacha tartibga ega bo‘ladi.
Taqsimlash qurilmasini normal ishlatish sharoitlarida hamma seksiyalar, shinalar tizimi (aylanib o‘tuvchidan tashqari) doim ishda bo‘lishi shart. Bu esa iste'molchilarni elektr energiyasi bilan ta'minlashda zaruriy ishonchlilikni yaratadi. Agar shinalar tizimidan bittasi shikastlansa yoki uzilsa, boshqasi ishda qoladi. Rejali ta'mir ishlarini o‘tkazish uchun shinalar tizimidagi hamma tutashmalar bitta ishlovchi shina tizimiga o‘tkaziladi. O‘tkazish uchun zarur sharoitlardan biri ikkita shinalar tizimidagi potensiallarning teng- ligidir. 1hina birlashtiruvchi uzgich (1HBU)li sxemalarda bu shart ikkita shinalar tizimini elektrik birlashtiruvchi 1HBUni ulash or- qali ta'minlanadi. 1HBU o‘tkazish bilan bir vaqtning o‘zida bittaga yig‘ilgan har bir shina ajratkichlar juftligini shuntlaydi. Ikkita shina ajratkichlardan birining tutashuvi, ikkita shina tizimidagi yoqilgan ajratkichlardan birini uzib-ulash hech qanday xavf tug‘dirmaydi, chunki u zanjirlarni shuntlovchi 1HBU kichik qarshilikka ega.
l3.l-rasmda keltirilgan sxema uchun ulanishlarni I shinalar tizimidan II shinalar tizimiga o‘tkazish quyidagi tartibda amalga oshiriladi: I va II shinalar tizimida kuchlanishning sinxronligi tekshiriladi. Kuchlanish sinxronligini tekshirish imkoniyati mavjud bo‘lmagan podstansiyalarda har ikkala shinalar tizimida kuchlanish




lS.l-rasm. Ulanishlarni I shinalar tizimidan II shinalar tizimiga o‘tkazishdanoldin alohida ishlovchi ikkita shinalar tizimiga ega bo‘lgan l0 kV kuchlanishli taqsimlovchi qurilmaning sxemasi.
sinxronligini tasdiqlaydi; 1HBU ulanadi va uning yuritmasidan operativ tok olinadi, 1HBUning ulangan holati tekshiriladi; II shinalar tizimiga o‘tkaziluvchi barcha ulanishlarning ajratkichlari ulanadi; I shinalar tizimidan o‘tkaziluvchi barcha ulanishlarning ajratkichlari, 1HBU va kuchlanish transformatorlarinikidan tash- qari, uziladi; rele himoyasi, avtomatika va o‘lchash asboblarini ta'minlash zanjiri II shinalar tizimidagi kuchlanish transformatoriga uzib- ulanadi; ampermetr bo‘yicha 1HBUda yuklamaning yo‘qligi tekshirilib, uning yuklamasiga tezkor tok beriladi va 1HBU uziladi; voltmetr bo‘yicha I shinalar tizimida kuchlanishning yo‘qligi tekshiriladi.
25. Mavzu: Elektr stansiya va elektr tarmoqlari jihozlarigatexnik xizmat ko‘rsatish, ta'mirlash va montaj qilish ishlarini bajarishda asosiy xavfsizlik texnika qoidalarini o‘rganish.
Reja:

  1. Elektr toki shikastlashidanhimoyalash vositalari

  2. Elektr jihozlarga xizmat ko‘rsatishda xavfsizlikni ta’minlaydigan texnik va tashkiliytadbirlar

  3. yong‘in xavfsizligi choralari

Metallar va boshqa materiallarga har xil asboblar bilan ishlov berayotganda xavfsizlik choralariga amal qilmaslik jiddiy shikastlanishlarga olib kelishi mumkin.
Slesarlik uchastkasida quyidagi qoidalarga rioya qilish zarur: tiskini ish stoliga shunday o‘rnatish kerakki, ish vaqtida qulay vaziyatni egallash mumkin bo‘lsin; asbobni charxlayotganda himoya ko‘zoynagidan foydalanish; kesish ishlarini o‘tkir asboblar yordamida bajarish, bunda tayyorlanayotgan detalni tiskiga puxta mahkamlab qo‘yish; ko‘zga tushmasligi uchun qirindini og‘iz bilan puflamaslik; payvandlayotganda va kavsharlayotganda ko‘zni erigan metall zarralari hamda yorug‘lik
nuridan asrash uchun himoya ko‘zoynagini taqish lozim.
Atrofdagilarni otilayotgan metall zarralaridan saqlash uchun slesarlik ish joyi himoya to‘ri bilan ta’minlanishi kerak.
Asboblar benuqson bo‘lishi zarur. Bolg‘alar dastasi faqat qattiq yog‘ochdan yasalgan bo‘lishi kerak. Dastasining teshikka o‘tqazilishi bo‘shashib qolgan, dastasi singan, yorilgan va zarb beruvchi qismi chaqalangan bolg‘a ishlatishga yaroqsiz hisoblanadi.
Zubilolar va boshqa asboblarning bolg‘a bilan uriladigan qismi pachoqlangan yoki singan bo‘lmasligi kerak. Faqat yog‘och yoki plastmassa dastali egovlardan foydalanish mumkin. Dastaning asbob tiqilgan teshigiga
metall halqa kiydirilgan bo‘lishi lozim. Gayka kalitlari gaykalar o‘lchamiga mos tanlanishi zarur. Kalitlardan foydalanayotganda kalit bilan gayka orasiga qistirma qo‘yish taqiqlanadi. Kalitni quvur yoki boshqa narsalarbilan uzaytirishga ruxsat etilmaydi.
Ta’mirlovchi xodim ko‘pincha parmalash va charxlash dastgoh- laridan foydalanishiga to‘g‘ri keladi. Dastgohlarda ishlayotganda ushbu qoidalarga rioya qilish zarur: maxsus tayyorgarliksiz va mutaxassis tomonidan yo‘riqnoma bilan tanishtirilmasdan ishga kirishish mumkin emas; to‘siqlarning sozligini tekshirish kerak; uzun sochni bosh kiyim ostiga bostirib qo‘yish lozim; uzun va keng yenglarni panja yaqinida bog‘lab qo‘yish darkor.
Parmalash dastgohida ishlayotganda shikastlanishga qirindi yoki bo‘sh mahkamlab aylantirilayotgan detalning o‘zi sabab bo‘lishi mumkin. Detalni tiskiga puxta mahkamlash zarur. Mayda detallar qo‘l tiskisi (iskanja) bilan ushlab turiladi.
Dastgoh batamom to‘xtaganidan keyingina parmani patrondan olish mumkin. Dastgohni ishga tushirishdan oldin stoldan hamma ortiqcha narsalarni olib tashlash va atrofdagilarga hech qanday xavf yo‘qligiga ishonch hosil qilish kerak. Parma yoki zenkerni detalga haddan tashqari qattiq bosish kerak emas, chunki bunda detal tiskidan chiqib ketishi yoki asbob sinib, uning siniqlari ko‘zni shikastlashi mumkin.
Aylanayotgan parmaga qo‘l tekkizish, qirindini qo‘l bilan olib tashlash, aylanayotgan parmani ho‘l latta bilan sovitish, shuningdek, qo‘lqop kiyib ishlash yaramaydi, chunki qo‘lqopni asbob tortib ketishi mumkin.
Charxlash dastgohi o‘ta ehtiyotkorlik va diqqat bilan ishlashni talab qiladi. Xavfsizlik qoidalariga rioya qilmaslik jilvirlash doirasining sinib otilishi, otilgan mayda zarralarning ko‘zga tushishi, to‘silmagan aylanuvchi qismlarning kiyimni tortib ketishi natijasida jiddiy shikastlanishlarga olib kelishi mumkin.
Charx dastgohida ishlayotganda doiraning ro‘parasida emas, balki yonida turish kerak. Detalni doiraga qattiq bosmasdan, ohista tekkizish lozim.
ELEKTR TOKI SHIKASTLASHIDANHIMOYALASH VOSITALARI
Elektr qurilmalariga xizmat ko‘rsatuvchi xodimning xavfsizligini ta’minlash uchun himoya vositalari qo‘llaniladi. Ular izolatsiyalovchi, to‘suvchi va saqlovchi vositalarga bo‘linadi.
Izolatsiyalovchi himoya vositalari odamni tok o‘tkazuvchi yoki yerga ulangan qismlardan hamda yerdan elektr jihatdan izolatsiyalashni ta’minlaydi. Ular asosiy va qo‘shimcha vositalarga bo‘linadi.
Asosiy izolatsiyalovchi, elektrdan himoyalovchi vositalar elektr qurilmaning ish kuchlanishiga uzoq muddat dosh berish va xodim kuchlanish ta’sirida bo‘lgan tok o‘tkazuvchi qismlarga tegib ketganda uni tok shikastlashidan himoyalash xususiyatiga ega.
Kuchlanishi 1000 V gacha bo‘lgan elektr qurilmalarda bunday vositalarga izolatsiyalovchi shtangalar, izolatsiyalovchi va elektr o‘lchov ombirlari, dielektrik qo‘lqoplar, izolatsiyalovchi dastali slesar-montaj asboblari, kuchlanish ko‘rsatkichlari, 1000 V dan katta kuchlanishli elektr qurilmalarda esa izolatsiyalovchi shtangalar, izolatsiyalovchi va elektr o‘lchov ombirlari, kuchlanish ko‘rsatkichlari kiradi.
Qo‘shimcha izolatsiyalovchi, elektrdan himoyalovchi vositalar elektr
qurilmaning ish kuchlanishiga uzoq muddat dosh bera olmaydi va bukuchlanishda odamni tok shikastlashidan himoyalashga qodir emas.
1000 V gacha kuchlanishli elektr qurilmalarda bunday vositalarga dielektrik kalish va poyondozlar, izolatsiyalovchi taglik va yopqichlar, 1000 V dan yuqori kuchlanishli elektr qurilmalarda esa dielektrik qo‘lqoplar, qo‘njlikalishlar, poyondozlar hamda izolatsiyalovchi tagliklar kiradi.
Izolatsiyalovchi shtangalar uch turga bo‘linadi: operativ shtangalar — ajratkichlarni uzish, himoyalovchi yerga ulagichlarni qo‘yish amallarini bajarish uchun; o‘lchov shtangalari — ishlab turgan elektr qurilmalarda o‘lchash amallarini bajarish uchun; ta’mir shtangalari— ishlab turgan elektr qurilmalarda ta’mirlash va montaj ishlarini bajarish uchun. Shtanga (7.3-a rasm) ish va izolatsiyalovchi qismlardan hamda dastadan iborat. Shtangani faqat maxsus tayyorgarlikdan o‘tgan xodim ishlatishi mumkin; ish


a) b)
7.1-rasm. Himoyalash uchun yerga ulashning ishlash asosi: a — yerga ulagich bo‘lganda; b — yerga ulagich bo‘lmaganda.



jarayonida shtanganing cheklovchi halqasidan yuqoridagi isolatsiyalovchiqismiga tegish mumkin emas.
Izolatsiyalovchi ombirlar (7.3-b rasm) saqlagichlarning naychali patronlarini kuchlanish borligida olish va qo‘yish, ajratki hamda rubilniklarning pichoqlarini olish, izolatsiyalovchi yopqichlarni olish uchun ishlatiladi va h.k. Ombirlar kuchlanishi 6 dan 35 kV gacha bo‘lgan elektr qurilmalarda ishlatiladi. Kuchlanishi 1000 V dan yuqori bo‘lgan elektr qurilmalarda ombirlar bilan ishlaganda dielektrik qo‘lqoplar kiyish, saqlagichlar bilan ishlaganda esa himoya ko‘zoynagini taqish kerak.
Kuchlanish ko‘rsatkichlari tok o‘tkazuvchi qismlarda kuchlanish bor- yo‘qligini tekshirish uchun ishlatiladi. Kuchlanishi 1000 V gacha bo‘lgan elektr qurilmalarda bir va ikki qutbli ko‘rsatkichlardan (7.4-a, b rasm) foydalaniladi. Ikkala ko‘rsatkichlarda ham neon lampaning nurlanishi kuchlanishning borligini bildiradi. 1000 V gacha kuchlanish ko‘rsatkichlaridan boshqa himoyalovchi vositalarisiz foydalanish mumkin.
1000 V dan yuqori kuchlanishli elektr qurilmalardagi kuchlanish ko‘rsatkichlari (7.4-d rasm) ning ishchi qismi (korpus, signal lampasi, kondensator, soyalatkich, kontakt-uchlik) va izolatsiyalovchi dastasidan iborat. Ko‘rsatkich bilan ishlayotganda xodim dielektrik qo‘lqop kiyib olishikerak.
Dielektrik qo‘lqopdan 1000 V gacha kuchlanishli elektr qurilmalar uchun asosiy himoya vositasi sifatida, 1000 V dan yuqori kuchlanishli elektr qurilmalarda esa qo‘shimcha himoya vositasi sifatida foydalaniladi. Dielektrik kalishlar, qo‘njli kalishlar va poyondozlar faqat qo‘shimcha himoya vositalari sifatida ishlatiladi.
To‘suvchi himoya vositalari elektr qurilmalarga xizmat ko‘rsatayotgan xodimlarning qurilmalarning tok o‘tkazuvchi qismlariga tasodifan tegib ketmasliklari uchun vaqtincha ularni to‘sishga xizmat qiladi. Ularga ko‘chma to‘siqlar, to‘suvchi kataklar, izolatsiyalovchi yopqichlar, vaqtinchalik ko‘chmayerga ulagichlar va ogohlantiruvchi plakatlar kiradi.
Saqlovchi himoya vositalari faqat ishlayotgan xodimni yorug‘lik, issiqlik va mexanikta’sirlardan himoya qiladi. Ularga himoya ko‘zoynaklari, qo‘lqoplar, himoya qo‘lqoplari, montyorlarning muhofaza kamari va shu kabilar kiradi.
ELEKTR JIHOZLARGA XIZMAT
KO‘RSATISHDA XAVFSIZLIKNI TA’MINLAYDIGAN TEXNIK VA TASHKILIYTADBIRLAR
Elektr jihozlarni elektrotexnik xodim elektr qurilmalarni ishlatish qoidalari (EIQ) ga va elektr qurilmalarni ishlatishdagi xavfsizlik texnikasi qoidalari (XTQ) ga muvofiq ishlatadi; ma’muriy-texnik, navbatchi, ta’mirlovchi yoki tezkor ta’mirlovchi elektrotexnik xodimlar esa elektr qurilmalarga xizmat ko‘rsatishadi.
Elektr qurilmalarga xizmat ko‘rsatuvchi xodim ularga tezkor xizmat ko‘rsatadi va rejada ko‘zda tutilgan yoki shikastlangan jihoz bilan bog‘liq bo‘lgan ta’mir ishlarini bajaradi. Tezkor xizmat ko‘rsatishga elektr jihozlarni ko‘zdan kechirish, kuygan suyuqlanuvchan quymalarni almashtirish, tezkor almashlab ulash kiradi. Bu ishlarni bajaradigan tezkor xizmat ko‘rsatuvchi xodim xavfsizlik texnikasidan yetarli bilim va malakaga ega bo‘lishi kerak.
Masalan, saqlagichlarning suyuqlanuvchan quymalarini almash- tirayotganda kuchlanishni o‘chirib qo‘yish zarur. Agar buning iloji bo‘lmasa, bu ish yuklanish olingandan so‘ng bajariladi. Bunda 1000 V gacha kuchlanishli elektr qurilmalarda ishlaganda dielektrik qo‘lqop kiyiladi, himoya ko‘zoynagi taqiladi, kuchlanishi 1000 V dan yuqori bo‘lgan elektr qurilmalarda esa bundan tashqari, izolatsiyalovchi ombirlardan ham foydalaniladi.
Sanoat korxonalaridagi nimstansiyalarning taqsimlovchi qurilmalarida tezkor almashlab ulashni (avtomatik uzgichlar, ajratkichlar, uzgichlar va b.) navbatchi yoki tezkor ta’mirchi xodim korxonada o‘rnatilgan ish rejimiga muvofiq katta navbatchi elektrotexnik xodimning buyrug‘i bilan bajaradi.
Tahlikali vaziyatda (avariya, ko‘ngilsiz hodisa yuz berganda) almashlab ulash ishlarini yuqori lavozimdagi xodimning buyrug‘isiz ham bajarishga ruxsat etiladi, ammo keyin bu haqda uni xabardor qilish va bajarilgan ishlarni tezkor amallar bajariladigan daftarga yozib qo‘yish zarur. Tezkor almashlab ulashni bajarish huquqiga ega bo‘lgan
shaxslar ro‘yxatini korxonaning bosh energetigi tasdiqlaydi.
Rejali-oldini olish ta’mirlari yoki avariyalarni bartaraf qilish bilan bog‘liq ta’mir ishlarini amalga oshirish uchun XTQ talablarini qanoatlantiradigan ish o‘rni tashkil qilinishi kerak.
Elektr qurilmalarda ishlash xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan texnik tadbirlarga quyidagilar kiradi:
ta’mirlanayotgan elektr jihozni elektr tarmog‘idan uzib qo‘yish va uning noto‘g‘ri qaytadan ulanishiga yoki o‘z-o‘zidan ulanishiga qarshi tadbirlar ko‘rish;
uzilmagan tok o‘tkazuvchi qismlarga vaqtinchalik to‘siqlar o‘rnatishhamda «Ulamang — odamlar ishlayapti» va shunga o‘xshash boshqa yozuvli taqiqlovchi plakatlar osib qo‘yish;
ko‘chma yerga ulagichlarni (qisqa tutashtirgichlarni) statsionar yerga ulovchi qurilmani yerga ulovchi shinasiga ulash va tok o‘tkazuvchi qismlarda kuchlanish yo‘qligini tekshirish;
kuchlanishning yo‘qligi tekshirilgandan keyin elektr qurilmaning tok o‘tkazuvchi qismlariga darhol ko‘chma yerga ulagichlar ulash;
ish o‘rnini to‘sish va unga «Bu yerda ishlang» kabi yozuvli ruxsat etuvchi plakat osib qo‘yish.
YONG‘IN XAVFSIZLIGICHORALARI
Yong‘in — nazorat qilib bo‘lmaydigan yonish jarayoni bo‘lib, yonuvchan moddalar va issiqlik energiyasi manbalari saqlanayotgan joylarda yuz berishi mumkin.
Qattiq moddalar (ko‘mir, yog‘och, qog‘oz), suyuqliklar (neft, kerosin, benzin, benzol) va gazlar (vodorod, metan, propan va h.k.) yonuvchan bo‘lishi mumkin. Elektr mashina va apparatlarda uchqun chiqishi yoki elektr yoy paydo bo‘lishi, o‘ta yuklanish toklari ta’sirida simlarning izolatsiyasi alangalanish haroratigacha qizishi, simlarning ulangan joylarining kontaktidagi katta o‘tish qarshiligi hisobiga qizishi, gaz alangasida payvandlash va boshqa ishlarda o‘tdan ehtiyotsizlik bilan foydalanish, ba’zi materiallarning o‘z-o‘zidan yonib ketishi va boshqa sabablar tufayli yong‘in sodir bo‘lishi mumkin.
Korxonalardagi xonalar, omborlar va ochiq quri lmalarda yong‘inni o‘chiradigan vositalar ko‘zda tutiladi. Yong‘inni o‘chirish uchun suv, suv bug‘i va maxsus kimyoviy moddalardan foydalaniladi. Suv — eng arzon va keng tarqalgan vosita, ammo u benzin, benzol, kerosin va boshqa oson alangalanadigan, zichligi kichik suyuqliklarni, shuningdek, suv bilan qo‘shilganda o‘zidan yonuvchan modda ajratadigan kalsiy karbid yoki selitra kabi moddalarni o‘chirishga yaramaydi. Kuchlanish ta’sirida bo‘lganqurilmalarni ham suv bilan o‘chirib bo‘lmaydi.
Suv bug‘i yopiq xonalarda chiqqan yong‘inni o‘chirishda ishlatiladi.






7.3-rasm. Izolatsiyalovchi shtanga (a) va izolatsiyalovchi ombir (b):
1, 2 — ishlaydigan va izolatsiyalovchi qismlar; 3 — cheklovchi halqa; 4 — dasta.



bo‘shliqni to‘ldirib bu yerdagi kislorod miqdorini kamaytiradi va yonayotgan moddaning haroratini pasaytiradi. Undan elektr mashinalarning chulg‘amlari hamda yonayotgan har xil qattiq va suyuq moddalarni o‘chirisKuchun foydalaniladi.
Yonayotgan elektr qurilmalarni o‘chirayotganda uni tarmoqdan uzib qo‘yish yuzasidan shoshilinch choralar ko‘riladi. Yong‘in o‘chirilgach, ishga tushirishdan oldin qurilmani tozalash va ahvolini tekshirish zarur.
Samarali o‘chirish vositalaridan foydalanilganda ham yong‘in katta zarar yetkazadi. Yong‘inni oldini olish uchun o‘z vaqtida ko‘rilgan tadbirlar korxonalarning ma’lum bir ma’noda bir maromda ishlashini ta’minlaydi. Bu ish asosan korxonada yong‘inga qarshi rejimga qat’iy amal qilishdan iborat. Korxona xonalarida tozalik va tartibga rioya qilinishi, ularda keraksiz narsalar saqlanmasligi kerak. Materiallar chiqindilari, latta-puttalar, qirindi, qipiq muntazam ravishda maxsus ajratilgan joyga chiqarib tashlanishi lozim. Artish uchun ishlatilgan materiallar (latta-puttalar) qopqoqli metall yashiklarda saqlanishi lozim, chunki ular o‘z-o‘zidan yonib ketishi mumkin. Ularni tashqariga chiqarib, yoqib tashlash yoki tuproq bilan ko‘mib yuborish zarur.
Yong‘in jihatidan xavfli oson alangalanuvchan va yonuvchan suyuqliklarni ish o‘rnida bir marta ishlatishga yetadigandan ortiq miqdordasaqlash qat’iy taqiqlanadi.
Kimyoviy o‘t o‘chirish vositalaridan eng ko‘p qo‘llaniladigani uglerod dioksid (CO2) dir. Bu modda tez bug‘lanib, qorsimon modda hosil qiladi va yonayotgan moddani sovitadi hamda kislorod miqdorini kamaytiradi.
Download 0,8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   36




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish