Mexnat muxofazasi.
Har bir sanoat korxonasi o’z masshtabiga asosan mehnatni muhofaza qilish bo’limini yoki xafvsizlik texnikasi muhandisi lavozimidagi shtat birligini tashkil qilishi shart. Uning asosiy vazifasi sanoat korxonasida mehnat qiliyotgan ishchi va muhandis-texnik xodimlarning mehnatni muhofaza qilish qoida va talablarini qanday bajarayotganliklarini nazorat qilishdan iborat.
Jumladan uning xizmat doirasiga quidagilar kiradi:
Tsex va bo’lim boshliqlari tomonidan mehnatni muhofaza qilish qonunlarini va boshqaruvchi tashkilotlarning xavfsizlik texnikasi, sanoat sanitariyasi norma hamda qoidalarini bajarish to’g’risidagi qarorlarning bajarilishini kuzatib boradi, shuningdek mehnatni muhofaza qilish davlat tashkiloti qo’rsatmalarini to’g’ri bajarilayotganligini tekshiradi.
Sanoat korxonalaridagi havo muhitining toza bo’lishiga e’tibor beradi va shamollatish tizimlarining to’g’ri ishlayotganligini tekshirib boradi.
Sanoatga zamonaviy xavfsizlik texnikasi vositalarini joriy qilish choralarini ko’radi.
Tsex va bo’lim boshliqlari tomonidan “Sanoat korxonalarida ishlab chiqarish bilan bog’liq bo’lgan baxtsix hodisalarni tekshirish va hisobga olish” haqidagi qarorning bajarilayotganini kuzatib boradi.
Sanoat korxonalari ishchi va xizmatchilarini belgilangan tartibda maxsus oziq-ovqat, kiyim-bosh, oyoq kiyimi, sut mahsulotlari, sovun va shaxsiy muhofaza aslahalari bilan ta’minlaydi.
Sanoat korxonasining hamma bo’limlarida xavfsizlik texnikasi tavsiyanomasini o’z vaqtida va sifatli o’tkazish chora-tadbirlari amalga oshiradi.
Xavfsizlik texnikasi muhandisining asosiy e’tibor berishi zarur o’bektlaridan biri - texnik yechimlarning loyiha xujjatlarida to’g’ri hal qilinishi nazorat qilishdan iborat.
Elektr xavfsizligi
Sanoatda elektr energiyasidan keng ko’lamda foydalanish yo’lga qo’yilganligi sababli elektr toki ta’sirida ro’y berishi mumkin bo’lgan baxtsiz hodisalar va ulardan saqlanish muhim masalalar qatoriga kirib bormoqda. Elektr toki ta’sirining eng xavfli tomoni shundaki, bu xavfni oldinroq sezish imkoniyati yo’q.
Shuning uchun ham elektr toki xavfiga qarshi tashkiliy va texnik chora-tadbirlar belgilash, to’siq vositalari bilan ta’minlash, shaxsiy va jamoa muhofaza tizimlarini o’rnatish nihoyatda muhim.
Umuman elektr toki ta’siri faqat birgina biologik ta’sir bilan chegaralanib qolmasdan, balki elektr yoyi ta’siri, magnit maydoni ta’siri va statik elektr ta’sirlariga bo’linadiki, bularni bilish har bir kishi uchun kerakli va zaruriy ma’lumotlar jumlasiga kiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |