mavzu: Elektr stansiya va elektr tarmoqlari jihozlariningkuchlanishi 1000 V gacha bo‘lgan havo elektro‘tkazish liniyalarini ishlatish.
Reja:
Kabel liniyalari tuzilishi
Kabel liniyalari xususiyatlari
Elektr zanjirlarni montaj qilishda turli rusumdagi simlar va kabellar qo‘llaniladi. O‘zgartkich texnikasi, radioelektronika, avtomatika va telemexanika jihozlari, vositalarini ishlab chiqarish va qo‘llanish doiralarining kengayib borayotganligi sababli, montaj kabellariga bo‘lgan ehtiyojlar tinmay oshib bormoqda.
Similar va kabel simlarining ko‘ndalang kesim yuzalari ulardan o‘tayotgan tok miqdoriga qarab tanlansa, izolatsiya turlari esa elektr jihozlarning ekspluatatsiya shartlari va kuchlanishning qiymatiga qarab tanlanadi.
elektr zanjirlarni tashqi elektrostatik maydonlar ta’siridan himoya qilinishi zarur bo‘lgan hollarda ustki qismi ingichka ruxlangan po‘lat va mis simlardan to‘qilgan to‘qimali-ekranli sim va kabel simlari qo‘llaniladi. sim to‘plamlarini tashqi elektrostatik maydonlardan himoyalashda simlardan to‘qilgan to‘qimalardan va metall shlanglardan foydalaniladi.
montaj ishlarini bajarishda eng ko‘p qo‘llaniladigan simlarning texnik tavsiflari keltirilganelektr qurilmalar va avtomatika vositalari elementlarining tashqi elektrik ulanishlari nazorat, boshqaruv va signal- blokirovka kabellari bilan amalga oshiriladi.
nazorat kabellari, asosan, statsionar o‘zgaruvchan va o‘zgarmas tok tarmoqlaridagi elektr taqsimlovchi qurilmalarga elektr asbob va apparatlarni ulashda ishlatiladi. nazorat kabellari o‘zaro izolatsiyalangan 4; 5; 7; 10; 14;
19; 27; 37; 52; 61 tomirli qilib ishlab chiqariladi. mis tomirlarining ko‘ndalang
kesim yuzasi 0,75; 1,0; 1,5; 2,5; 4; 6 mm2 ga va aluminiy tomirlarining ko‘ndalang kesim yuzasi esa 2,5; 4; 10 mm2 ga teng qilib tayyorlanadi.
boshqaruv kabellarining asosiy ko‘rsatkichlaridan biri ularning tashqi elektromagnit to‘lqinlarining zararli ta’siridan qanchalik muhofaza qilinganligidir. shu ko‘rsatkich bo‘yicha boshqaruv kabellari ekranli va ekransiz turlarga bo‘linadi. ekransiz kabellarning tomirlarining bir qismi yoki hammasi ekranli izolatsiyali tomirlardan iborat bo‘lishi mumkin. ekranli kabellarda umumiy yoki ikki qatlamli umumiy ekran tashqi elektromagnit to‘lqinlarning zararli ta’siridan saqlaydi. boshqaruv kabellari o‘zaro izolatsiyalangan 3; 4; 7; 14; 19; 27; 30; 37; 52; 61; 91; 108 tomirli qilib ishlab chiqariladi. Tomirlarining ko‘ndalang kesim yuzasi 0,03; 0,05; 0,08; 0,12; 0,20; 0,35; 0,50; 0,75; 1,0; 1,5; 2,5 mm2ga teng qilib tayyorlanadi. signalizatsiya va blokirovka kabellari temir yo‘l signalizatsiya va blokirovka zanjirlarini, yong‘in signalizatsiyasi, telegraf va avtomatik tizimlarni nominal o‘zgaruvchan tok kuchlanishi 380 vva o‘zgarmas tok kuchlanishi 700 vtarmoqlarga ulashda va ularni ishlatishda qo‘llaniladi. signalizatsiya va blokirovka kabellarining tok o‘tkazuvchi tomirlari diametri 1,0 mm bo‘lgan mis simdan 2, 3, 4, 5, 7, 9, 12, 16, 19, 21, 24, 27, 30, 32, 37, 42, 48, 61 tomirli va 1, 3, 4, 7, 10, 12, 14, 19, 24, 27, 30 tomirlar juftligi tarzda ishlab chiqariladi.
Zamonaviy elektromontaj amaliyotida kabellarning tomirlari va simlarning uchlariga ishlov berish va ulash, siqish, payvandlash, kavsharlash va mexanik qisqichlar usullaridan foydalaniladi. siqish usuli. kabel tomirlari va simlarni siqish usuli bilan ulash istiqbolli usul bo‘lib, qizdirish qurilmalarini qo‘llash va elektr energiya sarfi talab etilmaydi hamda yuqori ish unumi ta’minlanadi. ish rejimi kuchlanishi 10 kvgacha va undan yuqori bo‘lgan, ko‘ndalang kesim yuzasi 240 mm2 gacha bo‘lgan mis va aluminiy simlarni siqish usulida ulash mumkin.
siqish ikki xil ko‘rinishda amalga oshiriladi. birinchi xil siqish mahalliy siqish deb atalib, ulanishi kerak bo‘lgan simlar kiritilgan gilzaning bir yoki bir nechta joyi siqiladi. ikkinchi xil siqish to‘liq siqish deb atalib, ulanishi kerak bo‘lgan simlar kiritilgan gilza boshdan oyoq to‘liq siqiladi. ikkinchi usul bilan siqilib hosil qilingan simlarning ulanishi birinchi usuldagiga nisbatan birmuncha yuqori sifatli bo‘ladi. payvandlash. kabel tomirlari va simlarni payvandlash usuli bilan ulashda termitli payvandlash, elektr payvandlash va gazli payvandlash turlari qo‘llaniladi.
Termitli payvandlashda ulanishi kerak bo‘lgan simlar maxsus termitli patronlarga joylashtiriladi. maxsus termitli gugurt yordamida patrondagi termitli massa yoqilib, patron ichida yuqori harorat hosil qilinadi (1000—2000°C), kabel va simlarning tomirlari uchlaridagi maxsus qoplamalari erib o‘zaro yopishib qoladi. elektr payvandlash turi bilan, asosan, aluminiy tomirli simlar o‘zaro ulanadi. gazli payvandlash turi odatda ko‘p tomirli kabel va simlarni ulashda qo‘llaniladi.
kavsharlash. mis va aluminiy tomirli simlar va kabellarni kavshar lash gazli gorelkalar (propan-butanli) yoki benzinli kavsharlash lampalari vositasida amalga oshiriladi. ko‘ndalang kesim yuzasi uncha katta bo‘lmagan (10 mm2gacha) kabellar va simlarning tomirlari mos quvvatli elektr kavsharlagichlar yordamida ulanadi.
mis va aluminiy tomirli simlar va kabellarni kavsharlashda qo‘lla niladigan kavsharlash qotishmalari va fluslar 4.3—4.5-jadvallarda keltirilgan.mexanik qisqichlar va vintlar yordamida kabellar va simlarni ulash.
bunday usulda simlarni ulash simlarni kesmasdan, simlardan chiqish uchlarini hosil qilish imkonini beradi. shu maqsadda plast massa korpusidaalohida tarqaluvchan ko‘rinishdagi qisqichlar qo‘llaniladi. botiq plastmassa korpus ichida burchaklariga to‘rtta bolt bilan tortib qo‘yilgan komplekt shtampovkalangan kvadrat plas tinkalar joylashtirilgan bo‘ladi. yoritkichlarni mis yoki aluminiy simlarga ulashda lustra qisqichlari ishlatiladi.
elektr ulanish mahsulotlarining (patronlar, rozetkalar, o‘chir gichlar, shtepsel sanchiqlari va boshqalar) mis hamda aluminiy simlarni ulash uchun kontaktli qurilmalari bo‘lishi shart
NAZOTAR SAVOLLARI
elektromontaj ishlarini bajarishda qanday elektr izolatsion materiallardan foydalaniladi?
elektromontaj ishlarini bajarishda simlar va kabellarga qanday talablar qo‘yiladi?
kabel tomirlari va simlarning uchlarini ulashda qanday usullar qo‘llaniladi?
aluminiy simlarning uchlari qanday qilib kavsharlanadi?
nazorat kabellari nima maqsadlarda qo‘llaniladi?
Do'stlaringiz bilan baham: |