Mavzu: Kuchlanishi U-1000 Vgacha bo‘lgan havo elektr o‘tkazish liniyalarinita'mirlash. Reja:
Havo liniyalarini tayanchlarni urnatish
Xavo liniyalari tayanchlarini jixozlarini o’rganish
Havo liniyalarini tayanchlarni urnatish .Tayanchlarni olib kelish, kutarish va o’rnatish ishlarini boshlamasdan oldin tayanchni olib keladigan va ularni kutarish hamda kotlovanlarda o’rnatish uchun ishlatiladigan mexanizmlarning trassada erkin harakat qila olishi tekshiriladi. Takelaj mexanizmlar va moslamalar tekshi- rilishi va ishlaydigan holatga keltirilishi lozim. CHigirlar, bloklar va polispastlarning tuzukligiga, shuningdek troslar, sim arqonlar, tortiklar va xujazolarning mustahkamligi va bekamu kustligiga aloxida ehtibor beriladi.
Tayanchlarni k o’tarish va kotlovanlarda o’rnatish ishlari kutarma kranlar yoki maxsus mexanizmlar (BMU-2, VKGM-AN-63 va b.) yordamida bajarilishi lozim.
Yikilayotgan strela yordamida (96-rasm, a) A-simon tayanchni k o’tarish va o’rnatishda, uning oyogining asosi kotlovanlarning chetidan 0,3 m masofada turadigan qilib kotlovanlarning yaqiniga chalqanchasiga yotqiziladi. Tayanchni kotlovanda o’rnatishda, uning oyogi sirpanib tushishi uchun, kotlovan devorlariga taxtalar suyab qo’yiladi. Tayanchning uchiga ikkita tortki, (raschalkalar) va tormozlovchi tros bo g’lanadi. Tortkichlar kutarilayotganda tayanchlar kundalangiga surilib ketishdan, tormozlovchi tros esa tayanchni vertikal xolda o’rnatayotganda tayanchni yiqilib ketishidan saqlaydi. Yiqilayotgan strela o’q bo’yicha tayanch tomoniga 15—20° qiya qilib o’rnatiladi. Strelaning asosiga, tayanch kutarilayotganida strelaning oyo g’i tuprokda botib ketmasligi uchun har bir oyog’ining tagiga qalinligi 40—50 mm li taxta kuyiladi. CHigirning tortadigan trosi strelaning uchidan o’tkaziladi va tayanchning uchiga yaxshilab mahkamlanadi, keyin trosning mahkamlanish pishikligini va strela hamda tayanch xolatining t o’g’ riligini sinab k o’rish |(Uchun tayanch dastlab yerdan 0,5—0,8 m ga k o’tariladi. Strelaning balandligi tayanchning o g’irlik markazidan uning aso- sigacha bultan masofadan 1 —2 m katta bo’lishi kerak. Tayanchni kutarishdan oldin strela tayanchning ko’ndalang brusiga blokli arqon bilan bog’lab kuyiladi, shunda ishlatib bulingandan s o’ng strela yerga tushib ketmaydi.
Tayanch siltamasdan juda sekin ko’tariladi va ayni vaqtda tayanchning oyoqlari taxtalarda sirpanib kotlovanga tushishi kuzatib turiladi. Strela ishdan chivdandan keyin tayanchni bevosita tortuvchi tros bilan ko’tarish davom ettiriladi. Tayanchning uchi «dovon» nargasiga yaqinlashganda tormozlovchi tros tortiladi va tayanch vertikal xolatda b o’ladigan momentgacha uning tortilgan xolatda b o’lishi kuzatib turiladi.
Yakka turadigan temir-beton ta- o’rnatishda kutarish krani )hL rasm,^ 3 — 4 m narida turishi
y anchlarni ko’tarishda va ning trassasi uqidan (1- kerak. Tayanch yigilgan xolda kotlovan yaqiniga yotqiziladi va unga ohirlik markazidan birmuncha balandroqda kutarish stropini, tayanchning kallagiga esa yana uni to’ g’ rilash uchun zarur bulga: arqon torprlar boglanadi
1- rasm. Kotlovanda havo liniyasining tayanchiii ko’tarish va o’rnatish:
Troslarni ulash va ularni mexanizmlarga xamda tayanchga maxkamlash faqat inventarg’ qamragichlar, kavushlar va kismlar yordamida bajariladi, Temirbeton tayanchlarni kutarishda ularning ustunlari ikki joyidan qamrab ushlanadi. Tayanchni kran bilan vertikal xolatgacha kutariladi va tortkrshar yordamida kotlovanda lozim bulgan belgida o’rnatiladi. Troslarning diametri xisoblab aniqlanadi, lekin kuchlanishi 1 kV gacha bulgan DL larining yakka tayanchlarini mexanizmlar bilan k o’tarish uchun troslarning eng kichkina ulchami: tortuvchi troslar uchun —14 mm dan; tormozlovchi troslar uchun—12 mm dan kam b o’lmasligi lozim. Kerakli mexanizmlar bulmaganda bir nechta yakka tayanchlarning bir nechtasini qulda o’rnatishga ruxsat beriladi. Lekin bunda tayanch kutarilayotgan vaktda tayanch yiqilmasligi va ishchilar shikastlanmasligi uchun extiyotkorlik choralarini k o’rish lozim. Yakka tayanchni qulda ko’tarish uchun oldin uni uchi yerdan 2,5 — 3,0 m balandlikka k o’lda ko’tariladi, keyin uni changaklar va tutqichlar bilan ushlab turiladi. Sekin-asta changaklar va tutkichlarni surib tayanch ko’tariladi, bunda tayanchning yugon tomoni kotlovanda vertikal o’rnatilgan taxtadan sirpanib kotlovanga tushadi. Tayanchning yugon tomoni kotlovan tagiga yetganda uni liniya stvorida turishi tekshiriladi, ustunni ulanmalar bilan tutashgan yuzasi liniya buyicha yunalganligi va tayanchlarning chiqib qolgan egriliklari yuqligi tekshiriladi.
Tayanchlarni o’rnatishda quyidagi talablar bajarilishi lozim: tayanchlar uqi trassaning uqiga buylamasi ga ham, kundalangiga ham vertikal bulishi kerak; yo g’och tayanchlarning vertikal holatdan og’ishi 5 mm dan, temir-beton tayanchlarda dar bir metrda 1 mm dan oshmasligi lozim; traversalar gorizontal vaziyatda o’rnatilishi lozim; traversalarning har bir metr uzunligiga yul quyiladigan qiyshiklik 10 mm dan oshmasligi kerak: tayanchlar liniya stvorida joylashgan bo’lishi kerak; liniya stvoridan yul quyiladigan chetga chikish 100 mm dan oshmasligi zarur. Tayanchning to’g’ri o’rnatilganligi tekshirilgandan s o’ng tayanchli kotlovan tuldiriladi va har 30—40 sm kalinlikda tuproq tashlangandan so’ng shibbalab zichlashtiriladi. O’rnatilgan tayanchdan uni kutarishda va o’rnatio’da ishlatilgan takelaj olinadi. Tayanchlarni kuchli shamol turgan paytlarda kutarishga, shuningdek kotlovanni oxirigacha tuldirmaguncha takelaj, changaklar va tutqichlarni olishga yul quyilmaydi.
Xavo liniyalari tayanchlarini jixozlarini o’rganish
Kuchlanishi 1000 V gacha bo’lgan havo liniyalarini qurish uchun yog’och va temir beton tayanchlar ishlatiladi. Yog’och tayanchlarning tuzilishlari turli hilda bo’ladi.
Yog’och tayanchlarni tayyorlash uchun asosan yog’ochning nina bargli navlaridan foydalaniladi. Kuchlanishi 1000 V gacha bo’lgan havo liniyasi tayanchining asosiy elementlari uchun (ustunlar, tirgovuchlar, traversalar, tirgaklar) qarag’ay xodalarning diametri 14 sm dan kam bo’lmasligi lozim. Yog’och tayanchlarning xizmat muddatini uzaytirish maqsadida turli hil kimyoviy moddalar bilan ishlov berish yo’li orqali ularning ishlash muddatini uzaytirishga erishiladi. Yog’och tayanchlar mahsus qurilish zavodlarida tayyorlanadi, keyin pritsepli avtomashinalarda o’rnatiladigan joyga olib kelinadi. Yig’ishdan oldin tayanchning hamma detallari diqqat bilan kechiriladi, ularda shikastlangan himoyalovchi qoplamlar (zanglashga qarshi) kabi nuqsonlar bo’lmasligi kerak. Ishlatish davomida yog’och tayanchlarini yer yuzidan 30-40 sm pastda va yuqorida joylashgan qismlari, yani atmosfera va yerdagi suv tahsiriga ko’proq duchor bo’ladigan qismi tez ishdan chiqadi.
Yog’och tayanchlarda yog’ochni tejash maqsadida ular yig’iladigan qilib tayyorlanadi, tayanch ustunini yog’och yoki temir-beton ulanma bilan biriktiriladi. Yog’och ustunni yog’och ulanmalar bilan tutashtirish uchun ustunning biriktiriladigan 1,5-1,6 m uzunlikdagi va 100 mm kenglikdagi qismi tekislab yo’niladi. Ulanmaning yuqori qismiga ham xuddi shunday uzunlikda va kenglikda ishlov beriladi. Ustun va ulanmaning ohirgi chopilgan qismi perpendikulyar o’yiq ko’rinishda bo’lishi lozim. Biriktiriladigan detallarning tutashgan qismi bir-biriga zich yopishib turishi kerak. Ustun va ulanma aylanasi bo’ylab bandajlar kengligida (50-60 mm), tayanchning bu detallarini bandajlar bilan yaxshi tortilishi uchun notekisliklar tekislanadi. Bandajlar yuzalar tutashgan qismini ikki joyiga, ulanmaning uchidan 200 mm pastda va tayanch ustunining ohiridan 250 mm yuqoriga qo’yiladi. Bandajlar orasidagi masofa 1000-1100 mm. Bandajlar uchun 4 mm li ruxlangan yumshoq po’lat sim yoki 5-6 mm li ruxlanmagan sim ishlatiladi.
Tayanchlar qurilish zavodlarida tayyorlanayotgan paytida jihozlanadi, lekin izolyatorlar va armaturalarni tashib keltirayotganda shikastlanmasligi uchun ularni ko’pincha bevosita havo liniyasi qurilayotgan joyni o’zida yeg’iladi. Tayanchlarni jihozlash ishlari ilmoqlar o’rnatiladigan joylarni belgilash, tayanchda ilmoqlar uchun teshiklar ochish va ularda izolyatorlari bilan birga ilmoqlarni o’rnatish kabi ishlarni o’z ichiga oladi.
Tayanchlarda ilmoqlar o’rnatiladigan joylar qalinligi 3-4 mm li to’g’ri burchakli qilib bukilgan alyuminiy shinasidan tayyorlangan andoza yordamida belgilanadi. Andozaning bukilgan qisqa tomoni tayanchning tepasiga oldin bir tomonidan, keyin uning boshqa tomonidan qo’yiladi, bunda ilmoqlarning o’rnatiladigan joylari andozaning mos holda juft yoki toq teshiklari bo’yicha belgilanadi. Traverslarda shtirlarni o’rnatish uchun teshiklarini belgilash ham andoza yordamida bajariladi.
Izolyatorlar armaturada (ilmoqlarda, shtirlarda) ustahonalarda yoki havo liniyasi yo’lida tayanchlarni jihozlash vaqtida mahkamlanadi. Izolyatorlar va armatura simlarning tortilishidan tushadigan hisobiy yuklamani, sim ustida muz qoplanadigan rayonni (simning muz qoplanishidagi ehtimoliy massasini), simlarga shamolning bosimini etiborga olib tanlanadi.
Havo liniyalari qurilishida yog’och tayanchlar keng ishlatiladi, ayniqsa o’rmonzorlarga boy rayonlarda, lekin yuqorida aytib o’tkanimizdek, yog’och tayanchlar uzoqqa chidamaydi, shuning uchun ularni sekin asta ishlash muddati 50-60 yilga yetadigan temir-beton yog’ochlar bilan almashtirilmoqda.
Kuchlanishi 1 kV gacha bo’lgan havo liniyalarining temir-beton tayanchlari konussimon shaklga ega va to’g’ri burchakli halqasimon (doiraviy) kesimga ega. Yengillashtirish uchun temir-beton tayanchlar ustuni anchagina qismining ichi bo’sh qilib tayyorlanadi. Temir-beton tayanchlar, ularning mexanik pishshiqligini oshiradigan, armatura pulatidan bikir metall karkas bilan tahminlangan; ular traverslarda yoki ilmoqlada, ularga simlarni osish uchun hizmat qiladi. Tayanch tayyorlanayotganda unda ilmoqlarni o’rnatish uchun teshiklar qoldiriladi. Temir-beton tayanchda neytrali yerga ulangan liniyaning nol simiga ulash uchun, karkasning armaturasiga kavsharlangan mahsus sim bor. Temir-beton tayanchlarni blokli poydevorlarda yoki uning ostiga temir beton plita qo’yib bevosita yerga o’rnatiladi.
Yog’och tayanchlar qanday jihozlansa, temir-beton tayanchlar ham amalda shunday jihozlanadi, lekin undan bahzi bir, ikkinchi darajali ishlari bilan farq qiladi. Tayanchlarni ko’tarilmasdan oldin yaoni, chuqurga (katlavanda) o’rnatilmasdan oldin jihozlanadi, bu turli mexanizmlarni qo’llashga va shu asosda mantajchilarning mehnatini anchagina yengillashtirishga imkon beradi.
Simlarni yig’ish.
Kuchlanishi 1 kV bo’lgan havo liniyalari uchun, asosan, asosiy tavsiflari 1-jadvalda keltirilgan alyuminiy, po’lat-alyuminiy va po’lat simlar ishlatiladi.
Havo liniyalarining simlarini montaj qilish ishlari kompleksiga quyidagilar kiradi: havo liniyalarining yo’lida simlar yoyish va simlarni ulash, ko’tarish, salqillanishini rostlash hamda simlarni izolyatorlarga mahkamlash.
Simlarni chuvatish va ulash.
Simlarni liniya bo’ylab o’rnatilgan tayanchlarning ikkala tomonidan chuvatiladi. Buxtadagi simni chuvatish uchun konussimon parrak yoki ko’chma stanoklar, HL yo’liga barabanlarda keltirilgan simlarni chuvatish uchun esa qismlarga ajraladigan barabanli ko’targichlardan foydalaniladi.
Liniyaning uzunligi 0,5 km dan ortiq bo’lmaganda va simlarning kesimi 50 mm2 gacha bo’ganda, birinchi tayanchning yaqinida konussimon parrak stanok yoki barabanli ko’targichda simli baraban liniyaning boshida o’rnatiladi va simning uchidan mahkam ushlab oxirgi tayanchgacha, yaoni liniyaning oxirigacha tortib boriladi. Liniyaning juda uzun bo’lganda bu moslamalar orqa borti tushirilgan avtomashina kuzovida o’rnatiladi va mashina tayanchlar bo’ylab xarakatlangan sari sim yoyilaveradi, faqat simda sirtmoqlar hosil bo’lmasligi kuzatib boriladi. Simni chuvatish bilan bir vaqtda uni diqqat bilan ko’zdan kechirib boriladi. Bunda ayrim uzilgan tomirlar va katta ezilgan joylar va hokazo nuqsonlar bor- yo’qligi aniqlanadi.
Simda aniqlangan nuqsonli joylar moy bo’yoq bilan belgilanadi, keyin simni tayanchga ko’tarishdan oldin bu nuqsonlar bartaraf etiladi.
Agar ish joyiga sim domkratlarda o’rnatilgan barabanda keltirilgan bo’lsa, uni avtomashinadan olmasdan chuvatiladi, buning uchun oldin baraban kuzov taxtasidan domkratlar va baraban o’qidagi teshikdan o’tkazilgan truba yordamida 10-15 sm ko’tariladi. Avtomashina xarakatlanmasdan oldin barabandan chuvatilayotgan simning uchi anker tayanchga mahkam bog’lanadi, havo liniyasining yo’li yo’nalishida keyingi tayanchlar tomon simni chuvata boshlanadi. Agar sim yetarli uzunlikda chuvatilmagan bo’lsa, uni o’xshash tuzilmali, markali va kesimli boshqa barabandagi sim ulanadi.
Kuchlanishi kuchlanishi 1 kV gacha bo’lgan havo liniyalarida simlar bir-biriga burab; bandajlar yo’li bilan; ovalsimon ulagichda (gilg’za)da simlarning sirtmoqlangan uchlarini presslab va payvandlab; simlarning uchini uchma-uch payvandlab, undan keyin ularni shunt bilan birga ikkita alohida ulagich (gilg’za)larda presslab; simlarni ustam-ust qo’yib, ulagich (gilg’za)da presslab, simlarni boltli qismalar bilan ulanadi.
Simlarining uchlarini bir-biriga burab ulash bir simli po’lat va bimetall simlarni ulashning eng oddiy usulidir, bunda simlarning uchi 180-200 mm uzunlikda ustma-ust qo’yiladi, keyin ularni ulanadigan qismining o’rtasidan yassi jag’li ombir bilan qisib, birinchi simni ikkinchisiga omburning o’ng va chap tomonlarida, o’ramlarni bir-biriga zich joylashtirib o’raladi.
Bandajlash usulidan bir simli simlarni ulashda foydalaniladi. Simlarning uchlari to’g’ri burchakli qilib bukiladi va kesimlariga qarab ularni 80-120 mm uzunlikda bir-birining ustiga qo’yiladi. Keyin ulanadigan simlarning biriga 1,5 mm li ruxlangan yumshoq simdan 5-6 o’ram o’raladi va shu sim bilan ulanadigan qismga bandaj o’ray boshlanadi. Ulanadigan qismning hammasini o’ramlar bilan qoplab
ulanadigan ikkinchi simga ham 5-6 o’ram o’raladi. Tayanchlar oralig’i katta bo’lganda mis simlarning ulanishi pishiqligini oshirish uchun bandajni POS-30 yoki POS-40 kavshari bilan kavsharlanadi.
Kuchlanishi 1 kV gacha bo’lgan havo liniyalarini montaj qilishda ishlatiladigan simlarning tavsiflari
1-jadval.
Simning
markasi
|
Simning diametri, mm
|
1 km simning oxirligi, kg
|
Simning qurilish uzunligi, m
|
|
|
Do'stlaringiz bilan baham: |