1 - qo’zg’almaskontakt, 2 - qo’zg’aluvchankontakt. l79 Kontaktlarningo’tishqarshiligidoimiyvao’ zgaruvchantoklardao ’ lchanadi. BundaM-246, F-415 tiplimikroampermetrlarishlatiladi.
Y Angikontaktj oyidao’tishqarshiligij amiqurilmaekvivalentqarshiligidan 1,2
barobargachaortishiruhsatetiladi. Ishlatishdavomidakontaktqarshiligiortadi, lekindastlabkiqiymatidan 1,8 barobargachaortishiruhsatetiladi.
O ’tishj oyidagikuchlanishnianiqlasKuchunkontaktlardannominaltoko’tkazibmil livolmetrbilanpotentsiallarfarqio’ lchanadi. YUklamasifatidaturlixilstendlarishlatiladi.
Kontaktlardagikuchlanishningpasayishij amiqurilmadagimiqdoridan 1,1.. .1,2 qisminitashkilqilishimumkin. Lekin 1,7
Mavzu: Kommutatsion apparatlarning asosiyturlari va ularga texnik xizmat ko‘rsatish.
Reja:
Uzib-ulashlar tartibi va ularni tashkil etish
Hommutatxion apparatlarda amallarni bajarish texnikasi
Elektr jihozlari quyidagi tezkor holatlarning birida bo‘lishi mumkin: ishda, ta'mirda, zaxirada (qo‘lda yoki avtomatik). Zaxirada bo‘lgan holatda jihoz kuchlanishsiz yoki agar u ulangan yoki qandaydir tomondan kuchlanish manbayiga ega bo‘lgan tok o‘tkazuvchi qismlar, masalan, salt ishlayotgan transformator bilan bog‘langan holatda, kuchlanish ostida bo‘lishi mumkin. Aylana- yotgan generatorlar va sinxron kompensatorlar, hatto ular qo‘zg‘atilmagan bo‘lsa ham, kuchlanish ostida turibdi deb qaraladi.
Jihozning tezkor holatini bir nechta energetika obyektlari- ning navbatchi personallari faoliyatini tartibga solish bilan bog‘liq holda o‘zgartirish energotizimning dispetcheri, mahalliy ahamiyatga ega bo‘lgan jihozlarning holatini o‘zgartirish stansiyalarning navbatchi muhandislari, elektr tarmoqlari korxonalari, tuman elektr tarmoqlari dispetcherlari, tugun (bazis) podstansiyalarining navbatchilari rahbarligi ostida amalga oshiriladi. Agar jihoz ushbu navbatchilardan birining tezkor boshqaruvida bo‘lsa, u holda ushbu jihoz bilan barcha amallar faqat shu navbatchining farmoyishi asosida bajariladi.
Past pog‘onalardagi personalning tezkor boshqaruviga beril- gan jihozlarning tezkor holati hamda ish rejimi energotizimning rejimi va ishonchliligiga ta'sir etadigan bir qismi energotizim dis- petcherining tezkor qaramog‘i ostida bo‘lishi mumkin. Bunday holatlarda uzib-ulash haqida farmoyish bo‘ysunuvchi personalga mos dispetcherning dastlabki ruxsati olinganidan so‘ng beriladi.
Uzib-ulash haqida farmoyish. U bevosita bo‘ysunuvchi perso- nalga beriladi. Unda uzib-ulashning ketma-ketligi va yakuniy maqsadi ko‘rsatiladi. Farmoyish navbatchi tomonidan takrorla- nadi va tezkor jurnalga yozib olinadi. Amallarning berilgan ketma- ketligi tezkor sxema bo‘yicha tekshiriladi.
Uzib-ulashlar blanki. Uzib-ulash haqida farmoyishga muvofiq navbatchi maxsus blankni to‘ldiradi. Unda ketma-ket tartibda kommutatsiya apparatlari, rele himoyasi va avtomatika qurilmalari, kuchlanishning yo‘qligi va zaminlashning qo‘yilganligini tekshirish va h.k.lar bo‘yicha amallar yoziladi. Blank tezkor hujjat hisoblanadi. Hatto uning holati ham personalga olingan topshiriqning ma'no- sini fikrlash va amallarni bajarishni o‘ylab ko‘rish imkoniyatini yaratadi. Taqsimlovchi qurilmada blokirovka mavjud bo‘lmagan yoki to‘la bajarilmagan hollarda blankni tuzish majburiy hisoblanadi.
Uzib-ulashlarni amalga oshirish tartibi. Uzib- ulashlarda nav- batchi o‘zida to‘ldirilgan blankka ega bo‘lgan holda quyidagi tar-tibda ishlaydi:
uzib-ulash joyida amallarni bajarish kerak bo‘lgan tutash-
maning nomlanishi va jihozning nomini yozuv bo‘yicha diqqat bilan tekshiradi;
• jihozning tanlanishi to‘g‘riligiga ishonch hosil qilgach, blank
bo‘yicha amalning tarkibini o‘qib chiqadi va so‘ngra uni
bajaradi;
• uzib-ulashlar ikkita shaxs tomonidan amalga oshirilgandaamalning tarkibi ijrochi tomonidan takrorlanadi va so‘ngra bajariladi;
amal bajarib ulanganidan so‘ng blankdagi yozuv chizib o‘chiriladi.
Uzib-ulashlar ularning murakkabligiga bog‘liq holda bitta yoki ikkita navbatchi tomonidan bajarilishi mumkin. Ikkita navbatchi qatnashganda ulardan vazifasi bo‘yicha kattasi amallar bo‘yicha nazoratni amalga oshiradi va uzib-ulashlar bo‘yicha rahbarlik qiladi. Boshqa navbatchi personal esa amallarni bajaradi. Bunda navbatchilar o‘zlariga yuklatilgan vazifalarni bajarishdan bosh tortish huquqiga ega emas. Masalan, har ikkala navbatchining ham nazorat haqida unutib, bir vaqtda jihozlar ustida amallarni baja- rishlariga yo‘l qo‘yish mumkin emas.
Uzib-ulashlarning tugallanganligi haqida ma'lumot. Uzib-ulash- lar tugallanganidan so‘ng tezkor jurnalda kommutatsion appa- ratlar bilan barcha amallar, rele himoyasi sxemalaridagi o‘zga- rishlar, qo‘yilgan (yoki olingan) zaminlashlar va h.k.lar haqida yozuvlar amalga oshiriladi. Zaminlashning qo‘yilganligi yoki olinganligi haqidagi yozuvlarni boshqa matn orasida ajratish uchun ularning tagiga rangli qalamlar bilan chiziladi: qizil — zaminlash qo‘yilganda, ko‘k — zaminlash olinganda.
Bir vaqtning o‘zida tezkor sxemaga mos o‘zgarishlar kiritiladi. Uzib-ulashlarning tugallanganligi haqida farmoyish bergan navbatchiga xabar beriladi. Xabarni farmoyishni olgan shaxs beradi.
Uzgichlar bilan amallar. Uzgichi mavjud elektr zanjirni uzish yoki ulash uzgich yordamida amalga oshirilishi kerak. Uzgich bilan boshqarish masofali yoki qo‘l yuritmasida amalga oshiriladi. Ma- sofali boshqaruvda uzgichni ulash va uzish uchun buyruq boshqaruv kaliti va telemexanika qurilmalari yordamida beriladi. Amallar qu- rilma o‘rnatilgan joydan faqat ta'mirlashda va avariyani bartaraf etishda bajariladi. 6—10 kV li moyli uzgichni qo‘l yuritmasi bilan qo‘lda ulashga yuritma uzgichdan yetarli darajada mustahkam devor bilan ajratilgan hollarda ruxsat etiladi, chunki kuchlanish uzgich avtomatik uzganidan so‘ng bartaraf etilmagan qisqa tutashuvda yoki ishdan keyin jihozda unutib qoldirilgan qisqa tutashtirishda berilgan bo‘lishi mumkin. Muhofazalovchi devor mavjud bo‘lma- ganda, qo‘lda ulash masofadan boshqaruv zanjiriga bog‘lovchi shnur yordamida vaqtincha ulanib, operatorga uzish haqida buy- ruqni uzgichdan xavfsiz masofada joylashgan holda bera olish im- koniyatini yaratuvchi tugmacha yordamida amalga oshiriladi.