Mavzu: Elektromontaj ustaxonasi bilan tanishuv. Texnika xavfsizligi qoidalariga rioya etish



Download 0,8 Mb.
bet24/36
Sana10.09.2022
Hajmi0,8 Mb.
#848541
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   36
Bog'liq
Maruza el st

16-Mavzu: Elektr stansiya va elektr tarmoqlari jihozlarigatexnik xizmat ko‘rsatish, ta'mirlash va montaj qilish ishlarini bajarishda shaxsiy himoyavositalaridan foydalanish.
Reja:
Qoidalarning maqsadi va qo‘llanilishi Shaxsiy himoya vositalari
Ushbu Qoidalar “0‘zbekenergo” Davlat aksionerlik kompaniyasi qaramog‘idagi barcha qurilish-montaj tashkilotlari, trestlar, zavodlar, mexanizatsiyalashgan kolonnalar va boshqa korxona hamda tashkilotlar uchun taalluqlidir.
Ushbu Qoidalarni elektr uskunalarini ta’mirlovchi, foydalanuvchi, quruvchi va montaj qiluvchi muhandis-texnik xodimlar va ishchilar egallab turgan lavozimi yoki kasbi hajmida bilishlari shart.
Qoidalarda himoya vositalarining tasniflari, ularga qo‘yiladigan talablar bayon qilingan, foydalanish usullari va sinov me’yorlari bo‘yicha ko‘rsatmalar keltirilgan.
Mazkur Qoidalar talablariga javob bermaydigan himoya vositalarini ishlatish man qilinadi.
Himoya vositalari, ularni amalga tatbiq qilish xarakteriga qarab ikki turga bo‘linadi: kollektiv himoya vositalari va shaxsiy himoya vositalari (GOST 12. 4. 011-75). Elektr uskunalari konstruksiyalarining himoya vositasi funksiyasini bajaruvchi (muntazam to‘siqlar, statsionar yerga ulagich pichoqlar va hokazolar) qismlari himoya vositalari tushunchasiga kirmaydi.
Elektr himoya vositalariga quyidagilar kiradi:
izolatsiyalovchi shtangalar (operativ, o‘lchov, yerga ulagichni o‘rnatish uchun), izolatsiyalovchiva elektr o‘lchovchi qisqichlar (saqlagichlar bilan ishlash operatsiyalari uchun), kuchlanish ko‘rsatgichi, fazalarni sozlash uchun kuchlanish ko‘rsatgichi va hokazolar; 1000 V dan yuqori kuchlanish ostida ta’mirlash ishlarini olib borish uchun ishlatiladiganizolatsiyalovchi vositalar va moslamalar, 1000 V gacha kuchlanish ostidagi elektr uskunalarida ish olib borish uchun ishlatiladigan izolatsiyalovchi dastakli chilangarlik-yig‘uv asboblari;
dielektrik qo‘lqoplar, etiklar, kalishlar, gilamchalar, izolatsiyalovchi qoplamalar va izolatsiyalovchi tagliklar;
shaxsiy ekranlovchi komplektlar;
ko‘chma yerga ulagichlar;
to‘siq qurilmalari va dielektrik
qalpoqlar; xavfsizlik plakatlari va
belgilari.
Yuqorida keltirilgan elektr himoya vositalaridan tashqari, elektr uskunalarida ish olib borilganda himoya ko‘zoynagi va kaskalar, protivogazlar, qo‘lqoplar, montyorning himoya belbog‘lariva xavfsizlik arqonlari kabi shaxsiy himoya vositalarini qo‘llash mumkin.
1000 V kuchlanishdan yuqori elektr uskunalarida ish bajarish mobaynida ishlatiladigan asosiy himoya vositalariga quyidagilar kiradi:
izolatsiyalovchi shtangalar, izolatsiyalovchi va elektr o‘lchovchi qisqichlar, kuchlanish ko‘rsatgichlari, fazalarni sozlash uchun aniqlovchi kuchlanish ko‘rsatgichlari; elektr montyorlar havo elektr uzatish tarmoqlarida bevosita tok o‘tkazuvchi qismlarga tegib turib ta’mirlash ishlarini olib borishda ko‘llaniladigan izolatsiyalovchi qurilma va asbob- uskunalar (izolatsiyalovchi narvonlar, havozalar, bevosita simlarga tegib turadigan izolatsiyalovchi tortqilar, arqonlar, teleskopik minoralar savatchasi, simlarda ishlash uchun mo‘ljallangan ko‘chma minoralar va hokazolar).
Asosiy himoya vositalarining izolatsiyalovchi qismi dielektrik xususiyati chidamli bo‘lgan materiallardan (chinni, qog‘ozbakllet quvurlari, ebanit, getinaks, yog‘och qatlamli plastiklar, plastik va shisha epoksid materiallar va hokazolardan) tayyorlanishi zarur.
O‘ziga nam tortuvchi materiallar (qog‘ozbakelit quvurlar, yog‘och va boshqalar) namga chidamli lok bilan qoplangan va bu materiallar yorilmagan, darz ketmagan, tekis yuzali va tirnalmagan bo‘lishi kerak.
1000 V kuchlanishdan yuqori elektr uskunalarida qo‘llaniladigan qo‘shimcha elektr himoya vositalariga quyidagilar kiradi:
dielektrik qo‘lqoplar; dielektrik etiklar; dielektrik gilamchalar; shaxsiy ekranlovchi komplektlar; izolatsiyalovchi tagliklar va qoplamalar; dielektrik qalpoqlar; ko‘chma yerga ulagichlar: to‘siq qurilmalari; xavfsizlik plakatlari va belgilari.
1000 V kuchlanishgacha bo‘lgan elektr uskunalarida qo‘llaniladigan asosiy elektr himoya vositalariga quyidagilar kiradi:
izolatsiyalovchi shtangalar; izolatsiyalovchi va elektr o‘lchovchi qisqichlar; kuchlanish ko‘rsatgichlari; dielektrik qo‘lqoplar;
izolatsiyalovchi dastakli chilangarlik-yig‘uv asboblari.
1000 V kuchlanishgacha bo‘lgan elektr uskunalari uchun qo‘shimcha elektr himoya vositalariga quyidagilar kiradi:
dielektrik kalishlar; dielektrik gilamchalar; ko‘chma yerga ulagichlar;
izolatsiyalovchi tagliklar va qoplamalar; to‘siq qurilmalari;
xavfsizlik plakatlari va belgilari.
Elektr uskunalarini operativ holda almashlab ulashlarda va boshqa ishlarni bajarish uchun zarur himoya vositalarini tanlab olish mazkur Qoidalar asosida, “Elektr uskunalarini ishlatishda xavfsizlik texnikasi qoidalari”, “Sanoat chastotasida ishlayotgan o‘zgaruvchan tokli 500 kV kuchlanishli elektr uzatish havo tarmoqlari va podstansiyalarida ish bajarish jarayonida mehnatni muhofaza qilish me’yorlari va qoidalari” hamda boshqa tegishli me’yoriy texnik hujj atlar bilan, shuningdek, mazkur hujj atlarda talab etilganidek mahalliy sharoitga qarab aniqlanadi.
Asosiy himoya vositalaridan foydalanilganda qo‘shimcha himoya vositalarining birini ishlatish kifoyadir, bundan faqat elektr uskunalari tokidan shikastlangan odamlarni qutqarish holati mustasnodir. Bunday hollarda qadam kuchlanishdan saqlanish uchun shuningdek, dielektrik etik yoki kalish ham ishlatiladi.
Himoya vositalari elektr uskunalari ishchi kuchlanishning1 eng yuqori qiymatida ishlatishga mo‘ljallangan bo‘lishi zarur (GOST 1516.1-76 va 20690-75).
1 Bu yerda va bundan keyin kuchlanish deganda himoya vositalari uchun mo‘ljallangan kuchlanish sinfi tushuniladi.
Himoya vositalaridan foydalanish tartibi
Umumiy nizomlar
Elektr uskunalariga xizmat ko‘rsatuvchi xodim xavfsiz ish bajarilishini ta’minlovchi barchazarur himoya vositalari bilan ta’minlangan bo‘lishi shart.
Himoya vositalari inventar sifatida taqsimlovchi uskunalar, elektrostansiya sexlari, elektr tarmoqlarini taqsimlovchi punktlari va transformator podstansiyalarida saqlanishi yoki tezkor harakatdagi brigada, markazlashgan ta’mirlash brigadasi, ko‘chma laboratoriya va hokazolarning inventar mulkiga kiritilishi hamda shaxsiy foydalanish uchun berilishi mumkin.
Inventar himoya vositalari ishlatishni tashkil qilish sistemasi, mahalliy sharoitlar va keltirilgan komplektlash me’yorlari (6-ilova) asosida obyektlar, tezkor chiqadigan brigadalar va boshqalar o‘rtasida taqsimlanadi. Himoya vositalarining saqlanish joyini ko‘rsatgan holda ushbu taqsimlanish ro‘yxatlarda qayd etilgan bo‘lishi va u korxona bosh muhandisi yoki tuman elektr tarmoqlari boshlig‘i tomonidan tasdiqlanishi kerak.
Xodimlarni o‘z vaqtida himoya vositalari bilan ta’minlash va elektr uskunalarini me’yorlariga muvofiq sinovdan o‘tkazilgan himoya vositalari bilan komplektlash, ularni to‘g‘ri saqlashni tashkil qilgan va zarur zaxirani hosil qilish, muntazam kuzatuv va sinovlarni o‘z vaqtida olib borish, yaroqsiz himoya vositalarini chiqarib tashlash hamda himoya vositalarini hisobga olishnitashkil qilish javobgarligi sex, xizmat joyi, podstansiya, elektr uzatish tarmoqlari uchastkasi boshlig‘i va uchastka ustasi zimmasida bo‘ladi, umumiy korxona bo‘yicha esa mas’uliyat bosh muhandisga yuklatiladi.
Alohida elektr uskunalari uchun berilgan himoya vositalari yaroqsiz bo‘lib qolganligi aniqlangan taqdirda, ushbu uskunani ishlatuvchi xodim himoya vositasini ishlatishdan darhol chiqarib tashlashi, 1.2.3-bandda ko‘rsatilgan shaxslardan biriga ma’lum qilishi va himoya vositalari qayd etiladigan jurnalga yoki operativ hujjatlarga yozib qo‘yishi zarur.
Himoya vositalarini yakka o‘zi ishlatish uchun olgan shaxslar ushbu himoya vositalarini to‘g‘ri ishlatishga va o‘z vaqtida yaroqli-yaroqsizligini aniqlashga javob beradilar.
Himoya vositalarini saqlash tartibi
Himoya vositalarining sozligi va ishlatishga yaroqliligi ta’minlanadigan sharoitda saqlash va tashish zarur. Shuning uchun ular namlikdan, ifloslanishdan va mexanik buzilishlardan himoyalangan bo‘lishi kerak.
Himoya vositalari berk xonalarda saqlanishi zarur.
Rezinadan qilingan himoya vositalari maxsus shkaf, tokcha, quti va hokazolarda alohida saqlanishi kerak. Ular yog‘, benzin va rezinani emiradigan boshqa moddalardan hamda to‘g‘ridan to‘g‘ritushadigan quyosh nuri va isitkich asboblari ta’sirini himoyalangan bo‘lishi lozim. Ombordagi zaxiraga olib qo‘yilgan rezinadan tayyorlangan himoya vositalarining harorati 0 — 25° S bo‘lgan quruq xonalarda saqlanishi kerak.
Izolatsiyalovchi shtanga va qisqichlar xona devorlariga tegmaslik hamda egilmaslik choralari ko‘rilgan holatda saqlanishi zarur. Kuchlanish ko‘rsatgichi va elektr o‘lchovchi qisqichlar jild yoki g‘iloflarda saqlanishi lozim. Ko‘chma yerga ulagichlarni saqlashga mo‘ljallangan maxsus joylarga tartib raqami qo‘yiladi, ularning raqamlari ko‘chma yerga ulagichlardagi raqamlarga mos kelishi kerak.
Protivogazlar maxsus sumkalarga joylangan bo‘lib, quruq xonalarda saqlanishi shart.
Ishlatilayotgan himoya vositalari maxsus ajratilgan joylarda, odatda, xonalarning kirish joylarida va elektr uskunalarini boshqaruv shitlarida joylashtiriladi. Ushbu joylarda himoya vositalarining ro‘yxati bo‘lishi kerak. Saqlanish joylarida shtangalar, qisqichlar, ko‘chma yerga ulagichlar, xavfsizlik plakatlari va belgilari uchun kronshteyn yoki ilgaklar bo‘lishi, shuningdek, dielektrik qo‘lqop, dielektrik kalish, dielektrik etik, dielektrik gilamcha, dielektrik qalpoq, izolatsiyalovchi taglik va qoplama, qo‘lqop, himoya belbog‘i va arqonlari, himoya ko‘zoynagi, protivogaz va kuchlanish ko‘rsatgichlar va boshqalar uchun shkaflar hamda tokchalar bilan jihozlangan bo‘lishi zarur.
Tezkor chiqadigan va ta’mirlash brigadalari, laboratoriyadagi yoki shaxsiy foydalanishda bo‘lgan elektr himoya vositalari quti, sumka yoki jildlarda saqlanishi lozim.
Kuchlanish ostida ta’mirlash ishlarini olib borishda ishlatiladigan izolatsiyalovchi vositalar quruq va havosi shamollatiladigan xonalarda saqlanishi, ularni tashqarida va ochiq havoda vaqtinchalik saqlaganda jildlarga solingan bo‘lishi zarur. Izolatsiyalovchi qurilmalar va moslamalarniishlatishdan oldin quruq latta bilan artish, ishlatish mobaynida namlanishiga yo‘l qo‘ymaslik talab qilinadi. Izolatsiyalovchi vositalar namiqqan bo‘lsa, ularni quritish va navbatdan tashqari elektr sinovidan o‘tkazish darkor.
Shaxsiy himoya vositalari Himoya ko‘zoynagi
Himoya ko‘zoynagi metall va boshqa materiallarni qayta ishlash mobaynida mayda zarrachalar, eritilgan mastika tomchilari, kislotalar, ishqorlar, elektrolitlar va bo‘yoqlarning ko‘zga tushishidan, saqlagichlarning kuyishi natijasida sachrovchi metall zarrachalari hamda uchqunlari, kavsharlash vaqtidagi gaz goryelkalarining alangasi, yoyi va hokazolardan ko‘zni himoya qilish uchun
ishlatiladi.
Himoya ko‘zoynaklari belgilangan vazifasiga qarab, standart va texnik shartlar (GOST 12.4.003-80, 12.4.013-85 va boshq.) talablariga javob berishi kerak. Uzoq muddatli ishlarda oynasi terlaydigan ko‘zoynaklarning ichki yuzasi terlashdan saqlovchi maxsus tarkib bilan moylanishi lozim.
Qo‘lqoplar
Qo‘lqoplar qo‘lni uchqunlardan, erigan metall zarrachalarining sachrashidan, to‘ponidan, yuqori haroratdan, neftdan, ishqordan, kislotadan, suvdan, mexanik ta’sirlanishdan saqlash uchun mo‘ljallangan.
Erigan metallar, kabel mastikalari bilan ishlaganda qiyin yonuvchi asbest, spilka va boshqa gazlamalardan tikilgan qo‘lqoplardan foydalanish shart.
Qo‘lqoplar GOST 12.4.010-75 talablari asosida tayyorlanishi zarur. Qo‘lqoplar 6 tipda ishlab chiqariladi: baxyalab tikilgan, barmog‘i choklab ulangan; barmoqli, qo‘lqopning pastki qismi to‘la Qo‘lqoplar kuchbichilgan; barmog‘i qo‘lqop bukilishining yon tomonida joylashgan; 2 ta barmoqli; elastik lenta bilan bilaklarga bog‘langan, qo‘njlari uzaytirilgan — 4 ta o‘lchamli.aytiruvchi va himoya qoplamalariga ega. Qo‘njlari uzaytirilgan qo‘lqoplar 420 mm dan kam bo‘lmasliga kerak. Erigan metall, mastika va boshqa moddalar oqib ketishining oldini olishda qo‘lqoplar kiyim yenglarini zich qoplab olgan bo‘lishi kerak.
Protivogazlar, respiratorlar
Protivogazlar (masalan, PSh-1, PSh-2) nafas olish a’zolarini kislorod etishmaslikdan yoki yopiq taqsimlovchi qurilmalarda avariya holati tufayli metallarning erishi va elektr izolatsiyalovchi materiallarning yonishi natijasida paydo bo‘ladigan o‘ta xavfli gazlar bilan ifloslangan havo bilan zaharlanishdan himoya qilish uchun ishlatiladi.
Kavsharlash ishlarida kavsharlash aerozollaridan himoya qilish uchun aerozolga qarshi filtrlovchi respiratorlar (U-2 k, F-62 sh va h.k.) ishlatiladi.
Havoni filtrlovchi fuqaro protivogazlarini (masalan, GP-5) faqat uglerod oksididan saqlovchi gopkalit patron bilan ishlatishga ruxsat etiladi. Gopkalit patroni havo harorati 6° S va undan yuqori bo‘lganda ishlatishga ijozat beriladi, bundan past havo haroratida uning himoya xususiyati yo‘qoladi.
Protivogaz va respiratorlar GOST va texnik shartlar talablari asosida tayyorlanishi va ishlatilishi lozim.
Xodimlar protivogaz va respiratorlardan foydalanishga o‘qitilib, o‘rgatilgan bo‘lishi zarur. Shlangli protivogazlar bilan ishlash jarayonida ishchilar, xavfsiz zonada bo‘lgan, kerak bo‘lganda yordam berishga qurbi etadigan va tayyor turgan, yordamchi xodimlar nazoratida bo‘lishi lozim. Respiratorlar faqat shaxsiy foydalanish uchun mo‘ljallangan bo‘lib, boshqa kishilarga dizenfeksiya
qilingandan keyin ishlatishga ruxsat etiladi.
Kaskalar
Kaskalar boshni mexanik shikastlanishdan, yog‘ingarchilikdan,
elektr toki urishidan saqlash uchun xizmat qiladi. Elektrostansiya va
podstansiyalardagi ishlab turgan elektr uskunalarida (boshqaruv, releli va shunga o‘xshash shchitlardagi ishlardan tashqari), yopiq va ochiq taqsimlovchi elektr uskunalarida, tunellar va quduqlarda hamda havo elektr uzatish tarmoqlarida ta’mirlash ishlarini bajarish jarayonida hamma ishchilar kaskadan foydalanishlari majburiydir.
Kaskalar 12.4.091-80; 12.4.087-84-sonli GOSTlar va texnik shart
talablari asosida tayyorlanishi zarur. Kaskalar belgilangan maqsadiga qarab bir necha turda ishlab chiqariladi: cheti soyabonli, fara ushlagichli, olib qo‘yiladigan pelerinali tomchi o‘tadigan joylarda ishlash uchun qo‘llaniladigan, qish mavsumida kiyish uchun mo‘ljallangan issiq shlemli. Kaskaning barcha detallari o‘tkir qirralar va tomonlardan hamda bo‘rtiqlardan holi bo‘lishi zarur. Kaska engakdan o‘tkazib bog‘lash uchun kamar bilan ta’minlangan bo‘lishi lozim. Kaska materiali metall buyumlar bilan urilganda uchqun chiqarmasligi kerak. Kaska korpusi ikki tomoni ochiq tok o‘tkazuvchi detallardan holi bo‘lib, 1000 V gacha bo‘lgan elektr
uskunalarida elektr toki urishidan himoya qilishi shart. Kaskaning tashqi yuzasi tekis, silliq, darz ketmagan va pufaksiz bo‘lishi zarur.
Montyorning saqlagich kamari va xavfsizlik arqonlari
Montyorning saqlagich kamari havo elektr uzatish tarmoqlarida, elektrostansiya va podstansiyalarda, taqsimlovchi uskunalarda balandlikda ishlovchi ishchilarning xavfsizligini ta’minlash uchun xizmat qiladi. Kamarlar GOST 14185-77, 5718-77 talablariga mos kelmog‘i lozim.
Ishlab turgan elektr uskunalarida ish bajarishda (kavsharlash ishlaridan tashqari) texnik kapronli lentadan yoki shunga o‘xshash materialdan qilingan osma arqonli moityorning saqlagach kamarini ishlatish lozim. Elektr uskunalarining tok o‘tkazuvchi qismlaridan kuchlanishni olib yoki tok o‘tkazmaydigan qismlaridan kuchlanishni olmasdan kavsharlash ishlarini bajarish jarayonida osma zanjirli saqlagich kamarini ishlatish lozim.
17-MAVZU: Jihozlarni ta’mirlash va montaj qilish ishlarini bajarish

Download 0,8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   36




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish