Dasturni o‘qish qurilmalari. Avtomatning ishini yozib olishga mo‘ljallangan eltkichlar turli materiallardan tayyorlanadi. Perfolatsiyalangan qog‘oz lenta va magnit lenta keng tarqalgan. Magnitli lentaga yozuvlar ko‘ndalang magnit shtrixlar ko‘rinishida yoziladi. lenta uzluksiz harakatlanadi.
Dastur magnitli lentadan quyidagicha o‘qiladi: magnit yozuvli lenta magnit golovka yonidan o‘tadi va golovkada EYUK hosil bo‘ladi. Kuchaytirgich olingan signallarni ijrochi mexanizmlarga uzatadi. Lentaning magnit golovkasi yonidan o‘tayotgan lentaning tezligi yozilayotgan paytda tezlikka teng bo‘ladi.
Dastur kod ko‘rinishida yozilishi mumkin. Bu hol dastur ishlanadigan yuza koordinata nuqtalarining shifrlangan raqamli qiymatlari yonida beriladi. Dastur deshifratorga keladi, o‘qiladi va signallar boshqaruvchi signallarni hosil qilish uchun hisoblash qurilmasiga uzatiladi.
Boshqarishning 2-tipi: berk va ochiq tiplari mavjud. Ijrochi organlar aniq suriladigan hollarda boshqarishning ochiq tipi qo‘llaniladi. Bunda boshqarilayotgan zvenoning surilishi boshqarish
dastursining signallariga aniq mos kelishi lozim. Boshqarishning berk tipida teskari aloqa qo`llaniladi. Texnologik jarayon buzilganda komandaga tuzatish kiritiladi yoki bitta komanda tugagach, yangi komanda beriladi.
Uch koordinata bo`yicha dastur yordamida boshqaradigan sistema ishlanadigan buyumning berilgan o‘lchamlar va shaklda chiqishni ta’minlaydi, shpindelning belgilangan aylanish chastotasini tanlaydi, supportni suradi, tezlashtirilgan siljitishlarni ulaydi, asbobni almashtiradi, sovitish sistemasini ishga tushiradi hamda qirindini yig‘ib oladi. Dastur kodda sakkiz yo‘lli magnitli lentaga eziladi.
Stanokning sonli dastur yordamida boshqarish sistemasini boshqarishning klassik sistemasi deb qarash mumkin. Uning tarkibiga
boshqarish ob’ekti va tashqi muxit haqida axborot manbalari, ijrochi qurilmalar, xisoblash-boshqarish qurilmasi kiradi.
Sonli dasturlar yordamida boshqariladigan dastgohlar universal va umumiy bo`lib, ularni tezda qayta sozlab, istalgan turdagi ishlarni bajarish mumkin.
Sonli dastur bilan boshqariladigan tizimining konstruksiyasi bo`yicha sikl bilan va son bilan boshqariladigan dastgohlarga bulinadi. Sikl dasturli tizim bilan boshqarish dastgoh harakatlanadigan organlarining harakatlanish ketma-ketligini va tezligini dasturlashga imkon beradi. Bunday dastur boshqarish poneli orqali yoki shtekkerli barabanda kommutirlaydigan elementlar (shtekkerlar) ma’lum turkumi bilan topshiriladi.
Bunda xaraktlanadigan organlar harakatlanish qiymati bevosita dastur tartibiga kirmaydi, balki qayta sozlanadigan elektr tayanchlar orqali belgilanadi.
Sonli dastur bilan boshqariladigan dastgohlarning tubdan farq qilishi xususiyati ularning barcha dasturi teshiklar kombinatsiyasi kurinishidagi, raqamlar, xarflar va boshqa belgilar bilan tavsiflangan dastur uzatuvchilarga (perfotasma, magnitli tasma, magnitli disk) yozilishi xisoblanadi. Bunday dastur tarkibiga harakatlanadigan organlarning harakatlanishining sonli qiymati xam kiradi, bu sonli dastur bilan boshqariladigan dastgohining sikl dasturi bilan boshqariladigan dastgohlardan prinsipial fark qilishini tashkil qiladi.
Sonli dastur bilan boshqariladigan dastgohlarini qayta sozlash, dasturni almashtirish bilan birga oz vaqt talab qiladi, shuning uchun bunday dastgohlar seriyali va mayda seriyali ishlab chiqarishni avtomatlashtirish uchun yaroqli bo`lib hisoblanadi.
Pozitsiyali boshqarish deganda dastgohni sonli dastur bilan tushuniladi, bunda dastgohning ishchi organlarining harakatlanishi belgilangan nuqtada amalga oshadi, biroq harakatlanish trayektoriyasi
topshirilmaydi. Dastur bilan boshqarishning pozitsiyali tizimining vazifasi ko`pgina xollarda asbob yoki tayyorlamini ishchi pozitsiyaga aniq o`rnatishni ta’minlash bo`lib xisoblanadi, bunda bir pozitsiyadan navbatdagi pozitsiyaga harakatlanishi dastgoh koordinatalari orasida funksional aloqasiz amalga oshadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |