Mavzu: Dastur bilan boshqariladigan dastgohlarning qo`llanilishi va afzalliklari



Download 225,67 Kb.
bet1/16
Sana18.01.2022
Hajmi225,67 Kb.
#391489
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Bog'liq
ma`ruza 2 mlcht


Ma`ruza №2

Mavzu: Dastur bilan boshqariladigan dastgohlarning qo`llanilishi va afzalliklari.

Reja:1.Dastgohlarni dastur bilan boshqarish tizimlari.

2.Kulachokli va kommando apparatli tizimlar.

3.Dastur bilan boshqariladigan dastgohlarning qo`llanilishi.

4.Dastur bilan boshqariladigan dastgohlarning texnologik imkoniyatlari.

Tayanch so`z va iboralar:
1. DASTGOHLARNI DASTUR BILAN BOSHQARISH TIZIMLARI.

Dastgohlarni boshqarishning turli usullari mavjud,biroq ular har doim uch qismga bo`linadi:

-vazifani bajarish haqida buyryqni qabul qilib oluvchi boshqaruv organi yoki datchik;

-buyruq bo`yicha ushbu harakatni amalga oshiruvchi ijrochi organ;

-buyruqni boshqaruv organidan ijrochi organga yetkazuvchi oraliq qurilma.

Mashinasozlik ishlab chiqarishda tizimlarni va jarayonlarni boshqarish ikki xil usulda bo`ladi:1-qo`lda boshqarish va 2- avtomatik boshqarish.O`z navbatida avtomatlashtirilgan tizim analogli va raqamli boshqarish tizimlariga bo`linadi.

Oddiy boshqarish tizimida ishchi detal chizmasidan foydalanib,ma`lumotlarni qo`l harakatlariga aylantiradi va dastgohning boshqaruv organlariga ta`sir ko`rsatib detalga ishlov beradi.Ishchi dastgoh tsiklini va ishchi organlarining harakatini boshqaradi. Bu tizimning afzalligi uning moslanuvchanligidadir.Chizmadagi har qanday o`zgartirish yoki boshqa detalga o`tish tez va hech qanday xarajatsiz amalga oshiriladi.Biroq,bu tizimda ishchining fiziologik imkoniyatlariga ko`ra ishlab chiqarishning o`sishi cheklangan.Bu tizim universal dastgohlar uchun donali,kichik seriyali tajriba variantlarini ishlab chiqarish uchun xarakterli.

Qo`l bilan boshqarishdan farqli o`laroq,avtomatik boshqaruv tizimi dastur orqali amalga oshiriladi.

Alfavit raqamli kodda berilgan va aniq bir tilda yozilgan hamda dastgoh ish organlarini belgilangan ishni bajarishini ta’minlovchi komandalar izchilligi ko‘rinishida berilgan dastur bo‘yicha boshqarish, metal kesish, jihozini dastur yordamida boshqarish deyiladi.

Dastgohlarni dastur bilan boshqarish uch xil bo`ladi:1-analogli boshqaruv tizimi;2-tsiklli boshqaruv tizimi;3-raqamli dasturda boshqariladigan dasturlar.


Dastur chizma haqida analog raqam ko‘rinishida, ya’ni sonlar, shartli grafik tasvirlar, turli so‘z va ko‘rsatmalar, shartli belgilar va boshqa simvollar ko‘rinishida yozilgan ma’lumotlardan iborat. Sonli dastur yordamida boshqarish qurilmasi va ma’lumotlarni dastgohlarning ijrochi mexanizmlari uchun boshqarish komandalariga o‘zgartirib beriladi hamda ularning bajarilishini tekshiradi.
Umumiy holda boshqarish dasturini tayyorlash deganda berilgan detal ishlanilishini boshqarish uchun zarur bo‘lgan buyruqlarni tayyorlash, hisoblash va yozish tushuniladi.
Sonli dastur yordamida boshqarish sistemasi bu komandalarni avtomatik tarzda o‘qiydi va bajaradi. Dasturlarni yozish uchun ishlatiladigan kodlarning asosi 2 lik va 10 lik sanoq sistemalaridan iborat.
Bir detalga ishlov berib boshqa detalga o‘tishi uchun perfolenta, perfokarta, magnit lentaga yozilgan dasturlar almashtiriladi.
Raqamli yoki sonli dasturlar yordamida boshqariladigan dastgohlarning avzalliklari quyidagilardan iborat:

  • odam dastgohda ishlashdan ozod bo‘ladi;




  • mehnat unumdorligi ortadi, jihozlar ish bilan ko‘proq ta’minlanadi;




  • jihozlarning samaradorligi yuqori, dastur yordamida boshqariladigan bitta dastgoh 8 tagacha dastgohning o‘rnini bosadi;

  • sonli dastur yordamida boshqariladigan dastgohlar avtomat liniyalar tuzish oson.

Dastur yordamida boshqarishni joriy etish sanoat tarmog‘i uchun texnologik dasturni tayyorlashni markazlashtirishga, uning malakali dasturchi kadrlar tayyorlashga imkoniyat beradi, sifat ortadi, brak miqdori kamayadi.
Dastur yordamida boshqariladigan dastgohlardan tuzilgan avtomatik liniyalarni EHM ga ulash oson. EHM oldindan tuzilgan dastur bo‘yicha butun liniyani ishini tashkil etadi. Qayta sozlash zarur bo‘lgan taqdirda yangi buyum kodi kiritiladi va EHM jihozining ishini o‘zgartiradi. Dastur yordamida boshqarish sistemasi murakkab shaklli detallar tayyorlashda ayniqsa samarali ishlaydi.
Ayni vaqtda sonli dasturlar yordamida boshqariladigan dastgohlarni joriy etishda dasturchilar tayyorlash zarurligi, jihozlar remontining murakkablashuvi va buyumlarni tipiklashtrish lozimligini e’tiborga olish zarur.

Download 225,67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish