MAKROIQTISODIY TAHLIL VA PRAGNOZLASH fani bo’yicha
MUSTAQIL ISHI
MAVZU: IJTIMOIY-IQTISODIY JARAYONLARNI PROGNOZLASH USULLARI
Bajardi: 3-2 IQTIM 20 GURUH TALABASI
SHARIPOVA MADINA
Reja:
1. Iqtisodiy prognozlash usullarining tasnifi.
2. Prognozlashning ekspert (logiko-evristik) usullari.
3. Prognoz ssenariylarini tuzish.
4. Prognozlashning ekstrapolyasiya usuli. Dinamik qatorlarning tahlili.
5. Prognozlashning modellashtirish usullari.
6. Iqtisodiy ko‘rsatkichlar o‘rtasida bog‘lanishlarni aniqlash usullari.
1. Iqtisodiy prognozlash usullarining tasnifi
Hozirgi kunda olimlarning baholashicha 150 dan ortiq turli xil prognozlash usullari mavjud. Ammo amaliyotda asosiylari sifatida 15-20 tadan foydalaniladi. Mavjud manbalarda prognozlash usullarining turli tasnifiy tamoyillari keltirilgan.
Prognozlash usulining eng muhim tasnifiy belgilaridan biri prognostik usullarni to‘liq qamrab oladigan rasmiylilik darajasi hisoblanadi. Ikkinchi tasnifiy belgilari sifatida progozlash usuli amal qilishining umumiy tamoyili, uchinchisi esa prognoz axborotini olish uslubi hisoblanadi, to‘rtinchi asosiy belgisi esa prognoz ob’ektlarini o‘ziga xos xususiyatlaridir.
Prognozlash usullarning tasnifiy guruhlarni batafsilroq ko‘rib chiqishga o‘tishdan oldin iqtisodiy va ijtimoiy prognozlash usuli yoki usullari tushunchasini aniqlash lozim. Ularga prognozlash ob’ektining retrospektiv ma’lumotlarni tahlil qilish, ekzogen (tashqi) va endogen (ichki) aloqalar hamda ko‘rib chiqilayotgan hodisa yoki jarayon doirasida ularning o‘lchamlari asosida uning (ob’ektining) kelgusi rivojlanishiga nisbatan muayyan ishonchlilik to‘g‘risida mulohaza qilishga imkon beradigan fikr yuritishning uslub va usullar yig‘indisi tushuniladi.
Ilmiy asoslangan tasnif tasniflashning quyi pog‘onasida (ularga yangi unsurlar kiritishi mumkin) uslub (modifikatsiyalar) sonini oshirishga imkon beradi.
Rasmiylilik darajasi bo‘yicha iqtisodiy prognozlashning usullarini intuitiv va rasmiylashgan usullarga bo‘lish mumkin. Prognozlashning intuitiv usullardan prognozlash ob’ektining juda murakkab bo‘lganligi tufayli ko‘plab omillarning ta’sir etishini hisobga olish imkoniyati bo‘lmaydigan hamda prognoz ob’ekti bo‘yicha etarli axborot bo‘lmagan holatlarda foydalaniladi. Bu holda ekspert baholashdan foydalaniladi va ular yakka va jamoa ekspert usullari guruhlaridan tashkil topadi.
YAkka ekspert baholash tarkibiga quyidagilar kiradi: “intervyu” usuli, ya’ni ekspert bevosita mutaxassis bilan “savol-javob” sxema bo‘yicha suhbat quradi; tahliliy usul, ya’ni qandaydir prognoz qilinayotgan vaziyat mantiqiy tahlil qilinadi, tahliliy yozma ma’ruzalari tayyorlanadi; ssenariyni yozish usuli, ya’ni u turli sharoitlarda vaqt makonda jarayon va hodisalarning mantiqini aniqlashga asoslangan.
Jamoa ekspert baholash usuli “komissiya”, “jamoaviy g‘oyalarni to‘plash (“aqliy hujum”) usuli, “Delfi” usuli, matritsali usul kabilarni o‘z tarkibiga oladi. Bu guruh usullari quyidagilarga asoslanadi: birinchidan, jamoaviy fikr yuritish paytida natijaning yuqori aniqliligi kuzatiladi; ikkinchidan, ekspertlar tomonidan qo‘yiladigan yakka tartibdagi mustaqil baholashni qayta ishlab chiqish paytida hech bo‘lmaganda unumli g‘oyalar paydo bo‘lishi mumkin.
Rasmiylashgan usullar ikkita guruhdan tarkib topadi: ekstrapolyasiya va modellashtirish. Birinchi guruhga quyidagi usullar kiradi: eng kichik kvadratlar, eksponensial tekislash, o‘rtacha ko‘rsatkichlarni tekislash. Ikkinchi guruhga tarmoqli va matritsali modellashtirish kiradi.
1-rasm. Prognozlash usullarning tasnifi
Ko‘rib chiqilgan intuitiv va rasmiylashgan usullar o‘z tarkibi bilan ekspert va “faktografik” usullariga o‘xshab ketadi. Faktografik usullar prognozlash ob’ekti va u o‘tmishning rivojlanishi to‘g‘risida amalda mavjud axbortlarga asoslanadi, ekspertli esa mutaxassis-ekspert baholashidan olingan axborotlarga tayanadi.
Prognozlashning ekspertli usullar sinflariga evristik (evristika - unumli, ijodkor fikr yuritishni o‘rganuvchi fan)prognozlash usuli kiradi. Ushbu usulda yuqori malakali mutaxassislarni tizimlashgan holda so‘rov olib borish yo‘li bilan olingan prognozli ekspert baholash natijalari qayta ishlanadi. U rivojlantirish tahlilini to‘liq yoki qisman rasmiylashtirishga imkon bo‘lmaydigan ilmiy-texnik muammo va ob’ektlarni prognozlashni ishlab chiqish uchun qo‘llaniladi. Evrestik prognozlash usulining tarkibi asosiy unsurlar sifatida quyidagilarni o‘z ichiga oladi: sintez graf1- ob’ektning modeli; ekspert brigadalarni shakllantirish va ekspertlarning vakolatliligini baholash; masalalarni shakllantirish va ekspert baholash jadvalini tuzish; ekspretlar ishini tahlil qilish; ekspert baholash jadvallarini qayta ishlash algoritmlari; olingan prognozlar variatsiya uslubi, prognoz modellarini sintez qilish.
Iqtisodiy prognozlash usullarini tavsiflashda boshqa turli usullarni birlashtiradigan kombinatsiyalangan deb nom olgan usullar muhim o‘rin tutadi. Masalan, jamoa ekspert baholash va modellashtirish usuli yoki statistika usuli va ekspertlarni so‘rovdan o‘tkazish, bo‘lishi mumkin. Agar rasmiylashgan usullarni qo‘llayotganda axborot etarli bo‘lmasa ekspert usullardan foydalanib axborotni to‘ldirish mumkin.
Axborot sifatida faktografik va ekspertli axborotlardan foydalaniladi.
Prognozlash usullarini tasniflashda prognozlash usullarining mazmunli tizimlashtirilishi prognozlash ob’ekti o‘zi bilan, rivojlanishning iqtisodiy jarayonlari va ularning qonuniyatlari bilan aniqlanishi lozimligini inobatga olinishi zarur hisoblanadi.
Ilmiy-texnik rivojlanishining mumkin bo‘lgan natija va yo‘llarini baholash nuqtai nazardan prognozlarni uchta bosqichlarga qarab tasniflash mumkin: tadqiqot, dasturiy va tashkiliy. Tadqiqot prognozining maqsadi kelgusi rivojlanishda mumkin bo‘lgan natijalarni aniqlash va ko‘plab mumkin bo‘lgan variantlar orasidan bitta yoki bir nechta ijobiy natijalarni tanlashdan iborat. Masalan, hisoblash texnika vositalarining rivojlanishi ularning tezkor ishlash qobiliyatining o‘sishi, hotira hajmining oshishi va logistik imkoniyatlarning doirasi kengayishida aks ettirish mumkin. Ushbu bosqichning asosiy maqsadi progoz qilinayotgan davr mobaynida hal qilinishi lozim bo‘lgan bir yoki bir qator ilmiy-texnik muammolar ko‘rinishida mumkin bo‘lgan istiqbolning keng ko‘lamini izohlab berishdan iborat.
Prognozning tashkiliy tomoni u yoki bu variant bo‘yicha muayyan natijalarga erishishini ta’minlab beruvchi tashkiliy-texnik choralar majmuasini o‘z ichiga oladi. Tashkiliy jihati iqtisodiy resurslarning mavjudligi va to‘plangan ilmiy salohiyati to‘g‘risida tassavurga ega bo‘lishidan iborat. Bu erda fanning tashkiliy o‘lchamlar majmuasi rivojlanishining asoslangan gipoteza ifodalanishi, resurslarni taqsimlashning tavsiya etilayotgan chizmasini va prognoz qilinayotgan davr uchun ilmiy saloxiyatning o‘sish istiqbolini ehtimollik baholanilishi lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |