Dasturlashtirishning 2 ta usuli mavjud bo’lib: Birinchi usulda detal chizmasi olinadi va jadval yoki analitik ko‘rinishdagi tenglama ko‘rinishida kodlanadi. Bunda dastgoh asbobi va ish organlari harakatining trayektoriyasi elementar uchastkalarga bo‘lib chiqiladi. Har bir uchastkaning koordinatalri x, y, z o‘qlariga ortirma ko‘rinishidaaniqlanadi.
Dastur eltgich hajmi kichikroq bo‘lishi uchun magnitli lentaga yozishga mo‘ljallangan bir necha yo‘lcha bor. (6 ta yoki 8 ta). Dastur universal yoki maxsus hisoblash mashinasiga kiritiladi.
Dastur tuzishning ikkinchi usuli boshqaruvchi mashinani o‘qitishdan iborat. Bu usulda chizmada asbob yoki detalning harakat trayektoriyasi jadvali yoki tenglamasini tuzish shart emas. Bu holda dastgohga zagotovka o‘rnatiladi va dastur qurilmasi ulanadi. Ishchi dastgohni qo‘lda bajarib, chizma bo‘yicha birinchi detalni tayyorlaydi va ishlov berishga doir ma’lumotlar dastgohning magnit lentasiga avtomatik tarzda yoziladi.
Zagotovkalarga mexanik ishlov berishda ish harakati va qo‘shimcha harakatlarning ma’lum izchilligini ta’minlash lozim. Ana shu izchillikka dastur deyiladi.
Dastgohni ijro organlari harakatlantiruvchi mexanizmlarga ta’sir etadigan qurilmalar boshqarish sistemalari deb ataladi. Dastgohlarda ishlov berishdagi qo`lda boshqarish dasturni dastlabki informatsiya (chizma, texnologik xujjatlar), shuningdek dastgoh va asbobni ishini o‘lchash hamda kuzatishlar natijasiga qarab yig‘ilgan joriy informatsiya asosida operatorning o‘zi bajarishini ko‘zda tutadi.
Dastgohni avtomatik boshqarish butun dasturni maxsus dastur eltuvchi - xotira qurilmasidan foydalangan holda qayd qilish va bajarishni ko`zda tutadi. Dastur eltuvchilar sifatida rostlanaligan tiraklar, kulachoklar, koperlar, terish qurilmalari va xokazo qo`llaniladi.
Sonli dastur yordamida boshqarish (SDB) avtomatik boshqarishning bir turi xisoblanadi. U dasturni xarf-raqamli kod tarzida qayd qilishni ko`zda tutadi.
Sanoatda dastur yordamida boshqariladigan dastgohlar tabora keng ishlatilmoqda. Aniq bir tilda yozilgan hamda dastgoh ishchi organlarining belgilangan ishni bajarishini ta’minlovchi buyruqlar ko‘rinishida berilgan dastur bo‘yicha boshqarish metall kesish jihozini dastur yordamida boshqarish deyiladi.
Umumiy holda, boshqarish dasturini tayyorlash deganda berilgan detal ishlanishini boshqarish uchun xarur bo‘lgan dasturlarni tayyorlash, hisoblash va yozish (dastur uzatgichga) tushuniladi. Raqamli dastur yordamida boshqarish tizimi - buyruqlarni avtomatik ravishda o‘qiydi va bajaradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |