Dastur asosida boshqarishning analogli sistemalarida informatsiya dastur beruvchidan yoki teskari aloqa datchigidan taqqolovchi qurilmaga sonli kodda emas, balki o`zgartirilgan ko`rinishda boradi. Berilgan songa proporsional bulgan analogdan foydalaniladi.
Dastur asosida boshqarishning kodli sistemalari maxsus kodli datchiglardan foydalanishga asoslangan. Haqiqiy siljishning sonli koddagi ko`rsatgichlari datchikdan olinadi va perfolentadan xisoblanayotgan dasturga taqqoslanadi.
Dastur asosida boshqarishning impulsli sistemalarida dastlabki dasturdan tushadigan impulslar sonini haqiqiy siljish kattaligiga muvofiq teskari aloqa datchigi ishlab chiqqan impulslar soniga taqqoslash prinsipidan foydalaniladi. Impulsning berilgan sonlari xamda teskari aloqa datchigi ishlab chiqqan sonlari mos kelganda yuritish dvegateli uzib qo`yiladi.
Dastur asosida boshqarish sistemalari texnalogik vazifasiga ko`ra pozitsion va konturli turlarga bo`linadi. Odatda, stanok ish organlarining mustaqil siljishi uchun sonli dastur yordamida boshqarishning pozitsion sistemalari to`g‘ri burchakli kordinatalarda beriladi. Ulardan parmalash va koordinatali yunib kengaytirish stanoklarini avtomatlashtirish uchun foydalaniladi. Sonli dastur yordamida boshqarishning konturli sistemalari ish organlarining bir necha koordinatalar bo`yicha mos xolda siljishlari xisobiga murakkab shaklli detallarga ishlov berish uchun mo`ljallanadi.
Sonli dastur asosida boshqarishning ikki koordinatali, uch koordinatali, to`rt koordinatali va xatto, besh koordinatali sistemalari qo`llaniladi. Keyingi vaqtda jixozning ishlamay qolishi bilan bog‘liq bo`lgan to`xtab qolishlar vaqtini qisqartirish maqsadida dastgoh - sonli dastur yordamida boshqarish sistemasiga diagnoz qo‘yish masalalariga katta axamiyat berilmoqda.
1-rasm. Tokarlik sonli dastur yordamida boshqarish dastgohi.
Boshqaruvchi dastur bevosita ish o‘rnidagi klaviaturadan qo‘lda kiritiladigan sodda sistemalar keng qo‘llanilmoqda. Ular yakkalab va mayda seriyalab ishlab chiqarishda universal dastgohlarni konturli boshqarish uchun mo‘ljallangan. Bunday sistemalardan foydalanish natijasida yuqori aniqlik saqlangani xolda dastgohni qayta sozlash vaqti qisqaradi. Sistemani ixchamligi tufayli uni bevosita dastgohga o‘rnatish mumkin.
Sonli dastur yordamida boshqarish qurilmalari bo‘lgan dastgohlarni guruxli boshqarish sistemalari (bir necha dastgohlarni boshqarish uchun) quyidagi funksiyalarni bajaradi
detallarga ishlov berish dastursi taqsimlaydi;
datsgohlarni boshqarish uchun zarur ma’lumotlar beradi;
datsgohlar xolatini baholaydi;
dasturlarni ish o‘rnida tekshiradi hamda tuzatadi va hokazo.
Do'stlaringiz bilan baham: |