DASTUR BILAN BOSHQARILADIGAN DASTGOHLARNING TEXNOLOGIK IMKONIYATLARI.
Bunday dastgohlarning texnologik imkoniyatlari ko`pgina omillar, ularning ichida eng asosiysi dastgohning konstruksiyasi, joylashishi aniqlik sinfi va sonli dastur bilan boshqariladigan tizimining texnik xarakteristikasi aniqlanadi. Zamonaviy tokarlik dastgohlari chiziqli aylanali interpolyatorli konturli tizimli sonli dastur bilan boshqariladigan dastgohlar bilan keng texnologik imkoniyatini ta’minlovchi rezba kesish uchun mo`ljallangan moslama bilan jixozlanadi. Buunday tizimlar murakkab profildagi tayyorlashlarga ishlov berish, rezba kesish asbobning kesuvchi qirrasining xolatini korreksiyalash va yuqori tezlikda bo`sh yurishini (xolostoy xod) ta’minlaydi.
Dastgohning texnologik imkoniyatidan foydalanish uchun dastgoh bilan birga keltirilgan texnik jixozlari: qisuvchi moslamalari, kesuvchi asbob, yordamchi osnastkalar, nazorat moslamalari katta axamiyatga ega. Asbobni va birinchi navbatda asbobni tutib turuvchilarning shaklini va keskichlarning maxkamlaydigan detallarnig unifikatsiyalash asosiy vazifa bo`lib xisoblanadi.
Sonli dastur bilan boshqariladigan tokarlik dastgohlari, odatda zagatovkalarga IT6 bo`yicha ishlov berish aniqligini, silindrik va konussimon sirtlarning g`adir-budirligi RZ 6-12 mkm ta’minlaydi. Rezba kesish 3-sinf aniqligida olib boriladi. Dastgohdan tashqarida maxsus optik moslamada asbobni o`lchamga sozlanadi va uni dastgohning kallagiga qo`shimcha ravishda to`g`rilamasdan o`rnatiladi. Asbobni qayta sozlamasdan dastgohga o`rnatish xatoligi asbobni sozlash xatoligi bilan birgalikda 0.02 mm chegarasida bo’ladi.
Zamonaviy sonli dastur bilan boshqariladigan tokarlik dastgohlari revolverli kallak yoki topshirilgan dastur bo`yicha kesuvchi asbobni avtomatik ravishda almashtiradigan almashtiriluvchi keskichlar blokli magazin bilan ta’minlanadi. Bundan tashqari ayrim sonli dastur bilan boshqariladigan tokarlik dastgohlari bo`ylama ishlarni bajarish uchun (parmalash va frezalash), ko`ndalang ishlarni bajarish uchun (relverli dastgohlarga o`xshash) va xattoki to`xtagan shpindelda tayorlashning ekssentrik joylashgan elementlarini ishlov beruvchi qo`shimcha moslamalar bilan ta’mirlanadi.
Sonli dastur bilan boshqariladigan dastgohlarining yangi modellarini sozlash maxsus tegib turuvchi datchiklardan foydalanilgan xolda amalga oshiriladi, bu datchiklar bir vaqtning o`zida asbobni yeyilishiga bog`lik xolda asbobning xolatini koreitsiyalash uchun xam xizmat qiladi. Yangi sonli dastur bilan boshqariladigan dastgohlari shpindelining aylanishlar chastotasining yuqori chegarasi 6000 ayl/min gacha ortadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |