Sonli dastur bilan boshqariladigan frezerlik dastgohlarining texnologik imkoniyatlari.
Tokarlik dastgohlaridan farqli o`laroq sonli dastur bilan boshqariladigan frezalash dastgohlari dastaki boshqariladigan universal modellari bazasida qurilgan. Original joylash va asboblar magazinini maxsus frezalash dastgohlari aloxida ishlov beruvchi markazlar guruxini tashkil qilgan. Sonli dastur bilan boshqariladigan dastgohlari konstruksiyasiga bazaviy modeliga nisbatan prinsipial o`zgartirishlar kiritilgan, ular dastur bilan boshqarish imkoniyatlaridan unumli foydalanishga imkon beradi. Surishning kinematik zanjirida aniq, muftsiz tishli uzatmalar va vintli sharikli juftliklar qo`llaniladi.
Sonli dastur bilan boshqariladigan dastgohlari ba’zi bir aloxida uzellarining bikrligi bazaviy modellarning shunga o`xshash uzellarining bikirligidan ancha yuqori bo`ladi. Buning barchasi dastgohni yanada yuqori aniqlikda va unumdorli bo`lishini ta’minlaydi.
Zamonaviy frezalash dastgohlari chiziqli-aylanali interpolyatorli konturli tizimli sonli dastur bilan boshqariladigan bilan kurollanadi, bu uch va undan ortik koordinatal bo`yicha boshqarishni ta’minlaydi.
Ko`pchilik sonli dastur bilan boshqariladigan frezalash dastgohlari bir vaqtning uzida uchta koordinata bo`yicha boshqariladi. Shuning o`zi tayorlashini xajmiy ishlov berishga qifoya, lekin bunday boshqarish xar doim xam kesishning optimal sharoitini va ishlov berishning yuqori unumdorligini ta’minlay olmaydi.
Ko`p koordinatali standart dastgohlar (to`rt, besh va undan xam
ko`p koordinatali) ishlov beriladigan tayorlamalarning nomenklaturasiga, kesish sharoiti va tayorlamani qayta o`rnatish uchun yordamchi vaqtni kamaytirishga nisbatan keng texnologik imkoniyatga ega. Avtomatik ravishda shpindel aylanishlar tezligini o`zgartirish va asbobni almashtirish dastgohning texnologik imkoniyatlarini juda xam kengaytiradi.
Buraluvchi revolverli kallak yoki asboblar magazini yordamida asbobni almashtirish amalga oshiriladi. Dumaloq ishchi stolning yoki buralish burchagi bo`yicha aniq indeksatsiyalangan terilgan stolning mavjudligi bir o`tishda zagatovkaga murakkab ishlov berishga imkon beradi.
Sonli dastur bilan boshqariladigan frezalash dastgohlari turli egri chiziqlarning yassi konturlarini avtomatik rejimda ferazalashga, xajmiy ferazalashga, parmalashga, zenkirlashga va yo`nishga imkon beradi. Ular konturga ishlov berish aniqligini (aylananing geometrik aniqligidan chetga chiqishini) 0.1 mm oralig`ida, chiziqli o`lchamlar olish aniqligini 0.08 mm oralig`ida bo`lishini ta’minlaydi.
Terilgan dumaloq stolli ayrim dastgohlarda (6306FZ gorizontal-ferazalash dastgohi) o`zaro perpendikulyar va o`zaro parallel sirtlarga zagatovkani qayta o`rnatmasdan ishlov berish mumkin, xamda o`qdagi aniq teshiklarga ikkala tomonidan yo`nish mumkin. Bunda ikkala yon tomonlarning o`zaro perpendikulyarligi (dumaloq stolni aylantirish orqali) 500 mm uzunlikda 0.05 mm oralig`ida; yon sirtining asosiy sirtga nisbatan perpendikulyarligi 500 mm uzunlikda 0.05 mm; ikkala tomonidan yo`nilgan teshiklarning o`qdoshligi 500 mm uzunlikda 0.05mm ga teng bo`lishini; uzellarining pozitsiyalash aniqligi 500mm uzunlikda 0.05 mm va 1600 mm uzunlikda 0.1 mm.ni tashkil etishini ta’minlanadi. Ishlov berilgan sirt g’adir - budrligi Rz10-20 mkm oralig’ida bo`ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |