Markazda ishlov beruvchi dastgohlarning texnologik imkoniyatlari.
Markazda ishlov beruvchi dastgoh kesuvchi asbobni avtomatik ravishda almashtirish uchun asboblarning maxsus magazini bilan qo`shimcha ravishda ta’minlangan, dastur bilan boshqariladigan, yukori avtomatlashtirilgan dastgoh tushiniladi.
Bu dastgohlarda dastur bilan boshqarish yordamida zagatovka uchta koordinata o`qi bo`yicha harakatlanish va buraluvchi stol vertikal o`qi atrofida zagatovka aylanish avtomatik ravishda amalga oshiriladi. Ayrim xollarda markazda ishlov beruvchi dastgoh faqat vertikal o`q bo`yicha emas, balki gorizontal o`q bo`yicha xam aylanishga ega bo`lgan globusli stol bilan jixozlanadi. Bu esa murakkab korpusli toyyorlamalarga xar tomonidan va xar xil burchak ostida bir urnatishda ishlab berish imkonini beradi. Shpindel ukini berilgan dastur bo`yicha: gorizantal, vertikal va qiya o`rnatish imkonini beruvchi markazda ishlab beruvchi dastgohlar konstruksiyasi xam mavjud (zagatovka chizmasida ko`rsatilgan xar qanday burchak ostida).
Dastgohni boshqarish dasturi shpindelning aylanishlar tezligini, ishchi surish va bo`sh harakatlar tezligini kerakli o`zgartirishni taminlaydi, xamda moylovchi - sovutuvchi suyuklikni uzatishni va dastgohning boshqa uskunalarini yoqish va o`chirishni xam taminlaydi.
Dastgohlarda harakatlanadigan organlarini talab qilingan koordinatalarga yaqinlashganda tez harakatni sekin harakatga o`tkazishni avtomatik ravishda boshqarish mavjud bo`ladi. Ishlov berishning standart sikllarini va dastgoh turli funksiyali ishlashini avtomatik bajarish xam qo`llanadi. Ko`pgina markazda ishlov beruvchi dastgohlarda zagatovkani o`rnatish va maxkamlash qo`lda bajariladigan ishning yagona turidir.
Kesuvchi asbob revolverli kallakka yoki xajmli asboblarning maxsus magaziniga joylashtiriladi, bu topshirilgan dastur bo`yicha dastgoh shpindeliga xoxlagan asbobni, zagatovkaning tegishli sirtiga ishlov berish uchun talab qilinganini avtomatik ravishda o`rnatish imkonini beradi. Asbobni dastgohda bunday almashtirish 2-6 s da amalga oshiriladi. Ayrim markazda ishlov beruvchi dastgohlarda ishchi shpindeldagi asbobni almashtirish o`rniga asbob joylashtirilgan shpindelning o`zi almashtiriladi.
Markazda ishlov beruvchi dastgohlarda kesib ishlov berishning deyarli barcha jarayonlari: parmalash, zenkerlash, razvyortkalash, yo`nish, rezba kesish, xamda tekisliklarni va murakkab konturlarni frezalash amalga oshiriladi. Dastgohning barcha harakatlarini uzluksiz dastur bilan boshqarish va ko`p sonli kesuvchi asboblarni avtomatik ravishda almashtirish markazda ishlov beruvchi dastgohlarning ayrim modellarida ishlov beriladigan maxsulotga nisbatan kesuvchi asbobning 500000 gacha turli xolatini egallashini taminlaydi. Bu eng murakkab korpus zagatovkalariga bir o`rnatishda, zagatovka o`rnatiladigan va maxkamlanadigan bazaviy sirtidan tashqari, turli tomonlariga ishlov berishni amalga oshirish imkonini beradi. Buning barchasi ishlov beriladigan sirtlarning o`zaro joylashishiningeng yuqori aniqlikda bo`lishiga olib keladi.
Ommaviy ishlab chiqarishda qo`laniladigan ko`p shpindenli dastgoh - avtomatlar va avtomatik liniyalardan farqli ularoq markazda ishlov beruvchi dastgohlarda mexnat unumdorligi tenologik o`tishlarni qo`shib bajarish va ko`pgina sirtlarga parallel ko`p asbobli ishlov berish xisobiga emas, balki yordamchi va tayyorlab yakunlash vaqt sarfini keskin kamaytirish va kesish rejimini jadallashtirish xisobiga oshiriladi. Ma’lumki seriyali va mayda seriyali ishlab chiqarish sharoitlarida an’anaviy dastgohlarda mashina vaqti 20-30% dan oshmaydi.
Dastur bilan boshqariladigan dastgohlarda mashina vaqti 50-60% gacha ortadi, markazda ishlov beruvchi dastgohlarda esa u 80-90% gacha etadi. Dastgohni sozlash jarayonida bo`sh turib qolishi o`rtacha 80% ga qisqaradi. Markazda ishlov beruvchi dastgohlarda zagatovkalarga ishlov berishda kesish tezligini 20-100% ga oshirish mumkin. Ularda olingan tayyormalarning stabil o`lchamlari nazorat operatsiyalar xajmini 50-70% ga qisqartirishga imkon beradi.
Ishlov beriladigan tayorlamalarni almashtirish davri yo`ldosh - moslamaga almashtiriluvchi dastgohdan tashqarida avvaldan o`rnatilish xisobiga markazda ishlov beruvchi daastgoxlarda keskin kamayadi. Tayorlama o`rnatilgan palet ko`pincha avtomatik ravishda almashtiriladi, bu esa dastgohning bo`sh qolishini minimumga kamaytiradi. Buning barchasining natijasida markazda ishlov beruvchi dastgohda detal tayorlashni univelsal dastgohda ishlov berishga nisbatan ishlov berish unumdorligini 4-10 marta oshiradi va bitta markazda ishlov beruvchi dastgoh to`rta - beshta va undan xam ko`proq an’anaviy konstruksiyadagi dastgohlarni o`rnini bosishi mumkin.
Markazda ishlov beruvch dastgohlarning boshqa avtomatik dastgohlar oldida eng asosiy ustunligi markazda ishlov beruvchi dastgohlarni sozlashning soddaligi, ularni boshqa kanstruksiyali tayorlamaning ishlab chiqishga qayta sozlashning soddaligi va murakkab va qimmatbaxo texnologik osnastkalarni (shablon, andoza, maxsus moslamalar va boshqalar) yaratishga zaruryatning yo`ligi xisoblanadi. Bu mayda, seryali va yakka tartibda ishlab chiqarish sharoitlarida markazda ishlab beruvchi dastgohlarni qo`llanishini ta’minlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |