AMALIY MASHGʻULOT №4
Mavzu: Vallarga ishlov berish uchun doiraviy jilvirlash dastgohini sozlashning kinematik xisobi.
Ishning maqsadi: Vallarga ishlov berish uchun doiraviy jilvirlash dastgohini sozlashning kinematik xisoblashni o‘rganish.
Nazariy ma’lumotlar
Yassi jilvirlashda detallar to‘g‘ri burchakli yoki doiraviy magnitli stolga o‘rnatiladi. Jilvirlash krugi tashqi sirti yoki yon tomoni bilan ishlaydi. Birinchi holda stol 2 ga ilgarlanma-qaytma xarakat vu, jilvirlash krugi 1 ga esa stolni bir marta aylanishiga mos ravishda ko‘ndalang surish xarakati s1 beriladi. Krug jilvirlanuvchi yuzani bosib o‘tgandan so‘ng, jilvirlash chuqurligini ta’minlash uchun vertikal surish s2 xarakati beriladi. Agar stol doirasimon bo‘lsa, aylana bo‘ylab surish xarakati beriladi.
Krugni yon tomoni bilan jilvirlashda detal 1 magnitli stol 2 ga o‘rnatiladi va unga ilgarlanma-qaytma vu tezlikdagi xarakat beriladi. Bir necha jilvir dirklar to‘plamidan iborat jilvirlash krugi 3 stolni butun yuzasi bo‘ylab qamrab oladi, shuning uchun ham detalni yoki detallar guruxini to‘liq yuzasi bo‘ylab bir necha o‘tishlar orqali jilvirlash imkoni yaratiladi. Krug davriy ravishda vertikal surish s2 xarakatiga ega bo‘ladi. Doira shakldagistoldan iborat bo‘lgan yassi jilvirlash dastgohlarida (1,g-rasm) detal aylana bo‘ylab surish xarakati beriluvchi doiraviy stol 2 ga o‘rnatiladi. Krug 3 stolni bir qismini egallab, detallar guruxini barcha yuzasini egallagan holda jilvirlashni amalga oshiradi.
1-rasm. Doiraviy jilvirlash dastgohlari
Doiraviy jilvirlash dastgohlari tashqi silindrik, konus va yon yuzalarni jilvirlashga mo‘ljallangan. Ular ishlov beriladigan detalning eng katta diametri va o‘rnatish uzunligi bilan xarakterlanadi. Umumiy holda qo‘llaniladigan dastgohlar uchun o‘rnatiladigan detalni eng katta diametri 100-160 mm, uzunligi esa 150-1250 mm orasida bo‘lishi mumkin.
2-rasm. 3A150 modeldagi doiraviy jilvirlash dastgohini umumiy ko‘rinishi.
3A150 modeldagi doiraviy jilvirlash dastgohini umumiy ko‘rinishi 2-rasmda tasvirlangan.
Dastgohni asosiy qismlari. Stanina 1 ni yo‘naltiruvchisiga maRKazlarida ishlov beriladigan detal o‘rnatilishiga mo‘ljallangan oldingi va ketingi babkalarni olib yuruvchi ishchi stol o‘rnatilgan. Ketingi babka yo‘naltiruvchi bo‘ylab qo‘zg‘olish imkoniga ega. Staninani orqa tomonidagi ko‘ndalang yo‘naltiruvchiga jilvirlash krugi 6 ga aylanma xarakat uzatuvchi uzatma bilan jilvirlash babka 5 joylashtirilgan. Qo‘zg‘olmas maRKazga o‘rnatilgan detal yetaklovchi patron orqali aylanma xarakatga keltiriladi. Detalga stol 2 orqali ilgarlanma-qaytma (bo‘ylanma surish) xarakati uzatiladi. Konus sirtli detallarga ishlov berishda, ishchi stolga vertikal o‘q bo‘ylab detalni konuslik burchagiga mos ravishda burchakga buraladi. 3-rasmda 3A150mod. dastgohni gidrokinematik sxemasi tavirlangan. Dastgohda, stolni bo‘ylanma xarakati, jilvir toshi o‘rnatilgan babkani ishchi zonaga tez olib kelish va olib ketish, stolni bir tomonli yoki ikki tomonli xarakatidan so‘ng krugni detalga botirib kiritish, detal o‘rnatilgan shpindel babkasini aylanishi va to‘xtashi, hamda sovutish suyuqligini uzatish va to‘xtatish avtomatlashtirilgan.
3-rasm. 3A150 modeldagi dastgohni gidrokinematik sxemasi.
Detal o‘rnatilgan shpindel babkasini aylanishlar chastotasi pog‘onasiz boshqariladi. Jilvirlash babkasini aylanishlar chastotasi o‘zgarmas holda ishlaydi. Dastgohda yarimavtomatik siklda, radial va bo‘ylanma yo‘nalishda jilvirlash qo‘zg‘olmas tirgakgacha yoki BV-1096 tipidagi aktiv nazorat qilish priboridan foydalangan holda olib borish mumkin. Bu detalga ishlov berish vaqtini sezilarli darajada kamaytiradi.
Bosh xarakat uzatmasi. Bosh xarakat uzatmasi jilvirlsh babkasiga joylashtirilgan bo‘lib, u xarakatni elektr dvigatel 20 dan jilvirlash krugini shpindeliga tasmali uzatma 19-21 orqali qabul qiladi.
Aylana bo‘ylab surish xarakati. Ishlov beriladigan detalni aylanishi aylanishlar chastotasini pog‘onasiz boshqariluvchi o‘zgarmas tok bilan ishlaydigan elektr dvigatel 15 orqali amalga oshiriladi. Detal qo‘zg‘olmas maRKazda aylanma xarakat olganligi sabali, ishlov berilgan detalni aniqligi yuqori bo‘lishi mumkin.
Gidravlik jihozlar. Gidravlik jihozlar tomonidan stolga ilgarlanma-qaytma xarakat, jilvirlash babkasini babkani olib kelish va olib ketish, stolni qo‘l bilan siljitish mexanizmini ishga solish, jilvirlash babkasini xrapovik mexanizmi orqali kesish uchun botirishni avtomatik ravishda davriy surish, avtomatik ravishda kesishni ta’minlash uchun davriy surish, yo‘naltiruvchilarni moylash ishlari amalga oshiriladi.
Stolni gidravlik boshqarish gidropanel 6 orqali amalga oshiriladi. Moy, bok 1 dan lopostli nasos 2 yordamida filtr 3 orqali boshqarish krani 4 ga va gidropanel 6 zolotniklarini holatiga qarab stol gidrosilindri 18 ni o‘ng yoki chap uztiladi. 15.3-rasmda zolotniklar 6.1 va 6.2, hamda kran 4 ni turgan holatida moysilindrni o‘ng qismini egallaydi, chap qismidan gidropanel 6 ga olib kelinadi va davomida drossel 5 orqali moy bokiga quyiladi.
Stolni reversi stolga maxkamlangan tirgaklar 10 va 22 ni navbati bilan bosib, ular yordamida richak 9 ga ta’sir etadi, natijada uni buradi. Bu richak burilganda, tishli g‘ildirak boshqarish zolotnigi 6.2 ni siljitadi, natijada moy revers zolotnigi 6.1 ni chap tomoniga uzatiladi va uni siljitadi. So‘ng moy silindr 18 ni chap tomoniga yo‘naladi va stol terkari tomonga siljiy boshlaydi. Richak 9 ni burish bilan boshqarish zolotnigini bir holatdan ikkinchi holatga qo‘l yordamida o‘tkazish mumkin. Stol xarakatdan, kran 4 ni holatini o‘zgartirish bilan to‘xtatiladi. Kran uchta holatda to‘xtatib turishi mumkin, “Ishga tushirish”, “To‘xtatish” va “Yuklanishdan to‘xtatish”. Kranni “Ishga tushirish” holatida suyuqlik o‘tish chizig‘i revers zolotnigi 6.1 ni o‘rtasidagi ariqchasi bilan birikadi. “To‘xtatish” holatida zolotnikdan suyuqlik o‘tish to‘xtaydi va silindr 18 ni tomonlari birikadi, natijada stolni qo‘l bilan siljitish mumkin bo‘ladi. “Yuklanishdan to‘xtatish” holda silindrni ikkala tomoni birikib, moy nasosdan kran orqali bokga quyiladi.
Dastgohda har xil jilvirlash ishlarini bajarish.
Qo‘zg‘olmas tirgakgacha botirib kirib borish bilan jilvirlash.
Boshqarish dastagi 8 bilan o‘chirgich 7 ni bosish natijasida zolotnik 47 ni elektr magniti ishga tushadi va moy, jilvirlash babkasini tez olib keluvchi silindri 45 ni o‘ng tomoniga o‘tadi va jilvirlash babkasi kelishini boshida u bosib turgan o‘chirgich 44 ni ozod etib, detalga aylanma xarakat va sovutish suyuqligini uzatadi. Kelishini oxirida o‘chirgich 43 ni bosadi va u zolotnik 29 ni elektr magnitini ishga tushirida hamda moy surishni ta’minlovchi kulachok silindrini o‘ng tomoniga kirib to‘ldira boshlaydi. Bokga suyuqlikni silindr 46 ni chap tomonidan quyilish zolotnik 28, kran 27, 24 va qora ishlov berish uchun surish drosseli 26 orqali amalga oshadi. Buning uchun kran 27 va 24 kerakli holatga burab qo‘yilgan bo‘lishi shart.
Qora ishlov berish toza ishlov berish bilan surish kulachogi orqali o‘chirgich 42 ga bosib, u zolotnik 28 ni elektr magnitini ishga tushiradi. Bu holda, moy toza ishlov berish uchun surish drosseli 25 orqali bokga quyiladi.
Jilvirlashning oxirida babkani surish richagi 40 qo‘zg‘olmas tirgak 38 ga taqalganda babkani surilishi to‘xtaydi. Surish kulachoklari burilib o‘chirgich 41 ni bosishi bilan xarakat to‘xtaydi. O‘chirgich 41 ni bosish natijasida, zolotnik 47 ni elektr magnitini ishdan to‘xtatadi. Jilvirlash bobkasi yuk 39 ta’sirida, o‘chirgich 43 ni ishlashidan to‘xtatib, boshlang‘ich holatga qaytib keladi. Bu holda zolotnik 29 ni elektr magniti o‘chiriladi. Moy, drossel 25 ni qarshiligi yuqori bo‘lganligi sababli, silindr 46 ni chap tomoniga o‘tadi. Jilvir babkasi qaytib oxirgi holatga kelgandan so‘ng o‘chirgich 44 ni bosadi, buning natijasida, detalni aylanishi va sovutish suyuqligini uzatilishi to‘xtaydi. Jilvirlash sikli to‘xtaydi.
Dastgohda faol nazorat etuvchi pribori 36 ishtirokida botirib jilvirlash imkoni mavjud bo‘lib, u kerakli o‘lcham ta’minlanib bo‘lingandan so‘ng o‘chirgich 37 yordamida zolotnik 47 va 29 larni elektr magnitlari o‘chiriladi. Natijada jilvirlash jarayoni to‘xtaydi. Nazorat priborini labchalari, jilvirlash babkasi yetib kelishi bilan bir vaqtni o‘zida silindr 35 detaliga tegishi ta’minlanishi shart.
Qo‘zg‘olmas tirgakgacha bo‘ylanma jilvirlash. Bu holda kran 27 ni shunday holatga buralib qo‘yiladiki, unda moy dozatorlardan 31 ga yoki 32 ga kirib kelsin. Sikl boshqarish dastagi 8 ni o‘ziga siljitish (babkani ishchi zonaga kelishi uchun ishga tushirish) va o‘nga burish (stolni ishga tushirish) bilan boshlanadi. Bu sikl qo‘zg‘olmas tirgakgacha botirib kirib borish bilan jilvirlash bir xidda, faqat bunda surishni ta’minlash kulachoklari davriy buraladi, chunki moyni silindr 46 dan quyilishi uzliksiz bo‘lmasdan, qora 31 va toza 32 dozatirlardagi suyuqlikni xajmi orqali aniqlanishi mumkin bo‘lgan porsiya holda uzatiladi.
Stolga revers xarakatini berish davrida moy gidropanel 6 dan kran 34 va zolotnik 33 orqali silindr 23 ga va zolotnik 30 ga kirib keladi. Silindr 23 ni shtogi qo‘zg‘olmas, bu holda surish xarakati xrapovik orqali uzatilmaydi. Zolotnik 30 ochiladi va moy porsiyasi silindr 46 dan zolotnik 28 va kran 27 orqali dozator 31 ga kelib tushadi (qora jilvirlash) yoki 32 ga (toza jilvirlash) sodir etiladi. Mos holda silindr 46 ni poshenisiljiydi va surish kulachogini aniq bir burchakga buradi.
Stol revers xarakatini tugatgandan so‘ng, moyni silindr 23 ga yo‘naltiruvchi trassa va zolotnik 30 quyish boki bilan briktiriladi va oxirgini prujinasi ta’siri ostida boshlang‘ich holatga qaytib, o‘lchov olib boruvchi silindrlar 31 va 32 dan bokga quyilish tizimini ochadi. Detalga kerakli o‘lchamda ishlov berilib bo‘lgandan so‘ng jilvirlash babkasi orqaga qaytadi. Stol xarakatini oxirida tirgagi 12 bilan o‘chirgich 11 ga bosib, jilvirlash babkasini orqaga qaytishini ta’minlaydi.
Hisobotning mazmuni.
1. Mavzu.
2. Ishdan maqsad.
3. Qisqacha nazariy ma’lumot.
4. Vallarga ishlov berish uchun doiraviy jilvirlash dastgohini sozlashning kinematik xisoblashni o‘rganing.
5. Xulosa.
Do'stlaringiz bilan baham: |