MA’RUZA-2
Diskret axborotni kodlashning asosiy tamoyillari
2.1. Diskret axborot elementlarini kodlash tamoyillari
2.2. Kod parametrlari va ularni siniflarga bo‘lish
2.3. Standart dirlamchi kodlar.
Kalit so‘zlar
Kod kombinatsiyasi; kod kombinatsiyasi elementlari;Kod ;Kod jadvali, Standart dirlamchi kodlar.
Diskret axborot elementlarini kodlash tamoyillari
Axborotlarni diskret signallar yordamida uzatish jarayonida kodlash muhim rol o’ynaydi. Chunki axborot uzatish tizimining xalaqitga bardoshligi, uzatish tezligi, uzatiz va qabul qilish qurilmalarining tuzilishi va boshqa ko’rsatgichlar kodlash tizimiga bog’liq. Diskret ma’lumot uzatish nazariyasida keng ma’noda kodlash tushunchasi bir grafik tizimidagi belgilarni (simvollarni), boshqa grafik tizim belgilarga (simvollarga) almashtirish tushuniladi.
Grafik tizim belgili va sonli bo‘ladi.
Belgili tizimning elementlari harifli yoki shartli belgili bo‘lishi mumkin (misol uchun ierogliflar).
Raqamli tizim esa turli xil ko‘rinishda bo‘lishi mumkin, chunki sonlar turli xil asoslarga ega bo‘lishi mumkin (o‘nlik, uchlik v.k.)
Hamma sonlik tizimlar bir xil va bir qonun asosida tuziladi, ya’ni xar qanday son sanoq tizimi belgilangan raqami va asosining 0 dan n-1 gacha bo‘lgan darajasining ko‘paytmasiga teng [1,2]
Bu erda, A – ko‘rilayotgan sanoq tizimidagi belgilangan raqam;
a – sanoq tizim asosi;
n – razryadlar soni;
2.1-jadvalda ikkilik, o‘nlik va o‘n oltilik sanoq tizimi asosiy ko‘rinishlari ko‘rsatilgan.
2.1- jadval
SHartli sanoq tizimining ko‘rinishi
|
Asos
“a”
|
Ma’lum raqam belgilar
“A”
|
Ikkilik (B)
O‘nlik (D)
O‘n oltilik (H)
|
2
10
16
|
0;1
0;1;2;3;4;5;6;7;8;9
0;1;2;3;4;5;6;7;8;9;A;B;C;D;E;F
|
Misol uchun 398 raqamini har bir sanoq tizim ko‘rinishida ko‘rib chiqamiz.
Ikkilik sanoq tizimida:
110001110 (B) = 1* +1* +0* +0* +0* +1* +1* +1* +0*
O‘nlik sanoq tizimida:
398 (D) = 3* +9* +8*
O‘n oltilik sanoq tizimida:
18E(H) = 1* +8* +E*
Ma’lum raqamlar soni chegaralangan, lekin ularning turlari asosiga bog‘liq. O‘nlik sanog‘ida bu – 10, uchlik sanog‘ida bu 3, ikkilik sanog‘ida esa bu 2. Oxirgi ikkilik sanoq tizimi aloqa tizimida kodlash jarayonida bir qancha afzaliklarga ega bo‘lgani uchun diskret ma’lumotlarni uzatish tizimining kodlash jarayonida asosan ikkilik sanoq tizimidan foydalinadi. SHuning uchun ushbu sanoq tizim katta ahamiyatga ega.
Grafik belgilar deb: xariflar, raqamlar, arifmetik belgilar, o‘nlik sonlar, grammatik va tijorat belgilar tushuniladi.
Funksional belgilar esa bosmaga chiqarish uchun ishlatiladigan boshqaruv, ko‘rsatuvchi va ajratuvchi belgilar hamda alfavitni kengaytiruvchi, sinxronizatsiya va boshqa belgilar hisoblanadi.
Kodlash operatsiyasi elektr bilan bog‘liq emas, biroq elektraloqa tizimida axborotlarni masofaga uzatishda iqtisodiy, qulay va bexato uzatgani uchun muhim o‘ringa egadir.
Kodlash jarayonida asossiy tushunchalar quyidagilar hisoblanadi:
kod kombinatsiyasi;
kod kombinatsiyasi elementlari;
kod
kod jadvali.
Tasfirlanadigan grafik va funksional belgilar soni har doim sanoq tizimi ma’lum sonlaridan ko‘p bo‘ladi (ikkilik sanoq tizimida bu son ikkiga teng). SHuning uchun ma’lumotlardagi belgilarni almashitirish jarayonida sanoq tizimi ma’lum sonlarini bir nechata raqam guruhiga bo‘lib takroran ishlatiladi. SHuning asosida kodlash kombinatsiyalari tushunchasi paydo bo‘ladi va u quydagicha izohlanadi.
Axborotning har bir grafik va funksional belgisiga mos keluvchi bir ikkilik songa (ikkili sanoq tizimi misolida) koda kombinatsiyasi deb tushuniladi. SHu sababli “kodlash brikmasi (kombinatsiyasi)”, “axborot belgisi” tushunchalar bir-biri bilan o‘zaro chambarchans bog‘liqdir va bir-birining sinonimi hisoblanadi.
Kodlash kombinatsiyasi elementlardan iboratdir. Ikkilik sanoq tizimida bu nol va bir sonlaridir.
Bir grafik belgini boshqa grafik belgiga almashtirish jarayoni kod asosida bajariladi. Kod – bu qonun va sharoitlar yig‘indisi, ular asosida kodlar brikmasi (kombinatsiyasi) hosil bo‘ladi, uzatiladi va ishlov beriladi.
Kodning asosi bu kod jadvali hisoblanadi (kodning alfaviti). Uda uzatilayotgan ma’lumotlarning grafik belgilarni ikkilik sanoq tizimdagi songa to‘g‘ri kelishi ko‘rsatiladi. Uzatilayotgan belgi va ikkilik son bir qator ko‘rinishida yozilsa, u oddiy kod jadvali bo‘ladi, agar qatorlar va ustunlarning kesishuvi ko‘rinishida yozilsa, u matritsali kod jadvali bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |