kurs ishining obyekti: Buyuk Ipak yo’lining xalqaro ahamiyatini o’rganish orqali yosh avlod ongiga tarix haqidagi bilimlarni singdirish mazkur kurs ishining tadqiqot ob’ekti qilib olindi.
kurs ishining metodologik asosini Buyuk Ipak yo’lining tarixini yorituvchi darslik, o’quv qo’llanma, risola va ilmiy maqolalar tashkil qiladi.
kurs ishining tarkibiy tuzilishi kirish, 4 paragraf, xulosa, adabiyotlar ro’yxatini o’z ichiga oladi.
1.Buyuk ipak yo`liniing paydo bo`lishi va rivojlanishi Mil. av. 3000 yillikka kelib O`rta Osiyoning ko`pgina hududlari qadimgi aholi tomonidan o`zlashtirib bo`lingan edi. Ammo, cho`l va dasht hududlarida o`zlashtirilmagan, xududlar xam mavjud edi. Bu xududlardagi chorvador axoli voxalaridagi o`troq axoli bilan o`zaro aloqalarini bronza davriga kelib yanada rivojlantiradilar. Tarixiy adabiyotlaridan ma’lum bo`lishicha buyuk Ipak yo`li tashkil topmasdan ancha ilgariroq qadimgi sharq va o`rta Osiyo xududlarida o`zaro almashinuv yo`llari mavjud edi.
Qadimgi xalqlarning turli tomonlama rivojlanishda savdo va tranzit yo`llarining axamiyati nihoyatda kattadir. Shunday yo`llardan biri sharq bilan g`arbni bog`lovchi Buyuk Ipak yo`lidir. Bizning maqsadimiz ushbu yo`lning shakllanish, rivojlanish jarayonlarini, tarmaoqlarini va axamiyatni to`liq yoritib berishdir. Bronza davridagi (mil. av. III - II ming yilliklar) ana shunday yo`llardan biri “lojuvard yo`li” deb atalib, uning bir tarmog`i Badaxshon, Baqtriya va Marg`iyona xududlarini Xorazm, Sug`diyona Markaziy Qozog`iston va Ural bilan bog`lagan yana bir tarmog`i esa Baqtriya va Marg`iyonani Mesopotamiya bilan bog`langan. Bu yo`l Pomir tog`laridan boshlanib Eron, Old Osiyo, Misr orqali o`tgan15.
Badaxshon lojuvardining Xind vodisi, Mesopotamiya va Misrdan topilishi bu qimmatbaxo toshning qadimgi sharqda nixoyatda qadrlanganligidan dalolat beradi. Qadimgi yo`llardan yana biri Eron axmoniylarining yo`li bo`lib bu yo`lning bir tarmog`i mil.av. VI-IV- asrlarda kichik Osiyo shaxarlarini xamda O`rta Yer dengizi bo`yidagi Efes, Sardi shaxarlarini Eronning markazlaridan biri Suza bilan bog`lagan bo`lsa, yana bir tarmog`i Eron, Baqtriya orqali Sug`diyona, Toshkent axolisi va Qozog`iston xududlaridan o`tib Oltoygacha borgan16. Tarixiy adabiyotlardan bu yo`l “Shox yo`li” deb ataladi. Mil. av. 138-yilda Xitoy imperatori U-Di Chjan Szyanning Osiyo yerlariga jo`natadi. Elchi Chjan Szyan (mil. av. 138-126-yillarida) Xitoyning xumlariga qarshi kurashi uchun itifoqchi izlab kelgan edi. Mil. av. II-I asrlarga kelib Chjan Siyan yurgan yo`llari Xitoyni O`rta va G`arbiy Osiyo bilan bog`laydigan karvon yo`li bo`ladi. Bu yo`l Buyuk Ipak yo`l i deb atalib umumiy uzunligi 12 ming killometrdan iborat edi. Ilk o`rta asrlarga kelib Ipak yo`lining yanada rivojlanganligini kuzatish mumkin. O`z davrida nixoyat katta axamiyatga ega bo`lgan bu yo`lning dastlabki tarmog`i Xitoyning Sian shaxridan boshlashib Sharqiy Turkiston O`rta Osiyo, Eron, Mesopotamiya orqali O`rta Yer denigizigacha cho`zilgan.
Қадимдан турли халқларни бир-бири билан ҳам сиёсий, ҳам ижтимоий-иқтисодий ва маданий жиҳатдан боғлаш ва уларнинг интеграциясида турли йўлларнинг аҳамияти жуда каттадир. Бундай йўллар жумласига Марказий Осиё ва қадимги шарқ давлатларини боғлаган “ложувард йўли”, “дашт йўли”, “нефрит йўли”, “олтин йўли” ва бошқаларни киритиш мумкин. Бу йўллар орқали амалга оширилган ўзаро алоқалар туфайли турли ҳудудларда яшаган халқлар фаол интеграцион жараёнларга киришганлар. Ушбу йўллар турли ҳудудлар иқтисодий ҳаётининг ривожланишига самарали таъсир кўрсатган17.
Марказий Осиёни қадимги шарқ давлатлари билан боғлашда “ложувард йўли”алоҳида аҳамият касб этган. У эрамиздан аввалги 3-2 минг йилликларда шаклланган. Асосан Помир тоғларидан бошланган бу йўл Эрондан Олд Осиёга қадар, у ердан эса Мисргача давом этган. Бу йўл орқали Амударёнинг юқори оқими ва Бадахшонда қазиб олинган ва қадимги шарқ давлатлари (Шумер, Миср) заргарлари томонидан талаб катта бўлган ложуварднинг олиб ўтилиши натижасида бу йўлнинг машҳур номи ҳам шаклланиб борган. Ўрта Ер денгизи соҳилидаги Эфес ва Сарда номли Кичик Осиё шаҳарларини Эроннинг пойтахти ва Суза шаҳри билан боғлаган Аҳмонийларнинг машҳур “шоҳ йўли” эрамиздан олдинги VI-IV асрларда фаолият кўрсатган. Эрондан бошланган қадимги йўлларнинг яна бири Бақтрия ҳудуди орқали ўтиб, Суғдиёна, Тошкент воҳаси ва Қозоғистон ерлари орқали Олтойгача етиб борган. Қадимги йўлларнинг энг муҳими ва трансконтинентал аҳамиятга эга йўллардан бири Буюк ипак йўли ҳисобланади18. Атлантика океани қирғоқларидан то Тинч океани қирғоқларигача давом этган, бутун Осиё континентини кесиб ўтган, Узоқ Шарқни Европа билан боғлаган бу йўл эрамиздан аввалги 2 асрда шаклланган. “Буюк ипак йўли” атамасини фанга немис саёҳатчиси ва географи Ф.В.Рихтгофен ўзининг “Хитой” асарида қўллаган. Буюк ипак йўли биргина йўналишдаги ягона йўл бўлмай, у турли йўллар йиғиндиси – тизимидан иборат бўлган. Буюк ипак йўлининг кашф этилишида Хитой императори Ву Дининг миоддан аввалги 138 йилда ўғли Чжан Цзянни Хитойнинг шимолий чегараларига мунтазам ҳужум қилиб турган хуннларга қарши иттифоқчи топиш мақсадида узоқ юртларга юбориши муҳим роль ўйнаган19.
Хуннларга асир тушиб, ўн йил тутқинликда яшаган элчи улар назорати остидан қочишга муваффақ бўлади ва Марказий Тянь Шань орқали Иссиқ кўлга боришга, Норин дарёси бўйлаб юриб, Фарғона водийсига келиб қолишига тўғри келади. Шу тариқа кашф этилган йўл орқали Ғарбдан Хитойга ва Хитойдан Ғарбга турли моллар етказиб берилиши мунтазамлик касб эта бошлайди. Жумладан, Ўрта Осиёга йилига беш-олти марта турли элчилик миссиялари жўнатилиб, улар ўзлари билан ипак ва металл буюмлар олиб келганлар. Бунинг эвазига Ўрта Осиёдан тез юрар отлар, нефрит, коралл ва бошқа молларни олиб кетганлар. Аста-секинлик билан бу йўл билан амалга оширилган савдо алоқалари Ўрта Ер денгизигача етказилган. Шу тариқа Буюк ипак йўли тизими шаклланган20.
Хитойдан йўлга чиққан карвонлар шимолий Тян-Шан тоғларигача бориб, у ердан Ўрта Осиё ҳудудини кесиб ўтиб, Хуросон орқали Месопатамияга етиб олганлар. Буюк ипак йўли орқали алоқалар айниқса Кушон давлати даврида янада ривожланади. Бу даврда янги шаҳарлар қурилади, ҳунармандчилик ривожланади, Ҳиндистон, Хитой, Рим империяси билан алоқалар ривожланиб боради.
Buyuk Ipak yo`li –Xitoy, O`rta Osiyo va Yaqin Sharq mamlakatlari o`rtasidagi qadimgi savdo yo`li. Bu yo`l orqali qadimgi Xitoydan, Xindiston, O`rta Osiyo va Kichik Osiyoga asosan ipak eksport qilinganligi sababli tarixda u “Ipak yo`li” nomi bilan shuxrat topgan. Buyuk ipak yo`li mil. av. I ming yillikning 2- yarmidan to millodiy 15-asrgacha, ya’ni suv yo`llari qaror topguncha sharqni g`arb bilan bog`lagan asosiy savdo yo`li bo`lib, u Xitoy, Hindiston, O`rta Osiyo, Yaqin Sharq xamda O`rta dengiz mamlakatlari o`rtasidagi savdo sotiq va madaniy aloqalarning rivojlanishida muxim rol o`ynagan. Buyuk Ipak yo`li Xitoydagi Xuan Xe daryosining o`rta oqimida joylashgan Sian shaxridan boshlanib Lanch jou orqali Dunxuanga kelgan. Bu yerda u ikkiga ajralib biri-shimoli – g`arbga, ikkinchisi janubiy–g`arbga yo`nalgan. Shimoliy yo`l Turfon orqali. Tarim voxasiga va bu yerdan Qashqar Davon (Farg`ona vodiysi) ga borgan21. U yerdan So`g`dning markazi bo`lgan Samarqand va Marg`iyona (Marv)ga yo`nalgan. Janubiy yo`l Xo`tan, Yorkent va Pomir –tizma tog`lari orqali o`tib, Baqtriyaning poytaxti Zariaspa (Balx)ga borgan. Balxda janubiy yo`l ikkiga ajralib biri Xindistonga, ikkinchisi g`arbga yo`nalgan va Marvda shimoliy yo`l bilan tutashgan. Marvda Buyuk Ipak yo`li Parfiyaning poytaxti Niso, Eronning Gekatompil, Apaliya va Ekbatana (Xammadon shaharlari) orqali Mesopotamiyaga borgan. U yerda Ktesifon va Bog`dod shaxarlaridan o`tib Dajla (Tigr) daryosining o`ng qirg`og`i bo`ylab shimolga yo`nnalagan va Nisbin xamda Antioxiya (Antokiya) shaxarlari orqali Damashqqa borgan22.
Damashqqdan Tira shaxri bilan Quddusga va Misrga yo`nalgan. Buyuk Ipak yo`li orqali Xitoydan tashqi savdo uchun ipak, Xitoyga esa xar xir gazlama gilam va paloslar, oyna, metall, zeb zinat buyumlari, qimmatbaxo tosh va dorivlorlar Baqteriya va Dovondan ot va tuyalar olib borilgan. Buyuk Ipak yo`li tufayli Xitoyning O`rta Osiyo YAqin Sharq mamlakatlari bilan savdo va elchilik aloqalari birinchi ikkinchi asrlardayoq kengayib borgan. Xitoydan xar yili katta savdo karvonlari elchichlar bilan g`arb mamlakatariga jo`nadilar va g`arbdan turli tuman mollar, ortilan karvonlar bilan elchilar kelar edi. Garchi Xitoy sayyoxi Gai In 97 yili Fors qo`ltig`iga yetib borgan bo`lsa, Makidoniyalik Gay Titsian 100 yili Lanch - monagacha yetib kelgan. Lekin Buyuk Ipak yo`lining uzoqligi va sermashaqatligi sababli Xitoy G`arb davlatlari bilan bevosita aloqa olib borishi mumkin bo`lmagan. Shuning uchun xam Buyuk Ipak yo`li orqali olib borilgan savdo elchilik aloqalarida osiyoliklar ayniqsa so`g`dlar, baqteriyaliklar va eronliklar vositachilik rolini o`ynaganlar.
O`rta Osiyo hududlarida antik davrdan boshlab rivojlanish jarayonlari Buyuk ipak yo`li bilan uzviy bog`liqdir. Xususan, mil.av. II asrdan boshlab Xitoy va O`rta Osiyo viloyatlari bilan savdo va madaniy aloqalar rivojlanib bordi. Farg`ona, So`g`d va Baqtriyaga ipakchilik kirib keldi. Karvon yo`li rivojlanib borgan sari savdo-sotiq va madaniy aloqalar rivojlanib bordi. Kushonlar va eftalitlar davriga kelib O`rta Osiyo orqali o`tuvchi ipak yo`li tarmoqlari nazoratini mahalliy so`g`diy aholi qo`lga oldilar. Qo`shni davlatlar xam Ipak yo`lidan manfaatdor bo`lganligi sababli ilk o`rta asrlardan Eron va Vizantiya xukmdorlari so`g`diylar bilan qonli kurashlar olib bordilar23.
Milodning boshlarida qadimgi dunyoning ilg`or madaniyatli davlatlari, asosan to`rttaga: Rim, Parfiya, Xitoy va Kushon davlatlariga bo`linar edi. G`arbda Britan orollaridan sharqda Tinch okean sohillarigacha cho`zilgan bu zabardast saltanatlar insoniyat tarixida birinchi bo`lib “Buyuk ipak yo`li” deb nomlanuvchi yo`l bilan bog`landilar24. Ipak yo`li rivojlanib borgan sari podsholarning o`zaro elchilar yuborishlari, bir-birlariga har xil sovg`alar in’om etishlari an’anaga aylandi. Savdo-sotiq misli ko`rilmagan darajada rivojlanib bordi. Shuningdek, Sharq bilan G`arb madaniyatining bir-biriga ta’siri kuchaydi. Davlatlar rivojlanishidagi ko`plab madaniy o`xshashliklar ham shu tufayli yuzaga keldi. Mil. av. II asrda paydo bo`lib, milodning XVI asriga qadar faoliyat ko`rsatgan Buyuk ipak yo`li shu davr ichida Sharq va G`arb xalqlarining keng miqyosdagi o`zaro madaniy va iqtisodiy aloqalari tarixida katta ahamiyatga ega bo`ldi. Bu yo`l orqali aloqalar qilgan qadimgi xalqlarning o`zaro hamkorlik, almashinuv va madaniyatlarining boyib borishi tinch va taraqqiyot uchun asos bo`lib, xizmat qildi. O`zbekiston xududlari bu yo`lning chorrahasida joylashgan bo`lib, bu yerga turli malakatlardan savdogarlar, hunarmandlar, olimlar va me’morlar tashrif buyurganlar.