Buyuk ipak yo‘lini qayta tiklashda transport tarmog‘ining ahamiyati
Reja:
2. Buyuk Ipak Yo‘lidagi transport vositalarining ahamiyati
3. Savdo sohasi transport vositalarining turlari
«Buyuk Ipak Yo’li»ning shakllanishi, rivojlanishi, tarmoqlari va ahamiyati Buyuk ipak Yo’lining paydo bo’lishi va rivojlanishi. Qadimgi xalqlarning turli tomonlama rivojlanishida savdo va tranzit yo’llarning ahamiyati nixoyatda kattadir. Mil. avv. III ming yillikka kelib, O’rta Osiyoning ko’pgina xududlari kadimgi axoli tomonidan uzlashtirib bo’lingan edi. Chul va dasht xududlardagi kuchmanchi chorvador axoli voxalardagi utrok axoli bilan o’zaro alokalarni bronza davriga kelib yanada rivojlantiradilar. Tarixiy adabiyotlardan ma’lum bo’lishicha, Buyuk ipak Yo’li tashkil topmasdan ancha ilgariyok Qadimgi Sharq va O’rta Osiyo xududlarida o’zaro almashinuv yo’llari mavjud edi.
Bronza davridagi (mil. avv. III—II ming yilliklar) ana shunday yo’llardan biri «Lojuvard Yo’li» deb atalib, uning bir tarmog‘i Badaxshon, Baktriya va Marg‘iyona xududlarini Xorazm, Sug‘d, Markaziy va Ural bilan bog‘lagan. Yana bir tarmog‘i esa, Baktriya va Marg‘iyonani Mesopotamiya bilan bog‘lagan. Bu yo’l Pomir tog‘laridan boshlanib, Eron, Old Osiyo, Misr orqali utgan. Badaxshon Lojuvardining Hind vodiysi, Mesopotamiya va Misrdan topilishi bu kimmatbaxo toshning Qadimgi Sharqda nixoyatda kadrlanganligidan dalolat beradi.
Qadimgi yo’llardan yana biri, Eron axmoniylarining Yo’li bulib, bu yo’lning bir tarmog‘i mil. avv. VI—IV asrlarda kichik Osiyo shaharlarini hamda O’rta Yer dengizi buyidagi Efes, Sardi shaharlarini Eronning markazlaridan biri Suza bilan bog‘lagan bulsa, yana bir tarmog‘i Eron-Baktriya orqali Sug‘diyona, Toshkent voxasi va Qozog‘iston xududlaridan o’tib Oltoygacha borgan. Tarixiy adabiyotlarda bu yo’l «shox Yo’li» deb ataladi.
Mil. avv. 138 yilda Xitoy imperatori H-Di Chjan Syanni O’rta Osiyo yerlariga junatadi. Elchi Chjan Syan (mil. avv. 138-126 yillarda) Xitoyning xunnlarga karshi kurashi uchun ittifokchi izlab kelgan edi. Mil. avv. II-I asrlarga kelib, Chjan Syan yurgan yo’llarda Xitoyni O’rta va G‘arbiy Osiyo bilan bog‘laydigan karvon Yo’li paydo buladi. Bu yo’l Buyuk ipak Yo’li deb atalib, umumiy uzunligi 12 000 km dan iborat edi. Ilk O’rta asrlarga kelib, Ipak Yo’lining yanada rivojlanganligini kuzatish mumkin. Uz davrida nixoyatda katta ahamiyatga ega bulgan bu yo’lning dastlabki tarmog‘i Xitoydagi Sian shaxridan boshlanib, Sharqiy Turkiston, O’rta Osiyo, Eron, Mesopotamiya orqali O’rta Yer dengizigacha chuzilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |