4. Asoslar, ularning turlari, olinishi, xossalari va ishlatilishi.
ASOSLAR (GIDROKSIDLAR) – tarkibida bir yoki bir necha gidroksid gruppa saqlagan murakkab moddalar. Me(ON)n – asoslarning umumiy formulasi, bu erda: Me – metall, ON – gidroksid guruhi, n – metall valentligi (gidroksid guruhlari soni).
Masalan: NaOH, Ca(OH)2, Cr(OH)3, Pb(OH)4, NH4OH va h.z.
Asoslarni formulasini tuzish
Metalni belgisi keyin gidroksid guruhi yozilib, metal valentligi indeks sifatida yoziladi. Masalan:
|
Asoslarni nomlash
Metalni nomiga gidroksid so‘zi qushib birikmalarning nomi yasaladi. Agar metall o‘zgaruvchan valentli bo‘lsa, element nomidan keyin qavs ichida uning valentligi rim raqamida ko‘rsatiladi.
|
Natriy gidroksid –
Mis (II) gidroksid –
Xrom (III) gidroksid –
Temir (III) gidroksid –
Magniy gidroksid –
Alyuminiy gidroksid –
Nikel (III) gidroksid –
Rux gidroksid –
Kalsiy gidroksid –
Qalay (II) gidroksid –
|
NaON
Cu(ON)2
Cr(ON)3
Fe(ON)3
Mg(ON)2
Al(ON)3
Ni(ON)3
Zn(ON)2
Ca(ON)2
Sn(ON)2
|
Al(ON)3 –
Cu(ON)2 –
KON –
Cr(ON)3 –
Fe(ON)3 –
Mg(ON)2 – Ni(ON)3 –
Zn(ON)2 –
Ca(ON)2 – NaON –
|
Alyuminiy gidroksid
Mis (II) gidroksid
Kaliy gidroksid
Xrom (III) gidroksid
Temir (III) gidroksid
Magniy gidroksid
Nikel (III) gidroksid
Rux gidroksid
Kalsiy gidroksid
Natriy gidroksid
|
Asoslarning grafik formulasini chizish
Asoslarning sinflanishi (klassifikatsiyasi)
Asoslar ikki xil bo‘ladi:
1) Suvda eriydigan asoslar – ishqorlar deyiladi. Asosan LiOH, NaOH, KOH, RbOH, CsOH, FrOH, Ca(OH)2, Sr(OH)2, Ba(OH)2, Ra(OH)2lar suvda eriydi va ishqorlarni hosil qiladi.
2) Suvda erimaydigan asoslar – bunday asoslar suvda erimaydi. Deyarli qolgan barcha asoslar suvda erimaydi. Masalan: Fe(OH)3, Mo(OH)2, Pb(OH)2, Cr(OH)3, CuOH. Suvda erimaydigan asoslarning ayrimlari amfoter xossaga ega: Be(OH)2, Zn(OH)2, Mn(OH)2, Sn(OH)2, Fe(OH)3, Cr(OH)3, Pb(OH)2 va h.z.
Olinish usullari
1. Ishqoriy metallarni suvda eritib ishqorlar olinadi:
2K + 2H2O 2KOH + H2
Ba + 2H2O Ba(OH)2 + H2
4Fe + 3O2 + 6H2O 4Fe(OH)3 (reaksiya juda sekin boradi)
2. Metallarning oksidlarini suvda eritib asoslar olinadi:
BaO + H2O Ba(OH)2
Cs2O + H2O 2CsOH
CaO + H2O Ca(OH)2
Rb2O + H2O 2RbOH
3. Ayrim binar birikma(gidridlar, karbidlar, silitsidlar, nitridlar va h.z.)lar ham suvda erib ishqorlarni hosil qiladi:
LiH + H2O LiOH + H2
SrH2 + 2H2O Sr(OH)2 + 2H2
KH + H2O KOH + H2
CaC2 + 2H2O Ca(OH)2 + C2H2
Al4C3 + 12H2O 4Al(OH)3 + 3CH4
Na2C2 + 2H2O 2NaOH + C2H2
|
AlN + 3H2O Al(OH)3 + NH3
Mg3N2 + 6H2O 3Mg(OH)2 + 2NH3
Sr2Si + 4H2O 2Sr(OH)2 + SiH4
Rb4Si + 4H2O 4RbOH + SiH4
Ca3P2 + 6H2O 3Ca(OH)2 + 2PH3
|
4. Alamashinish reaksiyalari yordamida olinishi:
Ca(OH)2 + Na2CO3 2NaOH + CaCO3
Ba(OH)2 + K2SO4 2KOH + BaSO4
5. Suvda erimaydigan asoslar tuzlarga ishqorlar ta’sir ettirib olinadi:
CuCl2 + 2RbOH Cu(OH)2 + 2RbCl
Mn(NO3)2 + 2KOH Mn(OH)2 + 2KNO3
FeSO4 + Ba(OH)2 Fe(OH)2 + BaSO4
6. Suvda erimaydigan asoslar oksidlarini kislorod ishtirokida suv bilan reaksiyasida hosil bo‘ladi:
4FeO + O2 + 6H2O 4Fe(OH)3
2Cu2O + O2 + 4H2O 4Cu(OH)2
Fizikaviy xossalari
Asoslardan faqat NH4OH – ammoniy gidroksid suyuq bo‘lib, qolgan barchasi qattiq moddalardir. Ishqorlar oq rangli, gigroskopik, kristall moddalar. Qolgan asoslar turli rangda, amorf va kristall tuzilishli, suvda kam eruvchan moddalardir. Ishqorlarning suvli eritmalari kuchli, qolganlari esa kuchsiz elektr o‘tkazuvchanlikka ega.
Kimyoviy xossalari
Asoslar kimyoviy jihatdan aktiv moddalar bo‘lib, noorganik moddalarning deyyarli barcha guruhlari bilan turli-tuman reaksiyalarga kirishadi.
1. Barcha asoslar kislotali oksidlar bilan reaksiyaga kirishib, tuz va suv hosil qiladi.
Fe(OH)2 + SO3 FeSO4 + H2O
NaOH + CO2 NaHCO3
6NH4OH + P2O5 2(NH4)3PO4 + 3H2O
2Al(OH)3 + 3SO2 Al2(SO3)3 + 3H2O
2. Ko‘pchilik asoslar qizdirilganda oksid va suvga parchalanadi.
Ca(OH)2 CaO + H2O
Zn(OH)2 ZnO + H2O
2CuOH Cu2O + H2O
2Mn(OH)3 Mn2O3 + 3H2O
3. Ba’zi asoslar qizdirilganda metal, suv va kislorodga parchalanadi.
4AgOH 4Ag + O2 + 2H2O
2Hg(OH)2 2Hg + O2 + 2H2O
4. Barcha asoslar kislotalar bilan ta’sirlashib tuz va suv hosil qiladi.
KOH + HCl KCl + H2O
Mn(OH)2 + H2SO4 MnSO4 + 2H2O
Be(OH)2 + 2HNO3 Be(NO3)2 + 2H2O
5. Ishqorlar ayrim metalmaslar bilan ta’sirlashadi.
2NaOH(sovuq) + Cl2 NaCl + NaClO + H2O
6KOH(issiq) + 3Cl2 5NaCl + NaClO3 + 3H2O
6RbOH + 3S Rb2S + Rb2SO3 + 3H2O
6. Ishqorlar amfoter oksidlar va gidroksidlar bilan reaksiyaga kirishib tuz va suv hosil qiladi.
ZnO + 2KOH K2ZnO2 + H2O
Al2O3 + 2CsOH 2CsAlO2 + H2O
Be(OH)2 + 2RbOH Rb2[Be(OH)4]
2NaOH + Al(OH)3 Na[Al(OH)4]
Do'stlaringiz bilan baham: |