Mavzu: anorganik birikmalarning eng muhim sinflari


Oksidlar. Nomlanishi, olinishi, xossalari va ishlatilishi



Download 399,17 Kb.
bet2/9
Sana22.11.2022
Hajmi399,17 Kb.
#870057
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
2-MA’RUZA 093449

2. Oksidlar. Nomlanishi, olinishi, xossalari va ishlatilishi.
OKSIDLAR biri kislorod bo‘lgan ikki xil elementdan iborat murakkab moddalar. Masalan: CO2, FeO, Cr2O3, Na2O, XeO4, Mn2O7, P2O5, SO3 va h.z.

Oksidlarni formulasini tuzish
Deyyarli barcha oksidlarda kislorod ikki valentlik namoyon qiladi. Elementni belgisi keyin kislorodni belgisi yozilib, valentliklar almashtirilib indeks sifatida yoziladi. Masalan:

Oksidlarni nomlash
Elementni nomiga oksidi so‘zi qushib birikmalarning nomi yasaladi. Agar element o‘zgaruvchan valentli bo‘lsa, element nomidan keyin qavs ichida uning valentligi rim raqamida ko‘rsatiladi.

Natriy oksidi –
Mis (II) oksidi –
Xrom (VI) oksidi –
Temir (III) oksidi –
Xlor (V) oksidi –
Oltingugurt (IV) oksidi –
Magniy oksidi –
Alyuminiy oksidi –
Ftor oksidi –
Nikel (III) oksidi –
Yod (VII) oksidi –

Na2O
CuO
CrO3
Fe2O3
Cl2O5
SO2
MgO
Al2O3
F2O
Ni2O3
I2O7

Al2O3
CuO –
SO3
Br2O7
OsO4
KrO2
H2O –
K2O –
SO2
R2O5
SO –

Alyuminiy oksidi
Mis (II) oksidi
Oltingugurt (VI) oksidi
Brom (VII) oksidi
Osmiy (VIII) oksidi
Kripton (IV) oksidi
Vodorod oksidi (Suv)
Kaliy oksidi
Uglerod (IV) oksidi
Fosfor (V) oksidi
Uglerov (II) oksidi

Oksidlarni struktura (grafik) formulalarini tuzish

Oksidlarning klassifikatsiyasi
Oksidlar 5 xil bo‘ladi.
1) Asosli oksidlar – asoslarga muvofiq keladigan oksidlar, ularga metallarning kichik valentli oksidlari misol bo‘ladi. Masalan: CuO – mis (II) oksidi, K2O – kaliy oksidi va h.z.
2) Kislotali oksidlar – kislotalarga muvofiq keladigan oksidlar, ularga metalmaslarning barcha oksidlari va metallarning 5,6,7,8 valentli oksidlari misol bo‘ladi, ular kislota angidridlari ham deb yuritiladi. Masalan: SO3 – oltingugurt (VI) oksidi (sulfat angidrid), Br2O7 – brom (VII) oksidi (perbromat angidrid), OsO4 – osmiy (VIII) oksidi, KrO2 – kripton (IV) oksidi, SO2 – uglerod (IV) oksidi (karbonat angidrid), R2O5 – fosfor (V) oksidi (fasfat angidrid) va h.z.
3) Amfoter oksidlar – ham asoslarga ham kislotalarga muvofiq keladigan oksidlar. Masalan: Al2O3alyuminiy oksidi, BeO – berilliy oksidi, ZnO – rux oksidi, Fe2O3 – temir (III) oksidi, Cr2O3 – xrom (III) oksidi, Mn2O3 – marganets (III) oksidi, PbO2 – qo‘rg‘oshin (IV) oksidi, V2O3 – vanadiy (III) oksidi va h.z.
4) Indefferent (befarq) oksidlar – tuz hosil qilmaydigan oksidlar. Masalan: NO – azot (II) oksidi, N2O – azot (I) oksidi, CO – uglerod (II) oksidi va h.z.
5) Qo‘sh (aralash) oksidlar – ikki va undan ortiq oksidlarning aralashmasidan hosil bo‘lgan birikmalar. Masalan: Fe3O4 (FeO.Fe2O3) – temir qo‘sh oksidi, Cr3O4 (CrO.Cr2O3) – xrom qo‘sh oksidi, Mn3O4 (MnO.Mn2O3) – marganets qo‘sh oksidi, Pb2O3 (PbO.PbO2) – qo‘rg‘oshin qo‘sh oksidi Co3O4(CoO . Co2O3) – kobalt qo‘sh oksidi va h.z. Ayrim hollarda har xil metallarning oksidlari aralash holda ham uchraydi, ular shpinellar deb aytiladi. Masalan: FeAl2O4 (FeO.Al2O3), ZnAl2O4 (ZnO.Al2O3), MgAl2O4 (MgO.Al2O3) va h.z.
Oksidlarning olinish usullari
1. Oddiy moddalarni bevosita kislorodda yonishidan oksidlar hosil bo‘ladi, kislorod kom sharoitda kichik valentli oksid, mo‘l sharoitda yuqori valentli oksid hosil bo‘ladi:

C + O2(kam) = 2CO
C + O2(mo‘l) = CO2
Mg + O2 = 2MgO

S + O2(kam) = SO2
S + O2(mo‘l) = 2SO3



2. Ayrim murakkab moddalarni bevosita kislorodda yonishidan oksidlar hosil bo‘ladi, kislorod kom sharoitda kichik valentli oksid, mo‘l sharoitda yuqori valentli oksid hosil bo‘ladi:

4NH3 + 3O2 = 2N2 + 6H2O
4NH3 + 5O2 = 4NO + 6H2O
H2S + O2(kam) = S + H2O

H2S + O2(mo‘l) = SO2 + H2O
FeS2 + O2 = Fe2O3 + SO2
CuS + O2 = CuO + SO2

3. Asoslarni parchalab ham (degidratlash – suvni ajratish) oksidlar olinadi:

Cu(OH)2 → CuO + H2O
2Fe(OH)3 → Fe2O3 + 3H2O

Ca(OH)2 → CaO + H2O
2Al(OH)3 →Al2O3 + 3H2O

4. Ayrim kislotalarni parchalab (degidratlash – suvni ajratish) ham oksidlar olish mumkin:

H2SiO3 → SiO2 + H2O
H2CO3 → CO2 + H2O
H2SO3 → SO2 + H2O

4HNO3 → 4NO2 + O2 + 2H2O
H2C2O4 → CO + CO2 + H2O
6HClO4 + P2O5 = 2H3PO4 + 3Cl2O7

5. Tuzlarni parchalash yo‘li bilan ham olish mumkin:

Ca(HCO3)2 CaO + 2CO2 + H2O
CaCO3 CaO + CO2
2Cu(NO3)2 2CuO + 4NO2 + O2
(CuOH)2CO3 2CuO + CO2 + H2O

FeSiO3 FeO + SiO2
Cr2(SO3)3 Cr2O3 + 3SO2
NH4NO3 N2O + H2O
(NH4)2Cr2O7 N2 + Cr2O3 + 4H2O

6. Oksidlardan oksidlarni olinish:

2NO + O2 = 2NO2
2CO + O2 = 2CO2
2SO2 + O2 = 2SO3
2NO2 = 2NO + O2

2CO2 = 2CO + O2
2SO3 = 2SO2 + O2
HgO + 2Cl2 Cl2O + HgCl2

7. Ayrim metallar suv bug‘i bilan yuqori haroratda oksidlar hosil qiladi:
3Fe + 4H2O Fe3O4 + 4H2
3Mn + 4H2O Mn3O4 + 4H2
3Cr + 4H2O Cr3O4 + 4H2
2Al + 3H2O Al2O3 + 3H2
8. Tuzlarga kislotalarning ta’siridan ham oksidlar olish mumkin:
Na2CO3 + 2HCl 2NaCl + CO2 + H2O
K2SO3 + 2HCl 2KCl + SO2 + H2O
CaSiO3 + H2SO4 CaSO4 + SiO2 + H2O
9. Kislotalarga metall yoki metalmaslarni ta’siridan oksidlarni olinishi:
Cu + 4HNO3 Cu(NO3)2 + 2NO2 + 2H2O
2Ag + 2H2SO4 Ag2SO4 + SO2 + 2H2O
2H2SO4 + C CO2 + 2SO2 + 2H2O



Download 399,17 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish