Kislotalarning nomlanishi
Kislotalar 1979 yilda IYUPAK qabul qilgan nomenklaturaga asosan nomlanadi.
1. Kislorodsiz kislotalar kislota hosil qilgan element nomiga “id” qo‘shimchasi qo‘shib nomlanadi: HF – ftorid, HCl – xlorid, HBr – bromid, H2S – sulfid, HCN – sianid, HN3 – azid, H2Se – selenid, H2Te – tellurid, HCNS – rodonid va h.z.
2. Kislorodli kislotalar kislota hosil qiluvchi elementning oksidlanish darajasiga (valentligiga) asoslanib nomlanadi:
a) Eng past oksidlanish darajasida bo‘lsa “gipo” old qo‘shimchasi qo‘shiladi: HClO – gipoxlorit, HBrO – gipobromit, HIO – gipoyodit va h.z.,
b) O‘rtacha oksidlanish darajasida bo‘lsa “it” qo‘shimchasi qo‘shib nomlanadi: HNO2 – nitrit, H3PO3 – fosfit, H3AsO3 – arsenit, H2SO3 – sulfit, H2SeO3 – selenit, HClO2 – xlorit, HBrO2 – bromit va h.z.,
v) Yuqori oksidlanish darajasida bo‘lsa “at” qo‘shimchasi qo‘shib nomlanadi: HNO3 – nitrat, H3PO4 – fosfat, H3AsO4 – arsenat, H2SO4 – sulfat, H2SeO4 – selenat, HClO3 – xlorat, HBrO3 – bromat va h.z.,
g) Bir element bir xil oksidlanish darajasida turli kislotalar hosil qilsa, vodorod atomlari kamiga “meta”, ko‘piga “orto” old qo‘shimchasi qo‘shib nomlanadi: HBO2 – metaborat, H3BO3 – ortoborat, H2SiO3 – metasilikat, H4SiO4 – ortosilikat, HPO3 – metafosfat, H3PO4 – ortofosfat va h.z.,
d) Kislota hosil qiluvchi element juda yuqori oksidlanish darajasida bo‘lsa “per” old qo‘shimchasi qo‘shiladi: HClO4 – Perxlorat kislota, HBrO4 – perbromat kislota, HIO4 (H5IO6) – peryodat kislota, HMnO4 – permanganat kislota va h.z.
e) Ikki molekula bir xil kislota birikib, bir molekula suv chiqib ketishidan hosil bo‘lsa, bunday kislotalar “piro” old qo‘shimchasi qo‘shib nomlanadi: H4P2O7 - pirofosfat (Bifosfat) kislota, H2S2O5 - pirosulfit kislota, H2S2O7 – pirosulfat kislota va h.z.
Kislotalarning olinish usullari
1. Kislotali oksidlar (angidridlar)ni suvda eritish:
SO2 + H2O H2SO3
N2O5 + H2O 2HNO3
P2O5 + 3H2O 2H3PO4
2NO2 + H2O HNO2 + HNO3
2. Kislorodsiz kislotalar metalmaslarni vodorod bilan bevosita reaksiyasidan olinadi:
H2 + Cl2 2HCl
H2 + S H2S
H2 + I2 2HI
3. Kuchsiz kislota tuzlariga kuchli kislotalar ta’sir qilib:
CaSO3 + 2HCl CaCl2 + H2SO3
NaNO2 + HCl NaCl + HNO2
K2SiO3 + H2SO4 K2SO4 + H2SiO3
Na2S + H2SO4 Na2SO4 + H2S
Mg3(PO4)2 + 3H2SO4 3MgSO4 + 2H3PO4
4. Metalmaslarni kuchli kislotalar bilan oksidlash:
S + 2HNO3 H2SO4 + NO
3P + 5HNO3 + 2H2O 3H3PO4 + 5NO
5. Ba’zi metalmaslarning birikmalarini gidrolizga uchratib:
PCl5 + 4H2O H3PO4 + 5HCl
PBr3 + 3H2O H3PO3 + 3HBr
6. Kislorodsiz kislotalar tuzlariga konsentrlangan kuchli kislotalar ta’siri:
2NaCl + H2SO4 Na2SO4 + 2HCl
K2S + 2HCl 2KCl + H2S
ZnBr2 + H2SO4 ZnSO4 + 2HBr
Fizikaviy xossalari
Kislorodsiz kislotalar odatda zaharli gaz moddalar bo‘lib, ularning suvdagi eritmalaridan turli konsentratsiyali kislotalar olinadi. Kislorodli kislotalar suyuq – HNO3, H3PO4, H2SO4 va qattiq – H2SiO3, H3BO3 moddalardir.
Kimyoviy xossalari
1. Kislotalar asosli va amfoter oksidlar bilan reaksiyaga kirishib, tuz va suv hosil qiladi:
H2SO4 + FeO FeSO4 + H2O
2HCl + MgO MgCl2 + H2O
2HNO3 + BeO Be(NO3)2 + H2O
2. Kislotalar asoslar ta’sirlashib tuz va suv hosil qiladi va bunday jarayonlar neytrallanish deyiladi:
HCl + NaOH NaCl + H2O
3H2SO4 + 2Al(OH)3 Al2(SO4)3 + 6H2O
2HNO3 + Ca(OH)2 Ca(NO3)2 + 2H2O
3HNO3 + Fe(OH)3 Fe(NO3)3 + 3H2O
3. Metallar bilan ta’siri. Metallarning aktivlik qatorida vodoroddan chapda joylashgan metallar kislotalar bilan reaksiyaga kirishib, tuz va vodorod hosil qiladi (nitrat va konsentrlangan sulfat kislotalardan tashqari), aktivlik qatorida vodoroddan o‘ngda joylashgan metallar kislorodsiz kislotalar bilan reaksiyaga kirishmaydi va kislorodli kislotalardan vodorodni siqib chiqarmaydi:
2K + H2SO4 K2SO4 + H2
Sr + 2HBr SrBr2 + H2
Zn + 2HCl ZnCl2 + H2
|
Fe + H2SO4 FeSO4 + H2
Cu + 2H2SO4 CuSO4 + SO2 + 2H2O
Au + HCl reaksiya bormaydi
|
4. Ayrim kislotalar qizdirilganda parchalanadi:
H2CO3 CO2 + H2O
2H3PO4 P2O5 + 3H2O
H2SiO3 SiO2 + H2O
4HNO3 4NO2 + O2 + 2H2O
Kislotalar suvdagi eritmalarda vodorod kationiga va kislota qoldig‘i anioniga dissotsilanadi. Dissotsilanish bosqich bilan boradi. Eritmalarida N+(N3O+) – ionlari bo‘lgani uchun ularda lakmus qizil rangga, metiloranj qizg‘ish-binafsha rangga kiradi. Fenolftalein rangi o‘zgarmaydi.
HCl + H2O Cl– + H3O+
I) H2CO3 + H2O HCO3– + H3O+
II) HCO3– + H2O CO32– + H3O+
Do'stlaringiz bilan baham: |