Mavzu. Absalyut va shartli yaqinlashuvchi qatorla Reja


rivojlantirish hamda talim muassasalarining resurs kadrlar va axborot bazalarini



Download 1,29 Mb.
bet9/19
Sana26.02.2022
Hajmi1,29 Mb.
#471814
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   19
Bog'liq
Reja Sonli qator yig‘indisi tushunchasi Absolyut va shartli yaqi

rivojlantirish hamda talim muassasalarining resurs kadrlar va axborot bazalarini
mustahkamlash, oquv-tarbiya jarayonini yangi o'quv-uslubiy majmualar, ilgor
pedagogik texnologiyalar bilan toliq taminlash, o'quv jarayonini
axborotlashtirish, uzluksiz talim tizimini jahon axborot tarmogiga ulanadigan
kompyuter axborot tarmogi bilan toliq taminlash kabi vazifalarni amalga
oshirish nazarda tutildi.
Dastur asosida kadrlar tayyorlashning ―milliy modeli yaratildi. Kadrlar tayyorlash milliy dasturi O’zbekistonning strategik maqsadi rivojlangan
demokratik davlat barpo etish taraqqiy etgan mamlakatlar hamjamiyatining teng
huquqli a’zosiga aylanishning ifodasidir. Ana shu ulug’vor maqsaddan kelib
chiqib, ―Kadrlar tayyorlash milliy dasturi uzluksiz ta’lim tizimi orqali har
tomonlama kamol topgan shaxsni shakllantirishni vazifa qilib qo’yadi.



  1. Sonli qator yig‘indisi tushunchasi

Biror {ak} sonli ketma-ketlik berilgan bo'lsin. Uning elementlaridan
formai ravishda tuzilgan

ko'rinishdagi ifodaga sonli qator (yoki oddiy qilib qator) deyiladi. Ketma-ketlikning ak elementlari qatorning hadlari deb ataladi. Ushbu qatorni ∑ belgidan foydalanib yana quyidagicha ham belgilashadi:



bunda yig'indining yuqori chegarasi qator hadlari sonining cheksiz ekanini anglatadi. 2*. Sonli qator yig'indisi tushunchasini aniqlash bo'yicha uchta yondashishni keltirish mumkin. Birinchisida cheksiz sondagi hadlarni, ular qanchalik kichik bo'lishidan qat’iy nazar. qo'shib chiqish jarayoni hech qachon tugamaydi deb hisoblanib, bunday yig'indining biror ma’noga ega ekani umuman inkor etiladi. Bunday yondashish, Axilles va toshbaqa nomi bilan tanilgan, Zenon Eleyskiy (eramizdan avvalgi 490-430 - yillarda yashagan) paradoksida o‘z aksini yaqqol topgan. Bu paradoksga ko‘ra, Axilles toshbaqaga yetib olish maqsadida, awal toshbaqa boshlang‘ich vaqtda turgan P0 nuqtaga kelishi kerak, ammo toshbaqa bu vaqt ichida boshqa biror PW nuqtada bo'ladi. Axilles Pi nuqtaga yetib kelganda esa, toshbaqa navbatdagi P2 nuqtaga keladi va hokazo. Modomiki Axilles bosib o'tishi kerak bo‘lgan yo‘l cheksiz sondagi oraliqlardan (ulaming uzunligi istalgancha kichik bo'lishiga qaramasdan) iborat ekan, ularni qo'shib chiqish jarayoni (Zenon fikricha) eheksiz ko‘p vaqt talab qiladi va shuning uchun, Axilles hech qaehon toshbaqaga yeta olmaydi. Ikkinchi yondashish tarafdorlari istalgan eheksiz qator yig‘indiga ega va bu yig‘indini hisoblash uchun arifmetikaning oddiy qoidalari yetarli, deb hisoblaj'dilar. Ayniqsa o‘rta asrlarda bunday qarash keng tarqalgan edi. Masalan,
S = 1- 1 + 1 - 1 + 1 - 1 + ...
belgilash kiritib, biz
S = 1 - (1 - 1+ 1-1 + ...)
deb yozishimiz mumkin, ya’ni
S = 1-5.

Bundan S =1/2 ekani kelib chiqadi. Qizig'i shundaki, bu yondashish tarafdorlarini butun sonlar yig‘indisining to‘g‘ri kasr bolib qolgani ajablantirmagan. Ammo bu yondashishning qoniqarli emasligi quyidagi


S* = 1 + 1 + 1 + 1 + 1 + ...

qator rnisolida yaqqol ko'zga tashlanadi. Chunki


S* = 1 + (1 + 1 + 1 + 1 + ...)


deb yozib olsak,


S* = 1 + S*
bo'ladi va bundan esa shubhasiz noto‘g‘ri bo'lgan 0 = 1 natijani olamiz. Nihoyat, uchinchi yondashish shundan iboratki, unda barcha sonli qatorlar ichidan faqat biror qoniqarli ma’noda yig‘indi tushunchasini kiritish mumkinlarinigina ajratib olinib, qolganlarini esa o'rganilmaydi. Limitlar nazariyasiga tayangan bu yondashish XIX asr matematiklari tomonidan rivojlantirildi va u juda sermahsul bo'lib chiqdi. 0 ‘sha vaqtda kiritilgan sonli qator yig‘indisi tushunchasi, yig'indiga ega bo'lgan qatorlar sinfini kengaytirish natijasida; doimo rivojlantirildi va hozir ham rivojlanib kelmoqda.
3 . Navbatdagi maqsadimiz (9.1.1) cheksiz yig'indiga, xuddi chekli sondagi hadlar yig'indisi xossalariga ega bo'ladigan qilib, ma’no berishdan iboratdir. Buning uchun, dastlabki n ta hadning yig'indisini hisoblab, n cheksiz kattalashganda bu yig'mdining o'zgarishini kuzatamiz. Ta’rif, Berilgan (9.1.1) qatoming dastlabki n ta hadi yig'indisini bu qatoming n- qismiy yig‘indisi deb ataymiz va Sn simvoli orqali belgilaymiz:



Download 1,29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish