MAVZU-2. MAQROQITISODIY TAHLIL VA
PROGNOZLASHTIRISHNING AХBOROT TA’MINOTI.
Bu mavzuda prognozlashlashtirish uchun axborot
bazasini yaratishning
yondashuvlari va tamoyillari ko‘rib chiqiladi. Axborotga qo‘yilgan talablar chuqur
o‘rganish va tushunishni talab qiladi, chunki prognozning natijasi va uning asosida
qabul qilingan boshqaruv qarorining sifati shunga bog’liq. Tuzilish jihatidan ushbu
mavzu mohiyati va ahamiyatiga ko’ra bir-biriga yaqin ikkita bo‘limga bo’lingan.
Ulardan birinchisida prognoz axborot va axborot bazalarini tuzishga tegishli asosiy
tushunchalar berilgan, ikkinchisida esa statistik (ekonometrik)
modellarni tuzish
uchun zarur bulgan prognoz-tahliliy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar tizimi ko‘rib
chiqilgan.
Iqtisodiyotning kelajakdagi holatini baholash uchun ekonometriq modellarni
qo‘llashb ayniqsa, dolzarb bo‘lib qolmoqda,
chunki bozor iqtisodiyoti
mamlakatimizda sodir bo’layotgan ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarni prognozlash
uchun yangi instrumentariyni va uslubiyatni talab qiladi.
2.1 Prognoz axboroti va uning xususiyatlari.
Bu bo‘limni prognozlash uslubiyatini o‘rganish uchun zarur bo‘lgan
bilim
bazasi tuzilishiga imkon beradigan individual jadvallarni tuzish tavsiya qilinadi.
Jadvallar quyidagilarni o‘z ichiga olishi kerak:
-
prognoz axborotining turlari;
-
prognoz axborotini yig’ish va qayta
ishlash usullari;
-
axborot bazasi bilan ishlash uslublari;
-
turli xil axborotlarni qo‘llash imkoniyatlari;
-
axborotga qo‘yilgan asosiy talablar (axborot bazasiga, olingan natijalarga,
axborotning bir-biriga to‘g’ri kelishiga).
Prognozlar tipologiyasi bilan kelajak to‘g’risida axborot manbalari va
prognozlash usullari masalasi uzviy bog’liq. Prognoz axborotning 3 ta asosiy manbai
ajratiladi:
-
o‘rganilayotgan
hodisalar, jarayonlar, voqealarning o‘tishi
va rivojlanishini
bilishga asoslangan tajribalar;
-
o‘tmishda va kelajakda rivojlanish qonuni yetarlicha ma‘lum bo‘lgan mavjud
tendensiyalarning ekstrapolyatsiyasi;
-
kutilayotgan yoki belgilangan shartlarga nisbatan
prognozlashtirilayotgan
ob‘ektlarning modellarini tuzish.
Axborotning bu turlariga nisbatan prognozlashning bir-birini tuldiruvchi 3
uslubi ajratiladi:
-
ekspert, u axborotni yig’ish (anketalash, intervyu olish, so’rov) va uni qayta
ishlash hamda prognozning qo‘yilgan vazifasiga nisbatan ekspertning fikriga
asoslangan;
-
trendning ekstropolyatsiyasi-ob‘ektning o‘tmishda va hozirda rivojlanishini
o‘rganish hamda o‘tmish va hozirda rivojlanishning qonuniyatini kelajakka
ko‘chirish;