Ўзбкистон республикаси олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги


 Indikatorlarning turlari



Download 220,22 Kb.
Pdf ko'rish
bet6/9
Sana17.07.2022
Hajmi220,22 Kb.
#813111
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
2-mavzu

 
2.5 Indikatorlarning turlari. 
Iqtisodiy kon‘yunktura vaqt davomida o‘zgarishiga qarab indikatorlarning 
quyidagi turlari farqlanadi: ilgarilab ketuvchi, to‘g’ri keluvchi (yoki tahminan to‘g’ri 
keluvchi) va orqada qoluvchi.
Ilgarilab ketuvchi yoki lider indikatorlar – bu, iqtisodiy kon‘yunktura 
o‘zgarishlarining vaqt jihatidan ilgarilab ketuvchi statistik ko‘rsatkichlaridir. 
Demak, ular o‘zgarishining nisbatini bilib, masalan, iqtisodiy inqirozlarni oldindan 


aytib berish mumkin. Bandlik darajasini ilgarilab ketuvchi indikatorlar bilan 
prognozlash uchun qayta ishlovchi sanoatdagi ish haftasining o‘rtacha davomiyligi, 
ishsizlik bo‘yicha yangi sug’urta to‘lovlaridan foydalaniladi. Ish faolligi darajasi 
pasayishidan oldin quyidagi ko‘rsatkichlar pasayadi:
-
iste‘mol tovarlari yetkazib berishga yangi buyurtmalar hajmi;
-
korporatsiyalar aksiyalari bahosining darajasi;
-
yangi mashinalar va uskunalar, buyurtmalar bilan boglio‘ sharnomalar 
qiymatlari;
-
yangi uy-joylar qurilishga berilgan litsenziyalarning miqdori;
-
xom-ashyoning ayrim turdagi narxlari;
-
mamlakatdagi pul taklifi hajmi va boshqalar.
To‘g’ri keladigan indikatorlar o‘zgarishi iqtisodiy kon‘yunktura o‘zgarishiga 
vaqt jihatidan to‘g’ri keluvchi indikatorlardir, ular iqtisodning ahvolini va ish 
faoliyati darajasini tahlil qilinayotgan yoki prognozlash davrida aks etadi. Hozirda 
mavjud bo‘lgan tasniflashga ko‘ra, to‘g’ri keluvchi indikatorlarga quyidagilar kiradi:
-
o‘zgarmas narxlardagi yalpi milliy mahsulot (YaIM);
-
o‘zgarmas narxlardagi yalpi sanoat mahsuloti hajmi;
-
o‘zgarmas narxlarda qayta ishlovchi sanoat va savdoning yalpi mahsuloti 
hajmi;
-
aholi shaxsiy daromalarining hajmi;
-
sanoatda va xizmalar sohasidagi bandlik darajasi;
-
milliy iqtisodiyot (mamlakat)dagi ishsizlik darajasi.
Oxirgi ikkitasi bandlik darajasini prognozlash uchun to‘g’ri keladigan 
indikatorlardir.
Orqada qoluvchi indikatorlar deb, o‘zgarishi vaqt jihatidan iqtisodiy tizim 
kon‘yunkturasining o‘zgarishlaridan orqada qoluvchi indikatorlarga aytiladi. Bu 
guruh o‘z ichiga quyidagi ko‘rsatkichlarni oladi:
-
agar bandlik alohida investitsion tovarlar (mashina va uskunalar) ishlab 
chiqarishga kapital qo’yilmalarning o‘zgarmas narxlardagi hajmi;
-
qayta ishlash sanoatidagi mehnat unumdorligi (soatlik ish);
-
savdo va sanoatdagi o‘zgarmas narxlardagi qaytarilmagan qarzlar miqdori;
-
tijorat qarzlari bo‘yicha foiz normasi;
-
ishsizlik darajasi.
Bandlik alohida prognozlashtirilganda oxirgi ko‘rsatkich to‘g’ri keluvchi 
indikator bo‘ladi.
Indikatorlar tizimi doimo takomillashadi. Tadqiqotni nafaqat AQSh iqtisodiy 
tadqiqotlar Milliy Byurosi, balki alohida iqtisodchilar ham olib borishmoqda va 
albatta, tadqiqot natijalari u yoki bu iqtisodchi qaysi iqtisodiy yo‘nalishga 
tegishliligiga bog’liq. Monetarist R.Djilbert iqtisodiy kon‘yunktura o‘zgarishini 
ilgarilab ketish imkoniyatiga tekshirilgan 3 ta monetar ko‘rsatkichni ajratgan:
-
“yuqori samardorlik”ka ega pullar, ya‘ni kredit ekspansiya uchun asos bo‘lib 
xizmat qiluvchi pullar (banq tizimidan tashqaridagi pul massasi plyus bank 
zahiralari);


-
“tor aniqlangan” pul massasi (bank tizimidan tashqaridagi pul massasi plyus 
joriy schyotlar);
-
“keng aniqlangan” pul massasi (“tor aniqlangan” pul massasi va tijorat 
banklarining muddatli omonatlari).
Indikatorlarni takomillashtirishning muhim yo‘nalishi ular asosida turli 
tahliliy ko‘rsatkichlarni ishlab chiqish bo‘ldi. Tahliliy ma‘lumotlarga ehtiyoj 
chuqurlashgan iqtisodiy qayta ishlash uslubi bilan indikativ tahlil kamchiliklarini 
yo‘qotish mumkin emasligidan kelib chiqdi.
Ishlab chiqaruvchilarning maqsadi - tahliliy ko‘rsatkichlarda indikatorlarning 
prognoz xususiyatlarini jamlash edi. Bu ko‘rsatkichlarning asosiy turlariga yig’ma 
va diffuzion indekslar hamda o‘zgarish me‘yorlari kiradi.
Yig’ma indekslar deb iqtisodiy indekslarning asosiy guruhlari (ilgarilab 
ketuvchi, to‘g’ri keluvchi va orqada qoluvchi) o‘rta tortilgan miqdorlariga aytiladi. 
Ularni hisoblashda taqqoslash uchun indikatorlar samaradorligini baholashdan 
foydalaniladi.
Diffuzion indekslar sodir bo‘layotgan jarayonlar iqtisodiyotning turli 
darajalarini qamrab olish darajasini aks etadi. Ular u yoki bu ko‘rsatkich ko‘payishi 
sodir bo‘layotgan kompaniyalar, tarmoqlar va mintaqalarning ulushidan iborat. 
Masalan, 30 ta tarmoq bo‘yicha diffuzion indeks tegishli vaqt davrlarida bandlik 
ko‘paygan tarmoqlar ulushini foizda ko‘rsatadi.
Yana bir misol. Agar 12 ta ilgarilab ketuvchi indekslardan 6 tasi pasaysa, 
diffuzion indeks tegishli ravishda 50%ni tashkil etadi. Agar barcha indekslar 
qisqarsa, indeks nolga teng bo‘ladi.
Shunday qilib, agar indeks 50-100% bo‘lsa, iqtisodiyotning o‘sishi kutiladi, 
50%ga teng bo‘lsa, ishlab chiqarish barqarorlashishi mumkin, agar 0-50% bo‘lsa, 
ishlab chiqarishning qisqarishi kutiladi.
Diffuzion indeksni tuzishning boshqa uslubida o‘sishning o‘rta davomiyligi 
hisoblanadi. Indeks tarkibiga kiruvchi har bir indeks o‘sish sodir bo‘lgan oylarni 
bildiradi. O‘sishning o‘rtacha davomiyligi bu miqdorlarning o‘rtacha tortilgan 
koeffitsiyenti sifatida aniqlanadi.
Masalan, agar indeksga 2 ta indikator kirib, joriy davrda ulardan biri 4 oy 
davomida o‘sib (+4), ikkinchisi 1 oy pasaygan bo‘lsa (-1), o‘sish davomiyligi indeksi 
1,5 ni tashkil etadi.
Lekin diffuzion indekslar va ularning o‘rtacha o‘sish davomiyligi 
miqdorlarini interpretatsiya etish qiyinligini aytib o‘tish kerak. Ayniqsa, ular asosida 
iqtisodiy kon‘yunkturaning kelajakdagi miqdoriy baholashni shakllantirish qiyindir. 
Shuning uchun diffuzion indekslarni qo’llashning asosiy maqsadi iqtisodiy 
indikatorlar bilan birga iqtisodiy kon‘yunkturani tahlil qilish va prognozlashning 
qo‘shimcha vositasi bo‘lishi mumkin.
Amplituda indeksi qaysidir davrda iqtisodiyotda sodir bo‘layotgan 
o‘zgarishlarni ularning o‘rtacha miqdoriga nisbatan tezligini o‘lchashga imkon 
beradi. Har bir davr uchun amplituda indeksi uning o‘rta miqdoriga nisbatan 
ko‘rsatkich o‘sishini ko‘rsatadi.


Ma‘lumotlar guruhi uchun indeks har bir ko‘rsatkichning o‘rta tortilgan 
miqdori sifatida hisoblanadi, taqqoslash uchun esa bu ma‘lumotlardan foydalanish 
samaradorligi baholanishi olinadi.

Download 220,22 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish