Fuqarolar uchun byudjet



Download 466,02 Kb.
Sana31.12.2021
Hajmi466,02 Kb.
#250928
Bog'liq
2020 yilgi makroiqtisodiy ko'rsatkichlari


2020 yilgi makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar prognozi ma’lum qilindi

O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi "Fuqarolar uchun byudjet" loyihasini taqdim etdi. Loyihadan byudjet jarayonidagi o‘zgarishlarni, 2020 yilgi makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar prognozi va soliq-byudjet siyosatining asosiy yo‘nalishlarini 2021-2022 yillarga mo‘ljallangan yo‘nalishlarni bilib olish hamda 2020 yilgi Davlat byudjeti loyihasi, tashabbusli byudjetlashtirish bilan tanishish mumkin.

E’lon qilingan loyihada 2020 yil uchun Davlat byudjeti daromadlari 128 460 mlrd so‘m yoki YAIMning 20 foizi miqdorida rejalashtirilgan, bu esa joriy yil yakuni bo‘yicha daromadlarning kutilayotgan ijrosidan 15 817,1 mlrd so‘mga ko‘proqdir. Kutilayotgan tushumlarni baholashda iqtisodiyotning real o‘sishi, soliqlar ma’murchiligini takomillashtirish, alohida soliq va bojxona imtiyozlarining bekor qilinishi, shuningdek narx va valyuta kursining kutilayotgan oshishi kabi omillar hisobga olingan. Prognozlashtirilayotgan daromadlar tuzilmasida bilvosita soliqlar salmog‘ini birmuncha qisqartirish orqali bevosita soliqlarni oshirish tendensiyasi saqlanib qoladi. 

Kelgusi yilda Davlat byudjeti xarajatlari 131 104,5 mlrd so‘m miqdorida bo‘lishi prognoz qilinmoqda, bu esa 2019 yilda tasdiqlangan parametrlardan 23 foizga ko‘pdir. Ijtimoiy sohaga xarajatlar ulushi katta qismni – 66 018 mlrd so‘mni tashkil etadi, ularning yarmi yoki umumiy byudjet xarajatlarining 22,9 foizi ta’lim sohasiga, 14 842,6 mlrd so‘m – sog‘liqni saqlash, fan, madaniyat va sport sohasiga, umuman olganda – 3 319,5 mlrd so‘m, aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashga – 6 573,7 mlrd so‘m yo‘naltiriladi, bu o‘tgan yildagiga qaraganda 23 foiz ko‘proqdir, 8 trln so‘m fuqarolarning pensiya ta’minoti uchun xarajatlar doirasida Pensiya jamg‘armasiga subsidiyalar tarzida zaxiraga beriladi.

2020 yilgi konsolidatsiyalashgan byudjet YAIIga nisbatan 3 424,9 mlrd so‘m yoki 0,5 foiz defitsit bilan ko‘rsatilmoqda. Umumiy fiskal balans konsolidatsiyalashgan byudjet va davlat dasturi xarajatlarini hisobga olgan holda tashqi qarzlar hisobiga 17 819,0 mlrd so‘mni tashkil etadi.

Yil boshiga davlat qarzi 21,3 mlrd dollar (YAIMga nisbatan 36,0 foiz) miqdorida bo‘lishi kutilmoqda, shundan tashqi qarzi 15,3 mlrd dollar (YAIMga nisbatan 25,4 foiz)ni tashkil etadi. Kreditorlar kesimida xorijiy davlatlardan (qolganlariga nisbatan Xitoy va Yaponiyadan ko‘proq) olingan qarzlar 6,7 mlrd dollarni, xalqaro moliya institutlaridan 7,7 mlrd dollarni (51 foizi - OTB) va investorlar hisobiga 1 mlrd dollarni tashkil etadi. 2020-2022 yillarda tashqi qarzlarni so‘ndirishga 1 567,4 mln dollarni yo‘naltirish rejalashtirilmoqda.     

2020 yilda makroiqtisodiy barqarorlikni ta’minlash uchun quyidagilarga litimlar belgilanmoqda:

davlat nomidan yoki Hukumat kafolati ostida tashqaridan mablag‘larni jalb etish bo‘yicha yangidan imzolangan bitimlar – 4 mlrd dollar;



davlat maqsadli dasturlarini amalga oshirish uchun O‘zbekiston nomidan yoki davlat kafolati ostidan jalb etiladigan (o‘zlashtiriladigan), kelgusi yillarda Davlat byudjeti mablag‘lari hisobiga so‘ndiriladigan qarzlar – 1,5 mlrd dollar.   

2019 yildan tashabbusli byudjetlashtirish dastaklari joriy etilmoqda, bunda tumanlar (shaharlar) byudjetlarining qo‘shimcha mablag‘larining kamida 10 foizi jamoatchilik fikri asosida o‘tkaziladigan tadbirlarni moliyalashtirishga yo‘naltiriladi. Mexanizmlar openbudget.uz portali vositasida amalga oshiriladi. 2019 yil I chorak yakunlariga ko‘ra jami respublika bo‘yicha 4 049 ta ovoz va takliflar bildirilgan, ularni moliyalashtirishga 28,9 mlrd so‘m ajratilgan. II chorakda tashabbuslar 5 baravarga ko‘paygan, ularga 48,3 mlrd so‘m yo‘naltirilgan. Asosiysi bular obodonlashtirish va ta’lim muassasalarini ta’mirlash ishlaridir.
Download 466,02 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish