9-10. Amaliy mashg’ulot:Alkoloidli dorivor o`simliklar biologiyasi va ekologiyasi (Qizilcha, Sho’rbo’yon, Bangidevona, )
Dars maqsadi: Talabalarni Alkaloidli dorivor o’simliklar bilan tanishib ularga kiruvchi turlar biologiyasi va ekologiyasi bilan tanishish. Ish borishi: Alkaloidlar o‘simliklar dunyosida keng tarqalgan. Tarkibida alkaloidlar bo‘lgan turkumlar er sharida o‘sadigan yuqori o‘simliklar turkumlarning 8,7 % ini (10615 turkumdan 926 tasini), turlar ichida esa taxminan 2 % ini tashkil qiladi. Quyidagi oilalar vakillari alkaloidlarga boy: bir pallalilar ichida-lolaguldoshlar (Liliaceae) va chuchmomadoshlar (Amaryllidaceae); ikki pallalilar ichida kendirdoshlar (Arosunaseae),ayiqtovondoshlar (Ranunculaceae), menispermadoshlar (Menisregmaseae), ko‘knordoshlar (Papaveraceae), dukkakdoshlar (Fabaceae), shamshoddoshlar (Vuxaseae), loganiyadoshlar (Loganiaseae), ituzumdoshlar (Solanaceae), sho‘radoshlar (Chenopodiaceae), astradoshlar (Asteraceae) – murakkabguldoshlar (Compositae), zirkdoshlar (Berberidaceae) va ro‘yandoshlar (Rubiaceae). SHu davr ichida butun er yuzida ajratib olingan va tasvirlangan 4959 ta alkaloiddan faqat birgina kendirdoshlar (Aposunaseae) oilasiga 897 tasi to‘g‘ri keladi.
O‘simliklarning ko‘karib turgan yer ustki qismida alkaloidlar odatda o‘simlikning yaxshi o‘sgan vaqtida maksimal miqdorda to‘planadi. Bu davrda er ostki organlarida alkaloidlar kam miqdorda bo‘lib, ularning maksimal miqdorda to‘planishi er ustki qismining qurib qolishi va o‘simlikning uyquga kirish davriga to‘g‘ri keladi. Demak, alkaloidlar o‘simliklarning ayni davrida kerak bo‘lgan va nasl qoldirish uchun asosiy rol o‘ynaydigan organlarida maksimal to‘planar ekan. Bu hol alkaloidlarning o‘simliklar hayotida muhim ahamiyatga ega ekanligini ko‘rsatadigan dalillardan biridir.
Qizilcha - Erhedra sp.; qizilchadoshlar - Ephedraceae oilasiga kiradi.O‘zbekistonda qizilchaning 9 turi bor. SHulardan faqat quyidagi ikkitasidan efedrin alkaloidi olinadi: tog‘ qizilchasi (efedrasi) - Erhedga equisetina Bge. va cho‘l qizilchasi (efedrasi) - Ephedra intermedia Schrenk. Tog‘ qizilchasi (efedrasi). Bo‘yi 1,5 ba’zan 2,5 m ga etadigan ikki uyli, sershox buta. Poyasi juda yo‘g‘on bo‘lib, kulrang po‘stloq bilan qoplangan. SHox va shoxchalari mayda, kalta, yashil rangli. Pastki shoxchalari to‘p-to‘p, yuqoridagi shoxchalari qarama-qarshi joylashgan. Barglari nihoyatda reduksiyalangan, tangasimon bo‘lib, shoxlarining bo‘g‘imlarida qarama-qarshi oylashgan.
Gullari bir jinsli, otalik hamda onalik gullari alohida o‘simliklarda joylashgan. Otalik gullari boshoqqa (2-4 ta guldan iborat) to‘plangan bo‘lib, har kaysi otalik bir- biriga qo‘shilib ketgan ikkita bargcha bilan o‘ralgan. Onalik gullari ichki va tashqi (ochiq) qoplag‘ich bilan o‘ralgan urug‘ kurtakdan tashkil topgan. Urug‘ kurtakni mayda gulyonbarglari o‘rab turadi. Urug‘ kurtakdan qizil rangli, bitta urug‘li g‘udda meva paydo bo‘ladi. Urug‘ kurtakning tashqi qoplag‘ichi g‘udda mevaning sersuv qismini, ichki qoplag‘ichi esa qattiq po‘stini hosil qiladi.May - iyun oylarida gullaydi, g‘udda mevasi iyul - avgustda etiladi. Tog‘ qizilchasi (efedrasi) dengiz sathidan 1000-1800 m balandlikdagi tog‘ yonbag‘irlarida, quruq, shag‘alli ochiq qiyalarda o‘sadi.
Asosan O‘rta Osiyoning Tyan – SHan, Pomir-Oloy, Jungar Olatau va Kopet- Dag tog‘larida, qisman Oltoy va Kavkazda uchraydi. Mahsulot Qozog‘istonning Olma-ota, Jambul viloyatlarining, Qirg‘iziston va O‘zbekiston (Zarafshon vodiysida) respublikalarining tog‘li tumanlarida tayyorlanadi. Bangidevona (Datura stramonium L.) — tomatdoshlarga mansub bir yillik begona oʻt. Poyasi tarqoq, tik shoxlanib oʻsadi; boʻyi 1,2 m cha. Bargi tuxumsimon, bandli, uchi qirrali. Gullari oq, barg qoʻltigʻida bittadan joylashgan. Mevasi yashil, tikan bilan qoplangan toʻrt chanoqli tuxumsimon koʻsakcha: uz. 4,5 sm gacha boradi, 500 ga yaqin buyraksimon, qora tusli urugʻ beradi. Maydan iyungacha gullaydi va mevalaydi. Urugʻidan koʻpayadi. Bargi, poyasi, ildizida giossiamin, skopolamin, atripin kabi zaharli alkaloidlar bor. Bargidan revmatizm, nevralgiya kasalliklarini davolashda ishlatiladigan dorilar tayyorlanadi. Kurash choralari: ekinzorlar qoʻlda oʻtoq qilinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |