Mavzu 15-16. Vitamin saqlovchi dorivor o’simliklarni bioekologiyasi Reja



Download 1,76 Mb.
bet53/85
Sana30.04.2022
Hajmi1,76 Mb.
#596104
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   85
Bog'liq
Bioekologiya davomi

Achchiqmiya (Gobelia pachycarpa)– Burchoqdoshlar oilasiga mansub koʻp yillik oʻsimlik. Boʻyi 30 – 45 sm, qalin tuk bilan qoplangan. Barglari murakkab patsimon, uzunligi 10 – 18 sm. Gullari poyaning yuqorisida shingil boʻlib joylashgan. Dukkagining uzunligi 4,5 – 6 sm, eni 7 – 9 mm. Achchiqmiya aprel – mayda gullab, iyun – iyulda urugʻlaydi. Toshkent, Samarqand, Fargʻona va Buxoro viloyatlarida turli sharoitda, shuningdek lalmi ekinlar orasida oʻsadi. Eron va Afgʻonistonda xam tarkalgan. Achchiqmiya zaharli oʻsimlik. Urugʻida va poyasida 2,5 – 3 % alkaloid (asosan paxikarpin, sofokarpin, soforamin, soforidin va aloperinlar) bor. Paxikarpin alkaloidi tibbiyotda har xil qon va teri kasalliklarini davolashda keng qoʻllaniladi. Achchiqmiya urugʻi aralashgan bugʻdoy uni achchiq va zaxarli boʻladi. Xalq tabobatida Achchiqmiyaning maydalangan urugʻi ovqat xazm boʻlishini yaxshilash va ishtaxa ochishda qoʻllaniladi
11-12. Amaliy mashg’ulot: Oshlovchi moddalar saqlovchi dorivor o`simliklar biologiyasi va ekologiyasini o`rganish (Rovoch,totim)


Dars maqsadi: O’quvchilarga oshlovchi moddalar saqlovchi dorivor o’simliklar ravoch va totim o’simliklarining biologiyasi va ekologiyasi haqida ma’lumot berish; Ishni borishi: Oshlovchi moddalar saqlaydigan o’simlik mahsulotlari tibbiyotda keng qo’llanilishi tufayli, ularni saqlagan mahsulotlarni o’rganish provizorni amaliy faoliyati uchun katta ahamiyatga ega. Quyida tarkibida tannid moddasi bo‘lgan oshlovchi totim (Rhus coriaria L.) bilan tanishamiz. Bu daraxt Qrimdagi tog‘laming janubiy qiyaliklarida, Kavkazda va Markaziy Osiyoda dengiz sathidan 700 m balandlikda o‘sadi. Tarkibida 25% ga yaqin tannid moddasi bor. Bu daraxt tog‘ qiyaliklarini yomg‘irda yuvilib ketishidan saqlashda muhim rol o‘ynaydi, chunki ildizi baquvvat bo‘ladi. Bo‘g‘ushoxsimon totim yoki Sirka daraxt (Rhus typhina L.) nomli turi MDH ga Amerikadan introduksiya qilingan, bizda manzarali daraxt sifatida ekiladi. Bu tur bargining murakkabligi, yosh shoxlari, barglari va to‘pguli bandining qalin tukliligi bilan farq qiladi. Ildizidan bachkilaydi. U tog1 qiyaliklarini mustahkamlashda o'rmonmelioratsiya ishlarida juda yuqori baholanadi.
Totim daraxtining yana bir turi Toxicodendron vernix L. buta ko‘rinishida tabiiy holda Amerikada o‘sadi. U zaharli sirka buta sifatida diqqatga sazovor. U yer bag‘irlab yoki chirmashib o'sadigan buta bo‘lib, barglari novdada uchtadan bo‘lib joylashadi. Tanasining hamma qismida zaharli alkaloid moddalar bor, agar unga bexosdan qo‘l yoki oyoq tegib ketsa, tekkan joyni jarohatlab, yara hosil qiladi va hatto tana haroratining oshishiga olib keladi.
Totim daraxti urug'idan ko‘payadi, biroq urug‘ini sepishdan oldin sulfat kislota bilan ishlov beriladi, so‘ng sovuq suvda yuvib, isitiladi va yana sovuq suvda 12 soat saqlanadi. Sepilgandan so‘ng 20-30 kunda unib chiqadi. Nihollari ancha tez o‘sadi.Totum (Rhus) kichik daraxt yoki butalardan iborat. Barglari navbat bilan joylashgan, oddiy, uch bo'lakchali yokipatsimon. Gullari bir jinsli yoki ikki jinsli, bir yoki ikki uyli. Kosacha va gultojibarglari 5 tadan, changchisi 5 ta. Mevasi mayda, qizil rangli danakcha. O'rta Osiyoda, shu jumladan O'zbekistonda 1 ta turi totum (Rh.coriaria) o'sadi. U kichik, kam shoxlangan daraxt yoki buta. Bo'yi 1—3(5) m gacha yetadi. Barglari toq patsimon, uzunligi 15— 18 sm. Bargchalari tukli, bandsiz, cho'ziq-tuxum sim on yoki nashtarsimon, chetlari yirik kungirali-arrasimon.
Gullari ro'vakda o'rnashgan. Changchi va urug'chi gullari alohida-alohida ro'vaklarda joylashgan. Changchisi 5 ta, ba’zan 10 ta. Mevasi asosan sharsimon, shirali. O'zbekistonda Surxondaryo va Toshkent viloyatlarining tog'li tumanlarida o'sadi. Totum barglarida tanid moddasi bor. Totumdan olingan tanid tibbiyotda, vinochilikda, to'qimachilik sanoatida ishlatiladi. Totum barglari va novdalaridan qora, mevalaridan qizil,ildiz po'stlog'idan jigarrang bo'yoqlar olinadi.
Rovoch, rovoch (Rheum) — torondoshlar oilasiga mansub koʻp yillik oʻtsimon oʻsimliklar turkumi, sabzavot ekini. Asosan, Osiyoda oʻsadigan 50 ga yaqin turi bor. Oʻzbekistonda 3 turi yovvoyi holda oʻsadi. Dehqonchilikda sabzavot
P. (R. undulatum) turi Yevropa mamlakatlari, AQSH, Xitoy, Oʻrta Osiyoda ekiladi. Ildizi yoʻgʻon, sertarmoq, ildizpoyali. Poyasi tik, boʻyi 2 m gacha
boradi. Bargi yirik, oddiy, bandi uzun (1,5 m gacha), sersuv, nordon, yeyishli, limon va olma kislotasiga boy. Gullari mayda, toʻpguli roʻvaksimon. Gultojbargi 6 ta, oqishpushti yoki qizil. Mevasi 3 qirrali, qizilqoʻngʻir pistacha. Barg bandi koʻklamdan boshlab isteʼmol qilinadi, undan souslar, kompot, kisel, murabbo, konfet, kvas tayyorlashda foydalaniladi. Ayrim turlarining ildizi qadimdan oshlovchi modda sifatida ishlatiladi. Ildizi va ildizpoyasi tarkibida 3—6% antraglikozid, 6—12% oshlovchi b. moddalar bor.
Panjasimon P. (R. palmatum) dorivor oʻsimlik sifatida oʻstiriladi. Iddizidan tayyorlangan preparatlar (kukun, damlama va nastoykalar) surunkali kabziyat hollarida surgi sifatida ishlatiladi. R. urugʻi, koʻchati va ildiz bachkilaridan koʻpaytiriladi. Ekilganidan keyin 2yildan barg bandi olib ishlatiladi. Hosildorligi 6—7yili 250—400 s/ga.

Download 1,76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   85




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish