Mavzu №11. Yuqumli ichak kasalliklari, ichak tayoqchasi mikrobiologik xususiyatlari. Ovqatdan zaharlanishni keltirib chiqararuvchi mikroorganizmlar: salmonellez, botulizm



Download 33,9 Kb.
bet12/12
Sana11.01.2022
Hajmi33,9 Kb.
#341936
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
10-mavzu Yuqumli ichak kasalliklari

Profilaktikasi. Oziq-ovqatlar ifloslanishining oldini olish, konserva mahsulotlarini tayyorlash, ayniqsa, uyda tayyorlanadigan konserva-larni tayyorlash texnikasiga rioya qilish. Uyda tayyorlangan konservalarni iste’mol qilishdan avval, 15—20 daqiqa suv hammomida sterilizatsiya qilib, so‘ng iste’mol qilish lozim, chunki botulizm toksini qaynatganda neytrallanadi.

Maxsus profilaktikasi yuzasidan botulizm qo‘zg‘atuvchisi yoki toksini bo‘lgan mahsulotlarni ite’mol qilgan odamga botulizmga qarshi polivalent A, B, E antitoksin zardobi yuboriladi. Qo‘zg‘atuvchining turi aniqlangandan so‘ng esa, shu turga xos botulizmga qarshi zardob yuboriladi.

MIKROBIOLOGIK TEKSHIRISH

TEKSHIRISH MATERIALI



  1. Qusuq moddasi.

  2. Oshqozon yuvindisi.

  3. Najas.

  4. Qon.

  5. Ovqat qoldiqlari.

Tekshirish materialini to‘plash

Qusuq moddasi. Steril shisha shpatel bilan 50—60 g hajmda steril idishga olinadi.



Oshqozon yuvindisi.

50—100 ml hajmda steril idishga olinadi.

Najas.

25—30 g olib steril shisha idishga solinadi.

Qon.

6—8 ml hajmda davolovchi zardob yubo-




rilishidan avval bilak venasidan olinadi.

Ovqat qoldig‘i.

Ovqatning turli qismlaridan 100 gr steril




idishga olinadi.

Barcha olingan materiallarning idishlariga etiketka yopishtirib jo‘natiladi.

Asosiy tekshirish usullari



  1. Biologik.

  2. Bakteriologik.

1-kun. Òekshirish materiali steril hovonchaga solinib, steril qum va fiziologik eritma bilan yaxshilab eziladi. Òekshirish materiali 2 qismga bo‘linadi va biri biologik, ikkinchisi bakteriologik tekshirish uchun qo‘llaniladi.

Birinchi qismi 0,5 % li glukoza Xottinger sho‘rvasiga, tik agarga ekiladi. Ikkinchi qismi toksin hosil bo‘lishi uchun 30—40 daqiqaga qoldiriladi, so‘ng paxta-doka orqali filtrlanadi. Hosil bo‘lgan filtrat ikki qismga bo‘linib, biriga botulizmga qarshi polivalent zardob solinib, neytrallanishi uchun 30—40 daqiqaga qoldiriladi. Ikki juft sichqon olinib, ularning bir juftiga botulizmga qarshi polivalent zardob qo‘shilgan filtrat yuboriladi, ikkinchi juft sichqonlarga esa filtratning o‘zi yuboriladi.

2—4-kun. 1. Hayvonlar 1—4-kun ichida kasallanib, nobud bo‘ladi, ularda nafas olish tezlashadi, qorin devori muskullari bo‘shashib, qorin esa ichiga kirib ketadi (arining qorniga o‘xshab qoladi), titrash, falajlanish yuzaga kelib sichqonlar o‘ladi. Botulizmga qarshi zardob qo‘shilgan filtrat yuborilgan sichqonlar tirik qoladi.

Botulizm toksini aniqlangandan so‘ng neytralizatsiya reaksiyasi qo‘yiladi. Filtratga tiðospetsifik A, B, C, E, F, G diagnostik zardoblar qo‘shilib, alohida shprislarda sichqonlarga yuboriladi. Gomologik zardob yuborilgan sichqonlar tirik qoladi, qolganlari nobud bo‘ladi.



  1. Ekilgan muhit termostatdan olib tekshiriladi, uning sof kulturasini ajratib olish uchun Kitta-Òarossi muhitiga ekiladi va yana yuqorida aytib o‘tilgandek, neytralizatsiya reaksiyasi qo‘yiladi.

5—6-kun. Ajratib olingan sof kulturaning morfologik, fermentativ xossalari, harakatchanligi o‘rganiladi. Agar biologik sinama natija bermasa, sof kultura bilan yana biologik sinama o‘tkaziladi.
Download 33,9 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish