Mavzu №11. Yuqumli ichak kasalliklari, ichak tayoqchasi mikrobiologik xususiyatlari. Ovqatdan zaharlanishni keltirib chiqararuvchi mikroorganizmlar: salmonellez, botulizm



Download 33,9 Kb.
bet4/12
Sana11.01.2022
Hajmi33,9 Kb.
#341936
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
10-mavzu Yuqumli ichak kasalliklari

Infeksiya manbai. Kasal odam infekiya manbai hisoblanadi. Ichak tayoqchasi organizmga tashqi muhitdan tushadi. Organizmdagi mavjud ichak tayoqchasi boshqa a’zolarga ham o‘tib, kasallik keltirib chiqarishi mumkin.

Tarqalish yo‘li. Maishiy, oilaviy yo‘l orqali — iflos qo‘l, idish-tovoq, o‘yinchoq, oziq-ovqat va mexanik yo‘l — pashsha, suvaraklar orqali tarqaladi.

Profilaktikasi. Shaxsiy gigiyena qoidalarga rioya qilish. Maxsus profilaktikasi yo‘q

Davosi. Antibiotiklar bilan davolanadi. Hozirgi vaqtda davolash maqsadida koliðrotey fagi qo‘llanilmoqda va yaxshi natijalar bermoqda.

MIKROBIOLOGIK TEKSHIRISH

TEKSHIRISH MATERIALI


  1. Najas.

  2. Qusuq moddasi.

Kerak bo‘lgan hollarda burun va halqum ajratmasi, quloqdan yiring, qon, siydik, murdalardan tegishli material olib tekshiriladi. Reja va epidemiologik ko‘rsatma bo‘yicha oziq-ovqat, qo‘l, idish-tovoq, o‘yinchoq va boshqalardan chayindi olib tekshiriladi.

Tekshirish materialini yig‘ish

Najas. 3 —5 g najasni fiziologik eritma yoki 3 % li glitserin ara-lashmasi (30 qism glitserin, 70 qism fiziologik eritma) bo‘lgan probirkaga solinadi. Najasni iloji boricha oxirgi qismini olish maqsadga muvofiqdir, chunki kolienteritda ingichka ichak shikastlanadi. Chaqaloqlardan najas yo‘r-gaklaridan olinadi va yuqorida aytilganidek, probirkalarga solinib laboratoriyaga yuboriladi.

Qusuq. 3—5 g olib fiziologik eritma bilan aralashma hosil qilinadi.

Tekshirishning asosiy usullari


  1. Mikroskopik.

  2. Mikrobiologik.

  3. Serologik.

Tekshirishning birinchi kuni. Yig‘ilgan tekshirih materiali Endo yoki Levin muhitiga ekiladi.

Ekish quyidagicha olib boriladi: shisha piðetka yoki tayoqcha bilan tekshirish materiali fiziologik eritma yoki glitserin aralashmasida yaxshilab aralashtiriladi va piðetkada olib, oziqa muhit solingan Petri kosachasiga tomiziladi. Petri kosachasining chetida u steril shpatel bilan aralashtiriladi, shundan so‘ng shpatel cho‘g‘lantirilmasdan muhitning qolgan qismlariga shtrix holda ekiladi. Iloji boricha 2—3 ta kosachadagi muhitga ekilgani ma’qul. Ekilgan muhitlar termostatga 37°C haroratda 24 soat qoldiriladi.

Tekshirishning ikkinchi kuni. Ekilgan muhitlar tekshiriladi. Endo oziqa mihitida ichak tayoqchasi yaltiroq metall, malina rangli, Levin (EMS — eozin metilen sinkali agar) muhitida binafsha rangli koloniya hosil qilib o‘sadi. Shunday shubhali koloniyalarning 10 tasi tanlab olinadi va kosachaning orqa tomonidan ularga raqamlar qo‘yib yoziladi. Enteropatogen ichak tayoqchasini boshqa esherixiylardan farqlash uchun buyum oynachasida OKA polivalen zardobi bilan har bir koloniya uchun alohida taxminiy agglutinatsiya reaksiyasi qo‘yiladi.

Reaksiya qo‘yish texnikasi: buyum oynachasi yog‘sizlantirib olinadi, shubhali koloniyalar soniga qarab buyum oynachasiga ham shuncha raqamlar qo‘yiladi va har bir raqam oldiga bir tomchidan OKA zardobi tomiziladi. Zardob ustiga shubhali koloniyalardan ozginasini quyib aralashtiriladi. Faqat agglutinatsiya bergan koloniya-ning ma’lum qismini olib, sof kultura ajratib olish uchun qiyshiq agarga ekiladi. 10 ta koloniyada ham agglutinatsiya bermasa, salbiy javob olindi, deb hisoblanadi.

Tekshirishning uchinchi kuni. Ekilgan muhit tekshiriladi. Qiyshiq agarda ichak tayoqchasi nam, yaltiroq, kulrang, ayrim hollarda xira qatlam hosil qilib o‘sadi. Shulardan olib:


  1. Sof kultura ekanligini aniqlash uchun surtma preparat tayyor-lanadi va Gram usulida bo‘yab, mikroskopda tekshiriladi. Agar mikroskop ostida ichak tayoqchalari ko‘rinsa, tekshirish ishlari davom ettiriladi.

  2. Buyum oynachasida yana OKA polivalent zardobi bilan taxminiy agglutinatsiya reaksiyasi qo‘yiladi. Agar agglutinatsiya bo‘lsa, reaksiya davom ettiriladi.

  3. OKA polivalent zardob tarkibiga kiruvchi OKB, OKS, OKD, OKE zardoblari bilan agglutinatsiya reaksiyasi qo‘yiladi. Qaysi birida

reaksiya bersa, shu zardob tarkibiga kiruvchi turdosh zardoblar bilan agglutinatsiya reaksiyasi qo‘yiladi.

  1. Ichak tayoqchasining turini aniqlash uchun turdosh zardoblar bilan taxminiy agglutinatsiya reaksiyasi qo‘yiladi (masalan, 026, 055,

0111 va b.).

  1. Saxarolitik xossasini aniqlash uchun Giss (laktoza, glukoza, mannit, saxaroza va b.) muhitiga ekiladi.

  2. Antibiotikka sezuvchanligi o‘rganiladi.

  3. To‘liq farqlash ishlarini olib borish uchun kengaytirilgan agglutinatsiya reaksiyasi qo‘yiladi. Tirik kultura bilan kulturadagi K — antigen, qizdirilgan kultura bilan O — antigen aniqlanadi. Kengay-tirilgan hajmdagi agglutinatsiya reaksiyasini qo‘yish uchun qiyshiq agarga 3—5 ml fiziologik eritma solib, mikrob chayindisi tayyorlab olinadi va uni ikki probirkaga bo‘lib qo‘yiladi. Probirkalarning birini suv hammomida 100°C haroratda 1 soat davomida qizdiriladi.

Kengaytirilgan agglutinatsiya reaksiyasi ikki qator probirkalarda olib boriladi. Oka zardobi 1:1600 gacha suyultirilib chiqiladi. Birinchi qatordagi probirkalarga tirik mikrob kulturasidan 2 tomchidan, ikkinchi qator probirkalarga qizdirilgan mikrob kulturasidan 2 tomchidan solib chiqiladi. Probirkalar chayqatilib termostatga 37°C haroratda 24 soat qoldiriladi.

Tekshirishning to‘rtinchi kuni. Natija o‘qiladi. Agar uglevodli muhitlarni kislota va gazgacha parchalasa, kengaytirilgan hajm agglutinatsiya reaksiyasida qizdirilgan kultura qatoridagi tomizilgan cho‘kma tirik kultura tomizilgan qatordagi cho‘kmadan 2 barobar ortiq bo‘lsa, reaksiya musbat deyiladi va tekshirish materialida enteropatogen ichak tayoqchasi bor, deb hisoblanadi.



3. Salmonella avlodiga 2000 dan ortiq turdagi bakteriyalar kiradi. Salmonellalar keltirib chiqaradigan kasalliklarni salmonellozlar deyiladi. Salmonellalar morfologik, kultural va fermentativ xossalariga ko‘ra bir-biriga o‘xshash, lekin antigenlik xossasiga ko‘ra, bir-biridan farq qiladi.

Salmonellalar monopatogen va poliðatogen guruhlarga bo‘linadi. Monopatogenlarga qorin tifi, A va B paratiflar kiradi. Bu kasalliklar bilan faqat odamlar kasallanadi. Poliðatogenlarga odam va hayvonlarda kasallik chaqiruvchi qo‘zg‘atuvchilar kiradi.

Qorin tifi qo‘zg‘atuvchisini 1880-yili Ebert qorin tifi bilan o‘lgan odam organizmidan ajratib olgan. Ashar va Bansod 1886-yili qorin tifiga o‘xshash kasallik bilan kasallangan bemorning yiring va siydigidan qorin tifi qo‘zg‘atuvchisiga o‘xshash mikroblarni aniqlaganlar. Ular qorin tifi qo‘zg‘atuvchisining biokimyoviy xossasiga ko‘ra, farqlanishini aniqlashgan. Ularni A va B paratif qo‘zg‘atuvchilari, deb nomlashgan. Keyinchalik shularga o‘xshash ko‘pgina mikroblar aniqlangan va ularni ham salmonella avlodiga kiritishgan.


Download 33,9 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish