Morfologiyasi. Barcha salmonellalar 1,0—3,0x0,6—0,8 mkm kattalikda bo‘lib, tayoqchasimon, surtmada tartibsiz joylashadi, Gram-manfiy bo‘yaladi. Uchlari yumaloq, harakatchan, xivchinlari ðeretrix joylashgan. Spora va kapsula hosil qilmaydi.
Kultural xossasi. Fakultativ anaerob hisoblanadi. GPAda nozik, yarimtiniq, biroz bo‘rtib chiqqan, yaltiroq koloniya hosil qilib o‘sadi. GPSHda bir tekisda loyqalanadi. Endo, Ploskiryov muhitida salmonel-lalar yaltiroq, rangsiz koloniya hosil qilib o‘sadi, chunki oziqa muhit tarkibidagi laktozani parchalamaydi. Vismut-sulfit agarda 48 soatdan keyin ular qora rangli, o‘zidan keyin dog‘ qoldiradigan (A para-tifdan tashqari), yaltiroq koloniya hosil qilib o‘sadi. B paratif qo‘zg‘atuvchisi 18—20 soat termostatda saqlangandan so‘ng xona haroratida 1—2 kunga qoldirilganda, koloniya atrofida shilimshiq doira hosil qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |