Mavzu № 11. Yuqumli ichak kasalliklari, ichak tayoqchasi
mikrobiologik xususiyatlari. Ovqatdan zaharlanishni
keltirib chiqararuvchi mikroorganizmlar: salmonellez,
botulizm.
Ichak enteropatogen tayoqchasimon bakteriyalari va ular qo’zgaydigan kasalliklarni aytib bering.
Ichak tayoqkchasi (E. coli) xususiyatlari va diagnostikasini ayting.
Salmonella turiga mansub bakteriyalrni aytib bering.
Salmonellyoz kasalligining qo’zgatuvchisi, uning xususiyatlari va diagnostikasini ayting .
Ovqatdan bo’ladigan toksikoinfeksiya turlarini aytib bering.
Botulizm kasalligi qo’zgatuvchisining xususiyatlari, diagnostikasini ayting.
Javoblar
Ayrim O guruhidagi ichak tayoqchalari ham organizmda kasalliklar keltirib chiqaradi va ular enteropatogen ichak tayoqchalari deyiladi (EPKP). Enteropatogen ichak tayoqchasining bir necha guruhlari tafovut etiladi:
1.I guruh — bolalarda kolienterit kasalligini keltirib chiqara-digan turlari (0111, 026, 055, 086 va b.).
2.II guruh — ichburug‘ga xos kasalliklarni keltirib chiqara-diganlari (025, 0124, 0143, 0144 va boshqa seroguruhlari).
3. III guruh — vaboga o‘xshash kasalliklarni keltirib chiqara-diganlari (01, 05, 06, 078 va boshqa seroguruhlari).
Ichak tayoqchasi oziq-ovqatlarga tushib, ularda bo‘linib ko‘payishi ham mumkin. Bunday ifloslangan oziq-ovqt iste’mol qilingandan so‘ng ular ovqatdan zaharlanish kasalliklarini keltirib chiqaradi. Ichak tayoq-chasi boshqa a’zolarga o‘tganda xoletsistit, sistit, sepsis va boshqa kasalliklarni keltirib chiqaradi. Kolienterit nihoyatda yuqumli bo‘lib, bolalar muassasalarida epidemik tus olishi mumkin.
2. Esherixiylar avlodiga faqat bitta ichak tayoqchasi — E coli kiradi, lekin ko‘pgina variantlarni o‘z ichiga oladi. Ular biologik, fermentativ, antigenlik xossasiga ko‘ra, bir-biridan farqlanadi.
Ichak tayoqchasini 1888-yili Esherix najasdan ajratib olgan va mikrob uning nomi bilan atalgan. Ichak tayoqchasining tabiiy yashash joyi hayvon va odam ichagi bo‘lib hisoblanadi va ular ichakning normal mikroflorasiga kiradi. U hayot faoliyati davomida fermentlar ishlab chiqaradi, ovqat hazm qilishda ishtirok etadi, B guruh vitamin-larini sintezlaydi va boshqa patogen mikroblarga antagonistik ta’sir ko‘rsatadi (masalan, dizenteriya, qorin tifi, toksikoinfeksiya, qo‘zg‘a-tuvchilarga). Agar yo‘g‘on ichakda ichak tayoqchasi bo‘lmasa, disbak-terioz kasalligi kelib chiqadi. Bunda ichakdagi normal mikroflora tarkibi buziladi, proteylar, zamburug‘lar, kokk floralari ko‘payib ketadi.
Organizmning qarshilik ko‘rsatish kuchi susaygan hollarda Esherixiylar boshqa a’zolarga tushib, og‘ir patologik jarayonlarni keltirib chiqaradi. Shuning uchun ichak tayoqchasi shartli patogen mikroor-ganizm, deb ataladi. Ichak tayoqchasi najas bilan tashqi muhitga tushadi. Tuproq, suv, oziq-ovqatlar va obyektlarda ichak tayoqchasining aniqla-nishi ularni najas bilan ifloslanganligidan dalolat beradi. Ichak tayoq-chasining borligini (koli-titr, koli-indeks) aniqlash obyektlarining sanitar holati ko‘rtsatkichi sifatida qo‘llaniladi.
Morfologiyasi. E. coli mayda 0,5—3,0 x 0,5—0,8 mkm kattalikdagi tayoqchasimon mikroblardir. Grammanfiy, harakatchan, xivchinlari peretrix joylashgan. Ko‘pgina shtammlari kapsula hosil qiladi, spora hosil qilmaydi. Ayrim ichak tayoqchasining variantlari harakatsiz bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |