Kultural xossasi. Ichak tayoqchasi fakultativ anaerob bo‘lib, oddiy oziqa muhitlarida, 37°C haroratda va pH 7,2—7,8 muhitida yaxshi o‘sadi. Odam va hayvon organizmidan ajratib olingan ichak tayoqchasining shtammlari 43—45°C da yaxshi o‘sadi. Ichak tayoqcha-sining tashqi muhit obyektlarida aniqlanishi sanitariya sharoiti yomon-ligidan dalolat beradi. GPAda xira, biroz bo‘rtib chiqqan, chetlari tekis, nam koloniya hosil qilib o‘sadi. GPSHda bir tekis loyqalanish hosil qilib o‘sadi. Differensial-diagnostik Endo muhitida yaltiroq metall, malina rangli koloniya hosil qilib o‘sadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |